Uy » Attestatsiya testlar » Fizika attestatsiya » Fizika attestatsiya №13 Fizika attestatsiya Fizika attestatsiya №13 InfoMaster Oktabr 24, 2022 157 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0% 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 OMAD YOR BO'LSIN! Fizika fanidan attestatsiya savollari №13 19.10.2022 Toshkent savollari! Testni Toshev Anvar tayyorladi. 1 / 40 1. Massasi 18 kg bo`lgan muz qancha hajmni egallaydi? A) 10 L B) 30 L C) 40 L D) 20 L 2 / 40 2. Massasi 1 t bo’lgan avtomobil dvigatelining 500 N tortish kuchi tasirida joyidan qo’zg’alib, 30 s da qanday (m) yo’l o’tadi? Qarshilik kuchini hisobga olmang. A) 225 B) 125 C) 450 D) 600 3 / 40 3. Rasmda miqdorlari ma’lum bo`lgan 3 ta vektor ko`rsatilgan. Natijaviy vektorining miqdorini toping. A) 6,5 birlik B) 14,5 birlik C) 4 birlik D) 13 birlik 4 / 40 4. O’ta gigant Antares yulduzining massasi Quyosh massasidan 50 marta diametri esa 5 marta katta bo’lsa, Antares yulduzi sirtidan uning radiusi balandlikdagi erkin tushush tezlanishini (m/s²) toping? Quyosh sirtidagi erkin tushshush tezlanishi 50 m/s² ga teng deb hisoblang. A) 50 B) 200 C) 100 D) 25 5 / 40 5. Ideal issiqlik mashinasi isitgich harorati ortib, sovutgich harorati kamaysa, FIKi qanday o’zgaradi? A) Kamayadi B) Ortadi C) Haroratga bog’liq D) O’zgarmaydi 6 / 40 6. Agar R₁= R₂= R₃=8 (Ω) bo’lsa, zanjirning umumiy qarshiligini toping? (Ω) A) 8/3 B) 16 C) 4 D) 24 7 / 40 7. Jism gorizontga 60° burchak ostida 20 m/s tezlik bilan otildi. Trayektoriyaning eng yuqori nuqtasida jism tezligining moduli qanday bo‘ladi (m/s)? A) 5 B) 20 C) 15 D) 10 8 / 40 8. Nuqta fokus masofasi −20 cm bo‘lgan sochuvchi linzaning bosh optik o‘qidan 9/4 cm balandlikda turibdi. Nuqta va linza orasidagi masofa 25 cm. Uning tasviri bu o‘qdan qanday balandlikda (cm) hosil bo‘lgan? A) 9/4 B) 81/16 C) 2 D) 1 9 / 40 9. K va N nuqtalar orasidagi potensiallar farqi 25V bo‘lsa, L va N nuqtalar orasidagi kuchlanish qancha (V)? A) Ux=φ(LN)=5V B) Ux=(φLN)=40V C) Ux=φ(LN)=10V D) Ux=φ(LN)=50V 10 / 40 10. Ikki zarracha bir-biriga tomon Yerga nisbatan v, = 0,50 с va v2 = 0,80 с tezlik bilan harakatlanmoqda. Ikkinchi zarracha bilan bog'langan sanoq sistemasida birinchi zarrachaning υ2 tezligi qancha? c=3·108 m/s. A) ≈ 0,89 c B) ≈ 0,93 c C) ≈ 0,39 c D) ≈ 0,76 c 11 / 40 11. Bir jinsli valning uchidan 20 sm qirqib tashlandi. Bunda og‘irlik markazi qayerga va qanchaga ko‘chadi? A) 2 – uchiga tomon 10 sm ga ko’chadi B) 1 – uchiga tomon 10 sm ga ko’chadi C) 1 – uchiga tomon 20 sm ga ko’chadi D) 2 – uchiga tomon 20 sm ga ko’chadi 12 / 40 12. Kunduzgi yorug'likda material qizil rangda ko'rindi. Agar qorong'ida shu materialga havorang nur tushirilsa, u qaysi rangda ko'rinadi? A) qora B) sariq C) qizil D) havorang 13 / 40 13. Elektr plita tuzatilayotganda uning spirali dastlabki uzunligining 0,2 ulushiga qisqartirildi. Bu holda plitaning quvvati necha marta ortadi? A) 1,2 B) 1,25 C) 0,8 D) 1,8 14 / 40 14. Kislorod atomini ionlashtirish uchun 14 eVga yaqin energiya zarur. Ionlashtiruvchi nurlanishning chastotasini toping. h = 6,63·10-34 J·s, c=3·108 m/s, e = 1,6·10-19 C A) 3,4•10 darajasi 15 Hz B) 0,34•10 darajasi 15 Hz C) 34•10 darajasi 15 Hz D) 6,8•10 darajasi 15 Hz 15 / 40 15. Lift shiftidagi dinamometrga osilgan m massali yuk vertikal bo`ylab a tezlanish bilan pastga harakat qilmoqda. Agar dinamometr prujinasining bikrligi k bo`lsa, bu prujina qanchaga uzayadi? A) k/m (a-g) B) m/k (g+a) C) m/k (a-g) D) m/k (g-a) 16 / 40 16. α – zarraning tezligi 0 dan v=0,9 c gacha orttirilganda, uning massasi qanchaga ortadi? α-zarraning tinchlikdagi massasi m0=4,0 m.a.b. deb hisoblang. c=3·108 m/s. A) 2,6 m.a.b B) 5,2 m.a.b C) 5,8 m.a.b D) 10,4 m.a.b 17 / 40 17. Induktivligi L, sig’imi C bo’lgan tebranish konturida so’nmas elektromagnit tebranishlar hosil bo’lmoqda. Agar kondensator qoplamalarida maksimal kuchlanish Umax bo’lsa, tok kuchining maksimal qiymati qanday bo’ladi? A) Imax=Umax • √C/L B) Imax=Umax • √LC C) Imax=Umax • √L/C D) Imax=Umax / √LC 18 / 40 18. Matematik mayatning uzunligi 2,5 m, unga osilgan sharchaning massasi 100 gr. Tebranish davrini hisoblang(s). g=10m/s2. A) 3,14 B) 31,4 C) 6,28 D) 1,73 19 / 40 19. Tebranish konturidagi kondensator qoplamalaridagi zaryad vaqt o’tishi bilan q=10-9 sin108 πt qonun bo’yicha o’zgaradi. Konturdagi tok kuchining vaqtga bog’liqlik qonunini yozing. A) I=31,4 sin4•10⁸ πt B) I=3,14 cos2•10⁸ πt C) I=0,314 sin10⁸ πt D) I=0,314 cos10⁸ πt 20 / 40 20. Katodga 4 s davomida kelgan ionlarning umumiy zaryadi 16 С bo’lsa, elektrolit eritmasidan o‘tib turgan o‘zgarmas tokning kuchi necha amper boladi? A) 1,5 B) 6 C) 1 D) 4 21 / 40 21. Agar boshlang’ich tezlikka ega bo’lmagan elektron yassi kondensatorda bir plastinkadan ikkinchisigacha bo’lgan yo’lni o’tganda 109 sm/s tezlikga erishganligi ma’lum bo’lsa, kondensator plastinkalaridagi zaryadning sirt zichligini aniqlang(nC/m2). Plastinkalar orasidagi masofa 3 sm. εo=8.85·10-12 F/m, e=-1.6·10-19 C, me=9.1·10-31 kg. A) 84•10⁻⁹ B) 8,4 C) 84 D) 84•10⁻⁵ 22 / 40 22. Tebranish konturida tok kuchi maksimal qiyrnatga yetganida .... A) Magnit maydon energiyasi maksimum bo’ladi. B) Tok kuchi maksimum bo’lishi mumkin emas. C) Elektr maydon energiyasi maksimum bo’ladi. D) Magnit va elektr maydon energiyasi maksimum bo’ladi. 23 / 40 23. Jismga 10 N va 20 N kuchlar o‘zaro 120° burchak ostida ta’sir etmoqda. Bu kuchlarning teng ta’sir etuvchisini toping (N). A) 27,3 B) 17,3 C) 30 D) 10 24 / 40 24. 10 sm uzunlikdagi o`tkazgich induksiyasi 50 mTl bo`lgan magnit maydon kuch chiziqlariga tik joylashgan. Amper kuchi o`tkazgichni o`zining yo`nalishida 8 sm siljitib, 0,004 J ish bajaradi. O`tkazgichdagi tok kuchi (A) qanday? A) 0,1 B) 10 C) 64 D) 0,01 25 / 40 25. O‘zgarmas kuchlanish manbayiga 10 Ω , 16 Ω va 18 Ω qarshiliklar ketma-ket ulangan. Umumiy qarshilikni toping (Ω). A) 44 B) 4,4 C) 4,235 D) 7,72 26 / 40 26. Barcha moddalar o‘z magnit xossalariga ko‘ra diamagnetik, paramagnetik va ferromagnetiklarga bo‘linadi. Magnit singdiruvchanligi 1 dan biroz katta bo‘lgan moddalar qaysi turga mansub? A) diamagnetik B) Diamagnetik va paramagnetik C) paramagnetik D) ferromagnetik 27 / 40 27. Tebranish konturida tok kuchi maksimal qiyrnatga yetganida .... A) Elektr maydon energiyasi maksimum bo’ladi. B) Magnit maydon energiyasi maksimum bo’ladi. C) Tok kuchi maksimum bo’lishi mumkin emas. D) Magnit va elektr maydon energiyasi maksimum bo’ladi. 28 / 40 28. Radioaktiv elementning aktivligi 8 kunda 4 marta kamaydi. Yarim yemirilish davrini toping. A) 4 sutka B) 8 sutka C) 1 sutka D) 2 sutka 29 / 40 29. Difraksion panjaraga monoxromatik yorug`lik nuri tik tushmoqda. Panjaraning 1 mm da 100 ta shtrix bor. Ekrandagi birinchi tartibli ikkita maksimum orasidagi masofa 10 sm ga teng bo`ldi. Ekran bilan difraksiya panjarasi orasidagi masofa 1 m bo`lsa, yorug`likning to`lqin uzunligini ( μm) toping. A) 0,46 B) 0,5 C) 0,6 D) 1 30 / 40 30. 2 kg va 1 kg massali silindrlar qo`zg`almas blok orqali vaznsiz ipga osilgan. Bunda birinchi silindrning 4% qismi suvga botganda muvozanat vujudga kelgan. Silindrlarning zichligini (kg/m3 ) aniqlang. A) 80 B) 100 C) 20 D) 40 31 / 40 31. Uzunligi 10 sm bo‘lgan prujinaga 0,4 kg massali yuk osilganida u 1 sm ga uzaydi. Prujinaning bikrligini aniqlang (N/m). A) 440 B) 400 C) 360 D) 40 32 / 40 32. Induksiya EYUK ning birligini ko‘rsating. A) Wb/s B) T/s C) F/C D) Gn/s 33 / 40 33. Yerning massasi 6,0 ·1024 kg, Oyning massasi 7,35 · 1022 kg, ularning markazlari orasidagi masofa 384400 km. Yer bilan Oy orasidagi tortishish kuchi topilsin (N). A) 2,0•10²² B) 4,0•10²⁰ C) 10²⁰ D) 2,0•10²⁰ 34 / 40 34. Traktor birinchi 5 minutda 600 m yo’l o’tdi. U shu tezlik bilan harakatlanib 0,5 soatda qancha yo’l o’tadi. A) 1800 m B) 6000 m C) 3600 m D) 3000 m 35 / 40 35. Tebranish konturidagi kondensator qoplamalari orasidan nisbiy dielektrik singdiruvchanligi 4 ga teng bo'lgan modda chiqarib olinsa, zanjirdagi zaryadning tebranish davri qanday o'zgaradi? A) 4 marta kamayadi B) 2 marta kamayadi C) 16 marta kamayadi D) 2marta ortadi 36 / 40 36. Agar jismga 3 s davomida 15 N kuch ta’sir etsa, jism impulsining o'zgarishi (kg·m/s) nimaga teng? A) 5 B) 45 C) 60 D) 18 37 / 40 37. Elektr zanjir qarshiligi 4 Ω bo‘lgan rezistor EYUKi 12 V, ichki qarshiligi 2 Ω bo‘lgan tok manbayidan iborat. Rezistorning kuchlanishi qanday? A) 2 V B) 8 V C) 4 V D) 12 V 38 / 40 38. Tomonlari 20 sm va 30 sm bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi ramkadan 40 A tok o‘tmoqda. Ramkaning magnit momenti nimaga teng ( A·m2)? A) 1,2 B) 2 C) 2,4 D) 4,8 39 / 40 39. C sig`imli kondensator q zaryad bilan, 2C sig`imli kondensator 3q zaryad bilan zaryadlangan. Bu kondensatorlar qutblarini teskari holda ulansa sistema elektr energiyasi qanchaga kamayadi? A) 13q²/12C B) q²/12C C) 25q²/12C D) 7q²/12C 40 / 40 40. Harakatsiz turgan jismning zichligi 840 kg/m3 ga teng. Jism inersial sanoq sistemasiga nisbatan 0,4 c tezlik bilan harakatlansa, bu sanoq sistemasida jismning zichligi qanday qiymatga (g/sm3 ) ega bo`ladi? A) 0,917 B) 0,84 C) 1 D) 0,42 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 8 Fizika fanidan attestatsiya savollari №15