Uy » Abituriyent » Ona tili va adabiyot abituriyent » Ona tili va adabiyot abituriyent testi №1 Ona tili va adabiyot abituriyent Ona tili va adabiyot abituriyent testi №1 InfoMaster Aprel 5, 2022 185 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 123456789101112131415161718192021222324252627282930 Vaqtingiz tugadi! Tomonidan yaratilgan InfoMaster Ona tili va adabiyot abituriyentlar uchun №1 1 / 30 Bosh gap egasi noma`lum gap bo`lgan ergashgan qo`shma gapni aniqlang. A) Odamning shunday do`stlari bo`ladiki, ularning har biri bilan fe’liga qarab gaplashishga to`g`ri keladi. B) Odamlar siz bilan odatdagidek gaplashishni xohlamasa aybni o`zingizdan qidiring. C) Har kishi el uchun tpsa agar ranj, Oqibat muyassar bo`lar unga ganj D) Dushman oz deb g`ofil bo`lmaslik kerak, chunki ko`p o`tinni ozgina o`t kuydiradi. 2 / 30 Kiritma gaplar haqida to`g`ri ma`lumotlarni aniqlang. 1) kiritma gaplar, asosan, kitobiy uslubga xos; 2) kiritma gaplar, asosan, gap o`rtasida keladi; 3) kiritma gaplar orqali ifodalangan qo`shimcha ma`lumot gapning umumiy mazmuniga bog`liq bo`lmaydi; 4) kiritma gaplar gap tarkibidan tushurib qoldirsa ham, gapning asosiy ma`nosiga ziyon yetmaydi. A) 1,2,4 B) 1,3,4 C) 1,2,3,4 D) faqat 1 3 / 30 Urush - quyon ovi emas. Ushbu gapdagi tirening ishlatilish sababini aniqlang. A) ega ma`nosi ta`kidlangani uchun B) izohlash munosabati bo`lgani uchun C) bu gapda tire ishlatilmaydi, chunki ot kesim tarkibida bog`lama bor D) o`xshatish munosabati ifodalangani uchun 4 / 30 Qayidagi misrada qo`llanilgan san`at turini aniqlang G`uncha sevunub to`niga sig`mas, O`xshatsam o`qung boshoqi birla. A) talmeh B) tazod C) tashxis D) tajnis 5 / 30 Bag`rim yoniq, yuzim qora, ko`nglim siniq, bo`yim bukik, sening ziyoratingga keldim sultonim. Gapda fonetik yozuv qoidasi asosida yozilgan so`zlar soni nechta? A) 5 ta B) 4 ta C) 2 ta D) 3 ta 6 / 30 Bosh kelishik shaklidagi ismlarga ergashib kela oladigan vazifadosh ko`makchilar qatorini aniqlang? 1) sari; 2) tomon; 3) bilan; 4) bo`ylab; 5) qaramay; 6) sayin; 7) kabi A) 1, 2, 3, 4, 6, 7 B) 2, 4 C) 2, 4, 5, 6 D) 1, 2, 3, 4 7 / 30 Quyidagi keltirilgan gapda qo`llanilgan yasama so`zlar sonini aniqlang. Siz borliqning mo`jizakor qudratini, shiddatkor sevgi bo`ronini, bunyodkorlik, ijodkorlik girdobini intiqlik bilan kutganingiz: poklanishni, bardamlik, yangilanish, yengillik, saxiylik va mehrni o`zingizga sindirasiz. A) 11 B) 10 C) 9 D) 12 8 / 30 Tarkibida o‘zaro shakldosh so‘z yasovchi qo‘shimcha ishtirok etgan bir necha ergash gapli murakkab qo‘shma gapni aniqlang. A) Istagimiz shuki, hayot farovon bo‘lsin, hech kim yomonlik ko‘rmasin. B) Suv ko‘p bo‘lsa, ekinlar yaxshi o‘sadi, dasturxon to‘kin bo‘ladi. C) Xalqimiz shuni istaydiki, yurtimiz tinch bo‘lsin, farzandlarimiz o‘kinch nimaligini bilmasin. D) Sen nimani istasang, nimani so‘rasang, o‘shani muhayyo qilamiz. 9 / 30 O`kin pushaymon bo`l, ko`rgiliging, taqdiring uchun, tarbiyat qilgan dono xoqoningga yemirilgan, qo`ldan ketgan yaxshi davlatingga. O`zing adashding, oraga yomonni kirgizding. Qurolli qaydan kelib tarqatib yubordi, nayzali qaydan kelib surib ketdi… Borgan yerda yaxshilik shu bo`ldi: qonning suvday oqdi, suyaging tog`day uyulib yotdi, bek bo`ladigan o`g`il bolang qul bo`ldi, suluv qiz bolang cho`ri bo`ldi”. Ushbu parcha qaysi asardan olingan? A) Tunyuquq bitiktoshidan B) “Devonu lug`atit-turk” asaridan C) Kul Tigin bitiktoshidan D) “Qutadg`u bilig” dostonidan 10 / 30 Qaysi qatorda ismlarni kesim sifatida shakllantiruvchi va ega bilan munosabatini ifodalovchi qo`shimchalar berilgan. A) -ga, -da, -dan B) -man, -san, -dir C) -cha, -lar, -man D) -dir, -day, -dek 11 / 30 Nisbat qo`shimchasi vositasida o`timsiz fe’lga aylanishi mumkin bo`lgan o`timli fe’llar berilgan qatorni aniqlang. A) quvnamoq, jilmaymoq B) kiymoq, taramoq C) qochmoq, yonmoq D) yuvmoq, yayramoq 12 / 30 Nutq tovushlari tizimini tilshunoslikning qaysi bo`limi o`rganadi? A) fonetika B) grafika C) orfografiya D) orfoepiya 13 / 30 Qaysi javobda nomi keltirilgan asar nemis adaboyitining yirik vakili Haynrix Haynening ballada janrida yozilgan asari hisoblanadi? A) “Germaniya, Qish ertagi” B) “Yo`l lavhalari” C) “Qullar kemasi” D) “Sileziya to`quvchilari” 14 / 30 “Ayamning hadeganda tiliga chiqavermaydigan allanechuk og`ir pinhoniy bir dardi bor edi. Ko`pincha ishdan qaytib, huzurlariga kirsam, ko`zlari namiqqan, yuzlari tund bo`lar edi. - Yana yig`ladingizmi, aya? - Yo`q, bolam, nega yig`lay? Shunchaki siqildim-da, - derdilar ayam shikasta ovozda”. Ushbu tarjimayi hol qaysi shoir hayotiga aloqador? A) Shukur Xolmirzayev B) Tohir Malik C) Ozod Sharafiddinov D) O`tkir Hoshimov 15 / 30 qol, qor, qot so`zlarining ma`nolarini farqlashga xizmat qilayotgan tovushlarni aniqlang. A) til oldi undoshi B) bo`g`iz undoshi C) til orqa undoshi D) chuqur til orqa undoshi 16 / 30 Bir g`uncha edingiz yel ham tegmagan, ifor taralardi sizdan muattar. Gapdagi hid bilduruvchi sifat qaysi bo`lakka tobelangan ? A) to`ldiruvchiga B) egaga C) kesimga D) holga 17 / 30 "Ravshan" dostoni voqealari haqida berilgan to`g`ri hukmni toping. A) Hasanxonni Yunus pari tarbiyalab voyaga yetkazdi B) Avazxonga Gulqiz degan barno suluvni kelin qilib tushirib berdilar C) Go`ro`g`li Hasanxonni Xunxordan olib kelib o`ziga o`g`il qildi D) Hasanxon Xon Dallini Vayangandan olib qochib kelib, qiriq kun shohona to`ylar berib, o`z rasm-rusmlari bilan oldi 18 / 30 Bir asrcha muqaddam yozilgan bo`lsa-da, mustaqil O`zbekiston gerbidagi tasvirni yodga soladigan “Boshlar uzra soya salqin, Humo yetkur” misralari qaysi shoir she’ridan o`rin olgan? A) Cho`lpon B) Hamza C) Zavqiy D) Avloniy 19 / 30 Hozir shu zulm va avvalgi adovat tikanlari o`zining ilk mevasini berdi. Ushbu gapda nechta bitishuv so`z birikmasi mavjud? A) 3 ta B) 2 ta C) 4 ta D) 4 ta 20 / 30 Qaysi qatorda metafora usuli bilan ma`no ko`chgan so`z qatnashgan? A) Yuragini ezib turgan tuyg`ular biroz chekinganday bo`ldi B) Bu darddan qora boshim oqardi C) Qalam ushladimmi, demak, o`yin bas… D) Alisher Navoiy vafotini eshitib, butun Hirot yig`ladi 21 / 30 Shaxs yoki narsalarni bir- biri bilan qiyoslash ma`nosini qaysi kelishik shakli ifodalashi mumkin? A) qaratqich kelishigi B) chiqish kelishigi C) jo`nalish kelishigi D) tushum kelishigi 22 / 30 Har xil odamlarning fe`l-atvori va ahvoli; yaxshi fe`l xosiyati va yomon xislat kasofati; turli foydali kuzatishlar va misollar haqida uch qismdan iborat asarni aniqlang. A) "Mahbub ul-qulub" B) "Mezon ul-avzon" C) "Saddi Iskandariy" D) "Hayrat ul-abror" 23 / 30 So`zning yumshog`i g`azabni so`ndiradi, so`zning qattig`i esa odamni o`ldiradi. Ushbu gapda tovush almashinishi hodisasi so`zga qanday qo`shimcha(lar) qo`shilishi natijasida yuz bergan? 1) so`z yasovchi qo`shimcha; 2) Lug`aviy shakl yasovchi qo`shimcha 3) sintaktik shakl yasovchi qo`shimcha A) 1,3 B) 2 C) 1,2 D) 2,3 24 / 30 Qaysi gapda ravishdan yasalgan fe`llar berilgan? A) Mirtursun Xalifaning terakzoriga yaqinlashgach, qadamini sekinlatdi. B) Shokarim uxladimi, yo`qmi, bilolmadi. C) Izg`irindan ko`zlar yoshlandi, oyoq ostidagi qor g`irchillaydi. D) Peshonangiz devorga qarsillab urilganidan keyin esingiz kiradi. 25 / 30 O`quv darsliklarida berilgan qaysi xalq dostonlari Ergash Jumanbulbul o`g`lidan yozib olingan. A) “Kuntug`mish”, ”Ravshan” B) “Alpomish”, “Rustamxon”, “Kuntug`mish” C) “Alpomish”, “Rustamxon” D) “Rustamxon”, “Kuntug`mish”, “Ravshan” 26 / 30 Maqsad bog`lovchisi qo`llangan ergashgan qo`shma gapni toping. A) Ular mening aytganimni qilishadi. chunki men oilamizning kenjatoyiman. B) Odamlar yaxshi yashasin deb, mahallamizni obod qildik. C) Hosil mo`l bo`lishi uchun, bahordan ter to`kdik. D) Ona yerimizni asrang, toki bu meros avlodlarga sog`-omon yeta olsin. 27 / 30 Birikma tarkibidagi tobe so`z turlangan javobni toping. A) g`alabaga intilmoq B) birdaniga yopirilmoq C) yoppasiga ommalashmoq D) to`satdan kelmoq 28 / 30 Berilgan qaysi gap tarkibida fonetik o`zgarish asosida yozilgan yasama sifat mavjud? A) Barmog`ida sarg`ish, ko`kimtir bo`yoq izlari bor ediwd B) Barcha javoblara fonetik o`zgarish asosida yozilgan yasama sifat mavjud C) O`g`lim, unutmaginki, yoqimli do`st suhbati olis yo`lni yaqin qiladi. D) Uning chaqnoq ko`zlari, siyrak qoshi, o`ychan turishi katta bardoshi, sadoqatini aks ettirib turardi. 29 / 30 Shaxs-son, zamon, bo`lishi-bo`lishsizlik qo`shimchalari qo`shma fe’lning ikkinchi qismiga qo`shiladi A) Shaxs-son, zamon qo`shimchalari qo`shma fe’lning ikkinchi qismiga, bo`lishsizlik qo`shimchasi har ikki qismiga qo`shila oladi B) Shaxs-son, zamon, bo`lishi-bo`lishsizlik qo`shimchalari qo`shma fe’lning ikkinchi qismiga qo`shiladi C) Shaxs-son qo`shimchasi qo`shma fe’lning ikkinchi qismiga, zamon, bo`lishsizlik qo`shimchasi birinchi qismiga qo`shiladi D) Shaxs-son, zamon qo`shimchasi qo`shma fe’lning ikkinchi qismiga, bo`lishsizlik qo`shimchasi birinchi qismiga qo`shiladi 30 / 30 Asosiy yumushing shuki, boshliqning buyruqlarini bajarasan. Qo'shma gap turini aniqlang? A) aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap B) to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap C) hol ergash gapli qolshma gap D) kesim ergash gapli qo‘shma gap 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni To'g'ri javob uchun 3,1 ball. Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 4 Ona tili va adabiyot abituriyent testi №3
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 0 Ona tili va adabiyot abituriyentlar uchun №2