Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Adabiyot mavzulashtirilgan » 5-sinf Adabiyot » 5-sinf Adabiyot 15-mavzu 5-sinf Adabiyot 5-sinf Adabiyot 15-mavzu InfoMaster Mart 16, 2022 316 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Vaqtingiz tugadi! Tomonidan yaratilgan InfoMaster 5-sinf Adabiyot 15-mavzu yuzasida testlar 15 – MAVZU: SA`DIY SHEROZIY 1 / 34 Maqollar qaysi jihatdan topishmoqlarga o’xshab ketadi ? A) hajmiga ko’ra B) qofiya bo’lishiga ko’ra C) qaysi adabiy turga oidligiga ko’ra D) xulosaviyligiga ko’ra 2 / 34 Topishmoqning qaysi turi zamirida xalqimizning tarixi,qadriyatlari aks etadi ? A) majoziy topishmoqlarda B) yangi topishmoqlarda C) an’anaviy topishmoqlarda D) zamonaviy topishmoqlarda 3 / 34 Qaysi javobda Al-Buxoriy asarlarining nomi to'g'ri ko'rsatilgan? 1) "Al jomi’ as-sahih"; 2) "Al-adab al-mufrad"; 3) "Kanz ul-haqoyiq"; 4)"Nafohot-ul uns". A) 1, 2 B) 2, 4 C) 3, 4 D) 1.3 4 / 34 Ezopning “Yovvoyi echkilar bilan cho’pon” masalidan qanday xulosa kelib chiqadi? A) to’g'ri va rostgo’y bo’lish B) do’stga sadoqat C) mehnatsevarlik D) haqiqatgo’y bo’lish 5 / 34 “Uch og’a ini botirlar “ ertagida botirlar safarga nima uchun chiqdilar ? A) ko’ngilxushlik qilish uchun B) baxt qushini ushlamoq uchun C) dunyoni tanish uchun D) ov uchun 6 / 34 “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostonida “xirs”(ayiq)ga o’xshatilgan inson? A) Jarjon shoxi B) Darxon C) o’tinchi chol D) Jambilning zolim xoni 7 / 34 Aka-uka Grimmlar qaysi xalq og'zaki ijodining gullab- yashnashiga, olam kezishiga ulkan hissa qo'shdilar? A) ingliz B) fransuz C) ispan D) olmon 8 / 34 “Zulmat ichra nur” qissasida kim “bid’at va xurofotdan viroq, sog’lom fikrli kishi edi”, - deb tariflanadi? A) H. Boyqaro B) A. Navoiy C) Kichkina bohodir D) Muhammad Ali 9 / 34 Oybekning dostonlari berilgan javobni toping. A) «Hamza», «Bobo» B) «Navoiy», «O'ch» C) «Qizlar», «Navoiy» D) «O'ch», «Baxtigul va Sog'indiq» 10 / 34 “Bulut “ she’rida yaxshi ko’klam elchisi nima ? A) pag’a bulut B) yomg’ir isi C) oqquvlar D) qaldiroq 11 / 34 Abdulla Qahhor O'tkir Hoshimovning qaysi asarini o'qib, unga maktub bitib, asar uni suyuntirib yuborganini aytadi? A) «Urushning so'nggi qurboni» B) «Cho'l havosi» C) «Ikki eshik orasi» D) «Dunyoning ishlari» 12 / 34 “Sher bilan durroj ” hikoyati dostonning nechanchi maqolatidan olingan? A) birinchi B) yettinchi C) o‘ninchi D) beshinchi 13 / 34 Boburning quyidagi ruboiysida qo'llangan «laim» so'zining ma'nodoshini toping. Beqaydmen-u xarobi siym ermasmen, Ham mol yig'ishtirur laim ermasmen. Kobulda iqomat etti Bobur, dersiz, Andoq demangizlarkim, muqim ermasmen. A) oltin B) mansabdor C) xazinabon D) gado 14 / 34 Muqimiy qayerni “ko‘chalari dilkusho”, “maqomi dilfizo”, “Anhorlari obi safo” deya ta’rif etadi? A) Roshidonni B) Oltiariqni C) Chimyonni D) Vodilni 15 / 34 Sa’diyning “Guliston” asarida “chashmayi ravon” va “davlati bepayon” deb ta’rif etilgan narsa nomi qaysi javobda to‘g‘ri keltirilgan? A) hunar B) ilm C) ustoz D) sabr 16 / 34 Har ko‘z-u qosh yaxshi, demagil, do‘stim, Pista mag‘zini ye, tashlagil po‘stin. Sa’diyning “Bo‘ston”idan olingan yuqoridagi misralar nima haqida? A) boylik ketidan quvmaslik haqida B) ayb qidirmaslik haqida C) ilm olish haqida D) o‘zi xohlagandek yashash haqida 17 / 34 Sa’diyning “Guliston “ asarida qaysi shoh buloq boshiga “ Ko’plar ham bu chashma boshiga yetdi ,suv ichdi, dunyodan ko’z yumib ketdi .Qanchasi zulm ila olamni oldi, Go’rga o’z ketdi ,olgani qoldi” degan so’zlarni yozdirgan? A) Horun ar Rashid B) Namrud C) Jamshid D) Iskandar 18 / 34 “Ta’bi aybjo’lik bo’lsa agar bas , Tovus oyg’idan boshqasin ko’rmas “(Sa’diy) satrlarining ma’nosini toping . A) Do’st tanlashda adashmaslik haqida B) Ota-onaning hurmat qilish haqida C) Qalb ko’zining ochiq bo’lishi kerakligi haqida D) Ayb axtarishning noto’g’riligi haqida 19 / 34 Sa’diy Sheroziyning turli mamlakatlarga necha yil safar qiladi? A) 16-yil B) 24-yil C) 20-yil D) 30-yil 20 / 34 Sa’diy Sheroziyning qayerda tug’ilgan? A) Sherozda B) Buxoroda C) Bog'dodda D) Eronda 21 / 34 “Guliston “dagi bir hikoyatda Sa’diy nimani “qaynar buloq “ ,”tuganmas davlat “deb ataydi ? A) kulgi tabassumni B) kamtarlikni C) san’atni D) hunarni 22 / 34 Sa’diy “Guliston” asarida nima (kim) ni yaxshi odamning uyidagi davosiz dard, hayosiz dushman ekanligini aytadi? A) tarbiyasiz o‘g‘il B) yomon xotin C) noqobil farzand D) ilmsizlik,johillik 23 / 34 Sa’diy dunyoni kezib bashoq tersang qanday hirmonni yig’asan deb hisoblaydi ? A) behisob boylik B) go’zallik hirmonini C) ma’rifat hirmonini D) do’stlik hirmonini 24 / 34 “Guliston”dan olingan “Darvesh hikoyati”da darvesh nima uchun zindonga tashlanadi? A) o’g’li o’g’rilik qilsa ham unga tanbeh bermagani uchun B) farzandli bo’lgach, nisor etishni va’da qilgan mollarini bermagani uchun C) yakka-yu yolg’iz o’g’lini podshohga navkarlikka berishdan bosh tortgani uchun D) o’g’li mast holida bir kishini o’ldirib qochgani uchun 25 / 34 “Biyobonda quduq qazolmasang boq, Qabristonga borib bitta chiroq yoq “misralari qaysi asardan olingan ? A) “Guliston” B) “Bo’ston” C) “Mabdayi nur” D) “Masnaviy” 26 / 34 .Sa’diyning “Guliston “ asaridan olinga “Daryo ko’rmagan qul hikoyati”da nima aks etgan? A) yomonlikka bam yaxshilik bilan javob qaytarish B) Shukur qilmoq,xotirjamlik qadrin bilmoq C) O’zingdan zo’rlar bilan bellashaman,deb chiranma,kulgu bo’lasan. D) Ayrimlar ishlatadigan nayrang o’zining boshiga yetadi. 27 / 34 “Qanchasi zulm ila olamni oldi, Go’rga o’zi ketdi,olgani qoldi” Ushbu bayt Sa’diyning qaysi hikoyati xulosasi? A) “Hasadning ko’r qilishi haqidagi” B) “Hayit kuni adashib qolgan bola haqidagi” C) “Bo’zdan to’n kiygan podsho haqidagi” D) ”Itga suv bergan yo’lovchi haqidagi” 28 / 34 Shahar qozisi va eski to'n kiygan darvesh bilan bog'liq voqea qaysi asardan olingan? A) «Bo'ston» B) «Guliston» C) «Mufradot» D) «Hikmatlar» 29 / 34 “Guliston” va “Bo’ston “ asarlarini Alisher Navoiy sevib o’qiganligini o’zining qaysi asarida alohida ta’kidlab aytadi ? A) “Lison ut tayr “ B) “Nasoyim ul muhabbat “ C) “Mahbub ul qulub “ D) “Devoni Foniy “ 30 / 34 “Guliston “ va “Bo’ston “ ning farqli jihati … A) deyarli farq qilmaydi B) ma’viza ekani C) “Guliston”ning nasrda ,”Bo’ston”ning nazmda ekanligi D) ibratli hikoyatli mavjudligi 31 / 34 Sa’diy Sheroziyning “Bo’ston “ asaridagi “Hayit kuni adashib qolganim va otamning sabog’i “hikoyatining asosiy g’oyasi to‘g‘ri ko’rsatilgan qatorni aniqlang A) dunyo kezib, ma’rifat yig‘ish B) kamtar bo‘lish C) dehqonchilikning foydasi D) barchaga yaxshilik qilish 32 / 34 Sa’diyning qaysi asaridagi bir hikoyatdan yomon xotin davosiz dard ,hayosiz dushman kabidir degan xulosa chiqadi ? A) “Guliston “ B) “Bo’ston “ C) “Mabdayi nur” D) “Masnaviy” 33 / 34 Sa’diy Sheroziyning asli ismi kim bo’lgan? A) Muhammad B) Muxtor C) Muslihiddin D) Mahmud 34 / 34 Sa’diy Sheroziy qayerlik qizga yuz tillo evaziga uylangan ? A) Qudduslik B) Halablik C) Damashqlik D) Sherozlik 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz