Uy » Online olimpiada » Geografiya olimpiada » 11-sinf Geografiya olimpiada №1 Geografiya olimpiadaTuman 2021-2022 o'quv yili 11-sinf Geografiya olimpiada №1 InfoMaster Avgust 19, 2024 836 Ko'rishlar 7 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 2 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 11-sinf Geografiya olimpiada №1 2021-yil tuman bosqichida tushgan savollar 1 / 25 Hisor qo‘riqxonasida qanday hayvonlar muhofaza qilinadi? A) qoplon, qor barsi, ayiq, jayron B) hisor yo‘lbarsi, tog‘ jayroni, xongul, bo‘ri C) turkiston silovsini, qor qoploni, tog‘ echkisi, kiyik D) qor barsi, tog‘ bug‘usi, jayron, qo‘ng‘ir ayiq 2 / 25 O‘zbekistonning cho‘l va chalacho‘l mintaqalaridagi o‘rtacha murakkab geotizimlarga nimalarni misol qilish mumkin? A) Yuqori allyuvial terrasalarni B) Konussimon yoyilmalar va daryo deltalarining bosh qismini C) Qirlar, adirlar va platolarni D) Deltalarning o‘rta qismlarini 3 / 25 V. Sochava geotizimlarni ko‘lamiga ko‘ra qanday darajalarga ajratgan? A) sayyoraviy, mintaqaviy, lokalc B) tipologik, regional va lokal C) sayyoraviy, regional, topologik D) regional, lokal va sayyoraviy 4 / 25 Chuqurligi 4500 metr bo‘lgan suv havzasining tubida harorat +2°C ekanligi ma’lum bo‘lsa, xuddi shu paytda suv yuzasida harorat necha t°C ga teng bo‘ladi? A) -9°C B) +9°C C) -11°C D) +11°C 5 / 25 Quyidagi qaysi obyekt Qozog‘iston tabiiy geografik o‘lkasi tarkibiga kirmaydi? A) To‘rg‘ay platosi B) Xorazm tekisligi C) Shimoliy Tyanshan D) Sharqiy Qozog‘iston tog‘lari 6 / 25 Namangan vioyatining qaysi tumanlaridagi yaylovlarda qo‘y va echkilar ko‘p boqiladi? A) Namangan va Kosonsoy B) Uchqo‘rg‘on va Kosonsoy C) Pop va Chust D) To‘raqo‘rg‘on va Uychi 7 / 25 Kamchatkadagi Grot (G‘or) geyzeridan otilib chiqayotgan suvning harorati +92°C ga teng bo‘lsa, u qancha chuqurlikdan otilib chiqayotganligini aniqlang. A) 27,88 km B) 2978,9 km C) 2978 m D) 2,788 km 8 / 25 Osiyo va Afrikada urbanizatsiya ko‘rsatkichi qancha? A) 50% va 40% B) 60% va 27% C) 55% va 70% D) 43% va 31% 9 / 25 Quvasoy IEM qaysi iqtisodiy rayonda joylashgan? A) Mirzacho‘l B) Janubiy C) Zarafshon D) Farg‘ona 10 / 25 Quyidagi qaysi relyef shakli Tyanshan ororgenining tarkibiy qismi emas? A) Chotqol tizmasi B) Zarafshon tizmasi C) Bo‘kantov tizmasi D) Turkiston tizmasi 11 / 25 22-dekabrda Quyosh qaysi nuqtada zenitda bo‘ladi? A) ekvatorda B) janubiy tropikda C) shimoliy tropikda D) qutblarda 12 / 25 Chirchiq daryosi tekislikka oqib chiqqach, unga o‘ng tomondan qaysi daryolar quyiladi? A) Oqsoqotasoy, Qizilsuvsoy B) Qoronqulsoy, Glavasoy C) Parkentsoy, Oqtoshsoy D) Qoraqiyasoy, Qizilsuvsoy 13 / 25 Quyidagi qaysi mamlakatning shimoliy qismi tekislikdan iborat? A) Bolgariya B) Italiya C) Germaniya D) Turkiya 14 / 25 Ustyurtda sho‘rxoklarning keng tarqalishiga qanday omillar sabab bo‘lgan? A) relyefning tekisligi va grunt suvlari sathining yer betiga yaqinligi B) relyefning botiqligi va tez eruvchan tog‘ jinslarining keng tarqalganligi C) platoda joylashganligi va relyefning to‘lqinsimonligi D) yer yuzasining tekisligi va Orol dengiziga yaqin joylashganligi 15 / 25 Xaritada A va B nuqtalar bilan qaysi orollar o‘rni ko‘rsatilgan? A) A-Banks, B-Kuba B) A-Baffin Yeri, B-Kuba C) A-Grenlandiya, B-Gaiti D) A-Viktoriya, B-Yamayka 16 / 25 Sherobod-Sariqamish past tog‘ining janubi-g‘arbida qaysi tog‘ joylashgan? A) Pistalitog‘ B) Chaqchar C) Bobotog‘ D) Klif-Sherobod 17 / 25 G‘ulja shahri qaysi mamlakat hududida joylashgan? A) Qirg‘iziston B) Afg‘oniston C) Xitoy D) Eron 18 / 25 Dunyodagi eng uzun sug‘orish kanali qaysi mamlakat hududida joylashgan? A) Turkmaniston B) Xitoy C) Braziliya D) Rossiya 19 / 25 Quyidagi qaysi hududdan yirik kumush konlari topilgan? A) Qizilqum cho‘li B) Bobotog‘ tizmasi C) Qurama tizmasi D) Qarnobcho'l 20 / 25 Rasmdagi a va b harflar o‘rniga 4 sekund va 6 sekund so‘zlari mos ravishda qo‘yilsa, dengizning chuqurligini aniqlang. A) 6000 m va 9000 m B) 6500 m va 8500 m C) 4500 m va 3000 m D) 6000 m va 4500 m 21 / 25 Yerlarni o‘zlashtirib, haydash va sug‘orish natijasida tog‘ jinslari yemirilishining jadallashishi nima deb ataladi? A) yuzalama eroziya B) deflyatsiya C) suffoziya D) irrigatsiya eroziyasi 22 / 25 Alp tog‘lari muzliklaridan to‘yinuvchi daryolarni aniqlang. A) Volga, Lena, Don, Ob B) Yenisey, Lena, Ob, Volga C) Reyn, Rona, Adije, Drava D) Rona, Yenisey, Oder, Olt 23 / 25 Qaysi davlat Karib havzasi mamlakatlari tarkibiga kirmaydi? A) Gvatemala B) Meksika C) Gonduras D) Nikaragua 24 / 25 25,2° janubiy kenglikda joylashgan Asunson shahridan Janubiy qutbgacha bo‘lgan masofani gradus va kilometr hisobida aniqlang. A) 68,4° va 9719,28 km B) 64,8° va 7199,28 km C) 6,48° va 7919,82 km D) 64,8° va 7919,82 km 25 / 25 Rasmda raqamlar bilan ko‘rsatilgan obyektlarning qaysi birida havo bosimi eng past bo‘ladi? A) 1 B) 4 C) 2 D) 3 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 2 9-10-11 sinflar Geografiya olimpiada №6