Ona tili va adabiyot attestatsiya №1

0%
0

Ona tili va adabiyot fanidan attestatsiya savollari №1

1 / 40

“Go`ro`g`lining tug`ilishi ” dostonida Gajdumbek kimning o`g`li?

2 / 40

Qaysi javobda quyidagi gap matn mazmuniga mos ravishda to’g’ri davom ettirilgan? Shoh Iskandar …

3 / 40

Qaysi qatordagi fe`llarda nisbat qo`shimchasi mavjud emas?

4 / 40

Berilgan matndagi fonetik o’zgarishga uchragan so’zlar haqidagi noto’g’ri hukmni toping.

5 / 40

T.To’laning ”Yetti zog’ora qissasi” asarida Navoiyni mahliyo qilgan donishmand deya kim tilga olinadi?

6 / 40

Payt, fursat, mahal, chog’, palla, muddat, dam, on, lahza.

Yuqoridagi sinonim so’zlardan qaysi biri “ko’pincha ma’lum ish uchun lozim bo’lgan, shu ishga belgilangan vaqt” ma’nosini bildiradi?

7 / 40

Qaysi gap tarkibida o’z paronimi bilan o’zaro bir xil turkumga mansub bo’la oladigan tub so’z qatnashgan?

8 / 40

Berilgan qo`shimchalardan nechtasi ham so`z yasovchi, ham lug`aviy shakl yasovchi, ham sintaktik shakl yasovchi qo`shimcha vazifasini bajara oladi?

-ar, - y, -ish, -ib, - gan, - lab, - a, - ka.

9 / 40

Qaysi qatorda Mirtemir ijodiga mansub tarjimalar berilgan?

  1. Pushkinning"Yevgeniy Onegin" she'riy romani;
  2. Lermontovning "Maskarad" asarini
  3. "Manas" qirg'iz xalq eposini;
  4. "Qirq qiz" qoraqalpoq xalq dostoni;
  5. "Sosunli Dovud" arman xalqeposi.

10 / 40

O’n oy davom etgan tergov azoblaridan so’ng adib “sovetlartga qarshi targ’ibot qilgan”likda ayblanib, 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan ijodkorning ijodi bilan bog’liq to’g’ri ma’lumotni aniqlang?

11 / 40

Navoiyning ”Haq taolo xoni in`omi-yu karami omi ” qit`asidagi ishonch, e`tiqod, ixlos, tushuncha, fikr, bilim ma`nolarini qaysi so`z ifodalaydi?

12 / 40

Ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini ko‘paytirish, kengaytirish ma`nosinida qo`llanadigan so`z qaysi qatorda berilgan?

13 / 40

Boshni fido ayla ato qoshig`a
Jismni qil sadqa ano boshig`a.

Ushbu misralar Navoiyning qaysi dostonidan olingan?

14 / 40

Eldor akaning uyi o`n yetti tomdan keyin joylashgan, zo`rg`a topib bordik-da.
Ushbu gapda ajratib ko`rsatilgan so`zda qanday ma’no ko'chishi kuzatiladi?

15 / 40

Quyidagi qaysi gapda vazifadoshlik asosida ma’nosi ko’chgan so’z ega vazifasida kelgan?

16 / 40

Qaysi ijodkor o’z she’rida Vatanning tinchligini asrash xuddi “mo’rt shisha”ni asrashdek qiyin ekanligini eslatib o’tadi?

17 / 40

Odil Yoqubov qalamiga mansub “Olma gullaganda” asarining janrini aniqlang.

18 / 40

Naqqoshlik – xalq amaliy sanatining qadimiy soxalaridan biridir. Naqqoshlikda ustalar tayyorlab beradigan andoza, qolip muxim ahamiyatga ega. Odatda, naqsh, bezakni malakali naqqosh ustalar chizib bergan. Bunday naqshlarni memorchilik, gilamchilik, kashtado‘zlik, kandakorlik kabi soxalarda uchratish mumkin. Naqsh yaratish ustadan did, maxoratdan tashqari katta tajriba va malakani talab qiladi. Shu sababli o‘tmishda naqqoshlar xalq hunarmandlarining eng bilimdon, istedodli qismi hisoblangan. (“Qomus” to‘plamidan)

Ushbu parchada necha o`rinda imloviy xatolikka yo`l qo`yilgan?

19 / 40

Qaysi javobda imloviy xato yozilgan so’zlar soni ikkita?

20 / 40

Qaysi javobdagi baytda tazod san’atidan foydalanilmagan?

21 / 40

Qaysi javobda keltirilgan gapda tarkibida faqat til oldi undoshlari bo’lgan qo’shma sifat mavjud?

22 / 40

Qaysi javobda olmosh ega vazifasini bajarmagan?

23 / 40

Quyida berilgan gaplarning qaysilarida paronim xatolik jarangsiz undosh o`rniga jarangli undosh qo`llash orqali yuzaga kelgan.
1.Odam tushgan chog`ni uning o‘zi qazigan bo‘ladi. (Nepal xalq maqoli)
2.Ushshoq ham non. (Norveg xalq maqoli)
3.Nokasdan qars olsang, uxlashga qo‘ymaydi. (Ukrain xalq maqoli)
4.Do‘stsiz boshim – tussiz oshim. (O‘zbek xalq maqoli)
5.Mard jonini fido qilsa, qochoq issiz yo‘qolar. (Chuvash xalq maqoli)
6.Bug‘uni uradigan odam uning shohlaridan qochib qutula olmaydi. (Dolgan xalq maqoli)
7.Og‘zini bod ochadigan kishi ko‘p yo‘qotadi. (Shved xalq maqoli)
8.Kichkina teshikdan kirgan nur ham xonani yoriq qiladi. (Yapon xalq maqoli).

24 / 40

Jabr-u jafolardan o’tgan, endigina sening qo’lingdan tutgan, seni yo’qotib qo’ymaslik maqsadida bor vujudi bilan sen uchun yashayotganlarning orzusisan, mustaqillik! Ushbu gapda qo’llangan yasama so’zlar soni nechta?

25 / 40

Quyidagi gapda mustaqil so`zlar miqdorini aniqlang?
G`amgin qoyalar qilib qo`ygan gunohidan o`zi qo`rqib ketganday ingrab yubordi.

26 / 40

Quyida berilgan qaysi so`zlar imloviy jihatdan noto`g`ri yozilgan?
1) xasrat; 2) mudofaa; 3) muddoa; 4) tobeylanmoq; 5) tamir

27 / 40

Qaysi qatordagi gapda 2 ta tovush tushishi va 1 ta tovush ortishi kuzatiladi?

28 / 40

Umri… mazmuni… millat… dardi… darmon bo’lish… iborat deb bilgan Amir Temur xalqimiz… ardoqli, ulug’ farzandidir. Ushbu gapda nechta so’zdagi nuqtalar o’rniga qaratqich kelishigi qo’shimchasini qo’llash lozim?

29 / 40

T.Murodning “Yoshlik” jurnalida chop etilgan asari?

30 / 40

Qaysi qatorda otlashgan so’zning asosi omonimlik xususiyatiga ega emas?

31 / 40

old, ko`ra, orqa, qarab,ro`para, deya, oldin, deb,avval, bo`ylab, keyin, so`ng, atab.
Ushbu vazifadosh ko`makchilardan nechtasi fe`l so`z turkumidan hosil bo`lgan?

32 / 40

Asarlarni janri bilan moslashtiring?
1)“Ikki muhabbat”; 2) “Ilk muhabbat”; 3) “Chin muhabbat”;
a)hikoyalar to`plami; b)pyesa;  c)she`riy to`plam

33 / 40

Qaysi gapda paronimlarni qo’llash bilan bog’liq uslubiy xato mavjud?

34 / 40

Imloviy jihatdan to’g’ri yozilgan so’zlar qatorini aniqlang?

35 / 40

Quyidagi ajratib ko’rsatilgan band so’zi haqida berilgan to’g’ri hukmni toping.

1)Usta pichoqqa band yasash bilan ovora ekan, bezovta qilmadik.

2)Suv kelmasdan band tashlama.

3)Shifokor hozir band birozdan keyin xabar oling.

36 / 40

Quyida berilgan gap turini aniqlang. Bunday saltanat yalong’och odamga o’xsharki, uni ko’rgan kimsa nazarini olib qochadi.

37 / 40

Qaysi asarda Turkistonda Qul Xoja Ahmad Yassaviy maqbarasining shundoq biqinida O’rta Osiyoni zabt etgan general Chernyayev qurdirgan besh-oltita g’ishtin binolarning borligi, Chernyayev bu binolarni chor askarlari uchun qurdirganligi, ammo Sovet hokimiyati ularni qamoqxonaga aylantirib atrofini tikanli sim bilan o’raganligi tasvirlangan?

38 / 40

Sonor undoshlar haqida berilgan qaysi fikr to’g’ri emas?

39 / 40

Qaysi so’zlarning yozilishida bosh harflar imlosiga amal qilingan?

40 / 40

Berilganlardan qaysi birida grammatik moslik buzilgan?

O'rtacha ball 0%

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

6 Izohlar
Hammasini ko'rsatish Eng Foydali Eng Yuqori Reyting Eng Past Reyting Sharhingizni qo'shing

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0