Uy » Online olimpiada » Tarix olimpiada » 10-sinf Tarix olimpiada №1 Tarix olimpiadaTuman 2021-2022 o'quv yili 10-sinf Tarix olimpiada №1 InfoMaster Avgust 19, 2024 1472 Ko'rishlar 4 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 10-sinf Tarix olimpiada №1 2021-yil tuman bosqichida tushgan savollar. 1 / 25 Hindistonda Boburiylar davrida qaysi fanlar Yevropa fanidan ancha oldinlab ketdi? A) matematika, geografiya B) astronomiya, matematika C) matematika, tibbiyot D) tibbiyot, astronomiya 2 / 25 Noto‘g‘ri hukmni toping. A) Kir II ning Bobilni bosib olishi bilan Kambiz II ning taxtga chiqishi oralig‘idagi yillar soni Gerakl jang qilgan ajdar boshining soniga teng. B) Kambiz II ning taxtga chiqishi bilan Alarix boshchiligidagi gotlarning Rimga yurish qilishi oralig‘idagi yillar soni Xioniylar davlatining faoliyat yuritgan muddatiga teng. C) Doro I ning saklar ustiga yurish qilishi bilan Fors harbiy floti Egey dengizini kesib o‘tib, Attikaga langar tashlashi oralig‘idagi yillar Oktavian Rimning yakka hukmdori bo‘lib qolishidagi yilning soniga teng. D) Antioxning Salavkiya davlati hukmdori bo‘lgan yili bilan Yunon-Baqtriya tarixi boshlangan davr oralig‘idagi yillar soni Janna d’Arkni gulxanda yondirilgan kunning sa’nasiga teng. 3 / 25 Amir Temur saltanatni o‘n ikki toifaga bo‘lib, ularga tayangan holda ish yuritgan bo‘lib shulardan 1- toifa vakillari kimlar edi? A) vazirlar, bosh kotiblar, devon munshiylari B) amirlar, sarhanglar, sipohsolor, lashkarboshi C) Sayyidlar, ulamo, shayxlar, fozillar D) aqlli, tajribali, eng ishonchli kishilar 4 / 25 Millatlar Ligasi Nizomiga kiritilgan mandat tushunchasi nimani bildiradi? A) iqtisodiy tomondan boshqa davlatni birgalikda qaram qilish tushunchasi B) to‘g‘ri javob yo‘q C) bir-biriga hujum qilmaslik tushunchasi D) ma’lum bir hududni boshqarish uchun vakolat tushunchasi 5 / 25 Jadidlarning fikriga ko‘ra, chin musulmon bo‘lish uchun... A) diniy bilimlar bilan birga dunyoviy bilimlarni bilishi zarur B) islom dinining 5 ta arkoniga amal qilishi lozim C) barcha dunyo dinlarining mazmunini bilishi zarur D) Qur’on va Hadislarning mazmunini yaxshi o‘zlashtirishi lozim 6 / 25 Qaysi xalqaro tashkilot g‘olib davlatlarning dunyoni o‘zaro bo‘lib olishiga qonuniy tus berdi? A) BMT B) Versal tinchlik shartnomasi C) Versal-Vashington tizimi D) Millatlar Ligasi 7 / 25 To‘g‘ri hukmlarni aniqlang. 1) Panteon ibodatxonasining shiftlari gumbaz shaklida ustunlarsiz qurilgan; 2) Panteon so‘zi lotinchadan “barcha xudolar ibodatxonasi” degan ma’noni anglatadi; 3) Panteon ibodatxonasi yorug‘lik tushishiga qarab u o‘z rangini oltin rangidan havorang yoki kulranggacha o‘zgartirib, tuslanib turgan; 4) Qadimgi Rimning eng katta amfiteatri Kolizey bo‘lgan. A) 1, 2, 4 B) 2, 3, 4 C) 1, 4 D) 2, 4 8 / 25 Qang‘ davlatining asosiy shaharlari ... A) Sirdaryo sohillari bo‘ylab joylashgan edi B) Chirchiq daryosi sohillar bo‘ylab joylashgan edi C) Toshkent shahri hududida joylashgan edi D) Sirdaryoning quyi oqimida joylashgan edi 9 / 25 Qadimgi Rim forumidan nimalar o‘rin olgan edi? A) konsullarning uylari, bozor maydoni va kolizey teatri B) bozor maydoni, yig‘ilish joyi va ibodatxona C) senat binosi, senatorlar uylari, ibodatxonalar D) senat binosi, altar va ibodatxona 10 / 25 Kamoliddin Behzod o‘z davrida qanday nom bilan ulug‘langan? A) “Aflotuni zamon” B) “Moniyi Soniy” C) “Qiblat ul-kuttob” D) “val-milla” 11 / 25 XIX asrda Farg‘ona vodiysida quyidagi qo‘zg‘olonlardan qaysi biri bo‘lib o‘tmagan? A) Dukchi Eshon qo‘zg‘oloni B) Yetimxon qo‘zg‘oloni C) Vose qo‘zg‘oloni D) Darveshxon qo‘zg‘oloni 12 / 25 Mo‘g‘ullar hukmronligi davrida O‘rta Osiyoda quyidagi qaysi yer egaligi bo‘lmagan? A) Mulk B) Mulki Devon C) Mulki xolis D) Mulki inju 13 / 25 Quyida berilgan qabilalar va ular yashagan hududlar to‘g‘ri juftlab ko‘rsatilgan javobni toping. 1) massagetlar; 2) saka-tigraxauda; 3) saka-xaumovarka 4) saka-tiay taradarayya; a)Orol dengizi bo‘ylari va Sirdaryoning quyi oqimi; b)hozirgi Toshkent viloyati va Janubiy Qozog‘iston yerlarida; c)Pomir tog‘li tumanlari va Farg‘onada; d)Cho‘llar va Amudaryo bo‘ylarida. A) 1-d; 2-b; 3-c; 4-a; B) 1-b; 2-a; 3-c; 4-d; C) 1-c; 2-d; 3-a; 4-b; D) 1-a; 2-b; 3-d; 4-c; 14 / 25 O‘rta asrlarda mardikor bozorlari bo‘lgan shaharlarni toping. A) Neapol, Pekin, Venetsiya B) Sevilya, Bag‘dod, Damashq C) Xanyan, Pekin, Tehron D) Bag‘dod, Ishbiliya, G‘arnota 15 / 25 Quyidagi inshootlardan qaysi birining bo‘yi balandroq? A) Ulug‘bek rasadxonasi B) Trayan ustuni C) Ajinatepa buddasi haykali D) Sfinks haykali 16 / 25 Nechanchi asrda paxsa va xom g‘ishtdan qurilgan imoratlar shahar me’morchiligi egallagan? A) X-XI B) XI-XII C) XII-XIII D) IX-X 17 / 25 Quyidagi kashfiyotlar qaysi davrda kashf etilganini toping. o‘q-yoy; sun’iy olov; 1) neolit davrida; 2) mezolit davrida; 3) bronza davrida; 4) so‘nggi paleolit davrida. A) a – 1; b – 3. B) a – 1; b – 4. C) a – 2; b – 3. D) a – 2; b – 4. 18 / 25 Qadimgi dunyo tarixida qaysi davlat san’atida mahalliy an’analar, Qadimgi Sharq va Qadimgi Yunoniston ellinistik san’ati uslublari muvofiqlashgan edi? A) Qadimgi Xorazm B) Kushon C) Dovon D) Rim imperiyasi 19 / 25 Dehli sultonligida kim kuchli qo‘shin tuzib o‘zboshimcha feodallarni bo‘ysundiradi? A) Muhammad Tug‘luq B) Alouddin Xiljiy C) Shamsiddin Eltutmish D) Feruzshox Tug‘luq 20 / 25 Noto‘g‘ri hukmni aniqlang. A) Imperator U-Di elchi Chjan Syanni mamlakatning shimoliy tumanlarini talon taroj qilayotgan ko‘chmanchi qabilalarga qarshi kurashda ittifoqchi va hamkorlar topish uchun jo‘natadi; B) Kanishka hukmronligi davrida davlat poytaxti hozirgi Pokiston hududiga ko‘chiriladi; C) Mil. avv. 71-yilning kuzida ro‘y bergan hal qiluvchi jangda Spartak lashkari tor-mor etildi, uning o‘zi esa asir olindi; D) Xitoyda qog‘oz ixtiro qilingan davrda Rimda muntazam yollanma qo‘shinlarga tayanuvchi harbiy boshliqlar real kuchga aylandilar. 21 / 25 XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Bolgariyada qaysi davlat nomzodlari hokimiyatni boshqargan? 1)Buyuk Britaniya; 2)Fransiya; 3)Avstriya-Vengriya; 4)Rossiya. A) 2 va 3 B) 3 va 4 C) 1 va 2 D) 1 va 4 22 / 25 … da nashr qilingan antik davr mualliflari va gumanistlar asarlari butun Yevropada keng tarqalgan(a), va mashhur rassomlar, haykaltaroshlar, me’morlarni barakali ijodi uchun shahar-respublika hokimlari yaxshi sharoit yaratib berganlar(b). A) a- Florensiya, b-Venetsiya B) a-Neapol, b-Venetsiya C) a-Sevilya, b-Venetsiya D) a-Venetsiya, b-Florensiya 23 / 25 Misr sultoni Barquq huzuriga quyidagi qaysi mamlakatlardan aynan bir yilda elchilar tashrif buyurgan? 1) Amir Temur davlati; 2) Turkiya; 3) Oltin O‘rda; 4) Xitoy; 5) Iroq; 6) Sivas. A) 2,3,5 B) 1,2,3,6 C) 1,4,6 D) 2,3,6 24 / 25 Quyidagi shaxslar faoliyat ko‘rsatish vaqtini to‘g‘ri ketma-ketlik tartibida belgilang. 1) Oliver Kromvel; 2) Jorj Vashington; 3) Napaleon Bonapart; 4) Martin Lyuter. A) 4, 1, 2, 3 B) 4, 1, 3, 2 C) 1, 4, 3, 2 D) 1, 4, 2, 3 25 / 25 Ikkinchi Puni urushlarining boshlanib ketishiga nima sabab bo‘lgan? A) Karfagenliklarning Ispaniyani bosib olishi B) Karfagen fuqarolarining Rimga o‘lpon to‘lashdan bosh tortishi C) Ssipion boshchiligidagi legionerlarning Shimoliy Shimoliy Afrikani talon-taroj qilishi D) Gannibal qo‘shinlarining Ispaniyadan Italiyaga qarshi yurushi 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 6 9-10-11 sinflar Tarix olimpiada №6