Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Adabiyot mavzulashtirilgan » 10-sinf Adabiyot » 10-sinf Adabiyot 4-mavzu 10-sinf Adabiyot 10-sinf Adabiyot 4-mavzu InfoMaster Mart 25, 2022 92 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Vaqtingiz tugadi! Tomonidan yaratilgan InfoMaster 10-sinf Adabiyot 4-mavzu yuzasida testlar 4 – MAVZU: ATOYI 1 / 23 “Rustamxon” dostonida Sultonxon ,Rustam va Xuroyimning daragini eshitib kimning qiyofasida ularni izlaydi ? A) Qalandar qiyofasida B) Savdogar qiyofasida C) Tilanchi qiyofasida D) Kissavur o’g’ri qiyofasida 2 / 23 Qaysi bitiktoshda «tun uxlamay, kunduz o'turmay, qizii qonimni tugatib, qora terim yugurtirib, mehnatni, kuchni berdim, axir men o'zim uzoqlarga bos- qin uyushtirib turdim» so'zlari qayta- qayta tilga olinadi? A) Yo'llug' tegin B) Bilga xoqon C) Kultegin D) To'nyuquq 3 / 23 Ahmad Yassaviy qaysi hikmatining har bandida ichki qofiyalarni qo'llab, o'z ichki kayfiyati, holini o'ynoqi bir uslubda bayon qilar ekan, shu mamnuniyat sabablarini ham «nafsim qochdi» deb o'z nafsini yengganiga olib borib bog'laydi; o'zini tuproqqa tenglashtiradi? A) «Rabbim yodi ulug' yoddur aytur bo'lsam» misrasi bilan boshlanuvchi hikmatining B) «Ichdim sharob, bo'ldum xarob, aslim turob» misrasi bilan boshlanuvchi hikmatining C) «Tushim uzor, Buroq to'zor, ketsa bozor» misrasi bilan boshlanuvchi hikmatining D) «Ishq da'vosin manga qilma, yolg'on oshiq» misrasi bilan boshlanuvchi hikmatining 4 / 23 Atoyi ijodida Umar Xayyom ruboiylari va Hofiz g'azallaridagi kabi hayot zavqi, uning barcha go'zalliklari va lazzatlari qaysi timsolda vasf etiladi? A) mayxona B) jom C) soqiy D) may 5 / 23 Atoyining bizgacha yetib kclgan she'riy devoniga nechta g’azal kiritilgan? A) 250 B) 300 C) 400 D) 260 6 / 23 Atoyi kimlarning avlodlaridan hisoblanadi? A) Ahmad Yugnakiylar nasabiga mansub bo'lgan Ibrohim Ota avlodlaridan B) Ahmad Yugnakiylar nasabiga mansub bo'lgan Ismoil Ota avlodlaridan C) Ahmad Yassaviylar nasabiga mansub bo'lgan Ismoil Ota avlodlaridan D) Ahmad Yassaviylar nasabiga mansub bo'lgan Ibrohim Ota avlodlaridan 7 / 23 Atoiyning qaysi g’azalida “suv parisi “ obrazli o’xshatmasi uchraydi ? A) “ Ul sanamkim suv yaqosinda paritek o’lturur “ B) “Jamoling vasfini qildim chamanda …” C) “Soching chun laylatul qadru yuzing chun subhi sodiqur… “ D) “ Mengiz yo ravzai rizvonmudur bu 8 / 23 G’azal adabiyot tarixidagi asosiy janrlardan biridir U 5 baytdan boshlanib 12-14 baytgacha bo’lishi mumkin Atoyi ijodida necha nbaytli g’azallar yetakchi mavqe tutadi? A) 5 B) 6 C) 8 D) 7 9 / 23 Yusuf (s.a.v) haqidagi rivoyatlarga ko'ra, Yusuf tashlangan quduq uning husni tufayli yorishib turar edi. Mumtoz she'riyatimizda ko'p ishlatiladigan qaysi birikma shunga ishora qiladi? A) «chohi zaqan» - iyak ostidagi chuqurcha B) «chohi shams-u qamar» - oy-u quyosh parvona bo'lgan choh C) «chohi la'l» - qip-qizil la'ldek, o'ymoqdek lab D) «chohi moh» - oy yoritgan choh 10 / 23 Solib borma meni, ey Yusufl husn, Bukun Ya’qubtek bayt ul-hazanda Atoiyning „Jamoling vasfmi... “ deb boshlanuvchi g‘azaldan keltirilgan yuqoridagi parchada ostiga chizilgan birlikning ma’nosi qaysi jovobda to‘g’ri berilgan? A) Shodlik uyi B) Quyosh uyi C) Baland qad D) Gam uyi 11 / 23 Atoyi qaysi g’azalida qofiya uchun "chamanda", "baytul xazanda", "anda", "banda" so’zlarini kcltir»an edi? A) "Jamoling vasfini ... " B) "Qon bo’ldi ko’ngul..." C) "Ul sanamki..." D) "Ko’ngil olding ,." 12 / 23 Atoyining «Ey do'st» radifli g'azalidan olingan quyidagi baytda qaysi zid ma'noli so'zlarning keltirilishi oshiq iztiroblarining mohiyatini ham, darajasini ham ko'rsatib turibdi? Sensiz bu jahon ayshi alamdur manga, ey do'st, Shodlig'i ham mehnat-u g'amdur manga, ey do'st. A) «mehnat» va «jahon» B) «aysh» va «alam» C) «mehnat» va «g'am» D) «shodlik» va «aysh» 13 / 23 Atoyi she'riyati haqidagi qaysi fikr to’g’ri? A) she'rlari ko’proq fors-tojik tilida yozilgan B) ko’proq she'r va shoirlar haqida C) kcyproq ishq-muhabbat haqida D) she'rlari ko’proq diniy-falsafiy yo’nalishda 14 / 23 Atoyi g'azallari orasida vazni yengil, misralari qisqa, so'zlari oddiy, uslubi sodda va ravon bo'lgan aruzning qaysi bahrida yozilganlari ko'proq? A) solimda B) ramalda C) hazajda D) mutaqoribda 15 / 23 Atoyi yashagan qadimgi Balx shahri hozir qaysi davlat hududida joylashgan? A) Qirg’iziston B) Qozog’iston C) Shimoliy Afg’oniston D) O’zbekiston 16 / 23 Atoyining «Mengiz yo ravzayi rizvonmudur bu?» misrasi bilan boshlanuvchi g'azalida mashuqaning yuzi (mengiz) oshiqqa nimani eslatadi? A) go'zal mohni B) g'unchayi xandonni C) jannat bog'ini D) subhi sodiqni 17 / 23 "Movlono Balxdin bo’lur erdi. Darveshvash va xushxulq munbasit kishi erdi. Turkiyon erdi". "Majolis un nafois"dan olingan parcha kim haqida? A) Gadoiy B) Sakkokiy C) Lutfiy D) Atoyi 18 / 23 Atoiyni adabiyotshunoslardan biri „Xushxulq va munbasit kishi erdi : deydi. Bu ta’rif muallifi va ostiga chizilgan so‘zning ma’nosi qaysi iovobda berilgan? A) Mirzo Bobir; oliy nasab B) Alisher Navoiy; oq ko‘ngil C) Alisher Navoiy; bo!ylari baland D) Alisher Navoiy; ko‘zi ojiz 19 / 23 Atoyi devonining qo'lyozma nusxasi hozirda qayerda saqlanadi? A) Londonda B) Parijda C) Sankt-Peterburgda D) Moskvada 20 / 23 Atoyi qaysi g'azalining maqta'sida o'zining ibodati ham yor husnini ko'rishning tavallosidan iboratligini bildiradi? A) «Sensiz bu jahon ayshi alamdur manga, ey do'st» misrasi bilan boshlanuvchi g'azalining maqta'sida B) «UI sanamkim su(v) yaqosinda paritek o'lturur» misrasi bilan boshlanuvchi g'azalining maqta'sida C) «Jamoling vasfini qildim chamanda» misrasi bilan boshlanuvchi g'azalining maqta'sida D) «Begim» radifli g'azalining maqta'sida 21 / 23 Atoyining qaysi janrda yozilgan bir she'rida go'zal yor xokisor oshiqning yuziga oyoq bosar ekan, oyog'i og'riydi, «yuzing buncha bo'yradek dag'al bo'lmasa» deb nozlanadi? A) ruboiy B) murabba C) muxammas D) g'azal 22 / 23 Atoyining bir she'rida yorini sog'ingan oshiqning ko'zidan yosh emas, daryo oqayotgani va uning nimalardan sol yasab, shu daryoda suzayotgani manzarasi chiziladi? A) qobirg'alaridan B) tomirlaridan C) sochlaridan D) kipriklaridan 23 / 23 Atoyi qaysi temuriy hukmdor saroyida xizmat qilgan? A) Shohruh Mirzo B) Umarshayx Mirzo C) Ulug’bek Mirzo D) Abu Said Mirzo 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz