Uy » Online olimpiada » Tarix olimpiada » 10-sinf Tarix olimpiada №1 Tarix olimpiadaTuman 2021-2022 o'quv yili 10-sinf Tarix olimpiada №1 InfoMaster Avgust 19, 2024 27 Ko'rishlar 4 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 12345678910111213141516171819202122232425 10-sinf Tarix olimpiada №1 2021-yil tuman bosqichida tushgan savollar. 1 / 25 XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Bolgariyada qaysi davlat nomzodlari hokimiyatni boshqargan? 1)Buyuk Britaniya; 2)Fransiya; 3)Avstriya-Vengriya; 4)Rossiya. A) 1 va 2 B) 1 va 4 C) 2 va 3 D) 3 va 4 2 / 25 O‘rta asrlarda mardikor bozorlari bo‘lgan shaharlarni toping. A) Sevilya, Bag‘dod, Damashq B) Neapol, Pekin, Venetsiya C) Xanyan, Pekin, Tehron D) Bag‘dod, Ishbiliya, G‘arnota 3 / 25 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nechinchi yilda Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisida yaqin o‘tmish tariximizga baho berib o‘tgan? A) 20l6-yil 14-dekabrda B) 2016-yil 29-dekabr C) 2016-vil 10-dekabrda D) 2017-yil 4-yanvar 4 / 25 Ikkinchi Puni urushlarining boshlanib ketishiga nima sabab bo‘lgan? A) Karfagenliklarning Ispaniyani bosib olishi B) Ssipion boshchiligidagi legionerlarning Shimoliy Shimoliy Afrikani talon-taroj qilishi C) Karfagen fuqarolarining Rimga o‘lpon to‘lashdan bosh tortishi D) Gannibal qo‘shinlarining Ispaniyadan Italiyaga qarshi yurushi 5 / 25 Saljuqiylarda feodal davlat uzil-kesil shakllangan davrda bo’lib o’tgan voqeani aniqlang. A) Oltin O‘rda davlati o’z qudratining cho’qqisiga erishdi B) Dehli sultonligining barcha hududlarida musulmonlar hokimiyati o‘rnatildi C) Silla qirolligining oltin davri boshlandi D) Min sulolasining Amir Temur saltanati bilan munosabatlari buzildi. 6 / 25 Noto‘g‘ri hukmni toping. A) Kir II ning Bobilni bosib olishi bilan Kambiz II ning taxtga chiqishi oralig‘idagi yillar soni Gerakl jang qilgan ajdar boshining soniga teng. B) Doro I ning saklar ustiga yurish qilishi bilan Fors harbiy floti Egey dengizini kesib o‘tib, Attikaga langar tashlashi oralig‘idagi yillar Oktavian Rimning yakka hukmdori bo‘lib qolishidagi yilning soniga teng. C) Kambiz II ning taxtga chiqishi bilan Alarix boshchiligidagi gotlarning Rimga yurish qilishi oralig‘idagi yillar soni Xioniylar davlatining faoliyat yuritgan muddatiga teng. D) Antioxning Salavkiya davlati hukmdori bo‘lgan yili bilan Yunon-Baqtriya tarixi boshlangan davr oralig‘idagi yillar soni Janna d’Arkni gulxanda yondirilgan kunning sa’nasiga teng. 7 / 25 XIX asrda Farg‘ona vodiysida quyidagi qo‘zg‘olonlardan qaysi biri bo‘lib o‘tmagan? A) Darveshxon qo‘zg‘oloni B) Vose qo‘zg‘oloni C) Yetimxon qo‘zg‘oloni D) Dukchi Eshon qo‘zg‘oloni 8 / 25 Jadidlarning fikriga ko‘ra, chin musulmon bo‘lish uchun... A) Qur’on va Hadislarning mazmunini yaxshi o‘zlashtirishi lozim B) islom dinining 5 ta arkoniga amal qilishi lozim C) barcha dunyo dinlarining mazmunini bilishi zarur D) diniy bilimlar bilan birga dunyoviy bilimlarni bilishi zarur 9 / 25 Quyidagi shaxslar faoliyat ko‘rsatish vaqtini to‘g‘ri ketma-ketlik tartibida belgilang. 1) Oliver Kromvel; 2) Jorj Vashington; 3) Napaleon Bonapart; 4) Martin Lyuter. A) 1, 4, 2, 3 B) 1, 4, 3, 2 C) 4, 1, 3, 2 D) 4, 1, 2, 3 10 / 25 Qadimgi dunyo tarixida qaysi davlat san’atida mahalliy an’analar, Qadimgi Sharq va Qadimgi Yunoniston ellinistik san’ati uslublari muvofiqlashgan edi? A) Dovon B) Qadimgi Xorazm C) Kushon D) Rim imperiyasi 11 / 25 Quyidagi javob variantlarida keltirib o‘tilgan qo‘zg‘olonlardan qaysi biri podsho hukumatining jabr- zulmiga qarshi bo‘lib o‘tgan? (XIX asr oxirida) A) Bobo Go‘klan qo‘zg‘olon B) Dinnosirbek qo‘zg‘oloni C) Matyoqub pishiq qo‘zg‘oloni D) Ernazarbiy qo‘zg‘oloni 12 / 25 Millatlar Ligasi Nizomiga kiritilgan mandat tushunchasi nimani bildiradi? A) bir-biriga hujum qilmaslik tushunchasi B) ma’lum bir hududni boshqarish uchun vakolat tushunchasi C) iqtisodiy tomondan boshqa davlatni birgalikda qaram qilish tushunchasi D) to‘g‘ri javob yo‘q 13 / 25 Quyidagi kashfiyotlar qaysi davrda kashf etilganini toping. o‘q-yoy; sun’iy olov; 1) neolit davrida; 2) mezolit davrida; 3) bronza davrida; 4) so‘nggi paleolit davrida. A) a – 2; b – 4. B) a – 2; b – 3. C) a – 1; b – 4. D) a – 1; b – 3. 14 / 25 … da nashr qilingan antik davr mualliflari va gumanistlar asarlari butun Yevropada keng tarqalgan(a), va mashhur rassomlar, haykaltaroshlar, me’morlarni barakali ijodi uchun shahar-respublika hokimlari yaxshi sharoit yaratib berganlar(b). A) a- Florensiya, b-Venetsiya B) a-Sevilya, b-Venetsiya C) a-Neapol, b-Venetsiya D) a-Venetsiya, b-Florensiya 15 / 25 Qadimgi Rim forumidan nimalar o‘rin olgan edi? A) bozor maydoni, yig‘ilish joyi va ibodatxona B) senat binosi, senatorlar uylari, ibodatxonalar C) senat binosi, altar va ibodatxona D) konsullarning uylari, bozor maydoni va kolizey teatri 16 / 25 Qaysi xalqaro tashkilot g‘olib davlatlarning dunyoni o‘zaro bo‘lib olishiga qonuniy tus berdi? A) Versal-Vashington tizimi B) BMT C) Millatlar Ligasi D) Versal tinchlik shartnomasi 17 / 25 Amir Temur saltanatni o‘n ikki toifaga bo‘lib, ularga tayangan holda ish yuritgan bo‘lib shulardan 1- toifa vakillari kimlar edi? A) Sayyidlar, ulamo, shayxlar, fozillar B) vazirlar, bosh kotiblar, devon munshiylari C) aqlli, tajribali, eng ishonchli kishilar D) amirlar, sarhanglar, sipohsolor, lashkarboshi 18 / 25 Nechanchi asrda paxsa va xom g‘ishtdan qurilgan imoratlar shahar me’morchiligi egallagan? A) XI-XII B) IX-X C) X-XI D) XII-XIII 19 / 25 Butun Kavkaz qachon Rossiya tarkibiga kiritilgan? A) 1866-yil B) 1862-yil C) 1861-yil D) 1864-yil 20 / 25 Misr sultoni Barquq huzuriga quyidagi qaysi mamlakatlardan aynan bir yilda elchilar tashrif buyurgan? 1) Amir Temur davlati; 2) Turkiya; 3) Oltin O‘rda; 4) Xitoy; 5) Iroq; 6) Sivas. A) 1,4,6 B) 2,3,5 C) 2,3,6 D) 1,2,3,6 21 / 25 Qang‘ davlatining asosiy shaharlari ... A) Sirdaryo sohillari bo‘ylab joylashgan edi B) Toshkent shahri hududida joylashgan edi C) Chirchiq daryosi sohillar bo‘ylab joylashgan edi D) Sirdaryoning quyi oqimida joylashgan edi 22 / 25 Hindistonda Boburiylar davrida qaysi fanlar Yevropa fanidan ancha oldinlab ketdi? A) matematika, tibbiyot B) astronomiya, matematika C) matematika, geografiya D) tibbiyot, astronomiya 23 / 25 Mo‘ynoqdagi eski maktabda, keyin Xivadagi Sherg‘oziyxon madrasasida o‘qigan shaxsni yashagan yillarini aniqlang. A) 1788-1875 B) 1827-1900 C) 1799-1880 D) 1824-1878 24 / 25 Noto‘g‘ri hukmni aniqlang. A) Imperator U-Di elchi Chjan Syanni mamlakatning shimoliy tumanlarini talon taroj qilayotgan ko‘chmanchi qabilalarga qarshi kurashda ittifoqchi va hamkorlar topish uchun jo‘natadi; B) Kanishka hukmronligi davrida davlat poytaxti hozirgi Pokiston hududiga ko‘chiriladi; C) Mil. avv. 71-yilning kuzida ro‘y bergan hal qiluvchi jangda Spartak lashkari tor-mor etildi, uning o‘zi esa asir olindi; D) Xitoyda qog‘oz ixtiro qilingan davrda Rimda muntazam yollanma qo‘shinlarga tayanuvchi harbiy boshliqlar real kuchga aylandilar. 25 / 25 To‘g‘ri hukmlarni aniqlang. 1) Panteon ibodatxonasining shiftlari gumbaz shaklida ustunlarsiz qurilgan; 2) Panteon so‘zi lotinchadan “barcha xudolar ibodatxonasi” degan ma’noni anglatadi; 3) Panteon ibodatxonasi yorug‘lik tushishiga qarab u o‘z rangini oltin rangidan havorang yoki kulranggacha o‘zgartirib, tuslanib turgan; 4) Qadimgi Rimning eng katta amfiteatri Kolizey bo‘lgan. A) 2, 4 B) 1, 4 C) 2, 3, 4 D) 1, 2, 4 0% Testni qayta ishga tushiring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz