Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Adabiyot mavzulashtirilgan » 10-sinf Adabiyot » 10-sinf Adabiyot 5-mavzu 10-sinf Adabiyot 10-sinf Adabiyot 5-mavzu InfoMaster Mart 25, 2022 126 Ko'rishlar 26 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Vaqtingiz tugadi! Tomonidan yaratilgan InfoMaster 10-sinf Adabiyot 5-mavzu yuzasida testlar 5 – MAVZU: A.NAVOIY 1 / 24 «Rustamxon» dostonida: «Botmon nosvoyni to'rt bo'lib otar edi, yurish-turishi odamlarga xatar edi, ne er yigitlami uch pulga olmay, qayerda yomonlik bo'lsa, izlab yetar edi», - deya ta'riflangan qahramon? A) Cho’ntoq jallod B) ajdar C) Surxayl D) Momogul maston 2 / 24 “To‘nyuquq” bitiktoshi nimaga yozilgan? A) Xarsang toshga, balandligi 150 sm, eni 70 sm B) 2 ta ustunga, biri 170 sm, ikkinchisi 160 sm. balandlikda C) Marmar toshga, balandligi 2 m D) Qayroq toshga, diametri 1 tn 3 / 24 “Hikmatlar” qanday asar va uning tarkibida nechta she’r mavjud? A) Yassaviy merosini jamlagan asar. Asarda 169 ga yaqin she’r bor B) Yassaviy merosini jamlagan asar. Asarda 240 ga yaqin she’r bor C) Yassaviy merosini jamlagan asar. Asarda 250 ta she’r bor D) Yassaviy merosini jamlagan asar. Asarda 190 ta she’r bor 4 / 24 Atoyining «Mengiz yo ravzayi rizvonmudur bu?» misrasi bilan boshlanuvchi g'azalida mashuqaning yuzi (mengiz) oshiqqa nimani eslatadi? A) g'unchayi xandonni B) go'zal mohni C) subhi sodiqni D) jannat bog'ini 5 / 24 Alisher Navoiy «Tarixi anbiyo va hukamo» («Payg'ambarlar va hakimlar tarixi») kitobida ma'lumot bergan Jolinus kim? A) Ptolemey B) Galen C) Pifagor D) Gippokrat 6 / 24 Alisher Navoiy qaysi qit'asida saxiylik va baxillik haqida fikr yuritadi? A) «Haq taolo xoni in'omi-yu karami omi borida o'zgadin nima tilagonning tamayi xomi-yu zoti ofarjomi» B) «Ul bobdakim jahon ahli bevafodur va alardin vafo ko'z tutmoq xatodur» C) «Shohni ajdahoga nisbat qilib tururkim, ganj umidi ham andin boru ranj biymi (xavfi, vahimasi) ham» D) «Saxo-vu buxl bobida nukta surmak va arolarida ikki vosita kelturmak» 7 / 24 Alisher Navoiyning turli kishilarga yozilgan maktublardan tuzilgan kitobini toping. A) «Xamsat ul-mutahayyirin» B) «Arba'in» C) «Vaqfiya» D) «Munshaot» 8 / 24 Alisher Navoiyning qaysi g'azalida yor «shohi suxandon» sifatida ta'riflanadi va birinchi marotaba shu o'rinda oshiq ham o'zining asl qiyofasini oshkor etishga jazm etib, o'zining «xushnavo bulbul» ekanligini bildirib o'tadi? A) «Ko'zung ne balo qaro bo'lubtur» deb boshlanadigan g'azalida B) «Наг gadokim...» deb boshlanadigan g'azalida C) «Ey sabo...» deb boshlanadigan g'azalida D) «Meni men istagan...» deb boshlanadigan g'azalida 9 / 24 Quyidagi fikrlar muallifi kim? «Bu aziz kitob hazrati xoqon Shohruh mirzo podshohligi davridan boshlab, shu zamonga qadar yer yuzini ravshan vujudlari bilan bezagan va bezab turgan olim va shoirlardan ko'plarining ba'zi sifatlaridan va ahvollaridan bayon qiladi». A) Mirxond B) Bobur C) Xondamir D) Bayoniy 10 / 24 Alisher Navoiy «Muhokamat ul-lug'atayn» asarida so'z ma'nolari orasidagi tafovutlarga alohida urg'u berib, yig'lamoq fe'lining eng baland va doimiy ma'nosini qayd etar ekan, turkiylarda bor qaysi fe'lning «muqobalasida forsiy tilda lafz yo'qtur» deydi? A) singramak B) ingramoq C) yig'lamsinmoq D) o'kurmak 11 / 24 Alisher Navoiyning falsafiy-didaktik qarashlarini ancha yorqin ifodalashi bilan ajralib turadigan «Meni men istagan o'z suhbatig'a arjumand etmas» misrasi bilan boshlanadigan g'azali qaysi devonga kiritilgan? A) «Badoye' ul-vasat» devoniga B) «Navodir ush-shabob» devoniga C) «G'aroyib us-sig'ar» devoniga D) «Favoyid ul-kibar» devoniga 12 / 24 . Alisher Navoiyning qaysi g'azalida bir qarashda oshiqning dil izhoriga oid tuyg'ular ifodasi aks etayotganday ko'rinsa-da, aslida, obyektiv voqelikka bo'lgan estetik munosabat ifodasi bosh o'rinda turganligini payqash qiyin emas? A) «Ey sabo...» deb boshlanadigan g'azalida B) «Meni men istagan...» deb boshlanadigan g'azalida C) «Ko'zung ne balo qaro bo'lubtur» deb boshlanadigan g'azalida D) «Наг gadokim...» deb boshlanadigan g'azalida 13 / 24 Alisher Navoiyning qaysi misra bilan boshlanuvchi qit'asini shoirning faxriyalaridan biri deyish mumkin? A) «Navoiy she'ri to'qquz bayt-u, o'n bir bayt, o'n uch bayt» B) «Haq taolo xoni in'omi-yu karami omi borida o'zgadin nima tilagonning tamayi xomi-yu zoti nofarjomi» C) «Saxo-vu buxl bobida nukta surmak va arolarida ikki vosita kelturmak» D) «UI bobdakim jahon ahli bevafodur va alardin vafo ko'z tutmoq xatodur» 14 / 24 Alisher Navoiyning «Ey sabo, holim borib sarvi xiromonimg'a ayt» misrasi bilan boshlanadigan g'azalida lirik qahramon nimaga qarata: «Yorning zulfi zunnorida dinim hosili kufrga almashganini nomusulmonimga ayt», - deya yolvoradi? A) zunnorga B) saboga C) gulga D) dahrga 15 / 24 Alisher Navoiyning «Tarixi anbiyo va hukamo» («Payg'ambarlar va hakimlar tarixi») kitobida nechanchi qism Allohga toat-ibodat qiluvchilar haqida? A) uchinchi qism B) beshinchi qism C) birinchi qism D) ikkinchi qism 16 / 24 Alisher Navoiy «Muhokamat ul-lug'atayn» asarida so'z malnolari orasidagi tafovutlarga alohida urg'u berib, turkiylardagi qaysi so'zning ma'nosi ko'z va qoshlar orasini bildirishi bilan izohlanib, bu ma'noni ifodalaydigan alohida so'zning fors tilida mavjud emasligini aytarkan, quyidagi baytni dalillovchi misol sifatida keltiradi? Mengizlah gul-gul, mijalari xor, Qaboqlari keng-keng, og'izlari tor. A) qabog' B) xor C) mija D) mengiz 17 / 24 Alisher Navoiyning qaysi qit'asi ayrim bandalarning noshukurligi hamda behuda ta'magirligi haqida? A) «Saxo-vu buxl bobida nukta surmak va arolarida ikki vosita kelturmak» B) «UI bobdakim jahon ahli bevafodur va alardin vafo ko'z tutmoq xatodur» C) «Shohni ajdahoga nisbat qilib tururkim, ganj umidi ham andin boru ranj biymi (xavfi, vahimasi) ham» D) «Haq taolo xoni in'omi-yu karami omi borida o'zgadin nima tilagonning tamayi xomi-yu zoti nofarjomi» 18 / 24 Alisher Navoiy haqidagi quyidagi fikrlar muallifi kirn? «Alisherbek naziriyo'q kishi erdi. Turkiy til bila to she'r aytibturlar, hech kim oncha ko'p va xo'b aytqon emas». A) Muhammad Solih B) Mavlono Lutfiy C) Zahiriddin Muhammad Bobur D) Abdurahmon Jomiy 19 / 24 Alisher Navoiyning qaysi asari «Nafahot ul-uns min hazarot ul-quds» kitobining erkin tarjimasi hisoblanadi? A) «Nasoyim ul-muhabbat min shamoyim ul-futuwat» B) «Arba'in» C) «Munojot» D) «Siroj ul-muslimin» 20 / 24 Mashhur tarixchi olim Sharafiddin Ali Yazdiy yashaydigan qaysi shaharda olimning yosh Alisher bilan tanishuvi yuz beradi? A) Hirot shahrida B) Taft shahrida C) Balx shahrida D) Samarqand shahrida 21 / 24 «Majolis un-nafois» asarining nechanchi majlisi birgina Husayn Boyqaroga bag'ishlangan? A) yettinchi majlisi B) ikkinchi majlisi C) to'qqizinchi majlisi D) sakkizinchi majlisi 22 / 24 Alisher Navoiyning «Tarixi anbiyo va hukamo» («Payg'ambarlar va hakimlar tarixi») kitobining nechanchi qismi obidlar haqida? A) ikkinchi qismi B) beshinchi qismi C) uchinchi qismi D) birinchi qismi 23 / 24 Alisher Navoiy haqida bildirilgan quyidagi fikrlar muallifi kim? «Hech kim turkiy she'rni undan yaxshiroq ayta olmagan va nazm durlarini undan yaxshiroq socha olmagan». A) Hakimshoh Qazviniy B) Xondamir C) Rashidiy D) Abdurahmon Jomiy 24 / 24 Alisher Navoiy qalamiga mansub «Meni men istagan o'z suhbatig'a arjumand etmas» misrasi bilan boshlanadigan g'azalning «Buzug' ko'nglumdin o'zga yerda javloni samand etmas» va «Muhabbat tuxmidin o'zga ul o't uzra sipand etmas» misralarida qo'llangan «samand» va «sipand» so'zlarining ma'nolarini toping. A) «samand» - saman ot, tezyurar va chiroyli ot. ; «sipand» - isiriq, isiriq urug'i B) «samand» - saman ot, tezyurar va chiroyli ot.; «sipand» - nopisandlik qilmoq, mensimaslik C) «samand» - baland parvo, «sipand» - nopisandlik qilmoq, mensimaslik D) «samand» - lochin, «sipand» - isiriq, isiriq urug'i 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz