Uy » Abituriyent » Majburiy blok » Ona tili va adabiyot majburiy blok » Ona tili va adabiyot majburiy blok №6 Ona tili va adabiyot majburiy blok Ona tili va adabiyot majburiy blok №6 InfoMaster May 2, 2024 96 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0% 0 Savollar 12345678910 OMAD YOR BO'LSIN! Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №6 Abituriyent uchun ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari. 1 / 10 1. Qaysi gapda paronim qo’llash bilan bog’liq xatolik mavjud? A) Ularning tup maqsadini bilib olishimiz kerak. B) Mashina dovon tepasiga ko’tarilar ekan, derazadan salqin shamol urildi. C) Ot abzalin shayladi, o’q-anjomin boyladi. D) Ayni bizbop ketmon ekan, endi hech ham qiynalmaymiz. 2 / 10 2. Javoblarning qaysi birida berilgan birlik imloviy jihatdan to’g’ri yozilgan? A) “O’zbekiston qahramoni” unvoni B) Oliy sud raisi C) Oliy Majlis D) Toshkent Davlat sharqshunoslik institute 3 / 10 3. Qaysi javobda teng bog’lovchi yordamida bog’langan qo’shma gap berilgan? A) Chin do’st yurakdan so’zlar, chunki u sening yomon bo’lishingni aslo xohlamaydi. B) Nimaiki senga zarar keltirsa, o’sha narsani boshqalarga ham ravo ko’rma. C) Xalqni qo’rqitgan emas, balki dardiga sherik bo’lgan odam marddir. D) Yo zardo’zi to’ning to’zibmi qoldi, Yoki so’kildimi suvsar telpaging? 4 / 10 4. Berilgan qaysi fe’llar qatorining oldidan tushum kelishigi shaklidagi so’zlarni qo’llash mumkin? A) olmoq, sezmoq, tuymoq B) kelmoq, bermoq, uzmoq C) yurmoq, bormoq, jilmaymoq D) topmoq, cho’zmoq, zo’raymoq 5 / 10 5. Qaysi gapda imloviy jihatdan xato yozilgan so’z ishtirok etgan? A) Yomg’irli kunlar tez-tez iliq kunlar bilan almashinib turadi. B) Bu yerda qattiq a’yoz kunlar kam bo’ladi. C) Mevasini ko’tarolmagan shox qarsillab sindi. D) Shahar ko’chalarida, bog’larda, qir-u adirlarda bahor nafasi ufuradi. 6 / 10 6. Qaysi gapda tinish belgilarini qo’llash qoidalariga amal qilingan? A) Qaysi ishni qilmoqchi bo’lsang eng avvalo, o’z ko’ngling bilan kengashib ko’rgin. B) Hozir Humoyunning fil yonida birgina inisi oq otliq Hindol mirzo bormoqda. C) Aziz nabiralar, siz bilmaysiz, oh, men o’sha cho’qqida quchganman zafar. D) Asli qiyofangni ko’rsatishdan qo’rqishing, demak, o’zingdan nafratlanishingni bildiradi. 7 / 10 7. Salqin saharlarda, bodom gulida, Binafsha labida, yerlarda bahor, Qushlarning parvozi, yellarning nozi, Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor… Ushbu she’riy parchada ajratib ko’rsatilgan so’zlardan nechtasi ko’chma ma’noda qo’llangan? A) 5 B) 2 C) 4 D) 3 8 / 10 8. Qaysi gapda chiziqcha noto’g’ri qo’llangan? A) Onasi uning orqasidan hay-haylagancha qoldi. B) Ular shu tariqa baxtli-saodatli umr kechirishibdi. C) XX asr ilm-fan sohasida muhim ixtirolar asri bo’ldi. D) Men, oyimning aytishicha, o’sha yilning 15-martida tug’ilgan ekanman. 9 / 10 9. Qaysi gapda ega ishtirok etgan? A) Yomonni tanqid qil, Yaxshiga – taqlid. B) Arqog’ini ko’rib bo’zini ol, Onasini ko’rib – qizini. C) Yomonda or bo’lmas, Yaxshi xor bo’lmas. D) Avval o’ylash kerak, so’ngra soz’lash kerak. 10 / 10 10. Berilgan birliklardan faqat bog’lovchilar ko’rsatilgan javobni toping. A) faqat, hamda, chunki B) agar, hamda, ammo C) xuddi, chunki, haqida D) uchun, singari, hamda 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 34 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №32
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 9 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №31
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 6 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №30
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 6 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №29