Uy » Online olimpiada » Davlat tili (O'zbek tili) olimpiada » 10-sinf O’zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1 Davlat tili (O'zbek tili) olimpiada 10-sinf O’zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1 InfoMaster Oktabr 15, 2022 949 Ko'rishlar 7 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 2 6 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 10-sinf O'zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1 2022-yil 12-oktabr: 2022-2023 o'quv yili tuman bosqichida tushgan savollar! 1 / 25 1. Qaysi javobda undov, taqlid va modal so‘zlarning har biriga misol berilgan? A) xullas, shildir-shildir, eh B) yoxud, qars, hay C) voy, pisht, shekilli D) yal-yal, miyov, darvoqe 2 / 25 2. Berilgan namunlardan qaysi birida faol kirish so‘zlar ishtirok etmagan? A) Birinchidan, matnni diqqat bilan o‘qib chiqish kerak, ikkinchidan uning mazmunini so‘zlab berish kerak. B) Abdulla Avloniy, o‘z davri boshlang‘ich maktablari uchun bir nechta o‘quv qo‘llanmalar yaratgan. C) Ehtimol, men uni ertaga ko‘raman. D) Afsus, futbol jamoamiz musobaqada yutqizib qo‘ydi. 3 / 25 3. Berilgan gapdagi nuqtalar o‘rniga mos so‘zni qo‘ying? “Amakimning qizi Sevara … Samarqandga bormagan.” A) allaqachon B) har doim C) har qachon D) hech qachon 4 / 25 4. Ushbu parchadagi olmoshlar sonini aniqlang. Sen niholsan, zavoling – o‘zim, Sen – tiriklik, men esa o‘lim. Kunduz bo‘lsang, men tun bo‘laman, Sen bor bo‘lsang, butun bo‘laman. (E. Vohidov) A) 6 ta B) 4 ta C) 7 ta D) 5 ta 5 / 25 5. Nuqtalar o‘rniga mos keladigan kirish so‘zni qo‘ying. …ishimizni oxirigacha yetkaza olmadik. A) qisqasi B) albatta C) afsus D) birinchidan 6 / 25 6. Egali gapni toping. A) Shirin xayollaring oldimmu? B) Balki, o‘chgan edim yodingdan. C) Laylo, sening oldingda bir dam ko‘rmoqchiydim o‘zimni. D) Bugungi ishing hech kimga yoqmadi. 7 / 25 7. Fe’l nisbatini aniqlang. Buyumlarga qo‘l tegizilmasin! A) o‘zlik B) majhul C) birgalik D) orttirma 8 / 25 8. Qaysi qatordagi qo‘shimchlarni so‘zga qo‘shganda yangi so‘z yasab bo‘lmaydi? A) -da, -ni, -ning B) -gi, -chi, -kor C) -li, ba-, -bo D) -ona, -siz, -lab 9 / 25 9. Nuqtalar o‘rniga mos ravishda qanday undoshlar qo‘yilishi kerak? Hamma yo...da to‘kin-sochinlik. Shunday yurt...a yashayot...animizdan fa...rlansak arziydi. A) q, d, g, x B) g‘, t, k, h C) q, d, t, x D) g‘, d, k, x 10 / 25 10. va, ham, hamda bog‘lovchilarning qaysi turiga kiradi. A) inkor bog‘lovchisi B) zidlov bog‘lovchisi C) ayiruv bog‘lovchisi D) biriktiruv bog‘lovchisi 11 / 25 11. Ravish holi qanday so‘roqlarga javob bo‘ladi? A) qanday qilib?, qay tarzda? B) qachongacha?, nega? C) qancha?, nechalab? D) qachon?, qayerga? 12 / 25 12. Ayiruv bo‘g‘lovchisi ishtirok etgan gapni toping. A) A’zamjon va Azizjon maktabdan uyga kelishdi. B) U na do‘stini na ukasini topa olamdi. C) Kechki payt yo Sobir, yoki Hasan ukasini bog‘chadan olib keladi. D) Ikkovi ham onasiga uy-ro‘zg‘or ishlariga yordam berishdi. 13 / 25 13. Matni o‘qing va mos keladigan nomni aniqlang. Tillashayx masjidi toshkentlik mashhur Tillashayx tomonidan bunyod etilgan. Me’moriy obida o‘z dizayni bilan o‘z davrida qurilgan masjidlardan ajralib turgan. Inshoot to‘rtburchak tarhli, gumbazsimon, masjidning ikki yonida uncha katta bo‘lmagan minoralar bo‘lib, masjidga arksimon qilib qurilgan ayvon orqali kiriladi. Arklar soni 3 ta. Masjidning tashqi tomoni bezaklardan xoli bo‘lib, uning ikki yonida masjidga yorug‘lik tushishini ta’minlash uchun 18 ta deraza o‘rnatilgan. Masjidning ichki ko‘rinishi tashqi ko‘rinishidan mutlaqo farq qiladi, undagi ganch naqshlar, gulli bezaklar insonni beixtiyor o‘ziga jalb qiladi. Masjid ichidagi gumbaz osti naqshlar ham o‘zining nafisligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Masjidni yoritish maqsadida qandillar ham o‘rnatilgan. Masjidning bugungi kungacha va bugungi holati haqida gapiradigan bo‘lsak, masjid usta Shirin Murodov tomonidan ta’mirlangan. 2007-yil Hastimom majmuasi bunyod etilgan davrda me'moriy obida atrofidagi e'tiborga molik obidalar ham ta'mirlandi. A) Usta Shirin Murodov yodgorligi B) Temuriylar maqbarasi C) Tillashayx masjidi D) Hastimom majmuasi 14 / 25 14. Quyidagi gaplar qaysi yozuvchi haqida? Ish kunlari ertalab soat 8 dan boshlanardi. Nonushtadan so‘ng soat 12 gacha ishlar, bu vaqt ichida hech kim ularni bezota qilmas edi. Bir yarim- ikki sahifa ijod qilish uchun 4-5 soat o‘tirar, biror so‘zni o‘zgartirish kerak bo‘lsa,o‘sha sahifani yana qayta ko‘chirib chiqar edilar. A) Usmon Nosir B) G‘afur G‘ulom C) Oybek D) Abdulla Qahhor 15 / 25 15. Sifatdan yasalgan so‘zni aniqlang. A) qiynamoq B) qaynoq C) do‘stlik D) beaql 16 / 25 16. Ushbu gapda qaysi nisbat shaklidagi fe’l qo‘llanmagan? Chaqirilmagan joyga bormas, rejalarini ertaga qoldirmas edi. A) aniq nisbat B) orttirma nisbati C) majhul nisbat D) o‘zlik nisbati 17 / 25 17. Kesim tuzilishiga ko‘ra nechta turga bo‘linadi? A) 2 ta turga bo‘linadi. B) 5 ta turga bo‘linadi. C) 3 turga bo‘linadi. D) 4 ta turga bo‘linadi. 18 / 25 18. His-hayajon undovlari ishtirok etgan gapni aniqlang. A) Hoy, kim bor, yordam bering! B) Televizorni faqat kechqurunlarigina ko‘radi. C) Keksalarga yordam berish hammamizning burchimiz/ D) Yosh bo‘lsa-da, barchaga bosh bolam. 19 / 25 19. Quyidagi berilgan gaplarga mos keluvchi nisbat qo‘shimchalarni toping. 1)Nurga to‘ldi dara, to‘ldi soy, Nur yog‘…di qorong‘u jarga. 2)Yaltiraydi, doim tovla…ar, Oy nuriga cho‘miluvchu tosh. 3)Dalalarda boshla…adi ish, Boshla…adi ijod va tashvish. A) -il, -in, -n, -in. B) -in, -n, -l, -in. C) -il, -n, -n, -in. D) -il, -n, -n, -n. 20 / 25 20. Qaysi so‘zlar talaffuzida so‘z oxiridagi jarangli undosh tushib qoladi? 1) gramm; 2) poyezd; 3) go‘sht; 4) kilovatt. A) 1, 2 B) 1, 2, 3, 4 C) 1, 2, 3 D) 3, 4 21 / 25 21. Berilgan ma’lumotlardan to‘g‘risini toping. A) Shaxsi topilmas gaplar egasini topib ham, gap tarkibiga kiritib bo‘lmaydigan gaplarga aytiladi. B) Modal so‘z-gaplar his-tuyg‘uni ifodalab keladi. C) Ikki so‘zdan iborat bo‘lib, boshqa so‘zlar bilan kengaya olish imkoniga ega gaplar so‘z-gaplar deyiladi. D) Mazmunan faqat I va II shaxsga talluqli gaplar shaxsi umumlashgan gaplar deyiladi. 22 / 25 22. Qanday birlik vergul yoki undov belgisi bilan ajratilishi mumkin? A) Kiritma B) Ajratilgan bo‘lak C) Undalma D) Umumlashtiruvchi bo‘lak 23 / 25 23. Quyidagi jonzot nomlaridan nechtasi o‘z shakldoshiga ega? 1)ot; 2) bit; 3) sug‘ur; 4) sher; 5) qurt; 6) qarg‘a. A) 5 tasi B) 3 tasi C) 6 tasi D) 4 tasi 24 / 25 24. Quyidagi berilgan gaplardan aniqlovchi ravish so‘z turkumi bilan ifodalangan gapni toping. A) Bobom kechagi voqeani gapirib berdilar. B) Ariqlarda billurday suv oqadi. C) Tillakori madrasasidagi naqshlarga oltin suvi yurgizilgan. D) Besh-olti xil meva olib kelishdi. 25 / 25 25. Gapda nechta sifatdosh qatnashagan? O‘zbekistonda 40 asrdan ko‘proq vaqt davomida yaratilgan me’moriy yodgorliklar saqlanib qolgan. Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlaridagi YUNESKO ro‘yxatiga kiritilgan ushbu me’moriy obidalarni har yili minglab sayyohlar keladilar. A) Uchta B) Beshta C) Ikkita D) To‘rtta 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 2 11-sinf O’zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 0 9-sinf O’zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 2 9-sinf O’zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1