10-sinf Adabiyot 14-mavzu

0
Tomonidan yaratilgan InfoMaster

10-sinf Adabiyot 14-mavzu yuzasida testlar

14 – MAVZU: O’TKIR HOSHIMOV

1 / 33

“Rustamxon “ dostonlarning mazmun jihatidan qaysi turiga mansub ?

2 / 33

Rus xizmatchisi Remezov, sheved zobiti logann Stralenberg, olim Misser Shmidtlar topib, ilm ahliga ma'lum qilingan yodnoma nomi qaysi javobda to’g’ri korsatilgan?

3 / 33

Yassaviy tasawuf ilmini chuqur egallagani uchun xalq orasida qanday naql paydo boigan?

4 / 33

Atoyi qaysi g'azalining maqta'sida o'zining ibodati ham yor husnini ko'rishning tavallosidan iboratligini bildiradi?

5 / 33

«Majolis un-nafois» asarining nechanchi majlisi birgina Husayn Boyqaroga bag'ishlangan?

6 / 33

«Boburnoma»da Alisher Navoiy qurdirgan hammomlar qanday nomlar bilan tilga olinadi?

7 / 33

Turdi Farog'iyning qaysi she'rida kechagi imkon va imtiyoz, bugungi imkonsizlik va mavhumiyat she'rxon ko'z oldida qiyoslab beriladi? Hukm jori, so'z qabuli, bir dun dargo'sh edim, Ahli davlatlar bilan yor-u harif, hamdo'sh edim, Hoy-hoyi bazmlarda shahd no'sho-no'sh edim, Xush zamonlar yuz qazoni boshida sarpo'sh edim, Bu zamon yavg'on qozon ostida qolg'on yundiman.

8 / 33

Atoyining quyidagi baytida so'z takroriga asoslangan qaysi san'at turi qo'llanilgan? Menga dushvor erur sensiz tirilmoq, Senga men bo'lmasam, eyjon, ne g'amdur.

9 / 33

«Padarkush» dramasida qaysi obraz Domlaning ham, Ziyolining ham nasihat va maslahatlariga quloq tutmaydi; savollariga qo'pollik bilan, beparvo va loqayd javob qaytaradi?

10 / 33

"O'tkan kunlar" romanida Yusufbek hoji: Yurt - onadan tug'ma azoblar, ochliklar o'tkardi va o'tkarmoqda. Menga qolsa bu kunlarda o'ttiz ikki langa emas, o'ttiz ikki qora pul solish ham og'irdir degan mulohazasini kimga aytgan?

11 / 33

H. Olimjonning qaysi she'rida lirik qahramon: «Bahor va yoz qarshimda peshvoz», - deb ta'kidlaydi va shu zaylda ko'z oldida tabiatning bor fasllari bir vaqtning o'zida namoyon bo'ladi?

12 / 33

S. Ahmadning “Qora ko‘z majnun” hikoyasida Bo‘rixon nima sababdan boshqa dinga o‘tib ketadi?

13 / 33

«Yurtim shamoli» she'rida hayot va inson nimalarga qiyoslanadi?

14 / 33

«Ikki eshik orasi» romanida quyidagi she'r qaysi qahramon tilidan aytiladi? Dukur-dukur ot keldi, Ot boshida xat keldi. Xatini o'qib ko'rsam, Voy-voy bilan dod keldi..

15 / 33

O' Hoshimovning «Mashaqqatli safar» avtobiografik hikoyasiga qo'yilgan ilovani toping

16 / 33

«Ikki eshik orasi» romanida kimlarning sevgisi bir guli ochilmay so'ladi?

17 / 33

Qaysi qatorda O’Hoshimovning qissalari berilgan?

18 / 33

«Ikki eshik orasi» romanida qaysi obraz romanga ko'rk bag'ishlaydi, u insonparvarligi, odamlar orasida qozongan obro'-e'tibori, eng og'-ir damlarda qiyinchiliklarni yengib o'tishga kuch topishi bilan o'quvchi xotirasiga muhrlanadi?

19 / 33

O'. Hoshimovning «Mashaqqatli safar» avtobiografik hikoyasida: «Наг kirn o'z ajdodlari bilan faxrlanishga haqli. Mening ota-bobolarim ham o'z zamonining mashhur kishilari bo'lishgan», - deya qaysi bobokaloni (bobosining otasi)ning «Turkiston tarixida o'ziga xos iz qoldirgan ulug' shaxslardan biri bo'lgan»ligini ta'kidlaydi?

20 / 33

«Ikki eshik orasi» romani necha qism va necha bobdan tashkil topgan?

21 / 33

O'. Hoshimovning «To'rt maktub» hikoyasi asosida yozilgan qissasini toping.

22 / 33

«Ikki eshik orasi» romanida qaysi obraz haqiqatgo'yligi bois o'zi anglab yetgan bor haqiqatni yuzga aytishdan cho'chimaydi, undagi jasorat va shijoat boshqalarga ilhom beradi?

23 / 33

O'. Hoshimov to'rtinchi kursda o'qib yurganida «Sharq yulduzi»da bosilgan qissasini toping.

24 / 33

«Ijodkorda qishloqning qalbi, shaharning aqli bo'lishi kerak» fikrlarining muallifi kirn?

25 / 33

«Ikki eshik orasi» romanida yozuvchi nechta personajning hikoyalarini ustalik bilan bir-biriga bog'laydi?

26 / 33

O'. Hoshimov «Mashaqqatli safar» avtobiografik hikoyasida qaysi davrni: «Bu davr men uchun eng hayajonli, eng sermahsul damlar bo'ldi», - deb yozadi?

27 / 33

O'. Hoshimovning birinchi kitobi qaysi?

28 / 33

«Ikki eshik orasi» romanida: «Urush paytida Robiyaning traktoriga suv tashib yurardi», «Hozir Toshkentdagi katta o'qishda o'qiydi», - deya ta'riflangan obraz qaysi?

29 / 33

«Ikki eshik orasi» romanida qaysi obraz Robiya non so'raganida zanjirli soatini sotib, non olib beradi?

30 / 33

.O‘tkir Hoshimov “Vijdon dorisi” nomli asarini qaysi janrda yozgan?

31 / 33

«Ikki eshik orasi» romanida qaysi obraz temir yo'lda katta o'g'rilik ochilishiga yordam berib, tergovchi ishni yopti-yopti qilib yubormoqchi bo'lganida, stansiyada ishlaydigan qo'shnisining iltimosi bilan awal gazetaga, keyin obkomga xat yozadi va tergovchining ishdan bo'shashiga sababchi bo'lib qoladi?

32 / 33

O'. Hoshimovning o'zi haqida yozgan avtobiografik hikoyasi -«Mashaqqatli safar»da qaysi kitobining bir bobi «Bolaligimni eslasam, iliq yoz kechalari ko'z oldimga keladi» jumlasi bilan boshlanishini yozadi?

33 / 33

O'. Hoshimov «Mashaqqatli safar» avtobiografik hikoyasida onasining to'satdan vafot etishi sabab vujudga kelgan iztirobli tuyg'ulari tufayli qaysi asarining yaratilganligini yozadi?

0%

Baholash mezoni

86%-100% 5 baho

71%-85% 4 baho

56%-70% 3 baho

55% va kamiga 2 baho

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

5 Izohlar
Hammasini ko'rsatish Eng Foydali Eng Yuqori Reyting Eng Past Reyting Sharhingizni qo'shing

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0