Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Biologiya mavzulashtirilgan » 7-sinf Zoologiya » 7-sinf Zoologiya 40-41-42-mavzular yuzasida testlar 7-sinf Zoologiya 7-sinf Zoologiya 40-41-42-mavzular yuzasida testlar InfoMaster Aprel 14, 2022 367 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 2 0 Savollar 1234567891011121314151617181920212223242526272829303132333435363738394041424344454647484950 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 7-sinf Zoologiya 40-41-42-mavzular yuzasida testlar 40- mavzu.TOSHBAQALAR VA TIMSOHLAR TURKUMLARI. 41- mavzu.KO’K KAPTARNING TASHQI TUZILISHI. 42- mavzu.KO’K KAPTARNING SKELETI VA MUSKULLARI. 1 / 50 Yomg’ir chuvalchangining ayirish sistemasi nimadan iborat? A) bitta tasmasimon buyrak B) yashil bezcha C) har bir halqada joylashgan 1 juft sirtmoqdan D) malpigi naychasi 2 / 50 Quyidagi qaysi chuvalchang tanasining orqa qismi ayirisimon shaklda? A) askarida B) nereida C) dengiz ko’p tuklisi D) qizil chuvalchang 3 / 50 Qisqichbaqasimonlar qanday tuzilgan a.mo’ylovlari ikki juft b.mo’ylovlari bir juft d.katta va kichik mo’ylovlari bor e.asosan suvda yashaydi f.suvda va quruqlikda yashaydi g.traxeya orqali nafas oladi h.nafas olish organi jabralar i.mo’ylovlari uzun va kalta A) d.f.h.i B) a.d.e.h C) a.i.h D) b.f.i.h 4 / 50 Rasmda ko’rsatilgan hayvonning nomi va sistematik birliklari to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang. A) butli o’rgimchak,bo’imoyoqlilar tipi,o’rgimchaksimonlar sinfi,o’rgimchaklar turkumi. B) qoraqurt,bo’imoyoqlilar tipi,o’rgimchaksimonlar sinfi,o’rgimchaklar turkumi. C) sariq falanga,bo’imoyoqlilar tipi,o’rgimchaksimonlar sinfi,falangalar turkumi. D) chayon,bo’imoyoqlilar tipi,o’rgimchaksimonlar sinfi,chayonlar turkumi. 5 / 50 Qoni nafas olishda ishtirok etmaydigan organzimlarni ko’rsating. A) yomg’ir chuvalchangi, baqachanoq B) chigirtka, kapalak C) asalari, eshakqurt D) zog’ora baliq, bacra 6 / 50 Qaysi hasharotdan biologik kurash maqsadida foydalaniladi ? A) sariq o`rmon chumolisi. B) fir`avn chumoli. C) qorabog` chumoli. D) yaydoqchi. 7 / 50 Lansetnikning nafas olish a`zosi to’g’ri keltirilgan javobni belgilang. A) traxeya B) to’g’ri javob berilmagan C) jabralar D) teri burmalari 8 / 50 Qaysi baliqlarning tuxumlari va lichinkalarining juda ko’p qismi boshqa hayvonlarga yem bo’ladi? A) tikan baliq, dengiz otchasi B) zog’ra baliq, tilyapiya C) treska, okun D) akula, dengiz tulkisi 9 / 50 Suyakli baliqlar sinfiga kiruvchi turkumlarni ular uchun xos bo’lgan xususiyatlar bilan juftlang.1) boshining oldingi tomoni uzun tumshuqni hosil qiladi; 2) toq suzgichlari soni 4 ta;3)skeleti tuzilishi quruqlikda yashovchi umrtqalilarga o’xshaydi; 4) tana skeletisuyakdan iborat; 5) tana tuzilishi suv tubida yashashga moslashgan, dumi xivchinga aylangan;a)losossimonlar; b) karpsimonlar; c) bakra baliqlar; d) skatlar; e) panjaqanotlilar. A) a-4; b-4; c-1; e-5 B) a-2; b-4; c-1; e-3 C) a-2; b-4; c-1; d-5 D) a-2; b-4; c-1; d-5; e-3 10 / 50 Ilonlar ko`zining o`ziga xos xususiyati nimadan iborat ? A) qovoq 2 ta. B) ilon oziqlanish vaqtida ko`zini yumib oladi. C) qovoqlari 3 ta bo`ladi. D) ustki ostki qovoqlari shaffof bo`lib, soat oynasi kabi ko`zni qoplab turadi ko`zi yumilmaydi. 11 / 50 Qushlarda o'mrov suyaklarining o'ziga xosligi nimadan iborat ? A) yuqori uchlari qo'shilib o'sgan B) uzun C) kalta va yo'g'on D) pastki uchlari qo'shilib o'sib, ayri hosil qilgan 12 / 50 Toshbaqalarning qaysi umurtqalari o`zaro harakatsiz birikkan ? A) bel, bo`yin B) dum va bo`yin C) ko`krak, bel, dumg`aza umurtqalari orqa kosasi bilan birikkan D) bo`yin 13 / 50 Qushning orqa oyoq kamari umurtqa pog`onasining qaysi bo`limlari bilan qo`shilib o`sadi ?1) ko`krak 2) bel 3) bo`yin 4) dumg`aza5) dum umurtqalarining barchasi 6) 2 va 3 dum umurtqasi 7) 1 dum umurtqasi 8)ko`krak umurtqasining oxirgi qismi A) 3,4,5 B) 1,2,3 C) 2,4,7 D) 6,8,7 14 / 50 Qushlarning qaysi suyaklari o‘zaro birikib yagona dumg‘aza suyagini hosil qiladi? A) bel, dumg‘aza, o‘mrov B) dumg‘aza, dum, toj C) bel, dumg‘aza, dum D) ko‘krak, bel, dumg‘aza 15 / 50 Qushlarning ko`krak muskullarning bir uchi (a) qaysi suyakka, ikkinchi uchi(b) qaysi suyakka birikadi ? A) a-yelka, b-ko`krak toj B) a-bilak, b-tirsak C) a-panja, b-tirsak D) a-ko`krak, b-tirsak 16 / 50 Qushlarning gavdasi qanday qismlardan iborat ? A) bosh, tana, qanot, oyoq B) bosh, bo'yin, qanot, oyoq C) bosh, bo'yin, tana, qanot, oyoq D) bosh, bo'yin, tana, oyoq 17 / 50 Cho'l va adirlarda (1), Yevropaning janubida (2), Uzoq Sharq suv havzalarida (3), tropik dengizlarda (4) uchraydigan toshbaqalarni belgilanga) O'rta Osiyo toshbaqasi b) botqoq toshbaqasi c) terili toshbaqa d) dengiz toshbaqasi A) 1-a, 2-b, 3-d, 4-c B) 1-a, 2-c, 3-b, 4-d 100 C) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d D) 1-a, 2-d, 3-c, 4-b 18 / 50 Qushlarning uchishga moslashganligi bilan bog‘liq bo‘lgan xususiyatlarni aniqlang.a)naysimon suyaklari havo bilan to‘lganb)tishlari yo‘q c) jag‘lari muguzlitumshuqqa aylangan d) ko‘krak-toj suyagi rivojlangan e) bel, dumg‘aza, dum suyaklari o‘zaro harakatsiz birikkan f)issiqqonli bo‘lishi j) yuragi 4 kamerali k)o‘pkada havo pufakcha (xalta)lari hosil bo‘lgan A) d, e, f, j, k B) a, b, c, d, e, f, j, k C) a, b, c, d, j, k D) a, b, c, d, e, k 19 / 50 Qushlarning qanotlarini ko`tarishda bevosita ishtirok etuvchi muskullarni belgilang. A) ko`krak muskullari B) qovurg`a muskullari C) oyoq muskullari D) o`mrov muskullari 20 / 50 Qushlarning sudralib yuruvchilardan farqi ? A) bir marta olingan havodan ikki marta nafas olishida B) terida bezlarning deyarli bo‘lmasligi C) tuxumlarining sariqlikka bo‘yligi D) tanasida muguz tangachalarining bo‘lishi 21 / 50 Toshbaqalarning tishlari qanday tuzilgan ? A) tishlari rivojlanmagan shoxsimon plastinkalar bilan qoplangan B) qoziq va oziq tishlar C) faqat oziq tishlardan iborat D) 1 xilda 22 / 50 Qaysi toshbaqalarning oyoqlari eshkak vazifasini bajaradi ? A) cho`l toshbaqasi B) chuchuk suv salamandrasi C) botqoq toshbaqasi D) dengiz toshbaqasi 23 / 50 Qushning yer yuzidan ko`tarilishga, yerga qo`nayotganda urilishini kamaytirishga qaysi suyak yordam beradi ? A) son suyagi B) qanot suyaklari C) kil suyagi D) ilik suyagi 24 / 50 Qushlardagi o‘mrov muskullarining qisqarishi tufayli ... . A) qanotlar ko‘tariladi B) ko‘krak qafasi torayadi C) qanotlar tushadi D) ko‘krak qafasi kеngayadi 25 / 50 Qushning qaysi umurtqalari o`zaro qo`shilib o`sgan ? A) bo`yin B) bel, dumg`aza, dum C) bo`yin, ko`krak D) ko`krak 26 / 50 Suyak kosasi bo`lmaydigan toshbaqa qayerlarda yashaydi ? A) Atlantika okeani dengizlarida B) Tinch okeani dengizlarida C) uzoq Sharq yerlarida D) Janubiy Yevropa dengizlarida 27 / 50 Qushlar shoxga qo`nganda, barmoqlari siqilib, shoxni mahkam ushlab turishi nimaga bog`liq ? A) oyoqdagi paylarning tortilishiga B) katta ko`krak muskullarining tortilishiga C) oyoq muskullarining qisqarishiga D) barmoq muskullarining qisqarishiga 28 / 50 Qushlarning tana yuzasida qanday patlar joylashadi ? A) dag‘al B) qoplag‘ich va momiq C) qoqish D) boshqarish 29 / 50 Ilik suyagi faqat qushlar uchun xos bo`lib, u hosil bo`lgan. A) kichik boldir suyagining o`garishidan B) beshinchi barmoq suyagining o`zgarishidan C) bir necha mayda suyakning birikishidan D) tovon suyagining o`zgarishidan 30 / 50 Qush skeletining qaysi qismlari uch juft suyakdan tashkil topgan ?1) dumg`aza 2) orqa oyoqlari suyaklari3) oldingi oyoq kamari 4) bosh skeleti5) ko`krak tirgak suyagi 6) orqa oyoq kamari A) 1,2 B) 4,1 C) 3,6 D) 5,4 31 / 50 Timsohlar terisi nima bilan qoplangan ? A) juda qalin qalqonlar bilan B) xitin bilan C) tog`ay to`qima bilan D) tangachalar bilan 32 / 50 Qushlarda muguzdan nima hosil bo‘ladi ? A) tumshuq, tirnoqlar, pat qoplami B) faqat tumshuq va muguz qoplamlar C) muguz qoplamlar, pat qoplami D) tumshuq, tirnoqlar 33 / 50 Timsohlar qaysi mamlakatlarda alohida hovuzlarda ko`paytiriladi ? A) Germaniyada B) uzoq Sharqda C) Angliyada D) Kubada 34 / 50 Timsohlarning ko`zi va burni boshining qaysi qismida joylashgan ? A) boshining ustida maxsus bo`rtmachalarda B) yuqori jag`ida C) boshining ustida D) boshining 2 yonida 35 / 50 Quyidagi hayvonlarning qaysi birlari tanasida aralash qon oqadi ?1) ko`l baqasi 2) cho`rtan baliq 3) itbaliq4) kvaksha 5) taroqli triton 6) bo`z echkiemar 7) kalxat 8) zubr 9) sayg`oq10) xumbosh 11) kapcha ilon12) cho`l toshbaqasi A) 2,3,5,6,11,12 B) 3,4,6,7,8,11 C) 1,4,5,6,11,12 D) 1,4,6,8,9,10 36 / 50 Qushlar skeletidagi qaysi suyaklar bir nechta mayda suyaklarning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan ?1) ilik 2) panja 3) dum 4) bo‘yin A) 1,2 B) 1 C) 3,4 D) 2 37 / 50 Chuchuk suvda yashovchi toshbaqaning dengiz toshbaqasidan farqi ? A) barmoqlar orasida suzgich parda mavjud B) tishlari bo`lmaydi C) tili yo`g`on va go`shtdor D) bo`yin va dum umurtqalari harakatchan birikkan 38 / 50 Qush uchganda, eng ko`p og`irlik qaysi suyakka tushadi ? A) to`sh B) panja C) o`mrov D) to`sh toji 39 / 50 Timsohlar boshqa sudralib yuruvchilardan qanday farqlanadi ? A) tuzilishi B) yuragining tuzilishi C) yirikligi D) o`pkasi 40 / 50 Tili yo'g'on, go'shtdor, tishlari yo'q, jag'lari shoxsimon plastinkalar bilan qoplangan. Ko'rish va hid bilish organlari yaxshi rivojlangan. Qaysi hayvonga xos belgilar keltirilgan ? A) toshbaqalar B) qushlar C) gekkon D) timsoh 41 / 50 Qushlarning panja suyagining mustahkam bo`lishini sababi ?1)barmoqlar sonining kamayishi2)qo`nayotganda zarbani yumshatadi3)havo bilan to`lganligi 4) mayda suyaklarning qo`shilishi A) 1,4. B) 2,4. C) 1,3. D) 1,2. 42 / 50 Quyida berilgan timsohlar bilan ular tarqalgan joylarni juftlab belgilang.a)nil timsohi b) alligator c) gavial1)Amerika 2) Hindiston 3) Afrika A) 1-b, 2-a, 3-c B) l-c,2-b,3-a C) 1-b, 2-c, 3-a D) 1-a, 2-c, 3-b 43 / 50 Qushlarning qaysi muskul(lar)i barcha muskullar massasiga teng keladi ? A) kо’krаk B) o‘mrov C) yelka va son D) son 44 / 50 Toshbaqalarning qaysi sezgi organlari kuchli rivojlangan ? A) ko`zi, burni B) ta`m bilish C) qulog`i D) hid bilish, ko`rish 45 / 50 Qushlar ilik suyagining pastki uchiga qaysi suyaklar kеlib tutashgan ? A) barmoq B) tovon C) boldir D) son 46 / 50 Qushlarning qanotlarini tushirishga yordam beruvchi muskullar birikkan suyak qaysi ? A) to`sh,bilak B) yelka,o`mrov C) ko`krak tirgak D) to`sh,yelka 47 / 50 Qushlarning uch juft chanoq suyagi qaysi suyaklar bilan qanday birikadi ? A) bel, dumg‘aza va oldingi dum umurtqalari bilan, harakatsiz B) bel, dumg‘aza umurtqalari bilan, harakatsiz C) bel, dumg‘aza va oldingi dum umurtqalari bilan, harakatli D) dumg‘za suyagi bilan, harakatsiz 48 / 50 Qushlardagi ko`krak muskullarining asosiy vazifasini ko`rsating. A) qanotlarni ko`tarish B) ko`krak qafasini kengaytirish C) ko`krak qafasini toraytirish D) qanotlarni tushirish 49 / 50 Toshbaqalar kosasi qaysi suyaklar bilan bog`langan ? A) qovurg`alar, umurtqalar, o`mrov suyaklari bilan B) ost kosa ust kosa bilan harakatsiz birikkan C) o`mrov suyaklari bilan D) teri orqali 50 / 50 Toshbaqaning qalqoni qaysi suyaklar bilan tutashgan ?a) qovurg'alar b) umurtqalar c) o'mrov d)yelka e) bosh A) a, d, e B) a, b, c, d, e C) a, b, c D) b, c, e 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 3 7-sinf Zoologiya 58-59-mavzular yuzasida testlar
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 1 7-sinf Zoologiya 55-56-57-mavzular yuzasida testlar
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 2 7-sinf Zoologiya 52-53-54-mavzular yuzasida testlar
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 5 7-sinf Zoologiya 49-50-51-mavzular yuzasida testlar