Uy » Online olimpiada » Geografiya olimpiada » 9-sinf Geografiya olimpiada №1 Geografiya olimpiadaTuman 2021-2022 o'quv yili 9-sinf Geografiya olimpiada №1 InfoMaster Avgust 19, 2024 34 Ko'rishlar 2 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 12345678910111213141516171819202122232425 9-sinf Geografiya olimpiada №1 2021-yil tuman bosqichida tushgan savollar 1 / 25 Shamol yo‘nalishini qaysi asbob yordamida aniqlash mumkin? A) termometr B) fluger C) barometr D) anemometr 2 / 25 Ekologik muammolar ko‘lami jihatidan nechta pog‘onaga bo‘linadi? A) 5 B) 2 C) 3 D) 6 3 / 25 Qaysi so‘z yunonchadan tarjima qilganda “ko‘tarilaman” degan ma’noni bildiradi? A) landshaft B) vulqon C) relyef D) astenosfera 4 / 25 Ushbu rasmda tasvirlangan tepalikning qaysi yonbag‘ri qiya? A) Janubiy B) Sharqiy C) Shimoliy D) G‘arbiy 5 / 25 To‘rg‘ay supasimon o‘lkasining janubiy qismi, Qozog‘iston past tog‘larining juda katta janubiy qismida qanday tabiat zonasi tarkib topgan? A) Cho‘l B) Chalacho‘l C) Adir D) Dasht 6 / 25 65 mln. yil avval Gondvanadan qaysi materiklar ajralib chiqqan? 1. Afrika; 2. Shimoliy Amerika; 3. Avstraliya; 4. Antarktida; 5. Yevrosiyo; 6. Janubiy Amerika A) 1, 3, 4, 6 B) 1, 2, 5, 6 C) 2, 4, 5, 6 D) 2, 3, 4, 6 7 / 25 Mirzacho‘lning markaziy qismida qanday botiqlar joylashgan? A) Sardoba, Yerjar, Sangzor B) Qizilqum, Yettisoy, Boyovut C) Yettisoy, Sardoba, Qorasuv, Yog‘ochota, Sho‘ro‘zak D) Amir Temur, Sangzor, Mirzaobod 8 / 25 Nosir Xisravning sayohat yo‘li xarit-sxemasida O‘rta dengiz qanday nom bilan ko‘rsatilgan? A) Fors ko‘li B) Rum dengizi C) Qulzum dengizi D) Abiskun dengizi 9 / 25 X asrning oxirida Shimoliy Amerika materigining shimoli-sharqiy qismini va Grenlandiya orolini kim o‘rgandi? A) Jon Kabot B) G. Gudzon C) A. Makkenzi D) Erik Rauda 10 / 25 Vujudga kelishiga ko‘ra quruqlik bilan bog‘liq yotqiziqlar nima deb ataladi? A) Jigarrang okean loyqasi B) Terrigen yotqiziqlar C) Akkumulyativ yotqiziqlar D) Qizil tusli okean gili 11 / 25 Troposfera havosining harorati, namligi, shamollari va boshqa xususiyatlariga ko‘ra bir-biridan farq qiladigan katta qismlari nima deb ataladi? A) havo harakati B) kontinental havo C) dengiz havosi D) havo massalari 12 / 25 Cho‘l mintaqasi O‘zbekiston hududining necha foizini tashkil etadi? A) 30% B) 70% C) 50% D) 80% 13 / 25 Qaysi daryo Chotqol va Piskom daryolarining Chorvoq botig‘ida qo‘shilishidan vujudga keladi? A) Sirdaryo B) Zarafshon C) Piskom D) Chirchiq 14 / 25 Qanday andozalarda tuzilgan xaritalarda meridianlar bilan parallellar bir-birini 90◦ li burchak ostida kesishadigan to‘g‘ri chiziqlardan iborat to‘r hosil qiladi? A) konussimon B) silindrsimon C) azimutli D) teng maydonli 15 / 25 Okean suvining sho‘rligi nima bilan uzviy bog‘liq? A) chuqurligi va maydoni bilan B) suvo‘tlar va mikroorganizmlar bilan C) suvning harorati bilan D) tarkibidagi moddalari bilan 16 / 25 Qoradaryo qaysi daryolarning qo‘shilishidan hosil bo‘ladi? A) Oqsuv va Tanxoz B) Tor va Qora G‘ulja C) Aravansoy va Oqbura D) Yassi va Ko‘gart 17 / 25 Qaysi iqtisodiy rayondagi temiryo‘llar hudud bo‘ylab uchburchak shaklida qurilgan? A) Mirzacho‘l B) Toshkent C) Quyi Amudaryo D) Farg‘ona 18 / 25 Toshkent viloyatining qaysi tumanlari asosan sabzavot va meva yetishtirishga ixtisoslangan? A) Piskent, Oqqo‘rg‘on, Bo‘ka, Olmaliq B) Parkent, G‘azalkent, Angren, Nurobod C) Bekobod, Do‘stobod, Chinoz, Chirchiq D) Yangiyo‘l, Qibray, Bo‘stonliq, Parkent 19 / 25 Rasmda ko‘rsatilgan shamol turini aniqlang. A) Fyon B) Passat C) Briz D) Musson 20 / 25 Rasmda Toshkent viloyati bilan chegaradosh bo‘lgan qaysi davlatlarning hududi A va B harflari bilan ko‘rsatilgan? A) Turkmaniston va Afg‘oniston B) Qozog‘iston va Qirg‘iziston C) Tojikiston va Qozog‘iston D) Tojikiston va Qirg‘iziston 21 / 25 Quyidagi shaharlardan qaysilari qazilma boyliklar va suv quvvati boyliklari mavjud hududlarda barpo etilgan? 1) Yangiyer; 2) Navoiy; 3) Angren; 4) Guliston; 5) Uchquduq; 6) Shirin. A) 2, 3, 4, 6 B) 1, 2, 4, 6 C) 1, 3, 5, 6 D) 2, 3, 5, 6 22 / 25 Guri suv ombori qaysi daryoda barpo etilgan? A) Missisipi B) Volga C) Karuna D) Niger 23 / 25 Pachkamar suv ombori qaysi daryoning oqimini tartibga solish maqsadida qurilgan? A) Qashqadaryo B) Oqsuvdaryo C) G‘uzordaryo D) Tanxozdaryo 24 / 25 Quyida ko‘rsatilgan B nuqtadagi havo haroratini toping? A) 27°C B) 27,6°C C) 26°C D) 26,4°C 25 / 25 Shoʻrkoʻl suv ombori qaysi viloyatlar orasida joylashgan? A) Surxondaryo va Qashqadaryo B) Buxoro va Navoiy C) Qashqadaryo va Buxoro D) Navoiy va Qashqadaryo 0% Testni qayta ishga tushiring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz