Uy » Online olimpiada » Tarix olimpiada » 10-sinf Tarix olimpiada №3 Tarix olimpiadaViloyat 2021-2022 o'quv yili 10-sinf Tarix olimpiada №3 InfoMaster Avgust 19, 2024 334 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 4 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 10-sinf Tarix olimpiada №3 2021-2022 o'quv yilida viloyat bosqichida tushgan savollar. 1 / 25 1. Qadimgi dunyo tarixida qaysi davlat san’atida mahalliy an’analar, Qadimgi Sharq va Qadimgi Yunoniston ellinistik san’ati uslublari muvofiqlashgan edi? A) Rim imperiyasi B) Dovon C) Kushon D) Qadimgi Xorazm 2 / 25 2. XX asr boshida qaysi davlat sanoat ishchilarining soni jihatidan birinchi o`rinni egallagan? A) Germaniya B) Fransiya C) AQSh D) Buyuk Britaniya 3 / 25 3. Simoneseki sulhiga ko‘ra, Yaponiya qaysi hududlarni qo‘lga kiritgan edi? A) Tayvan, Penxu va Gongong orollarini B) Lyaodun, Tayvan, Peskador orollarini C) Lyaodun, Kurill, Saxalin orollarini D) Syangan, Tayvan va Penxu orollarini 4 / 25 4. XVIII asr boshlarida vujudga kelgan Qo‘qon xonligi g‘arbda qaysi hudud bilan chegaralanar edi? A) Buxoro va Xiva xonligi B) Vaxsh, Kofirkon, Panj bo‘yi C) Qorategin, Darboz, Ko‘lob, Sho‘g‘non D) Sharqiy Turkiston va Yettisuv 5 / 25 5. 1830-yilda Parij shahrida boshlangan inqilobning maqsadi nima edi? A) ishchilarga saylov huquqi berish B) cheklangan monarxiya tuzumi o‘rnatish C) imperiyani qayta tiklash D) respublika tuzumi o‘rnatish 6 / 25 6. 1885-yilda Kaspiyorti temiryo‘lining qurilishi va 1887-yil oxirlarida Amudaryo flotiliyasining ta’sis etilishi Xiva xonligiga qanday ta’sir ko‘rsatgan? A) xonlik iqtisodiy ahvolini ko‘tarilishiga olib kelgan B) Buyuk Britaniya ta’siri ortishiga olib kelgan C) Buxoro bilan savdo-sotiqni rivojlantirgan D) Rossiyaga qaramlikni yanada kuchaytirgan 7 / 25 7. XIX asr oxiri − XX asr boshlarida quyidagi qaysi hududda Italiyaning mustamlaka rejalari amalga oshmadi va bu hudud o‘z mustaqilligini saqlab qoldi? A) Efiopiya B) Liviya C) Eritreya D) Somali 8 / 25 8. Tarixiy-mantiqiy ketma-ketlik (moslik) berilgan javobni toping (o‘rta asrlar). A) imperator Yustinian I - ostgotlar - Ravenna B) qirol Filipp IV – “Yuz yillik urush” - Tyudorlar sulolasining tugashi C) knyaz Vatslav - Piastlar sulolasi - xristian dini D) qirol Karl Martell - Puate janggi - Muqaddas Rim imperiyasi 9 / 25 9. Farg‘onada istiqlolchilik harakati qachon o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqdi? A) 1918-yil bahorining oxiri va yozida B) 1919-yil yozining oxiri va kuzida C) 1919-yil qishining oxiri va bahorida D) 1920-yil yozi va kuzida 10 / 25 10. Ma’lumki, O‘rta Osiyoda taraqqiyparvarlar rivojlangan jamiyat yaratishdek o‘z g‘oyalarini amalga oshirishda mutaassiblik, loqaydlik, qoloqlikka qarshi kurash olib borishga alohida ahamiyat berganlar. Ular bu vazifalarni amalga oshirishda quyidagi qaysi yo‘nalishlarni ustuvor deb hisoblaganlar? 1) o‘lkada yangi usul maktablari tarmog‘ini kengaytirish; 2) Davlat dumasida savdo-sotiq egalariga imtiyoz berish; 3) qobiliyatli yoshlarni chet elga o‘qishga yuborish; 4) rus burjuaziyasini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash; 5) turli ma’rifiy jamiyatlar va teatr truppalari tuzish, gazeta va jurnallar chop etish; 6) soliqlar masalasida radikal islohotlar o‘tkazish A) 1, 3, 5 B) 1, 4, 6 C) 2, 3, 6 D) 2, 4, 5 11 / 25 11. Buxoroda ashtarxoniylar hukmronligi davrida qaysi omillar natijasida markaziy hokimiyat zaiflashgan?1) Qo‘qon xonligi bilan bo‘lib o‘tgan urushdagi mag‘lubiyat; 2) devonlar orqali boshqaruv tizimining barbod bo‘lishi; 3) taxtning otadan bolaga o‘tmaganligi; 4) viloyatlarda hokimiyat viloyat hokimlari qo‘lida to‘planishi A) 1, 4 B) 2, 4 C) 2, 3 D) 1, 3 12 / 25 12. Xitoyda ilmiy bilimlarning rivojlanishini taqozo etgan omil qaysi javobda to‘g‘ri berilgan? A) davlatning iqtisodiy taraqqiyot ehtiyojlari; B) yuqumli kasalliklar, ochlik va qurg‘oqchilikni tez-tez takrorlanib turishi; C) mahalliy aholining kundalik hayoti ziroatchilik, hunarmandchilik, binokorlik bilan bog‘liqligi; D) odamlarning o‘zini qurshab turgan tevarak-atrofni tushunishga intilishi; 13 / 25 13. Simon Bolivar Buyuk Kolumbiya Prezidenti lavozimini egallagach amalga oshirmoqchi bo‘lgan qaysi tadbir pomeshchiklarning qarshiligiga duch kelib amalga oshmay qolgan? A) Ispaniyadan ozod qilingan barcha Amerika respublikalarining konfederatsiyasini tuzish loyihasini ishlab chiqishi B) Yirik pomeshchiklarning yerlarini musodara qilish to‘g‘risida qonun loyihasini ishlab chiqishi C) Chet el kapitali kirib kelishiga to‘sqinlik qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqishi D) Yirik pomeshchiklarga soliq solish 14 / 25 14. Birinchi jahon urushining Buyuk Britaniya uchun oqibatlari to‘g‘ri berilgan javoblarni belgilang. 1. Urush Buyuk Britaniyaning hukmron doiralariga katta siyosiy g‘alaba va obro‘ olib keldi. 2. Mustamlaka imperiyasi yanada kengaydi. Katta reparatsiya olindi. 3. Buyuk Britaniya AQSHdan va o‘z dominionlaridan qarzdor bo‘lib qoldi. 4. Iqtisodiy o‘sish sur’atlari juda past bo‘lib, inqiroz va turg‘unlik odatiy holga aylandi. A) 1, 3 B) 1, 2, 3, 4 C) 1, 2, 3 D) 2, 4 15 / 25 15. O‘rta Osiyoning quyidagi shaharlari Podsho Rossiyasi qo‘shinlari tomonidan egallangan yillariga qarab to‘g‘ri xronologik tartibda ko‘rsatilgan javobni belgilang.1) Kattaqo‘rg‘on; 2) Namangan; 3) Jizzax A) 1, 2, 3 B) 3, 2, 1 C) 3, 1, 2 D) 1, 3, 2 16 / 25 16. Bir yilda sodir bo‘lgan voqealar berilgan javobni aniqlang. 1) Inglizlarning Markaziy Osiyoga A.Byorns boshchiligida yuborgan elchilari Buxoroga kirib keldi; 2) Pekinda Xitoy-Qo‘qon shartnomasi imzolandi; 3) Inqilob natijasida Iyul monarxiyasi quladi, Fransiya Respublika deb e’lon qilindi; 4) Buyuk Britaniyada parlament islohoti o‘tkazilib, unga ko‘ra yirik sanoat markazlariga 144 ta o‘rin ajratib berildi; 5) Urugvay to‘la mustaqillikka erishdi; 6) Braziliya Portugaliyadan mustaqil deb e’lon qilindi. A) 1, 3, 5 B) 1, 2, 4 C) 2, 4, 6 D) 3, 5, 6 17 / 25 17. Franklar davlatida qirolning qaysi ishlarini boshqarishni graflarga topshirishi ularning hokimiyatini kuchaytirdi? A) soliq B) iqtisodiyot C) sud D) moliya 18 / 25 18. IX asr oxiri − X asr boshida qaysi Rus knyazi Vizantiya bilan manfaatli shartnoma tuzib, rus savdogarlariga Vizantiya bilan bojsiz savdo qilish imkonini yaratadi? A) Yaroslav B) Vladimir C) Ryurik D) Oleg 19 / 25 19. Yevropaliklar tomonidan Hindiston va Amerikaga dengiz yo‘llarining ochilishi muhim savdo yo‘llarining yo‘nalishini o‘zgartirib, bir qator shaharlarning rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Ushbu shaharlar berilgan to‘g‘ri javobni toping. A) Antverpen va Venetsiya B) Venetsiya va Anqara C) Parij va London D) Lissabon va Seviliya 20 / 25 20. Rossiyaning O‘rta Osiyoni bosib olishining qaysi bosqichi uzoqroq davom etgan? A) birinchi bosqichi B) to‘rtinchi bosqichi C) ikkinchi bosqichi D) uchinchi bosqichi 21 / 25 21. Buyuk ipak yo‘lida joylashgan shaharlarni ketma-ketligida joylashtiring? 1. Sian 2. Yorkent 3. Samarqand 4. Dunxuan 5. Buxoro 6. Marv 7. Termiz A) 4, 1, 2, 3, 5, 7, 6 B) 1, 4, 3, 2, 5, 6, 7 C) 4, 1, 2, 3, 6, 5, 7 D) 1, 4, 2, 3, 5, 7, 6 22 / 25 22. Kimning esdaliklari fransuz va nemis tillariga tarjima qilingan? A) F. Beneveni B) N. Ignatyev C) Blankennagel D) N. Muravyov 23 / 25 23. Podsho Rossiyasi qo‘shinlari tomonidan sharqiy Turkistonning Ili o‘lkasidagi qo‘zg‘olon bostirilgan yilda qoraqalpoqlarning qaysi volostida mustamlakachilarga qarshi xalq qo‘zg‘oloni boshlangan? A) Chimboy va Biybozor volostida B) Biybozor va Nukus volostida C) Qo‘ng‘irot va Nukus volostida D) Mo‘ynoq va Nukus volostida 24 / 25 24. Quyidagilardan asr boshida yuz bergan voqeani aniqlang. A) okean to‘lqinlariga bardosh beruvchi, shamolga qarshi suza oladigan yelkanli kema – karavella yaratildi B) gollandiyaliklar Avstraliya qirg‘oqlarini tadqiq eta boshladilar C) Yevropa savdo chorrahalari Shimoliy dengiz qirg‘oqlariga ko‘chdi D) Rus yerlarining Moskva atrofida birlashish jarayoni nihoyasiga yetdi 25 / 25 25. Rossiya imperiyasining mustamlakachilik siyosati davrida qabul qilingan Nizomlar asosida amalga oshirilgan ishlari mos ravishda berilgan javobni aniqlang. 1) 1867-yilgi “Nizom loyihasi” bo‘yicha; 2) yangi 1886-yilgi “Turkiston o‘lkasini idora qilish to‘g‘risidagi Nizom” bo‘yicha. a) muvaqqat harbiy-sudlov komissiyalari tuzildi; b) uyezd sudlari bekor qilindi; c) general-gubernatorlik Devonining sudlov bo‘limi tashkil etildi; d) sud tergovchilari, viloyat prokurori va ularning yordamchisi lavozimlari joriy etildi; e) Turkiston viloyatinini boshqarish bo‘yicha harbiy mahkama joriy etildi. A) 1-a, c, 2-d, e B) 1-a, c, 2-b, d C) 1-a, b, 2-c, d D) 1-a, d, 2-b, e 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 5 9-10-11 sinflar Tarix olimpiada №6