Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Adabiyot mavzulashtirilgan » 10-sinf Adabiyot » 10-sinf Adabiyot 13-mavzu 10-sinf Adabiyot 10-sinf Adabiyot 13-mavzu InfoMaster Mart 25, 2022 93 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 1 Vaqtingiz tugadi! Tomonidan yaratilgan InfoMaster 10-sinf Adabiyot 13-mavzu yuzasida testlar 13 – MAVZU: ABDULLA ORIPOV 1 / 32 “Rustamxon “ dostoni qachon ,kimdan kim tomonidan yozib olingan ? A) 1939 yilda Fozil Yo’ldosh o’g’lidan Xodi Zarif tomonidan B) 1937 yilda Fozil Yo’ldosh o’g’lidan Mahmud Zaripov tomonidan C) 1937 yilda Fozil Yo’ldosh o’g’lidan Hamid Olimjon D) 1937 yilda Fozil Yo’ldosh o’g’lidan Xodi Zarif tomonidan 2 / 32 Ushbu jumla qaysi bitigda qayta - qayta qo’llanilgan? "Xoqoni bahodir ekan, maslahatchisi alloma ekan" A) "To’nyuquq" bitigida B) "Kul tegin" bitigida C) "Bilga hoqon" bitigida D) "Irq bitigi"da 3 / 32 “Hikmatlar” qanday asar va uning tarkibida nechta she’r mavjud? A) Yassaviy merosini jamlagan asar. Asarda 190 ta she’r bor B) Yassaviy merosini jamlagan asar. Asarda 240 ga yaqin she’r bor C) Yassaviy merosini jamlagan asar. Asarda 250 ta she’r bor D) Yassaviy merosini jamlagan asar. Asarda 169 ga yaqin she’r bor 4 / 32 Atoyining bir she'rida yorini sog'ingan oshiqning ko'zidan yosh emas, daryo oqayotgani va uning nimalardan sol yasab, shu daryoda suzayotgani manzarasi chiziladi? A) tomirlaridan B) qobirg'alaridan C) sochlaridan D) kipriklaridan 5 / 32 Alisher Navoiy haqida bildirilgan quyidagi fikrlar muallifi kim? «Hech kim turkiy she'rni undan yaxshiroq ayta olmagan va nazm durlarini undan yaxshiroq socha olmagan». A) Rashidiy B) Hakimshoh Qazviniy C) Abdurahmon Jomiy D) Xondamir 6 / 32 «Boburnoma»da Alisher Navoiy qurdirgan hammomlar qanday nomlar bilan tilga olinadi? A) «Unsiya» va «Xalosiya» B) «Qudsiya» va «Ixlosiya» C) «Xalosiya» va «Ixlosiya» D) «Safoiya» va «Shifoiya» 7 / 32 Turdi Farog'iyning qaysi she'rida lirik qahramon iztiroblarining manbalari kashf etilib, ular orasida «charxi dun», «gardishi davron», shuningdek, taqdirning buqalamunliklari ajralib turadi? Charxi dun qildi manga javr-u jafolar behisob, Gardishi davron berur har lahza yuz ming pech-u tob. A) «Тог ko'ngulluk beklar...» B) «Yod mandin...» C) «Bu mulk» D) «Turdiman...» 8 / 32 Quyidagi baytda qo'llanilmagan qaysi so'zning o'zi ishlatilmagani holda inson ko'ngli uchun naqadar aziz va qadrli ekanligi ta'kidlanmoqda? Tamanno qilg'ali la'lingni ko'nglum, Kishi bilmas oni kirn, qoldi qanda. A) lab B) ishva C) qalb D) so'z 9 / 32 Mahmudxo'ja Behbudiy arab tilini kimdan o'rganadi? A) kichik amakisi Muhammad Siddiqdan B) kichik amakisi Mulla Odildan C) kichik tog'asi Mulla Odildan D) kichik tog'asi Muhammad Siddiqdan 10 / 32 A. Qodiriyning "O'tkan kunlar" asarida qaysi obrazni ismiga laqabini qo'shib aytmasa hech kim tanimas edi? A) Homid B) Ziyo shohichi C) Hasanali D) Rahmat 11 / 32 Hamid Olimjonning lirik qahramoni uchun eng muhim narsa nima? A) baxt B) go'zallik C) sevgi D) shodlik 12 / 32 Said Ahmadning qissalarini toping? A) «Ег уuгак», «Xazina» B) «Hukm», «Rahmat, azizlarim» C) «Qadrdon dalalar», «Hukm» D) «Hukm», «Hayqiriq» 13 / 32 «Yurtim shamoli» she'ridagi asosiy obraz qaysi? A) bahor B) shamol C) ko'ngil D) yurt 14 / 32 Abdulla Oripovning qaysi she'rida dunyoning sirliligi, «tuynuksiz qasr»ligi ifodalanadi? A) «Birinchi muhabbatim» B) «Munojot»ni tinglab» C) «Qalb» D) «Yillar armoni» 15 / 32 «Yurtim shamoli» she'rida turli holat, vaziyat, ko'rsatma, o'zgarish, har xil qayg'u-g'am va shodlik - barcha-barchasi qaysi metafora vositasida ifoda qilinadi? A) «qalb» metaforasi B) «shamol» metaforasi C) «yurt» metaforasi D) «bahor» metaforasi 16 / 32 Abdulla Oripovning qaysi she'ridagi Ollohga muhabbat tushunchasining ifodasi shoirni o'z salaflari, ya'ni mumtoz o'zbek shoirlarining estetik olami bilan bog'lashga imkon beradi? A) «Yillar armoni» B) «Birinchi muhabbatim» C) «Qo'riqxona» D) «Yurtim shamoli» 17 / 32 A. Oripovning qaysi she'rida inson umr yo'llarida noo'rin paydo bo'lgan «shamol» - tuhmat yo bo'hton - uning hayotini izdan chiqarishi tasvirlanadi? A) «Birinchi muhabbatim» B) «Ayol» C) «Yurtim shamoli» D) «Munojot» tinglab» 18 / 32 A. Oripov qaysi she'rining oxirida «Abdullaning boqiy kamolb birikmasini keltirish orqali o'z ma'naviy olamining barkamol bo'lishiga umid qiladi? A) «Yurtim shamoli» B) «Ayol» C) «Birinchi muhabbatim» D) «Munojot» tinglab» 19 / 32 «Yurtim shamoli» she'rida insonning dunyoga kelishi va ketishi qaysi obraz orqali ifodalanadi? A) bulut B) yomg'ir C) quyosh D) shamol 20 / 32 A Oripovning qaysi she'ri shoirning kuyga, rubob va chalg'uvchiga murojaati uslubida yozilgan? A) «Yurtim shamoli» she'ri B) «0'zbekiston» she'ri C) «Birinchi muhabbatim» she'ri D) «Munojot»ni tinglab» she'ri 21 / 32 Abdulla Oripov «Qo'riqxona» she'rida xudbin va dilozor kimsani nimaga o'xshatgan? A) ajdarhoga B) ochko'z bo'riga C) og'zi qon yirtqichga D) och ayiqqa 22 / 32 Abdulla Oripov «Qo'riqxona» she'rida oqibat go'yo nimaga o'xshab zavol topmasligini istaydi? A) Orol dengiziga B) Qor odamga C) ayiqqa D) tojdor turnaga 23 / 32 Abdulla Oripov «Qo'riqxona» she'rida «уаgопа zaminni asraganday» nimani hamma narsadan ortiq asrash kerakligini uqtiradi? A) oqibatni B) hayoni C) insofni D) vijdonni 24 / 32 Abdulla Oripov «Qo'riqxona» she'rida ezgulik nima kabi kamyob bo'lib ketmasligini istaydi? A) zavol topgan ayiq kabi B) otashga duch kelgan polopon kabi C) tojdor turna kabi D) Qor odam kabi 25 / 32 Abdulla Oripovning qaysi she'rida visolga erishmagan oshiq nolasi, g'aflatda qolib muhabbat tuyg'usiga beparvo bo'lgan lirik qahramonning ichki dard va kechinmalari o'z aksini topgan? A) «Birinchi muhabbatim» B) «Surat va siyrat» C) «Munojot»ni tinglab» D) «Yurtim shamoli» 26 / 32 “Munojat”ni tinglab she’rida shoirga kuy emas, balki kimlar yig‘lavotgandek tuyuladi? A) Qodiriy, Furqat B) Navoiy, Xayyom C) Qodiriy, Cho'lpon D) Navoiy, Mashrab 27 / 32 A. Oripov «Ко'rgаn-bilganlarim» nomli avtobiografik maqolasida o'zi tug'ilgan qishloq nomini qanday ataydi va uning qadimiy o'zbek urug'larining bir shoxobchasi bo'lishi mumkinligini ham ta'kidlaydi? A) Nasaf B) Asht C) Qo'ng'irtov D) Neko'z 28 / 32 «Yurtim shamoli» she'rida hayot va inson nimalarga qiyoslanadi? A) Hayot «shamol»ga, inson esa «xas»ga qiyoslanadi. B) Hayot «Karbalo dashti»ga, inson esa «Majnun»ga qiyoslanadi. C) Hayot «yo'l»ga, inson esa «yildirim»ga qiyoslanadi. D) Hayot «gulshan vodiy»ga, inson esa «shamol»ga qiyoslanadi. 29 / 32 Abdulla Oripov qaysi she'rida «Sen beshik emassan, dorsan, tabiat, Sen ona emassan, jallodsan, dunyo!» xulosasiga keladi? A) «Birinchi muhabbatim» B) «0'zbekiston» C) «Qo'riqxona» D) «Munojot»ni tinglab» 30 / 32 «Yurtim shamoli» she’rida qaysi dasht nomi keltirilgan? A) Sahroyi kabir B) Qoraqum C) Karbalo D) Qizilqum 31 / 32 Abdulla Oripov qaysi she'rida vijdon, «ezgu, latif hislar» ham himoyaga muhtojligiga urg'u beradi? A) «Qo'riqxona» B) «Yurtim shamoli» C) «Birinchi muhabbatim» D) «Ayol» 32 / 32 «Qo'riqxona» she'rida shoirning maqsadi nima? A) yo'qolib borayotgan noyob gul turlarini asrashga undash B) insoniy fazilat va qadriyatlarni asrashga undash C) qo'riqxonaning ahamiyatini yoritib berish D) yo'qolib borayotgan hayvonlarni asrashga undash 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz