Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Biologiya mavzulashtirilgan » 7-sinf Zoologiya » 7-sinf Zoologiya 40-41-42-mavzular yuzasida testlar 7-sinf Zoologiya 7-sinf Zoologiya 40-41-42-mavzular yuzasida testlar InfoMaster Aprel 14, 2022 349 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 2 1 Savollar 1234567891011121314151617181920212223242526272829303132333435363738394041424344454647484950 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 7-sinf Zoologiya 40-41-42-mavzular yuzasida testlar 40- mavzu.TOSHBAQALAR VA TIMSOHLAR TURKUMLARI. 41- mavzu.KO’K KAPTARNING TASHQI TUZILISHI. 42- mavzu.KO’K KAPTARNING SKELETI VA MUSKULLARI. 1 / 50 Rasmdagi 4-raqamda nima ifodalangan? A) cho’chqa tasmasimoni boshi; B) cho‘chqa tasmasimon chuvalchangi; C) voyaga yetgan exinokokk; D) exinokokk pufagi. 2 / 50 Yomg’ir chuvalchangi qaysi chuvalchanglardan kelib chiqqan? A) ko’p tuklilardan B) dengiz chuvalchanglaridan C) kam tuklilardan D) yassi chuvalchanglardan 3 / 50 Qisqichbaqa qonining yurakdan chiqib harakatlanishini tartib bilan ko’rsatib bering a.uch juft yurak teshikchalari b.yurakdan chiquvchi tomirlar d.jabralar e.yurak f.tana bo’shlig’i A) .b.f.e.a.d B) f.b.d.a.e C) b.f.d.e.a D) f.b.d.e.a 4 / 50 Yashil bronza qo’ng’izi qayerlarda uchraydi?1) yevropa; 2) Osiyo; 3) shimoliy America; 4) janubiy America; 5) Misr; 6) Africa. A) 5, 6 B) 1, 2 C) 1, 3 D) 3, 4 5 / 50 Satir qaysi turkum vakili? A) pardaqanotlilar B) qattiqqanotlilar C) ikki qanotlilar D) tangachaqanotlilar 6 / 50 Erkak arilar qaysi xususiyatiga ko’ra ona ari va ishchi arilardan farq qiladi?1) nishtarga ega; 2) urug’lanmagan tuxum hujayradan rivojlanadi; 3) og’iz organlari kemiruvchi-so’ruvchi tipda tuzilgan; 4) qurtlarni oziqlantiradi; 5) urug’langan tuxum hujayradan rivojlanadi; 6) og’iz organlari yaxshi rivojlanmagan; 7) orqa oyoqlari gul changini yig’ib olishgamoslashgan; 8) nishtari bo’lmaydi. A) 1, 3, 5, 7 B) 3, 4, 7 C) 2, 8 D) 2, 6, 8 7 / 50 Baliqlarning jabralari ... (1) dan iborat bo'lib, gaz almashinuvi ... (2) qismida sodir bo'ladi.a) jabra ravoqlari b) jabra varaqlari c) jabra qilchalari d) jabra qopqog'i e)jabra varaqlaridagi kapillarlar f) jabra qilchalaridagi kapillarlar A) 1 - a, d, e; 2 - e, f B) 1 - a, b, c, d; 2- e C) 1- a,b, c, d; 2- a, f D) 1 - a, b, d; 2-c,f 8 / 50 Qaysi baliqlarda jabra qopqoqlari va suzgich pufaklari bo`lmaydi ? A) tog`ayli baliqlarda. B) cho`rtanlarda. C) osetrsimonlarda. D) karpsimonlarda. 9 / 50 Suyak-tog`ayli baliqlar turkumiga xos xususiyatlar ?1) boshining oldingi tomoni uzun tumshuqni hosil qiladi 2) o`q skeleti va qutisiqisman suyakka aylangan 3) boshi tanasiga nisbatan kattaroq 4) og`iz teshigi boshining ostki tomonida 5) suzgich qanotlari tikanli 6) skeleti asosantog`aydan iborat 7) o`q skeleti xordadan iborat 8) jabra qopqoqlari va suzgich pufagi yo`q 9) bosh qutisi suyak bilan qoplangan 10) tirik tug`adi A) 2,3,5,8,9. B) 2,5,7,8,9. C) 1,2,4,8,10 D) 1,4,6,7,9. 10 / 50 Pastki va yuqori jag`lari paylar yordamida harakatchan birikkan hayvonlar ?1) kapcha (kobra) 2) sariq ilon 3)qalqontumshuq 4) bo`g`ma qum ilon 5)gekkon 6) urchiqsimon kaltakesak 7) chiporilon 8) echkiemar A) 1,3,4,7 B) 2,5,7,8 C) 1,2,4,5 D) 3,6,7,8 11 / 50 Qushlarning dumida qanday patlar joylashadi ? A) dag‘al B) qoplag‘ich va momiq C) boshqarish D) qoqish 12 / 50 ush tanasini yer yuzasidan dast ko‘tarilib turishiga va qo‘nayotganda qushning tanasiga beriladigan zarbani kamaytirishda imkon beruvchi suyak ? A) boldir B) ilik C) barmoq D) son 13 / 50 Qushlar skeletidagi qaysi suyaklar bir nechta mayda suyaklarning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan ?1) ilik 2) panja 3) dum 4) bo‘yin A) 1 B) 1,2 C) 2 D) 3,4 14 / 50 Qush skeletining qaysi qismlari uch juft suyakdan tashkil topgan ?1) dumg`aza 2) orqa oyoqlari suyaklari3) oldingi oyoq kamari 4) bosh skeleti5) ko`krak tirgak suyagi 6) orqa oyoq kamari A) 3,6 B) 4,1 C) 5,4 D) 1,2 15 / 50 Qushning orqa oyoq kamari umurtqa pog`onasining qaysi bo`limlari bilan qo`shilib o`sadi ?1) ko`krak 2) bel 3) bo`yin 4) dumg`aza5) dum umurtqalarining barchasi 6) 2 va 3 dum umurtqasi 7) 1 dum umurtqasi 8)ko`krak umurtqasining oxirgi qismi A) 1,2,3 B) 2,4,7 C) 3,4,5 D) 6,8,7 16 / 50 Qushlarning uchishga moslashganligi bilan bog‘liq bo‘lgan xususiyatlarni aniqlang.a)naysimon suyaklari havo bilan to‘lganb)tishlari yo‘q c) jag‘lari muguzlitumshuqqa aylangan d) ko‘krak-toj suyagi rivojlangan e) bel, dumg‘aza, dum suyaklari o‘zaro harakatsiz birikkan f)issiqqonli bo‘lishi j) yuragi 4 kamerali k)o‘pkada havo pufakcha (xalta)lari hosil bo‘lgan A) a, b, c, d, e, k B) a, b, c, d, e, f, j, k C) d, e, f, j, k D) a, b, c, d, j, k 17 / 50 Tili yo'g'on, go'shtdor, tishlari yo'q, jag'lari shoxsimon plastinkalar bilan qoplangan. Ko'rish va hid bilish organlari yaxshi rivojlangan. Qaysi hayvonga xos belgilar keltirilgan ? A) toshbaqalar B) qushlar C) gekkon D) timsoh 18 / 50 Qushlarda o'mrov suyaklarining o'ziga xosligi nimadan iborat ? A) yuqori uchlari qo'shilib o'sgan B) kalta va yo'g'on C) pastki uchlari qo'shilib o'sib, ayri hosil qilgan D) uzun 19 / 50 Toshbaqalarning qaysi umurtqalari o`zaro harakatsiz birikkan ? A) dum va bo`yin B) ko`krak, bel, dumg`aza umurtqalari orqa kosasi bilan birikkan C) bo`yin D) bel, bo`yin 20 / 50 Qushlarda muguzdan nima hosil bo‘ladi ? A) tumshuq, tirnoqlar B) faqat tumshuq va muguz qoplamlar C) tumshuq, tirnoqlar, pat qoplami D) muguz qoplamlar, pat qoplami 21 / 50 Qaysi toshbaqalarning oyoqlari eshkak vazifasini bajaradi ? A) botqoq toshbaqasi B) chuchuk suv salamandrasi C) dengiz toshbaqasi D) cho`l toshbaqasi 22 / 50 Toshbaqaning qalqoni qaysi suyaklar bilan tutashgan ?a) qovurg'alar b) umurtqalar c) o'mrov d)yelka e) bosh A) a, b, c B) b, c, e C) a, b, c, d, e D) a, d, e 23 / 50 Qushning yer yuzidan ko`tarilishga, yerga qo`nayotganda urilishini kamaytirishga qaysi suyak yordam beradi ? A) qanot suyaklari B) kil suyagi C) ilik suyagi D) son suyagi 24 / 50 Timsohlar qaysi mamlakatlarda alohida hovuzlarda ko`paytiriladi ? A) uzoq Sharqda B) Angliyada C) Kubada D) Germaniyada 25 / 50 Qushlarning oyoq skeleti qaysi suyaklardan iborat ?1) son 2) boldir 3) bilak 4) tirsak 5) ilik 6) barmoq 7) chanoq 8) yelka 9) tovon A) 1,7,5,6 B) 1,2,5,6 C) 1,2,3,6 D) 1,3,4,9 26 / 50 Suyak kosasi bo`lmaydigan toshbaqa qayerlarda yashaydi ? A) Tinch okeani dengizlarida B) Atlantika okeani dengizlarida C) uzoq Sharq yerlarida D) Janubiy Yevropa dengizlarida 27 / 50 Quyida berilgan timsohlar bilan ular tarqalgan joylarni juftlab belgilang.a)nil timsohi b) alligator c) gavial1)Amerika 2) Hindiston 3) Afrika A) 1-b, 2-c, 3-a B) 1-a, 2-c, 3-b C) l-c,2-b,3-a D) 1-b, 2-a, 3-c 28 / 50 Qushlarning qanotlarini ko`tarishda bevosita ishtirok etuvchi muskullarni belgilang. A) qovurg`a muskullari B) o`mrov muskullari C) ko`krak muskullari D) oyoq muskullari 29 / 50 Qushdagi qanotlar kamari necha juft suyaklar va qaysi suyaklardan tashkil topgan ? A) uch juft: ko`krak tirgak, o`mrov, yelka B) ikki juft: kurak, o`mrov C) ikki juft: ko`krak tirgak, kurak D) uch juft: ko`krak tirgak, kurak, o`mrov 30 / 50 Qushlar ilik suyagining pastki uchiga qaysi suyaklar kеlib tutashgan ? A) tovon B) son C) barmoq D) boldir 31 / 50 Cho'l va adirlarda (1), Yevropaning janubida (2), Uzoq Sharq suv havzalarida (3), tropik dengizlarda (4) uchraydigan toshbaqalarni belgilanga) O'rta Osiyo toshbaqasi b) botqoq toshbaqasi c) terili toshbaqa d) dengiz toshbaqasi A) 1-a, 2-c, 3-b, 4-d 100 B) 1-a, 2-d, 3-c, 4-b C) 1-a, 2-b, 3-d, 4-c D) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d 32 / 50 Qushlarning chanoq suyaklari umurtqa pog`onasining qaysi qismlari bilan harakatsiz birikkan ?1) bo`yin 2) ko`krak 3) bel 4) dumg`aza 5) barcha dum umurtqalari 6) oldingi dum umurtqalari A) 2,4,6. B) 1,2,5. C) 1,3,5. D) 3,4,6. 33 / 50 Toshbaqalarning qaysi sezgi organlari kuchli rivojlangan ? A) qulog`i B) ko`zi, burni C) hid bilish, ko`rish D) ta`m bilish 34 / 50 Qushlarning qanotlarini tushirishga yordam beruvchi muskullar birikkan suyak qaysi ? A) to`sh,bilak B) yelka,o`mrov C) to`sh,yelka D) ko`krak tirgak 35 / 50 Qushlar shoxga qo`nganda, barmoqlari siqilib, shoxni mahkam ushlab turishi nimaga bog`liq ? A) oyoq muskullarining qisqarishiga B) barmoq muskullarining qisqarishiga C) katta ko`krak muskullarining tortilishiga D) oyoqdagi paylarning tortilishiga 36 / 50 Ilik suyagi faqat qushlar uchun xos bo`lib, u hosil bo`lgan. A) bir necha mayda suyakning birikishidan B) kichik boldir suyagining o`garishidan C) beshinchi barmoq suyagining o`zgarishidan D) tovon suyagining o`zgarishidan 37 / 50 Timsohlar terisi nima bilan qoplangan ? A) xitin bilan B) juda qalin qalqonlar bilan C) tangachalar bilan D) tog`ay to`qima bilan 38 / 50 Qushlarning ko`krak muskullarning bir uchi (a) qaysi suyakka, ikkinchi uchi(b) qaysi suyakka birikadi ? A) a-yelka, b-ko`krak toj B) a-ko`krak, b-tirsak C) a-panja, b-tirsak D) a-bilak, b-tirsak 39 / 50 Pastka va yuqori jag`lari paylar yordamida harakatchan birikmagan hayvonlar ?1) kapcha (kobra) 2) sariq ilon3) qalqontumshuq 4) bo`g`ma qum ilon5) gekkon 6) urchuqsimon kaltakesak7) chipor ilon 8) echkiemar A) 1,2,4,5 B) 2,5,6,8 C) 3,6,7,8 D) 1,3,4,7 40 / 50 Qushning qaysi umurtqalari o`zaro qo`shilib o`sgan ? A) bo`yin, ko`krak B) bo`yin C) bel, dumg`aza, dum D) ko`krak 41 / 50 Quyidagi hayvonlarning qaysi birlari tanasida aralash qon oqadi ?1) ko`l baqasi 2) cho`rtan baliq 3) itbaliq4) kvaksha 5) taroqli triton 6) bo`z echkiemar 7) kalxat 8) zubr 9) sayg`oq10) xumbosh 11) kapcha ilon12) cho`l toshbaqasi A) 3,4,6,7,8,11 B) 1,4,6,8,9,10 C) 2,3,5,6,11,12 D) 1,4,5,6,11,12 42 / 50 Toshbaqalar kosasi qaysi suyaklar bilan bog`langan ? A) teri orqali B) qovurg`alar, umurtqalar, o`mrov suyaklari bilan C) o`mrov suyaklari bilan D) ost kosa ust kosa bilan harakatsiz birikkan 43 / 50 Qushlarning gavdasi qanday qismlardan iborat ? A) bosh, tana, qanot, oyoq B) bosh, bo'yin, qanot, oyoq C) bosh, bo'yin, tana, oyoq D) bosh, bo'yin, tana, qanot, oyoq 44 / 50 Qushlarning uch juft chanoq suyagi qaysi suyaklar bilan qanday birikadi ? A) bel, dumg‘aza va oldingi dum umurtqalari bilan, harakatsiz B) bel, dumg‘aza umurtqalari bilan, harakatsiz C) dumg‘za suyagi bilan, harakatsiz D) bel, dumg‘aza va oldingi dum umurtqalari bilan, harakatli 45 / 50 Qushlarning qaysi muskul(lar)i barcha muskullar massasiga teng keladi ? A) yelka va son B) kо’krаk C) son D) o‘mrov 46 / 50 Botqoqlik toshbaqasi nima bilan oziqlanadi ? A) dafniya, siklop B) qamish va g`umay bilan C) suv o`tlari bilan D) umurtqasiz hayvonlar bilan 47 / 50 Qushlarning tana yuzasida qanday patlar joylashadi ? A) boshqarish B) qoqish C) dag‘al D) qoplag‘ich va momiq 48 / 50 Toshbaqalarning tishlari qanday tuzilgan ? A) tishlari rivojlanmagan shoxsimon plastinkalar bilan qoplangan B) qoziq va oziq tishlar C) 1 xilda D) faqat oziq tishlardan iborat 49 / 50 Qush uchganda, eng ko`p og`irlik qaysi suyakka tushadi ? A) panja B) o`mrov C) to`sh toji D) to`sh 50 / 50 Qushlardagi o‘mrov muskullarining qisqarishi tufayli ... . A) ko‘krak qafasi kеngayadi B) qanotlar tushadi C) qanotlar ko‘tariladi D) ko‘krak qafasi torayadi 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 3 7-sinf Zoologiya 58-59-mavzular yuzasida testlar
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 1 7-sinf Zoologiya 55-56-57-mavzular yuzasida testlar
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 2 7-sinf Zoologiya 52-53-54-mavzular yuzasida testlar
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 5 7-sinf Zoologiya 49-50-51-mavzular yuzasida testlar