10-sinf Adabiyot 5-mavzu

0

10-sinf Adabiyot 5-mavzu yuzasida testlar

5 – MAVZU: A.NAVOIY

1 / 24

“Rustamxon “ dostonlarning mazmun jihatidan qaysi turiga mansub ?

2 / 24

Qaysi bitiktoshda «tun uxlamay, kunduz o'turmay, qizii qonimni tugatib, qora terim yugurtirib, mehnatni, kuchni berdim, axir men o'zim uzoqlarga bos- qin uyushtirib turdim» so'zlari qayta- qayta tilga olinadi?

3 / 24

Sohibquron Amir Temur ulug’ shayx va shoir Ahmad Yassaviyga e’tiqodi hurmati yuzasidan nechanchi yilda qanday ulug’, xayrli ishni amalgam oshiradi?

4 / 24

Yusuf (s.a.v) haqidagi rivoyatlarga ko'ra, Yusuf tashlangan quduq uning husni tufayli yorishib turar edi. Mumtoz she'riyatimizda ko'p ishlatiladigan qaysi birikma shunga ishora qiladi?

5 / 24

. Alisher Navoiyning qaysi g'azalida bir qarashda oshiqning dil izhoriga oid tuyg'ular ifodasi aks etayotganday ko'rinsa-da, aslida, obyektiv voqelikka bo'lgan estetik munosabat ifodasi bosh o'rinda turganligini payqash qiyin emas?

6 / 24

Alisher Navoiyning turli kishilarga yozilgan maktublardan tuzilgan kitobini toping.

7 / 24

Alisher Navoiy haqidagi quyidagi fikrlar muallifi kirn? «Alisherbek naziriyo'q kishi erdi. Turkiy til bila to she'r aytibturlar, hech kim oncha ko'p va xo'b aytqon emas».

8 / 24

«Majolis un-nafois» asarining nechanchi majlisi birgina Husayn Boyqaroga bag'ishlangan?

9 / 24

Alisher Navoiy qaysi qit'asida saxiylik va baxillik haqida fikr yuritadi?

10 / 24

Alisher Navoiyning falsafiy-didaktik qarashlarini ancha yorqin ifodalashi bilan ajralib turadigan «Meni men istagan o'z suhbatig'a arjumand etmas» misrasi bilan boshlanadigan g'azali qaysi devonga kiritilgan?

11 / 24

Alisher Navoiy «Muhokamat ul-lug'atayn» asarida so'z malnolari orasidagi tafovutlarga alohida urg'u berib, turkiylardagi qaysi so'zning ma'nosi ko'z va qoshlar orasini bildirishi bilan izohlanib, bu ma'noni ifodalaydigan alohida so'zning fors tilida mavjud emasligini aytarkan, quyidagi baytni dalillovchi misol sifatida keltiradi? Mengizlah gul-gul, mijalari xor, Qaboqlari keng-keng, og'izlari tor.

12 / 24

Alisher Navoiyning qaysi g'azalida yor «shohi suxandon» sifatida ta'riflanadi va birinchi marotaba shu o'rinda oshiq ham o'zining asl qiyofasini oshkor etishga jazm etib, o'zining «xushnavo bulbul» ekanligini bildirib o'tadi?

13 / 24

Alisher Navoiyning «Tarixi anbiyo va hukamo» («Payg'ambarlar va hakimlar tarixi») kitobining nechanchi qismi obidlar haqida?

14 / 24

Alisher Navoiyning «Tarixi anbiyo va hukamo» («Payg'ambarlar va hakimlar tarixi») kitobida nechanchi qism Allohga toat-ibodat qiluvchilar haqida?

15 / 24

Alisher Navoiyning qaysi misra bilan boshlanuvchi qit'asini shoirning faxriyalaridan biri deyish mumkin?

16 / 24

Alisher Navoiy «Muhokamat ul-lug'atayn» asarida so'z ma'nolari orasidagi tafovutlarga alohida urg'u berib, yig'lamoq fe'lining eng baland va doimiy ma'nosini qayd etar ekan, turkiylarda bor qaysi fe'lning «muqobalasida forsiy tilda lafz yo'qtur» deydi?

17 / 24

Alisher Navoiy qalamiga mansub «Meni men istagan o'z suhbatig'a arjumand etmas» misrasi bilan boshlanadigan g'azalning «Buzug' ko'nglumdin o'zga yerda javloni samand etmas» va «Muhabbat tuxmidin o'zga ul o't uzra sipand etmas» misralarida qo'llangan «samand» va «sipand» so'zlarining ma'nolarini toping.

18 / 24

Quyidagi fikrlar muallifi kim? «Bu aziz kitob hazrati xoqon Shohruh mirzo podshohligi davridan boshlab, shu zamonga qadar yer yuzini ravshan vujudlari bilan bezagan va bezab turgan olim va shoirlardan ko'plarining ba'zi sifatlaridan va ahvollaridan bayon qiladi».

19 / 24

Alisher Navoiy haqida bildirilgan quyidagi fikrlar muallifi kim? «Hech kim turkiy she'rni undan yaxshiroq ayta olmagan va nazm durlarini undan yaxshiroq socha olmagan».

20 / 24

Alisher Navoiyning qaysi qit'asi ayrim bandalarning noshukurligi hamda behuda ta'magirligi haqida?

21 / 24

Mashhur tarixchi olim Sharafiddin Ali Yazdiy yashaydigan qaysi shaharda olimning yosh Alisher bilan tanishuvi yuz beradi?

22 / 24

Alisher Navoiyning «Ey sabo, holim borib sarvi xiromonimg'a ayt» misrasi bilan boshlanadigan g'azalida lirik qahramon nimaga qarata: «Yorning zulfi zunnorida dinim hosili kufrga almashganini nomusulmonimga ayt», - deya yolvoradi?

23 / 24

Alisher Navoiy «Tarixi anbiyo va hukamo» («Payg'ambarlar va hakimlar tarixi») kitobida ma'lumot bergan Jolinus kim?

24 / 24

Alisher Navoiyning qaysi asari «Nafahot ul-uns min hazarot ul-quds» kitobining erkin tarjimasi hisoblanadi?

0%

Baholash mezoni

86%-100% 5 baho

71%-85% 4 baho

56%-70% 3 baho

55% va kamiga 2 baho

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

26 Izohlar
Hammasini ko'rsatish Eng Foydali Eng Yuqori Reyting Eng Past Reyting Sharhingizni qo'shing

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0