Uy » Online olimpiada » Geografiya olimpiada » 11-sinf Geografiya olimpiada №1 Geografiya olimpiadaTuman 2021-2022 o'quv yili 11-sinf Geografiya olimpiada №1 InfoMaster Avgust 19, 2024 27 Ko'rishlar 7 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 11-sinf Geografiya olimpiada №1 2021-yil tuman bosqichida tushgan savollar 1 / 25 Quyidagi qaysi mamlakatning shimoliy qismi tekislikdan iborat? A) Italiya B) Bolgariya C) Germaniya D) Turkiya 2 / 25 Quyidagi qaysi hududdan yirik kumush konlari topilgan? A) Bobotog‘ tizmasi B) Qizilqum cho‘li C) Qarnobcho'l D) Qurama tizmasi 3 / 25 Rasmda raqamlar bilan ko‘rsatilgan obyektlarning qaysi birida havo bosimi eng past bo‘ladi? A) 1 B) 4 C) 2 D) 3 4 / 25 Yerlarni o‘zlashtirib, haydash va sug‘orish natijasida tog‘ jinslari yemirilishining jadallashishi nima deb ataladi? A) yuzalama eroziya B) suffoziya C) deflyatsiya D) irrigatsiya eroziyasi 5 / 25 Ustyurtda sho‘rxoklarning keng tarqalishiga qanday omillar sabab bo‘lgan? A) relyefning botiqligi va tez eruvchan tog‘ jinslarining keng tarqalganligi B) yer yuzasining tekisligi va Orol dengiziga yaqin joylashganligi C) relyefning tekisligi va grunt suvlari sathining yer betiga yaqinligi D) platoda joylashganligi va relyefning to‘lqinsimonligi 6 / 25 Adiroldi qirlari landshaftning qaysi taksonomik birligiga mos keladi? A) rayon B) urochishe C) fatsiya D) joy 7 / 25 Kamchatkadagi Grot (G‘or) geyzeridan otilib chiqayotgan suvning harorati +92°C ga teng bo‘lsa, u qancha chuqurlikdan otilib chiqayotganligini aniqlang. A) 2978 m B) 2978,9 km C) 2,788 km D) 27,88 km 8 / 25 Quyidagi qaysi obyekt Qozog‘iston tabiiy geografik o‘lkasi tarkibiga kirmaydi? A) Xorazm tekisligi B) Sharqiy Qozog‘iston tog‘lari C) Shimoliy Tyanshan D) To‘rg‘ay platosi 9 / 25 V. Sochava geotizimlarni ko‘lamiga ko‘ra qanday darajalarga ajratgan? A) regional, lokal va sayyoraviy B) sayyoraviy, regional, topologik C) tipologik, regional va lokal D) sayyoraviy, mintaqaviy, lokalc 10 / 25 Chirchiq daryosi tekislikka oqib chiqqach, unga o‘ng tomondan qaysi daryolar quyiladi? A) Parkentsoy, Oqtoshsoy B) Oqsoqotasoy, Qizilsuvsoy C) Qoraqiyasoy, Qizilsuvsoy D) Qoronqulsoy, Glavasoy 11 / 25 Osiyo va Afrikada urbanizatsiya ko‘rsatkichi qancha? A) 60% va 27% B) 50% va 40% C) 43% va 31% D) 55% va 70% 12 / 25 Qaysi davlat Karib havzasi mamlakatlari tarkibiga kirmaydi? A) Gonduras B) Gvatemala C) Nikaragua D) Meksika 13 / 25 G‘ulja shahri qaysi mamlakat hududida joylashgan? A) Xitoy B) Qirg‘iziston C) Eron D) Afg‘oniston 14 / 25 Sherobod-Sariqamish past tog‘ining janubi-g‘arbida qaysi tog‘ joylashgan? A) Chaqchar B) Klif-Sherobod C) Bobotog‘ D) Pistalitog‘ 15 / 25 Quvasoy IEM qaysi iqtisodiy rayonda joylashgan? A) Mirzacho‘l B) Zarafshon C) Janubiy D) Farg‘ona 16 / 25 Selak va Tomboro vulqonlari qaysi mamlakat hududida joylashgan? A) Malayziya B) Singapur C) Yaponiya D) Indoneziya 17 / 25 O‘zbekistonning cho‘l va chalacho‘l mintaqalaridagi o‘rtacha murakkab geotizimlarga nimalarni misol qilish mumkin? A) Konussimon yoyilmalar va daryo deltalarining bosh qismini B) Qirlar, adirlar va platolarni C) Deltalarning o‘rta qismlarini D) Yuqori allyuvial terrasalarni 18 / 25 Hisor qo‘riqxonasida qanday hayvonlar muhofaza qilinadi? A) turkiston silovsini, qor qoploni, tog‘ echkisi, kiyik B) hisor yo‘lbarsi, tog‘ jayroni, xongul, bo‘ri C) qor barsi, tog‘ bug‘usi, jayron, qo‘ng‘ir ayiq D) qoplon, qor barsi, ayiq, jayron 19 / 25 Quyidagi qaysi relyef shakli Tyanshan ororgenining tarkibiy qismi emas? A) Bo‘kantov tizmasi B) Zarafshon tizmasi C) Chotqol tizmasi D) Turkiston tizmasi 20 / 25 Dunyodagi eng uzun sug‘orish kanali qaysi mamlakat hududida joylashgan? A) Braziliya B) Turkmaniston C) Rossiya D) Xitoy 21 / 25 Rasmdagi a va b harflar o‘rniga 4 sekund va 6 sekund so‘zlari mos ravishda qo‘yilsa, dengizning chuqurligini aniqlang. A) 6500 m va 8500 m B) 6000 m va 4500 m C) 6000 m va 9000 m D) 4500 m va 3000 m 22 / 25 Chuqurligi 4500 metr bo‘lgan suv havzasining tubida harorat +2°C ekanligi ma’lum bo‘lsa, xuddi shu paytda suv yuzasida harorat necha t°C ga teng bo‘ladi? A) -9°C B) +9°C C) +11°C D) -11°C 23 / 25 25,2° janubiy kenglikda joylashgan Asunson shahridan Janubiy qutbgacha bo‘lgan masofani gradus va kilometr hisobida aniqlang. A) 64,8° va 7919,82 km B) 68,4° va 9719,28 km C) 64,8° va 7199,28 km D) 6,48° va 7919,82 km 24 / 25 Dunyo okeani yuzasidan bir yilda qancha qalinlikda suv bug‘lanadi? A) 1 m B) 5 m C) 3 m D) 2 m 25 / 25 Xaritada A va B nuqtalar bilan qaysi orollar o‘rni ko‘rsatilgan? A) A-Grenlandiya, B-Gaiti B) A-Baffin Yeri, B-Kuba C) A-Banks, B-Kuba D) A-Viktoriya, B-Yamayka 0% Testni qayta ishga tushiring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz