Uy » Online olimpiada » Tarix olimpiada » 11-sinf Tarix olimpiada №1 Tarix olimpiadaTuman 2021-2022 o'quv yili 11-sinf Tarix olimpiada №1 InfoMaster Avgust 19, 2024 79 Ko'rishlar 5 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 2 12345678910111213141516171819202122232425 11-sinf Tarix olimpiada №1 2021-yil tuman bosqichida tushgan savollar. 1 / 25 Erkin kishilarga qirol amaldorlari o‘zboshimchaliklari va ortiqcha jarimalardan himoya qilish va’da qilingan hujjatni aniqlang. A) «Rus haqiqati» B) «Sali haqiqati» C) «Buyuk ozodlik xartiyasi» D) «Dahshatli sud kitobi» 2 / 25 d’E qal’asi joylashgan hudud uchun kimlar kurashgan edi? A) Vilgelm I va Ioann Sahiy B) Filipp IV va Bonifatsiy VII C) Filipp IV va Ioann D) Filipp II va Ioann 3 / 25 “G‘alabadan xabar beruvchi shohnoma” asarining muallifini toping. A) Mulla Ali qori Qunduziy B) Hakimxon To‘ra ibn Sayid Ma’sumxon C) Mirzo Qalandar Mushrif Isfarangiy D) Mulla Niyoz Muhammad Ho‘qandiy 4 / 25 1831-1832-yillarda yozilgan asarni aniqlang? A) “Ajoyib ut-tabaqot” B) “Dili g‘aroyib” C) “Tarixi Rashidiy” D) “Risola dar muaddili qamar” 5 / 25 Buyuk davlatlarning o‘zgalar hududlarini, bozorlarini, xomashyo manbalarini bosib olishga, siyosiy va iqtisodiy ta’sir doiralarini kengaytirishga qaratilgan siyosatlarini anglatuvchi atamani toping. A) irredentizm B) demobilizatsiya C) ekspansiya D) anneksiya 6 / 25 O‘rta asrlarda inkvizitsiya faoliyati, ayniqsa, qaysi o‘lkada keng tus olgan? A) Italiya B) Ispaniya C) Fransiya D) Polsha 7 / 25 Quyidagi mulohazalardan qaysi biri to‘g‘ri? A) Taraqqiyparvar ziyolilar (jadidlar) bilan eskilik tarafdorlari bo‘lgan ayrim ulamolar (qadimchilar) o‘rtasidagi kelishmovchiliklar “Sho‘roi Islomiya” tashkiloti safida bo‘linish yuz berishiga olib keldi. B) Buxoroda “Sho‘roi islom” nomli gazeta chiqarilgan. C) Butunturkiston musulmonlarining II qurultoyida Turkiston musulmonlarining Milliy Markazi - Turkiston o‘lka musulmonlar kengashi (Kraymussovet) tashkil qilindi. D) “Sho‘roi Islomiya” jamiyati dasturi va nizomiga ko‘ra, ichki siyosiy tuzilmada shariat qonunlariga qat’iy rioya qilish, milliy-diniy qadriyatlami yuksaltirishga da’vat etilgan va madrasalami iqtisodiy qo‘llab- quvvatlash aytilgan. 8 / 25 1889-yilda qabul qilingan Yaponiya konstitutsiyasiga ko‘ra imperator qanday huquqlarni o‘ziga saqlab qoldi? 1) parlament chaqirish, ochish, tarqatib yuborish; 2) vazirlarni lavozimiga tayinlash va chetlatish; 3) qonunlar o‘rniga oliy farmonlar chiqarish; 4) qo‘shinlarning oliy bosh qo‘mondoni bo‘lish; 5) soliqlar joriy etish; 6) urush e’lon qilish va sulh tuzish; 7) viloyat hokimlarini tayinlash A) 3, 5, 6, 7 B) 2, 4, 6, 7 C) 1, 3, 4, 6 D) 1, 2, 5, 6 9 / 25 Quyidagilardan qaysi biri Rimdagi Xalq majlisi vakolatlariga kirmaydi? A) Yangi qonunlarni tasdiqlash B) Armiyaga, inshootlarga mablag‘ ajratish C) Sulh tuzish D) Barcha muhim mansabdor shaxslarni tayinlash 10 / 25 Turkistonda chorvachilik va chorva mahsulotlarining kamayishiga olib kelgan sababni aniqlang. A) paxta maydonlarining kengaytirilishi B) chorva mollariga bo’lgan ehtiyojning pastligi C) Turkistonda tarqalgan vabo kasalligi D) chorvachilikdan kelgan foydaning kamligi 11 / 25 Qaysi davlatda parlament Kortes deb atalgan? A) Italiyada B) Ispaniyada C) Irlandiyada D) Gruziyada 12 / 25 Qayerda qonunni arzimas darajada buzganlik uchun ham o‘lim jazosi belgilagan (a), qayerda sudlov tizimida hokimiyatga qarshi arzimagan qilmish uchun ham o‘lim jazosi qo‘llanilar edi? (b) A) a-Afina, b-Buxoro amirligi B) a-Afina, b-Qo‘qon xonligi C) a-Afina, b-Xiva xonligi D) a-Sparta, b-Xiva xonligi 13 / 25 Qachon BMT rahnamoligida Orol bo‘yi mintaqasi uchun maxsus jamg‘arma tuzildi? A) 2000-yil B) 2001-yil C) 2021-yil D) 2018-yil 14 / 25 “Temur tuzuklari”da qilich chopishda o‘zini ko‘rsatgan bahodirlarni, birinchi marotaba bo‘lsa qanday lavozimga tayinlaganlar? A) O‘nboshi B) Mingboshi C) Yuzboshi D) Amir 15 / 25 Quyidagi qaysi davlat mil.avv. II asrda barham topgan? A) Yunon-Baqtriya B) Qang‘ C) Dovon D) Kushon 16 / 25 O‘rta Yunonistoning qismida tog‘lik Attika viloyati joylashgan yarimorol mavjud edi. Mil.avv. 2-ming yillikda Attikaning qismida yunonlar «Akropol», ya’ni «Yuqori shahar» deb atalgan qal’a quradilar. A) janubi-sharqiy, g‘arbiy B) janubi-sharqiy, shimoliy C) janubi-g‘arbiy, sharqiy D) shimoli-sharqiy, g‘arbiy 17 / 25 XIX asrning ikkinchi yarmida Buxoro amirligida sudlov, notarial ishlari, ta’lim muassasalarini kimlar boshqargan edi? A) Ruhoniylar B) Raislar C) Qozilar D) Muftiylar 18 / 25 Turkistonda Rossiya imperiyasi o‘tkazgan mustamlakachilik siyosatining oqibatlarini xolisona yoritish vazifasini ilgari surib, shunday savolni ko‘ndalang qo‘ygan edi: “… har tamonlama mudhish, chetdan qaraganda xalqimiz, uning madaniyati, milliy tafakkuri, urf-odatlari, turmush tarzi, hech bir mubolag‘asiz aytish mumkinki, nasl-nasabi yo‘q bo‘lib ketishi kerak bo‘lgan sharoitda baribir, qator yo‘qotishlar bilan bo‘lsa ham, millatimiz o‘zligini saqlab qoldimi yo yo‘qmi?” Ushbu jumlalar qayerdan olingan? A) Birinchi prezidentimizning “Yuksak manaviyat – yengilmas kuch” asaridan B) Birinchi prezidentimizning “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q” asaridan C) Birinchi prezidentimizning 1998-yil bir guruh ziyolilar bilan uchrashuvida aytilgan gaplaridan D) “O‘tkan kunlar” asaridan 19 / 25 Islom olamida “musulmonlarning e’tiqodini tuzatuvchi” degan yuksak sharafga sazovor bo‘lgan allomani aniqlang. A) Imom al-Buxoriy B) Burhoniddin al-Marg‘inoniy C) Mahmud az-Zamaxshariy D) Abu Mansur al-Moturidiy 20 / 25 Buxoro amirlaridan kim Qur’oni Karimni yoddan bilgan va o‘zi ham madrasa talabalariga ma’ruzalar o‘qib turgan? A) Amir Haydar B) Abdulahad C) Doniyolbiy D) Amir Muzaffar 21 / 25 Amir Temur davlatidagi qaysi lavozim harbiy lavozim hisoblanmagan? A) qo‘shunboshi B) bakovul C) aylboshi D) xonsolar 22 / 25 Bir davrda bo‘lgan voqealarni toping. A) Xan imperiyasi quladi, Rim imperiyasining kuch qudrati zaiflasha boshladi B) salavkiylar davlatiga asos solindi, Rimning barcha fuqarolari mavqeidan qat’iy nazar qonun oldida teng C) Zama jangi bo‘lib o‘tdi, Buyuk ipak yo‘li vujudga keldi D) Plateya jangi, Buyuk Xitoy devorining qurilish ishlari boshlandi. 23 / 25 Toshkent shahrida Zulfiya Zokirova va uning frontdan qaytmagan besh o‘g‘li, sadoqatli kelinlari xotirasiga atab bunyod etilgan muhtasham haykalga qanday nom berilgan? A) “Qahramon ona” B) “Matonat madhiyasi” C) “Hazrati inson” D) “Motamsaro ona” 24 / 25 XIII-XIV asrlarda Fransiyaning shimolidagi yirik savdo-hunarmandchilik shaharlarini birlashtirgan hudud qaysi edi? A) Parij B) Normandiya C) Tuluza D) Flandriya 25 / 25 Turk xoqonligining Sosoniylar va Vizantiya bilan yaqinlashuviga sabab bo‘lgan siyosiy vaziyatni aniqlang. A) Sosoniylar va Vizantiya bilan savdo-sotiq aloqalarining manfaatliligi B) Turk xoqonligining ikkiga bo‘linib ketishi C) Bu davlatlar o‘rtasida diniy yaqinlikning mavjudligi D) Eftallar bilan to‘qnashuvning muqarrarligi 0% Testni qayta ishga tushiring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz