Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Adabiyot mavzulashtirilgan » 10-sinf Adabiyot » 10-sinf Adabiyot 17-mavzu 10-sinf Adabiyot 10-sinf Adabiyot 17-mavzu InfoMaster Mart 25, 2022 345 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 2 Vaqtingiz tugadi! Tomonidan yaratilgan InfoMaster 10-sinf Adabiyot 17-mavzu yuzasida testlar 17 – MAVZU: TAKRORLASH 1 / 36 “Rustamxon “ dostonida Ximcha kim edi ? A) Momogul kampirning qizi B) Xuroyimning kanizi C) Rustam sevgan qiz D) Sultonxonning katta xotini 2 / 36 “To‘nyuquq” bitiktoshi nimaga yozilgan? A) Qayroq toshga, diametri 1 tn B) 2 ta ustunga, biri 170 sm, ikkinchisi 160 sm. balandlikda C) Xarsang toshga, balandligi 150 sm, eni 70 sm D) Marmar toshga, balandligi 2 m 3 / 36 “Hikmatlar” qanday asar va uning tarkibida nechta she’r mavjud? A) Yassaviy merosini jamlagan asar. Asarda 250 ta she’r bor B) Yassaviy merosini jamlagan asar. Asarda 169 ga yaqin she’r bor C) Yassaviy merosini jamlagan asar. Asarda 240 ga yaqin she’r bor D) Yassaviy merosini jamlagan asar. Asarda 190 ta she’r bor 4 / 36 Atoyi g'azallari orasida vazni yengil, misralari qisqa, so'zlari oddiy, uslubi sodda va ravon bo'lgan aruzning qaysi bahrida yozilganlari ko'proq? A) solimda B) mutaqoribda C) ramalda D) hazajda 5 / 36 Alisher Navoiyning «Ey sabo, holim borib sarvi xiromonimg'a ayt» misrasi bilan boshlanadigan g'azalida lirik qahramon nimaga qarata: «Yorning zulfi zunnorida dinim hosili kufrga almashganini nomusulmonimga ayt», - deya yolvoradi? A) gulga B) saboga C) dahrga D) zunnorga 6 / 36 Boburning markazlashgan davlat tuzishdan iborat maqsadi o'zi tug'ilib o'sgan yurtda - Movarounnahrda emas, balki undan ancha olisda - Hindistonda amalga oshgani quyidagilardan qaysi ruboiyda yorqin tarzda aks etgan? A) «Bu olam aro ajab alamlar ko'rdum» B) «Jondin seni ko'p sevarmen ey umri aziz» C) «Tole yo'qi jonimg'a balolig' bo'ldi» D) «Davron meni o'tkardi sari somondin» 7 / 36 Shoir Turdidan bizga qadar saqlanib qolgan adabiy meros nechta she'rni tashkil etadi va ular qaysi tilda ijod etilgan? A) 164 ta she'r, o’zbek va fors-tojik B) 100 ta she'r, o’zbek C) 18 ta she'r, o’zbek va fors-tojik D) 72 ta she'r, o’zbek va fors-tojik 8 / 36 Alisher Navoiy qalamiga mansub quyidagi baytda qaysi she'riy san'atdan foydalanilgan? Ey sabo, holim borib sarvi xiromonimg'a ayt, Yig'larimning shiddatin gulbargi xandonimg'a ayt. A) husni ta'lil B) nido C) tasbe D) tasdir 9 / 36 Mahmudxo'ja Behbudiy arab tilini kimdan o'rganadi? A) kichik tog'asi Mulla Odildan B) kichik amakisi Mulla Odildan C) kichik amakisi Muhammad Siddiqdan D) kichik tog'asi Muhammad Siddiqdan 10 / 36 Otabek qaysi madrasada tahsil olgan? A) Abulqosim B) Ko’kaldosh C) Beklarbegi D) Shayxontoxur 11 / 36 Hamid Olimjonning tabiat lirikasiga bag'ishlangan «O'rik gullaganda» she'ri qaysi satrlar bilan boshlanadi? A) «Novdalarni bezab g'unchalar, Tongda aytdi hayot otini...» B) «Наг bahorda shu bo'lar takror, Har bahor ham shunday o'tadi...» C) «Derazamning oldida bir tup o'rik oppoq bo'lib gulladi...» D) «Yuzlarimni silab, siypalab, Baxting bor deb esadi yellar...» 12 / 36 Said Ahmadning trilogiyasini toping? A) «Ufq» B) «Qadrdon dalalar» C) «Hukm» D) «Muhabbat» 13 / 36 «Yurtim shamoli» she'rida turli holat, vaziyat, ko'rsatma, o'zgarish, har xil qayg'u-g'am va shodlik - barcha-barchasi qaysi metafora vositasida ifoda qilinadi? A) «bahor» metaforasi B) «yurt» metaforasi C) «shamol» metaforasi D) «qalb» metaforasi 14 / 36 «Ikki eshik orasi» romani necha qism va necha bobdan tashkil topgan? A) 7 qism 47 bob B) 8 qism 48 bob C) 9 qism 49 bob D) 6 qism 46 bob 15 / 36 J.Londonning “Hayotga muhabbat” hikoyasi qahramoni yo’lovchi kemaga chiqqandan keyin nimadan qo’rqib, bezovta bo’lar edi? A) suv toshqinidan B) oltinlarini olib qo’yishlaridan C) kemadan haydashlaridan D) ovqat tugab qolishidan 16 / 36 Alfons Dodening «So'nggi saboq» hikoyasini kirn tarjima qilgan? A) Muxtor Xudoyqulov B) Sami Abduqahhor C) Saidjalol Saidmurodov D) Jamol Kamol 17 / 36 «Tong shabadasi» hikoyalar to'plamining muallifi kim? A) A. Oripov B) Mirtemir C) Said Ahmad D) H. Olimjon 18 / 36 Xo’ja Ahrorning “Volidiya “ asarini kim she’riy yo’l bilan o’zbek tiliga tarjima qilgan ? A) Mashrab B) Bobur C) Ogahiy D) Furqat 19 / 36 «Ikki eshik orasi» romanida qaysi obraz olti farzandini yerga berib, bittagina Kimsanini yer-u ko'kka ishonmasdan katta qiladi? A) Robiya B) Bashorat C) Ra'no D) Qora amma 20 / 36 «Mizimta daryosi ” she’rining muallifini aniqlang. A) H. Olimon B) R. Hamzatov C) M. Jalil D) X. Davron 21 / 36 «So‘nggi saboq» hikoyasining muallifini toping. A) Jek London B) Umar Sayfiddin C) Alfons Dode D) Rashod Nuri Guntekin 22 / 36 “Nafahot ul-uns min hazorat ul- quds” asari kimning qalamiga mansub? A) Jomiy B) Lutfiy C) Bobur D) Navoiy 23 / 36 Jek London qaysi asarida o'quvchiga o'lim va hayot chegarasida yurgan odam bilan bo'rini qiyoslashga imkon beradi; odam bo'rini, bo'ri esa odamni yeyishga tayyor, biroq har ikkovida ham mador yo'q, ammo odamda yashashga umid bor? A) «Bo'ri bolasi» B) «Hayotga muhabbat» C) «Qor qizi» D) «Dengiz bo'risi» 24 / 36 Qaysi ijodkor o‘z tarjimayi holini «Ko‘rgan-bilganlarim» deb nomlaydi? A) Ch. Aytmatov B) A. Oripov C) T. Malik D) 0‘. Hoshimov 25 / 36 Beliga tilla kamar bog'lagan qalandar qiyofasidagi qahramon qaysi dostonda uchraydi? A) «Kunlug'mish» B) «Rustamxon» C) «Ravshan» D) «Alpomish» 26 / 36 Yoshlikdagi mashaqqatli yillari to‘g‘risida avtobiografik xarakterga ega boigan «Kichkintoy» nomli roman yozgan ijodkorni aniqlang. A) Alfons Dode B) Rashod Nuri Guntekin C) Jek London D) Rumer Goden 27 / 36 Quyidagi parcha Jek Londonning qaysi asaridan olingan? «Kit ovlovchi «Bedford» kemasida ilmiy ekspeditsiya a'zolari bor edi Ular kema palubasida turib, «g'alati bir maxluq»ni ko'hb qolishdi» A) «Dengiz bo'risi» B) «Hayotga muhabbat» C) «Kichkintoy» D) «Izg'irin bolalari» 28 / 36 «Uning uslubi oddiy va mardona, jonli va obrazli. U o‘z zamondoshlarining qiyofalari, urf-odatlari va intilishlarini, qiliqlarini oynadek ravshan tasvirlaydi. Shu jihatdan bu asar Osiyoda yagona, chinakam tarixiy tasvir namunasidir». «Boburnoma» haqida aytilgan ushbu fikr muallifini aniqlang. A) Monstyuart Elfinston B) Pirimqul Qodiriy C) Javoharla’l Neru D) Rumer Goden 29 / 36 «Vijdon dorisi» nomli sahna asari yaratgan ijodkor kim? A) 0‘. Hoshimov B) O. Yoqubov C) E. A’zam D) E. Vohidov 30 / 36 «Sadoyi Turkiston» gazetasida «Yangi masjid va maktab» sarlavhali xabar bosiladi ... yozuvchanlik faoliyatiga birinchi qadamni shu tarzda qoyadi. Oradan ko‘p o‘tmay, «Millattimga», «Ahvolimiz» sherlari, «Baxtsiz kiyov» dramasi, «Juvonboz* hikoyasi chiqadi. Ushbu ma’lumot qaysi ijodkor haqida? A) Hamza B) Abdurauf Fitrat C) Cho‘lpon D) Abdulla Qodiriy 31 / 36 Alfons Dodening qaysi asarida fransuz xalqi og'ir musibatni boshidan kechirayotganiga, xuddi o'z ona tillarini qabrga qo'yayotgandek bo'lganiga, ayni paytda sinf xonasida yoshi ancha katta kishilar ham o'tirganlariga urg'u beriladi? A) «Kichik Fromon va katta Risler» B) «So'nggi saboq» C) «Roza va Ninetta» D) «Tarasonlik Tartaranning sarguzashtlari» 32 / 36 Qaysi xalq dostoni qahramoni bir shaharda 3 kungina shohlik qilgan ? A) “Kuntug'mish’ dostonida Kuntng’mish B) “Rustamxon “ dostonida Rustarnxon C) “Alpomish “ dostonida Boysari; D) "Ravshan” dostonida Aynoq kal 33 / 36 Dastlabki boblari “Inqilob" jurnalida (1922-y chop etilgan romanni aniqlang A) “Qutlug' qon" B) “ Kecha va kunduz" C) "Mehrobdan chayon” D) “O'tgan kunlar" 34 / 36 «Qadrdon dalalar », «Hukm» kabi qissalar muallifi kim? A) Odil Yoqubov B) 0‘tkir Hoshimov C) Said Ahmad D) Turob To‘la 35 / 36 Oshiq yuzining bo'yraga, kiprigining jorub (supurgi)ga, husnning mushafga, mengning oyatga o'xshatilishi qaysi shoir ijodida uchraydi? A) Mashrab B) Atoyi C) Uvaysiy D) Maxmur 36 / 36 “Har gal yangi kitobim chiqishi bilan birinchi nusxasini Onamga taqdim etardim, Birinchi ustozim Oyimga deb yozib berardim” Ushbu satnar qaysi adibning tarjimayi holidan olingan? A) О tkir Hoshimov B) Ozod Sharafiddinov C) Adulla Oripov D) Tohir Malik 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz