Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 6-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 Ona tili va adabiyot olimpiada 6-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 InfoMaster Dekabr 9, 2022 352 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 6-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 Diqqat! Testni 80% va undan yuqori natija bilan tugating va sertifikatga ega bo'ling! 07.12.2022 yil oo.uzedu.uz Online olimpiada savollari! Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting! 1 / 25 1. ”Qutbdagi gunafsh” ertagida gunafshaning xushbo`y hididan hayratga tushgan shimolliklarga uning gul ekanligini, bunday gullar janubda millionlab o`sishini kim tushuntiradi? A) tyulen B) ayiq C) chayka D) morj 2 / 25 2. “Yulduzli tunlar” romanida Ahmad Tanbal Andijonga kimni dorug`a qilib tayinlagan edi? A) Uzun Hasan B) Nosirbek C) Qambarbek D) Ali Do`stbek 3 / 25 3. Qaysi qatordagi gapda ikkinchi darajali bo`laklarning barcha turi qatnashgan? A) Sen meni gapdan chalg`itma B) Mo`tabar eshikni sekin ochib chiqib ketdi C) Dadash mehribon odamlar bilan suhbatlashishdan zavqlanar edi D) A`zam tizzasidagi mahsini hafsala bilan pishiq tikadi 4 / 25 4. ”Tanobchilar” satirasida Sultonxo`ja ”otamlarga birodar erur” deb kimni aytadi? A) Xizr B) Erhubbi C) Maxdumi a`zam D) Chimlig` aziz 5 / 25 5. Bir kuni chol qo`li titrab, osh suzib berilgan kosasini tushirib sindirdi. Ushbu gapda qaysi nisbatdagi fe`llar berilgan? A) Majhul, o`zlik, orttirma nisbatlar B) Orttirma, birgali, majhul nisbatlar C) Aniq, majhul, orttirma nisbatlar D) O`zlik, majhul, orttirma nisbatlar 6 / 25 6. — Shiroq biz tomondan. O‘zi ertakchi, dostonchi dono chol. Butun umri cho‘ponlik bilan o‘tgan, — dedi Saksfar. Ushbu gapda nechta shaxs oti mavjud? A) 3 B) 2 C) 4 D) 5 7 / 25 7. Tarkibidagi barcha sifatlar yasama bo‘lgan gapni aniqlang. A) Nodon, kaltafahm odamdan ma’noli gap chiqmaydi. B) Balandparvoz, quruq gapirgan odamning gapi bemaza qovunga o‘xshaydi. C) U otasi Muzaffar Farmonovning batamom aksi: dadasi yum-yumaloq, do‘mboq bo‘lsa, bu xushqad, xushsurat. D) Sofdil va jonkuyar insonlar bilan bu dunyo oboddir. 8 / 25 8. Sabab ravishdoshini toping. A) yig‘lay-yig‘lay uxladi B) ko‘rgani bordi C) qo‘rqib kirmadi D) suvga tikilgancha o‘ylanib qoldi 9 / 25 9. Boychechakni tutdilar, Tut yog‘ochga osdilar.Qilich bilan chopdilar, Baxmal bilan yopdilar. Ushbu parchadagi boychechak qanday ramz hisoblanadi? A) mehnatkash inson ramzi B) jo‘shqinlik ramzi C) yoshlik ramzi D) bahor ramzi 10 / 25 10. Xirmon yanchishda kuylanadigan o‘zbek xalq qo‘shig‘ini aniqlang. A) “Maydagul” B) “Turey-turey” C) “Xo‘sh-xo‘sh” D) “Chittigul” 11 / 25 11. Eh o‘rik! Soya ham do‘st bo‘ladimi? Laqqa tushubsan-da lof ursa. Do‘st bo‘lsa, har qanday ob-havoda Yoningda tursa… Ushbu she’riy parchaga eng mos hikmatli so‘zni aniqlang. A) Yomon do‘st – bir ko‘lankadir: quyoshli kunda qochsang ham qutula olmaysan, bulutli kunda izlasang ham topolmaysan. (Abay) B) Do‘st bilan obod uying, gar bo‘lsa u vayrona ham, Do‘st qadam qo‘ymas esa, vayronadir koshona ham. (E. Vohidov) C) Do‘sti yo‘q bilan sirlash, Do‘sti ko‘p bilan siylash. (Abay) D) Yor uldurki, har nechakim o‘ziga Istamas, yorig‘a ham istamagay. O‘zi istarki, yor uchun o‘lgay, Ani munda sherik aylamagay. (Navoiy) 12 / 25 12. Sallalari boshlarida oq savat, Ko‘rpacha tagda hamavaqt uch qavat. Birlari mo‘ltoninamo, hiylagar, Birlaridur kunda pix-u gavda xar. “Tanobchilar” satirasidan olingan ushbu parchada qanday tasvir vositasidan foydalanilgan? A) sifatlash B) jonlantirish C) tazod D) mubolag‘a 13 / 25 13. Tarkibidagi barcha otlar mavhum ot hisoblanadigan gapni toping. A) Yalqovlik muhtojlik eshigidir. B) Hayo qalbning haqiqiy ko‘zgusidir. C) Oyog‘ingiz yugursa, maqsadingizga yetkazadi, tilingiz yugursa, boshingizga falokat keltiradi. D) U o‘z qalbida kechayotgan tuyg‘ularni qanday atashni bilmas edi. 14 / 25 14. Uch, qushcha, hur Qo‘shig‘im bo‘lib! – Shudir sendan so‘nggi tilagim. Tanim qolsin bunda (Tan nima?) Ona yurtga borsin yuragim. (Musa Jalil) Ushbu she’riy parchada kimning tuyg‘ulari ifodalanmoqda? A) Urushdagi askarlarning. B) Kasalxonada yotgan bemorning. C) Chet ellarda sargardon yurgan ishchilarning. D) Qamoqxonadagi mahbusning. 15 / 25 15. Xalq qo‘shiqlari haqidagi qaysi fikr xato? A) Xalq qo‘shiqlari juda qadimiy tarixga ega. B) Xalq qo‘shiqlari to‘y-tomoshalar jarayonida paydo bo‘lgan. C) Xalq qo‘shiqlarida xalqning orzu-umidlari, zavq-shavqi, quvonch va iztiroblari mujassamlashgan. D) Xalq qo‘shiqlarida ko‘pchilikning his-tuyg‘ulari umumlashtirilgan holda yakka shaxs kechinmalari orqali aks ettiriladi. 16 / 25 16. Qaysi asarda biron muhim voqeani aytish uchun uni bu voqeaga mutlaqo aloqasi yo‘q tafsilotlar orqali bayon qilish usuli uchraydi? A) “Shum bola” B) “Muzqaymoq” C) “Urushning so‘nggi qurboni” D) “Do‘nan” 17 / 25 17. Qo‘shimcha qo‘shilishi bilan bog‘liq imloviy xatolik qaysi gapda mavjud? A) Yuragimda mening bir dardim bor… B) Ob-havo yomonlashganda tog‘ga chiqmaslikni maslahat berishdi. C) Olis-olislarda qolgan qishlog‘im… D) Sen chiqguncha kutib tura qolaman. 18 / 25 18. Xalq (tabobat) qulupnay (mevterlatuvchi, bezgak (xuruj) qarshi omil sifatida tavsiya etiladi. Qavs ichidagi so‘zlarga qo‘shilishi kerak bo‘lgan munosabat shakllari soni nechta? A) 3 ta B) 6 ta C) 4 ta D) 5 ta 19 / 25 19. Sabab ravishi qatnashgan gapni aniqlang. A) U qah-qah urib yuborishdan o‘zini arang tiyib, ko‘zlarini yumdi. B) U esa hamon qo‘rqoqligi tufayli kechalari ko‘chaga chiqolmaydi. C) Xayrullo bu shartga noiloj ko‘ndi. D) Mana shu mablag‘ behuda sarf etilmasligi uchun komissiya qat’iy bir qarorga kelishi kerak. 20 / 25 20. Ibroyim Yusupovning “Qadrdon so‘qmoqlar” she’ridan olingan qaysi misralarda lirik tuyg‘ular bilan birga ijtimoiy kayfiyat ham aks etgan bo‘lib, sho‘ro davri siyosatini eslatadi? A) Qizil kendir bilan shivirlashar tol, Turna uchib borar olis yoqlarga. B) Biroq u bunda yo‘q, u yiroqlarda, Bizning joylar o‘rni hozir paxtazor. C) Mosh paykalda gala chumchuq chug‘urlar. She’r o‘qishib turgan yosh shoirlarday. D) Burilishda tanish qo‘shig‘in kuylab, Qo‘shni qiz oldimdan chiqib qolarday. 21 / 25 21. Qaysi gapda sodda yasama va qo‘shma fe’llar ishtirok etgan? A) Hakim bobo har bir niholga alohida e’tibor berib parvarish qilardi. B) Boshing egib ta’zim ayla, shukrona ayt, Seni gulday erkalagan chaman uchun. C) Komila bir chekkada g‘uj-g‘uj ochilgan atirgulni hidlab, Mastura bilan gaplashib o‘tirardi. D) Alpomishga alla aytgan momolarim, Ruhini shod etay desang, xalq bo‘l, elim. 22 / 25 22. Quyidagi o‘tgan zamon shakllaridan qaysi biri ilgari ro‘y bergan harakat va holatning so‘zlovchi tomonidan eshitib bilganini ifodalaydi? A) Mixlangan qulog‘idan, suv quyar oyog‘idan. B) Oq yer ochdim, qora bug‘doy sochdim. C) Mana bu shotutni bobosi ekkan. D) Sinf rahbarimiz G‘anini uyga yuboribdilar. 23 / 25 23. Qaysi gapda taqsim son ishtirok etgan? A) Tarixing bitmakka, xalqim, mingta Firdavsiy kerak. B) Azim har yelkasiga to‘rttadan odam sig‘adigan yigit bo‘libdi. C) Oltovlon ola bo‘lsa, og‘zidagin oldirar. D) Bekatda o‘n odam avtobus kutib turishardi. 24 / 25 24. Qaysi gapda orttirma nisbatdagi fe’l ishtirok etmagan? A) Ertaga mashina kelar, kelmasa, yo‘lga chiqmayman. B) Sen chala qoldirgan yerlaringni supura tur, kelib qolar. C) Dalaga suv chiqaraman, ekinlar gurkirab, yashnab ketadi. D) – Koyima, qizim, - dedi ona, o‘rtog‘ingni quruq jo‘natmaymiz. 25 / 25 25. Qaysi gapda fe’lning barcha vazifa shakllari ishtirok etgan? A) - Odamlar sizni qattiq hurmat qilishadi, shuning uchun sha’ningizga dog‘ tushiradigan ish qilmang, - dedi u kuyunib. B) So‘ridagi ko‘rpachani yig‘ishtirib olib, mehmonlar kelguncha yakandoz to‘shab, joy soldi. C) Necha kundan beri qattiq esayotgan shamol tinavermagach, tog‘ga chiqishni qoldirdi. D) Orqa tomonda o‘tirgan Dilbar o‘zini tutolmay qiqirlab kula boshladi. 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 3 9-10-11 sinflar Ona tili olimpiada №6