Uy » Online olimpiada » Geografiya olimpiada » 11-sinf Geografiya olimpiada №1 Geografiya olimpiadaTuman 2021-2022 o'quv yili 11-sinf Geografiya olimpiada №1 InfoMaster Avgust 19, 2024 822 Ko'rishlar 7 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 2 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 11-sinf Geografiya olimpiada №1 2021-yil tuman bosqichida tushgan savollar 1 / 25 Xaritada A va B nuqtalar bilan qaysi orollar o‘rni ko‘rsatilgan? A) A-Viktoriya, B-Yamayka B) A-Grenlandiya, B-Gaiti C) A-Baffin Yeri, B-Kuba D) A-Banks, B-Kuba 2 / 25 Quvasoy IEM qaysi iqtisodiy rayonda joylashgan? A) Janubiy B) Zarafshon C) Farg‘ona D) Mirzacho‘l 3 / 25 Eratosfen va Ptolemey tuzgan dunyo xaritalarida Hind okeani qanday nom bilan atalgan? A) Efiopiya okeani va Sharqiy dengiz B) Eritreya dengizi va Hindiston dengizi C) G‘arbiy okean va Hindiston dengizi D) Fors ko‘li va Qulzum dengizi 4 / 25 Quyidagi qaysi hududdan yirik kumush konlari topilgan? A) Qurama tizmasi B) Bobotog‘ tizmasi C) Qarnobcho'l D) Qizilqum cho‘li 5 / 25 O‘zbekistonning cho‘l va chalacho‘l mintaqalaridagi o‘rtacha murakkab geotizimlarga nimalarni misol qilish mumkin? A) Konussimon yoyilmalar va daryo deltalarining bosh qismini B) Yuqori allyuvial terrasalarni C) Deltalarning o‘rta qismlarini D) Qirlar, adirlar va platolarni 6 / 25 Namangan vioyatining qaysi tumanlaridagi yaylovlarda qo‘y va echkilar ko‘p boqiladi? A) Pop va Chust B) To‘raqo‘rg‘on va Uychi C) Namangan va Kosonsoy D) Uchqo‘rg‘on va Kosonsoy 7 / 25 Dunyo okeani yuzasidan bir yilda qancha qalinlikda suv bug‘lanadi? A) 3 m B) 2 m C) 5 m D) 1 m 8 / 25 Rasmdagi a va b harflar o‘rniga 4 sekund va 6 sekund so‘zlari mos ravishda qo‘yilsa, dengizning chuqurligini aniqlang. A) 4500 m va 3000 m B) 6000 m va 9000 m C) 6500 m va 8500 m D) 6000 m va 4500 m 9 / 25 Chuqurligi 4500 metr bo‘lgan suv havzasining tubida harorat +2°C ekanligi ma’lum bo‘lsa, xuddi shu paytda suv yuzasida harorat necha t°C ga teng bo‘ladi? A) +11°C B) -9°C C) +9°C D) -11°C 10 / 25 Yerlarni o‘zlashtirib, haydash va sug‘orish natijasida tog‘ jinslari yemirilishining jadallashishi nima deb ataladi? A) irrigatsiya eroziyasi B) deflyatsiya C) yuzalama eroziya D) suffoziya 11 / 25 Quyidagi qaysi mamlakatning shimoliy qismi tekislikdan iborat? A) Germaniya B) Italiya C) Turkiya D) Bolgariya 12 / 25 Osiyo va Afrikada urbanizatsiya ko‘rsatkichi qancha? A) 43% va 31% B) 50% va 40% C) 60% va 27% D) 55% va 70% 13 / 25 Hisor qo‘riqxonasida qanday hayvonlar muhofaza qilinadi? A) qor barsi, tog‘ bug‘usi, jayron, qo‘ng‘ir ayiq B) hisor yo‘lbarsi, tog‘ jayroni, xongul, bo‘ri C) qoplon, qor barsi, ayiq, jayron D) turkiston silovsini, qor qoploni, tog‘ echkisi, kiyik 14 / 25 Kamchatkadagi Grot (G‘or) geyzeridan otilib chiqayotgan suvning harorati +92°C ga teng bo‘lsa, u qancha chuqurlikdan otilib chiqayotganligini aniqlang. A) 2,788 km B) 2978,9 km C) 27,88 km D) 2978 m 15 / 25 Dunyodagi eng uzun sug‘orish kanali qaysi mamlakat hududida joylashgan? A) Rossiya B) Braziliya C) Turkmaniston D) Xitoy 16 / 25 Quyidagi qaysi obyekt Qozog‘iston tabiiy geografik o‘lkasi tarkibiga kirmaydi? A) To‘rg‘ay platosi B) Xorazm tekisligi C) Sharqiy Qozog‘iston tog‘lari D) Shimoliy Tyanshan 17 / 25 Sherobod-Sariqamish past tog‘ining janubi-g‘arbida qaysi tog‘ joylashgan? A) Chaqchar B) Bobotog‘ C) Pistalitog‘ D) Klif-Sherobod 18 / 25 Qaysi davlat Karib havzasi mamlakatlari tarkibiga kirmaydi? A) Nikaragua B) Gvatemala C) Meksika D) Gonduras 19 / 25 22-dekabrda Quyosh qaysi nuqtada zenitda bo‘ladi? A) shimoliy tropikda B) ekvatorda C) janubiy tropikda D) qutblarda 20 / 25 Selak va Tomboro vulqonlari qaysi mamlakat hududida joylashgan? A) Singapur B) Yaponiya C) Indoneziya D) Malayziya 21 / 25 Adiroldi qirlari landshaftning qaysi taksonomik birligiga mos keladi? A) fatsiya B) urochishe C) rayon D) joy 22 / 25 G‘ulja shahri qaysi mamlakat hududida joylashgan? A) Qirg‘iziston B) Xitoy C) Afg‘oniston D) Eron 23 / 25 V. Sochava geotizimlarni ko‘lamiga ko‘ra qanday darajalarga ajratgan? A) tipologik, regional va lokal B) regional, lokal va sayyoraviy C) sayyoraviy, regional, topologik D) sayyoraviy, mintaqaviy, lokalc 24 / 25 Alp tog‘lari muzliklaridan to‘yinuvchi daryolarni aniqlang. A) Rona, Yenisey, Oder, Olt B) Yenisey, Lena, Ob, Volga C) Volga, Lena, Don, Ob D) Reyn, Rona, Adije, Drava 25 / 25 25,2° janubiy kenglikda joylashgan Asunson shahridan Janubiy qutbgacha bo‘lgan masofani gradus va kilometr hisobida aniqlang. A) 6,48° va 7919,82 km B) 68,4° va 9719,28 km C) 64,8° va 7919,82 km D) 64,8° va 7199,28 km 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 1 9-10-11 sinflar Geografiya olimpiada №6