Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №30 Aprel 29, 2024 da chop etilgan InfoMaster tomonidan Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №30 ga fikr bildirilmagan. Savol haqida xabar bering Bu savolda nima xato? Siz bo'sh hisobot yubora olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 0% 80 12345678910 OMAD YOR BO'LSIN! Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №30 Abituriyent uchun ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari. 1 / 10 1. Quyidagi qaysi qatorda tobe so’zi imloviy jihatdan xato yozilgan otli birikma mavjud? A) tez yugirish B) eshitib tushinmoq C) hosiyatli ish D) tugal fikir 2 / 10 2. Quyidagi qaysi gapda ega bilan ot kesim orasida tire ishlatilishi lozim? A) Hammayoq top-toza, yovvoyi o‘tlar yo‘q. B) Kitob bilim manbayi C) O‘g‘limdan umidim ko‘p. D) Qo‘shnilarim ham halol odamlar. 3 / 10 3. Tunov kun biznikida Bo‘ldi kattakon shashar. Ko‘chib keldi deyman-ov Hasharga butun shahar Hashar rosa qizidi. Ushbu parchada ostiga chizilgan so’zda qanday ma’no ko’chishi kuzatilgan? A) metafora B) sinekdoxa C) metonimiya D) vazifadoshlik 4 / 10 4. Qaysi javobda egalik qo’shimchasi qo’shilishi natijasida fonetik hodisa kuzatiladigan yasama so’z berilgan? A) qishloq B) o’roq C) bilak D) terak 5 / 10 5. Do‘stim, biror narsaga muhtoj bo‘lsang, yashirma. Ushbu gapdagi vergulning qo’llanilishi haqidagi tug’ri hukmni toping. A) uyushiq bo’laklar ishlatilganligi uchun B) kirish so’z qo’llanganiligi uchun C) ajratilgan bo’lak qo’llanganligi uchun D) undalma qo’llanganligi uchun 6 / 10 6. Qaysi gapda holat ravishi ishtirok etmagan? A) Kishi o‘z fazilatlari haqida astoyidil gapiradi. B) Xalq ahvolidan doimo boxabar bo‘l. C) Dushmaningiz bilan tortishayotganingizda ham ochiq-chasiga va mardlarcha fikr bildiring. D) Olmaxon yerdan ko‘ra daraxtda tezroq yugurar ekan. 7 / 10 7. Bilim mehnat bilan, tilak g‘ayrat bilan go‘zal. Ushbu ajratib ko’rsatilgan birlik haqidagi qaysi ma’lumot to’g’ri? A) sof ko’makchi B) ayiruv-chegaralov yuklamasi C) biriktiruv bog’lovchisi D) ayiruv bog’lovchisi 8 / 10 8. Quyidagi gap qanday gap bo‘laklaridan tuzilgan? Kuchli qarsak sadolari anchagacha tinmadi. (R.F.) A) aniqlovchi, aniqlovchi, ega, hol, kesim B) to‘ldiruvchi, ega, aniqlovchi, kesim C) aniqlovchi, ega, aniqlovchi, aniqlovchi, kesim D) ega, kesim, aniqlovchi, aniqlovchi, kesim 9 / 10 9. Quyidagi qaysi arxiak so’z tarixda tarjimon ma’nosida qo’llangan? A) shuaro B) handasa C) muarrix D) mutarjim 10 / 10 10. Qaysi javobda ko’chma ma’noli so’z uchramaydi? A) Eski buloqning ko‘zi ochildi. B) Iqbolxonning ish stolidagi mitti guldonda sovuqdan ochilmay qolgan atirgulning ikki dona g‘unchasi turar edi. C) Soqchi ota-onam borligiga ishonmadi, shekilli, gapni aylantiraverdi. D) Qavm-qarindosh bir dasturxon boshida gurungni quyuq qildik. 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Ona tili va adabiyot majburiy blok