Uy » Abituriyent » Majburiy blok » Ona tili va adabiyot majburiy blok » Ona tili va adabiyot majburiy blok №6 Ona tili va adabiyot majburiy blok Ona tili va adabiyot majburiy blok №6 InfoMaster May 2, 2024 96 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0% 0 Savollar 12345678910 OMAD YOR BO'LSIN! Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №6 Abituriyent uchun ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari. 1 / 10 1. Qaysi gapda paronim qo’llash bilan bog’liq xatolik mavjud? A) Mashina dovon tepasiga ko’tarilar ekan, derazadan salqin shamol urildi. B) Ayni bizbop ketmon ekan, endi hech ham qiynalmaymiz. C) Ot abzalin shayladi, o’q-anjomin boyladi. D) Ularning tup maqsadini bilib olishimiz kerak. 2 / 10 2. Qaysi gapda ega ishtirok etgan? A) Avval o’ylash kerak, so’ngra soz’lash kerak. B) Yomonni tanqid qil, Yaxshiga – taqlid. C) Yomonda or bo’lmas, Yaxshi xor bo’lmas. D) Arqog’ini ko’rib bo’zini ol, Onasini ko’rib – qizini. 3 / 10 3. Qaysi gapda imloviy jihatdan xato yozilgan so’z ishtirok etgan? A) Yomg’irli kunlar tez-tez iliq kunlar bilan almashinib turadi. B) Mevasini ko’tarolmagan shox qarsillab sindi. C) Shahar ko’chalarida, bog’larda, qir-u adirlarda bahor nafasi ufuradi. D) Bu yerda qattiq a’yoz kunlar kam bo’ladi. 4 / 10 4. Ma’nodosh so’zlar qatorida ularga xos bo’lmagan so’z qatnashgan javobni toping. A) ko’p, ancha, mo’l, xiyol B) tushunmoq, anglamoq, fahmlamoq, ilg’amoq C) chiroyli, go’zal, suluv, barno D) do’st, o’rtoq, og’ayni, oshna 5 / 10 5. Berilgan qaysi fe’llar qatorining oldidan tushum kelishigi shaklidagi so’zlarni qo’llash mumkin? A) yurmoq, bormoq, jilmaymoq B) topmoq, cho’zmoq, zo’raymoq C) kelmoq, bermoq, uzmoq D) olmoq, sezmoq, tuymoq 6 / 10 6. Qaysi javobda teng bog’lovchi yordamida bog’langan qo’shma gap berilgan? A) Yo zardo’zi to’ning to’zibmi qoldi, Yoki so’kildimi suvsar telpaging? B) Nimaiki senga zarar keltirsa, o’sha narsani boshqalarga ham ravo ko’rma. C) Chin do’st yurakdan so’zlar, chunki u sening yomon bo’lishingni aslo xohlamaydi. D) Xalqni qo’rqitgan emas, balki dardiga sherik bo’lgan odam marddir. 7 / 10 7. Qaysi javobda “igna ustida o’tirmoq” iborasining ma’nosi berilgan? A) gumonsiramoq B) shoshib qolmoq C) bezovta bo’lmoq D) og’riqni his etmoq 8 / 10 8. Lekin men bu gapnio hech kimga aytmagan edim. Ushbu gapda olmoshning ma’no jihatdan necha turi qatnashgan? A) 4 B) 2 C) 1 D) 3 9 / 10 9. Qaysi gapda chiziqcha noto’g’ri qo’llangan? A) Men, oyimning aytishicha, o’sha yilning 15-martida tug’ilgan ekanman. B) Onasi uning orqasidan hay-haylagancha qoldi. C) Ular shu tariqa baxtli-saodatli umr kechirishibdi. D) XX asr ilm-fan sohasida muhim ixtirolar asri bo’ldi. 10 / 10 10. Qaysi javobda “zamonaviy ishlab chiqarishni boshqarish (rejalash, tartibga solish, nazorat qilish), shuningdek, ishlab chiqarishga rahbarlik qilish, uni tashkil etish; boshqarish to’g’risidagi fan” ma’nosini beruvchi atama berilgan? A) monitoring B) menejer C) strategiya D) menejment 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 34 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №32
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 9 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №31
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 6 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №30
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 6 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №29