Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 8-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 Ona tili va adabiyot olimpiada 8-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 InfoMaster Aprel 21, 2022 874 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 4 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 8-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №1 2019-yil bilimlar bellashuvida tushgan savollar 1 / 25 Bir so‘zdan iborat bo‘lib, tarkibga ajralmaydigan, boshqa so‘zlar bilan kengaya olish imkoniyatiga deyarli ega bo‘lmagan gaplar… A) to‘liq gap deyiladi B) so‘z-gaplar deyiladi C) atov gap deyiladi D) to‘liqsiz gap deyiladi 2 / 25 So‘zlarning teng bog‘lanishi nimani ho‘sil qiladi? A) uyushiq gaplarni B) so‘z qo‘shilmalarini C) so‘z birikmasini D) takroriy so‘zlarni 3 / 25 Qaysi xususiyatiga ko‘ra insholar ikki turga bo‘linadi? A) inshoda qanday mavzu ifodalanishiga ko‘ra B) ma’nosiga ko‘ra C) ta’limiy maqsadlarga ko‘ra D) didaktik maqsadlara ko‘ra 4 / 25 Barchasi bitishuv yo‘li bilan hosil bo‘lgan so‘z birikmalari qatorini aniqlang. A) maktab bog‘i, mehr bilan boqmoq, shahar kezmoq B) baxtli voqea, milliy g‘oya, sof havo C) gul atri, tez yugurmoq, kitob o‘qimoq D) yurt kezgan, shahar ko‘chalari, bahor havosi 5 / 25 Muqimiyning “Sayohatnoma” asarida qaysi joy firdavs bog‘iga o‘xshatiladi? A) O‘ltarma B) Roshidon C) Do‘rmancha D) Oltiariq 6 / 25 Kimning turmush o’rtog’i Amiriy taxallusi bilan ijod qilgan? A) Anbar otin B) Nodira C) Dilshodi Barno D) Uvaysiy 7 / 25 Sening to’rang nomardlardan emasdir, Mard o’g’lon sevdigin tashlab ketarmi? Mazkur parcha kimning tilidan aytilgan? A) Kuntug’mish B) Buvraxon C) Mohiboy D) Xolmo’min 8 / 25 “Qaror qilindi”, “inobatga olinsin” kabi qoliplashgan so‘z va so‘z birikmalari qaysi uslubda uchraydi? A) so‘zlashuv B) badiiy C) rasmiy-idoraviy D) ilmiy 9 / 25 “Yaratish”, “bino qilish”, “qurish” ma’nolarini anglatuvchi so’zni toping. A) insho B) epigraf C) matn D) didaktik 10 / 25 Insoniy xarakter va ijodiy taqdirni o’zida mujassam etgan she’rlar sirasiga kiruvchi misralar kimning qalamiga mansub? A) U. Nosir B) T. Sulaymon C) S. Yesinin D) M. Yusuf 11 / 25 Quyidagilardan qaysi biri yordamchi so’z turkumi hisoblanmaydi? A) modal B) bog’lovchi C) ko’makchi D) yuklama 12 / 25 “Qutadg’u bilig” dostonida qaysi obraz adolat ramzi hisoblanadi? A) Oyto’ldi B) Kuntug’di C) O’zg’urmish D) O’gdulmish 13 / 25 Adabiy nutqning qaysi uslubida qaror qilindi, inobatga olinsin, tasdiqlanadi so‘zlari va so‘z birikmalari keng qo‘llanadi? A) rasmiy-idoraviy uslubda B) publisistik uslubda C) ilmiy uslubda D) badiiy uslabda 14 / 25 “Qutadg‘u bilig ”asarining Vena nusxasi qaysi yozuvda ko‘chirilgan? A) turkiy yozuvida B) arab yozuvida C) uyg‘ur yozuvida D) so‘g‘d yozuvida 15 / 25 “Qutadg‘u bilig” dostonida O‘zg‘urmish timsoli nimaning ramzi sifatida qalamga olingan? A) adolat ramzi B) ma’naviy qadriyat C) sog‘lomlik ramzi D) aql va zakovat 16 / 25 Maqsud Shayxzodaning “Mirzo Ulug`bek” fojiasida Mirzo Ulug`bek ilm ahlining “sim qanotli aravasi” uchib boruvchi baxt shahrini qanday rangda deb ataydi? A) firuzarang B) marvarid rang C) bika rang D) zangori rang 17 / 25 Men o‘qidim. Ushbu gap ega va kesimning ishtirok etish darajasiga ko‘ra qanday gap? A) atov gap B) sodda yoyiq gap C) so‘z-gap D) sodda yig‘iq gap 18 / 25 Kishilarning oilada, ko’cha-ko’yda fikr almashinuvi jarayonida qo’llaniladigan nutq uslubini aniqlang. A) publitsistik uslub B) so’zlashuv uslubi C) badiiy uslub D) rasmiy-idoraviy uslub 19 / 25 “Ulug’bek fojiasi” asarida Ulug’bek kimga nisbatan “Sadoqatli mard sardorim” deb murojaat etadi? A) Berdiyorga B) Bek Arslonga C) Ali Qushchiga D) Ota Murodga 20 / 25 Yozuvchilar, shoirlar, olimlar tomonidan ishlangan, qat’iy me’yorlarga ega bo‘lgan nutq ko‘rinishiga nima deyiladi? A) nutq uslubi B) yozma nutq C) og‘zaki nutq D) adabiy nutq 21 / 25 Musulmon Sharqi xalqlari adabiyotlarida eng ko’p tarqalgan lirik janr qaysi? A) chiston B) g’azal C) ruboiy D) qit’a 22 / 25 Insholar didaktik maqsadlarga ko‘ra nechta turga bo‘linadi? A) 3 B) turga bo’linmaydi C) 2 D) 4 23 / 25 “Kuntug’mish” dostonida Qur’oni karimni o’rtaga qo’yib do’st tutingan, lekin ahdiga vafo qilmagan obrazni belgilang. A) Mohiboy B) Mullavachcha C) Qosim D) Azbarxo’ja 24 / 25 T. Sulaymonnning 1976-yilda chiqqan asarlari nomi qaysi qatorda? A) “Intizor”, “Xarsang” B) “Yov qochdi”, “Iltijo” C) “Iltijo”, “Alhazar” D) ”Iltijo”, “To’ybosh” 25 / 25 Yozgan asarlari uchun kelajak avlod tomonidan “gullardan haykal” qurilishini orzulagan ijodkor kim va bu qaysi asarda aytib o`tiladi? A) Abay / “Nasiha so`zlar” B) Usmon Nosir / “Bog`im” C) Alisher Navoiy / “Sab’ai sayyor” D) Antuan de Sent Ekzyuperi / “Kichkina Shahzoda” 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 3 9-10-11 sinflar Ona tili olimpiada №6