Uy » Online olimpiada » Geografiya olimpiada » 10-sinf Geografiya olimpiada №1 Geografiya olimpiadaTuman 2021-2022 o'quv yili 10-sinf Geografiya olimpiada №1 InfoMaster Avgust 19, 2024 298 Ko'rishlar 3 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 4 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 10-sinf Geografiya olimpiada №1 2021-yil tuman bosqichida tushgan savollar 1 / 25 Psilofitlar Yer taraqqiyotining qaysi davrida shakllangan? A) kembriy B) silur C) prem D) yura 2 / 25 Nima Atlantika okeanining shimoliy qismida, Florida yarimoroli, Folklend orollari yonida katta maydonlarni egallaydi? A) port shaharlar B) suv osti tog‘ tizmasi C) dengiz sayozligi D) okean botiqlari 3 / 25 Quyidagi balandlik mintaqalari shakllangan tog‘ qaysi tabiat zonasida joylashgan? 1 – o‘rmon-dasht va dasht; 2 – aralash va keng bargli o‘rmonlar; 3 – subalp o‘tloqlari; 4 – alp o‘tloqlari; 5 – tog‘ tundrasi; 6 – qor va muz zonasi. A) subekvatorial o‘rmonlar zonasida B) o‘rmon-dasht va dasht zonasida C) tundra va o‘rmon tundra zonasida D) aralash va keng bargli o‘rmonlar zonasida 4 / 25 Janubiy Amerikaning qaysi davlatlari Atlantika va Tinch okean havzalari bilan tutash emas? A) Argentina, Gayana B) Boliviya, Paragvay C) Surinam, Peru D) Venesuela, Kolumbiya 5 / 25 Quyidagi ma’lumotlar asosida havoning sutkalik o‘rtacha haroratini aniqlang: soat 1:00 da +8°C; 4:00 da+4°C; 7:00 da +7°C; 10:00 da +15°C; 13:00 da +19°C; 16:00 da +21°C; 19:00 da +13°C; 22:00 da +9°C. A) +13°C B) +19°C C) +12°C D) +15°C 6 / 25 Aholining tug‘ilganlar soniga nisbatan o‘lganlar sonining ko’pligi hisobiga ko‘payishi nima deb ataladi? A) depopulyatsiya B) abiiy ko‘payish C) reurbanizatsiya D) mexanik ko‘payish 7 / 25 Islandiyadagi geyzerlarning biridan otilib chiqayotgan suvning harorati +93°C bo‘lsa, bu suv qancha chuqurlikdan otilib chiqayotganligini aniqlang. A) 2182,8 m B) 2188,2 m C) 2281,8 m D) 2818,2 m 8 / 25 Ushbu xarita-sxemadagi yo‘nalish bo‘yicha sayyohlar A nuqtadan B nuqtaga borishlari uchun qaysi tabiat zonalaridan o‘tishlari kerak? A) Savannalardan nam ekvatorial o‘rmonlar zonasiga B) Savannalardan chalacho‘l va cho‘l zonasiga C) Nam ekvatorial o‘rmonlar zonasidan savannalar zonasiga D) Qattiq bargli doimiy yashil o‘rmonlar zonasidan chalacho‘llar zonasiga 9 / 25 O‘zbekistonning tog‘li qismida tog‘ oralig‘i botiqlarining paydo bo‘lishi nima bilan bog‘liq? A) doimiy shamollarning esishi B) vulqonlarning otilishi C) tog‘ tizmalarining ko‘tarilishi D) relyefning notekisligi 10 / 25 Magmatik va metamorfik jinslar Afrikaning qaysi hududlarida uchraydi? A) cho‘kmalar va pasttekisliklarda B) tog‘lar va platolarda C) daryo havzalarida va botiqlarda D) tog‘lar va pasttekisliklarda 11 / 25 Quyidagilardan qaysi biri ozon qatlamini yemiradigan “freon” gazlarining tarkibiga kirmaydi? A) ftor B) uglerod C) xlor D) vodorod 12 / 25 Tabiiy gazdan azotli o‘g‘it va kimyoviy tola ishlab chiqaradigan zavodlar qaysi shaharlada bunyod etilgan? A) Andijon va Nukus B) Farg‘ona va Navoiy C) Yangiyo‘l va Marg‘ilon D) Buxoro va Samarqand 13 / 25 Tog‘ va tepalik yonbag‘irlarining ufq tomonlariga, quyosh nurlari tushadigan tomonga nisbatan joylashuvi nima deb ataladi? A) sektorlik B) geografik o‘rin C) balandlik mintaqalanishi D) yonbag‘ir ekspozitsiyasi 14 / 25 Kelib chiqishiga ko‘ra muz hosil qilgan ko‘lni belgilang. A) Baykal B) Tanganika C) Katta Ayiq D) Nyasa 15 / 25 Paleozoy erasining kaledon tog‘ hosil bo‘lish bosqichida qaysi tog‘lar hosil bo‘lgan? A) And, Janubiy Appalachi, Chukotka, Kamchatka, Yangi Zelandiya B) Baykalbo‘yi, Tyanshan, Ural, Markaziy Yevropa C) Yuqori Yana, Markaziy Kordilyera, Qozog‘iston tog‘lari, Alp-Himolay mintaqasidagi tog‘lar D) Oltoy, Tyanshan, Qozog‘iston past tog‘lari, Shimoliy Skandinaviya, Shimoliy Appalachi 16 / 25 Shamolning tezligi qaysi asbob yordamida o‘lchanadi? A) Termometr B) Barometr C) Anemometr D) Fluger 17 / 25 Kermadek cho‘kmasi Yava cho‘kmasidan necha metrga chuqur? A) 2318 m B) 1840 m C) 2031 m D) 1706 m 18 / 25 Litosfera okean tubida va quruqliklarda necha kilometr qalinlikka ega? A) 50-60 va 100-200 B) 20-50 va 200-300 C) 35-40 va 70-80 D) 60-70 va 100-150 19 / 25 Janubiy Amerika materigining 30° va 40° janubiy kengliklari oralig‘idagi hududlarda qaysi iqlim mintaqasi tarkib topgan? A) ekvatorial B) subtropik C) tropik D) subekvatorial 20 / 25 Janubiy Amerika materigining tekislik qismida qanday tabiat zonalari shakllangan? 1. sernam ekvatorial o‘rmonlar; 2. preriyalar; 3. subekvatorial o‘rmonlar; 4. savannalar; 5. ignabargli o‘rmonlar; 6. dasht; 7.chalacho‘l va cho‘l; 8. o‘rmon-dasht; 9. aralash o‘rmonlar. A) 1, 3, 4, 6, 7, 9 B) 1, 2, 3, 4, 6, 9 C) 1, 2, 3, 4, 6, 8 D) 2, 4, 5, 7, 8, 9 21 / 25 Deltalardagi qurigan kichikroq ko‘llarning botiqlar landshaftning qaysi birligiga mos keladi? A) provinsiya B) fatsiya C) joy D) urochishe 22 / 25 Mirzacho‘lning tekislik qismi qaysi davrda dengiz suvi ostida bo‘lgan? A) silur B) toshko‘mir C) devon D) yura 23 / 25 Quyidagi qaysi hodisaning sodir bo‘lishi Oyning Yerni tortishi bilan bog‘liq emas? A) Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishi sekinlashishi B) qalqish hodisasi C) qirg‘oqbo‘yi hududlarda Dunyo okeani sathining ko‘tarilishi D) Yer aylanishining burchak tezligi qiymati ekvatordan qutblarga tomon kamayib borishi 24 / 25 Agar dengiz sathida havo bosimi 757 mm Hg ga, harorat esa +24°C ga teng bo‘lsa, 5895 m balandlikdagi havoning harorati va bosimini aniqlang. A) –9,5°C, 158,5 mm Hg B) –10,5°C, 176,5 mm Hg C) –8,54°C, 127,5 mm Hg D) –11,37°C, 167,5 mm Hg 25 / 25 Rasmda raqamlar bilan ko‘rsatilgan obyektlarning qaysi birida havo bosimi eng yuqori bo‘ladi? A) 1 B) 3 C) 4 D) 2 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 3 9-10-11 sinflar Geografiya olimpiada №6