Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Ona tili mavzulashtirilgan » 6-sinf Ona tili » 6-sinf Ona tili №5 6-sinf Ona tili 6-sinf Ona tili №5 InfoMaster Mart 30, 2022 116 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Vaqtingiz tugadi! Tomonidan yaratilgan InfoMaster 6-sinf Ona tili №5 HARAKAT NOMI HARAKAT NOMINING YASALISHI MUSTAHKAMLSH SIFATDOSH SIFATDOSHLARNING ZAMON SHAKLLARI .O’TGAN ZAMON SIFATDOSHI Mavzular yuzasidan testlar 1 / 50 Olimlar kompyuterni inson miyasidan andaza olib yaratgan . O’ylaydi Hisob –kitob qiladi .Muammolar yechadi .Xulosa chiqaradi .Eslab qoladi …Faqat kompyuterning insondan bitta ustunligi bor :keraksiz axborotni xohlagan paytda xotirasidan o’chirib tashlash mumkin ... Odam esa yomon xotiralarni miyasidan o’chirib tashlolmay aziyat chekadi …( O’ Hoshimov ) Yuqoridagi matn matnning qaysi turiga mansubligini aniqlang . A) hikoya matn B) rivoyat matn C) tasviriy matn D) muhokama matn 2 / 50 Quyidagi so’zlarning qaysilarida so’z yasovchi qo’shimcha mavjud? 1.so’lim 2. qo’lim 3. bo’lim 4. kesim 5. elim 6. bo’rim 7. bosim 8. bitim 9.tunim A) 2,3,8,9 B) 3,7,8 C) 3,4,5,7.9 D) 3,4,7,8 3 / 50 qarsak so'zi o'zagini toping? A) qarsa B) qarsak C) qar D) qars 4 / 50 So’zning ma’noli qismlari to’g’ri tartibda joylashgan javobni toping. A) asos+so’z yasovchi+sintaktik shakl yasovchi_lug’aviy shakl yasovchi B) asos+lug’aviy shakl yasovchi+so’z yasovchi+sintaktik shakl yasovchi C) asos + so 'z yasovchi + lug'aviy shaklyasovchi sintaktik shakl yasovchi D) asos + sintaktikshaklyasovchi + lug'aviy shakl yasovchi + so'zyasovchi 5 / 50 O’timsiz fe'l qanday gapda qo’llanilgan? A) Eshik ochiq edi, xovlida nech kim ko’rinmas edi, B) Bogdagi har birlnihol qonib-qonb suv ichdi. C) Cho’pon qo’ylarni :sug’organi pastlikka haydaydi. D) Quyoshning darajasni g’ir-g’ir esgan shamol kesar edi. 6 / 50 Majhul nisbatdagi fe’l bilan ifodalangan kesim qatnashgan gapni aniqlang. A) Bayram arafasida mahallamizda yangi to‘yxona ochildi. B) U qilgan ishlarini o‘ylab, vijdon azobida qiynaldi. C) Yuk orqalagan, og‘ir qoplar ostida ikki bukilgan aravakashlar ko‘rinar edi. D) O‘zligini yo‘qotgan xalq boshqa bir xalqqa qo‘shilib ketadi. 7 / 50 Qaysi qatorda orttirma nisbatdagi fe’l berilgan ? A) yozdirgizdim B) chaqirtirildi C) kiyintirishdi D) keltirilgan 8 / 50 Harakat nomi qatnashgan gapni toping A) O’qishga kirish –mening oily maqsadim . B) Kimdir eshikni ohista taqillatdi . C) Sukunat ichra mashinaning ovozi eshitildi D) Hamma maktabga shoshilmoqda 9 / 50 Otlashgan sifatdosh ishtirok etgan qatorni aniqlang . A) O’zaro kurashayotgan tomonlar tinchlik yo’lidagi sog’lom tashabbuslarni tushunishni istamayaptilar B) Arzimas narsa uchun xafa bo’laveradigan kishining do’stlari dushmanga aylanaveradi C) Ayrilganni ayiq yer ,bo’linganni bo’ri yer . D) Hamma xonalar nihoyatda did bilan bezatilgan . 10 / 50 Harakat nomi qanday qo'shimchalarni olishi mumkin? A) kelishik B) ko 'plik C) egalik D) barchasi to 'gr’i 11 / 50 Sifatdoshning takroriy shakli qaysi qatorda berilgan ? A) “Hozirgi yoshlar qariyalarni kuydirgani kuydirgan “,-deb oh chekdi . B) Shuncha urinib unutolmaganim endi birdaniga o’zidan –o’zi ko’ngildan chiqdi ketdi . C) O’ktam yura – yura keng maydonga chiqib qoldi. D) Temirchi degan kuyib kuyib temirchi bo;ladi-da. 12 / 50 Qaysi xususiyat harakat nomiga xos ? A) Harakat nomlari shaxs son ko’rsatadigan fe’l shakllaridan hisoblanadi B) Harakat nomlari otlar kabi turlanadi C) Harkat nomlari zamonni ko’rsatadi D) Harakat nomi fe’llar kabi tuslanadi 13 / 50 Fe'lning harakat nomi shakli qo'shimchasi berilgan javobni toping. A) –ib B) -ma C) -gan D) -moq 14 / 50 Qaysi qo’shimchalar bilan yasalgan harakat nomi bo’lishsizlik ko’rsatkichi –ma qo’shimchasini qabul qilmaydi ? A) qabul qilmaydi B) –(i)sh C) –moq D) –(u)v 15 / 50 Yo’lchi og’ir ho’rsindi Ushbu gapda qo’llangan fe’l qaysi nisbatda ? A) majhul B) o’zlik C) birgalik D) aniq 16 / 50 Harakat nomlari gapda qanday bo’lak vazifasida keladi? A) bosh bo’lak vazifasida B) ikkinchi darajali bo’lak vazifasida C) A, C D) faqat ega vazifasida 17 / 50 Qaysi qatordagi gapda sifatdosh mavjud? A) Ko’klam kelsa ko’chat ek degan ekan mashoyihlar. B) A.Jomiy ---sharqning buyuk mutafakkiri C) Tong saharlab darvoza taqqilladi . D) Kecha yoqqan qor tezda erib ketdi 18 / 50 Birdan ortiq nisbat qo’shimchalarini olgan fe’llarning qaysi nisbatdaligi qanday belgilanadi ? A) o’zakka nisbatan eng yaqin joylashganligiga qarab B) nisbat hosil qiluvchi oxirgi qo’shimchaga qarab C) nisbat hosil qiluvchi birinchi qo’shimchaga qarab D) tarkibida birdan ortiq nisbat hosil qiluvchi qo’shimchalar bo’lgan fe’llar bir necha nisbatga oid bo’ladi 19 / 50 Harakat nomi berilgan gapni toping A) o’rganish ,topmoq,kelib B) qo’rqmoq ,o’qish ,yashash C) o’qimoq ,kulgan ,oqqach D) otgani ,sepganda ,mustahkamlash 20 / 50 Fe’lning sifatdosh shakli qatnashgan gap qatorini belgilang A) Cho’lning sahro shamoli va cho’l quyoshidan qoraygan yuzida g’azab alomati yo’q edi . B) Teatr Yunonistonda paydo bo’lgan . C) Tabiat sirlarini bilish va aqlni o’stirish uchun odam har doim aqlini mashq qildirib turish kerak . D) Havo tebranishlari to’siqqa uchrasa xuddi koptokdek orqaga qaytadi . 21 / 50 Harakat nomining qaysi shakli bo’lishsizlik ko’rsatkichi -ma qo’shimchasini qabul qiladi ? A) –(i)sh shakli B) Harakat nomining uchala shakli ham –ma qo’shimchasini qabul qilmaydi C) –moq, (i)sh shakli D) –u(v) shakli 22 / 50 Fe’ldagi nisbat qo’shimchalari qaysi qo’shimchalar turiga mansub ? A) kichraytirish erkalash qo’shimchalari B) so’z shaklini hosil qiluvchi qo’shimchalar C) so’z o’zgartiruvchi qo’shimchalar D) fe’l yasovchi qo’shimchalar 23 / 50 Qaysi gapda o’tgan zamon sifatdoshi qatnashmagan ? A) Shuncha o’qisa ham, uning bilganidan bilmagani ko’p ekan. B) Bolalar o’ynab kelgani ko’chaga chiqdi C) Yaxshi o’qigani uchun u mukofotlandi D) Salima yaxshi dars tayyorlagani uchun maqtovga sazovor bo’ldi. 24 / 50 Bilgan topib so’zlar ,bilmagan qopib ,deganlaridek ,onangni aytmoqchio bo’lgan so’zi faqat shu edi Mazkur gapdagi sifatdoshlarning zamonini ,otlashgan sifatdoshni ko’rsating A) kelasi zamon ,bilgan ,so’zlar B) o’tgan va kelasi zamon ,bilgan ,so’zlar C) o’tgan zamon ,bilgan ,bilmagan D) o’tgan zamon,bilgan ,so’zlar 25 / 50 Harakat nomi berilgan qatorni aniqlang A) boshqaruv ,o’lchov ,tinglash B) ko’chish ,o’qish ,turmush C) o’tov ,yaylov ,qatnov D) yayov bormoq ,hikoya qilmoq 26 / 50 Harakat nomi qanday sintaktik vazifa bajaradi? A) ega B) kesim C) to'ldiruvchi D) Barcha gap bo'laklari vazifasida kela oladi. 27 / 50 Qaysi qatordagi fe’lga bir yo’la ikkita nisbat qo’shimchasi qo’shilgan ? A) Boy shum bolani bozorga choptirdi B) Chol maktubni Xayrinisoga o’qittirdi C) Ahmadjon polkovnikni chaqirtirdi D) Kampir bemorning og’ziga suv tomizdi 28 / 50 O’qittirishdi fe’lida nechta nisbat qo’shimchasi mavjud? A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta 29 / 50 Qaysi qatordagi gapda otlashgan sifatdosh qo’llangan ? A) O’qigan olim ,o’qimagan o’ziga zolim . B) Ko’z bilan ko’rgan eshitgandan afzaldir . C) Yaxshi xulq yaxshilik alomatidir . D) Bilim –qaytarish va takrorlash mevasidir . 30 / 50 Qaysi qatorda fe’lning sifatdosh shakli berilgan ? A) Vahima –dushmanning yo’ldoshi B) Bir kalima shirin so’z qilichni qiniga kiritar . C) Yozilgan narsa avlodlar xotirasida ,qilingan ishdan ham uzoq yashaydi D) Davlat –qo’shini fuqarolariga sadoqatli va fidoiyligi bilan qudratlidir 31 / 50 O'tgan zamon sifatdoshi qaysi qo'shimcha yordamida hosil qilinadi ? A) - b(ib) B) - yotgan C) -ydigan ,adigan ,-(a ) r D) -gan 32 / 50 Berilgan gapdagi sifatdosh qaysi zamon ko’rsatkichini olgan ? Derazasi ko’chaga qaragan uy oynalaridan tashqariga chiroq yorug’i tarqalmoqda A) sifatdoshda zamon ko’rsatkichi bo’lmaydi B) o’tgan zamon C) kelasi zamon D) hozirgi zamon 33 / 50 Harakat nomi berilmagan gapni toping A) Maqsadimiz – tinch yashash ,o’qish va ishlash B) Botirlar qo’rquvni bilmaydilar . C) Bilim o’qish va takrorlash mevasidir . D) O’qish,o’rganish—hammaning burchi 34 / 50 Harakat nomi qo’shimchalari to’g’ri berilgan qatorni belgilang. 1.-ish 2.-uv 3.-gan 4.-gani 5.-moq 6.-ar 7.-mak A) 1,2 B) 1,2,3,4,5,6,7 C) 1,2,5 D) 1,2,5,7 35 / 50 Harakat nomi ishtirok etgan gapni toping A) Ko’kdagi qoramtir bulutlar asta-sekin tarqala boshladi . B) Amir Temurning hayoti va ijtimoiy –siyosiy faoliyatini o’rganish bizda endi boshlandi C) Sizlar uyga borib turinglar ,men dalani bir aylanib kelaman D) Uning dili siyoh bo’ldi 36 / 50 Qaysi qatorda sifatdosh yasovchi qo’shimchalar berilgan ? A) –(i)b, -a ,-y ,-gan B) –gan ,-moq ,-moqchi C) –gach ,-gani ,-qach D) –ar ,-mas ,-yotgan 37 / 50 Yuvintirishdi fe’li qaysi nisbatdaligini aniqlang A) majhul B) o’zlik C) orttirma D) birgalik 38 / 50 Fe’lning harakat nomi shakli qaysi gap tarkibida qo’llangan A) Manzuraxon mehmonxona eshigini sekin ochdi B) Haydar tayyor edi . C) Suv shovullab oqmoqda . D) Bilim olish va yuksalish sharafli burchingizdir . 39 / 50 Fe’lning harakat nomi shakli tarkibida qanday qo’shimchalar bo’lishi mumkin? A) zamon shaklini hosil qiluvchi qo’shimchalar B) nisbat shaklini hosil qiluvchi qo’shimchalar C) shaxs-son shaklini hosil qiluvchi qo’shimchalar D) mayl shaklini hosil qiluvchi qo’shimchalar 40 / 50 Yuvintirildi so’zidagi nisbatlar nomi qaysi qatorda tog’ri berilgan? A) o’zlik,ortirma, majhul B) o’zlik,ortirma, birlik C) aniq,majhul, nisbat D) majhul,o’zlik,aniq 41 / 50 Sifatdosh qaysi javobda berilgan A) Yangi qurilgan maktabning ochilishi bolalar uchun unutilmas bayram bo’ldi . B) Quyosh chiqquncha manzilga yetib borishdi C) Ariqchada kumushdek suv shildurab oqmoqda D) Bog’imizga gul ko’chati ekkani bordik . 42 / 50 Bir fe’l o’zak negiziga qaysi nisbatning ikki uch qo’shimchasi ketma ket qo’shilishi mumkin ? A) orttirma B) o’zlik C) majhul D) aniq 43 / 50 Odatlanmoq fe’li qaysi nisbatdagi fe’l hisoblanadi ? A) majhul B) orttirma C) birgalik D) aniq 44 / 50 Harakat nomlarini aniqlang A) chaqqon ,sabzavot ,poliz,suv B) qalam ,jasorat ,iroda ,maqsad C) yuksalish, tanimoq , yashamoq,qurish D) tozalik,mashg’ulot ,jamoat 45 / 50 O’tgan zamon sifatdoshi berilgan so’zlar qatorini aniqlang . A) qizil ,pushti ,oq B) gapirmoq ,bormoq ,aytmoq C) bilimli ,siniq ,torgina D) soqqan ,kechikkan ,qo’rqqan 46 / 50 Qaysi javobdagi fe’llarda ikkita nisbat qo’shimchasi qo’shilgan ? A) kiyintiribdi ,yozdirildi ,ko’rsatilgan B) so’ratasan,borilgan ,terilibdi C) uqtirdi ,to’kishdi ,ilindi ,olingan D) kesilguncha ,tarqalsa ,ilg’ab olmoq 47 / 50 Harakat nomi berilgan qatorni ko’rsating A) Poezd soat ikkilarda stansiyadan qo’zg’aldi . B) Halimaning ko’zida sevinch chaqnaydi . C) Muzdekkina tong shabadasi ochiq derazadan esadi D) Hayot yashash uchun kurashdan iborat . 48 / 50 Harakat nomi berilgan qatorni ko’rsating A) Esayotgan mayin shabada Komiljonga juda yoqimli tuyuldi . B) Vohid ho’l sochlarini taray-taray bog’ga sho’ng’idi C) Laylakning ketishini emas ,kelishini kutishadi D) Bolalar o’tloqqa chiqib olishdi 49 / 50 Otlashgan sifatdosh qo’llangan gapni toping A) To’tixon xatni ko’ziga surtar ,o’par ,hidlar edi B) Chaqirilganlar ro’yxatga tirkalgandir C) U bugungi pochtani indamay ko’ra boshladi D) Men she’rga soldim aytar so’zimni ,Baxtiyor sezaman g’oyat o’zimni 50 / 50 Qaysi qatordagi fe’llarda ikkitadan nisbat qo’shimchasi mavjud ? A) sevintirdi ,yozdirildi ,so’rattirdi B) surishtirdi,o’tkazdi,to’kildi C) qurdirdi ,bitkazdi,keltirdi D) yozdirildi,urishdi,o’zgartirdi 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz