Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Adabiyot mavzulashtirilgan » 5-sinf Adabiyot » 5-sinf Adabiyot 15-mavzu 5-sinf Adabiyot 5-sinf Adabiyot 15-mavzu InfoMaster Mart 16, 2022 325 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Vaqtingiz tugadi! Tomonidan yaratilgan InfoMaster 5-sinf Adabiyot 15-mavzu yuzasida testlar 15 – MAVZU: SA`DIY SHEROZIY 1 / 34 O’g’li borning o’rni bor Qizi borning ….’Nuqtalar o’rniga mos so’zni qo’ying A) yuzi B) qadri C) so’zi D) nozi 2 / 34 Nimaning mo’ylovi oyog’idan uzun ? Topishmoqning javobini toping A) Chumoli B) Suvarak C) Ninanichi D) Echki 3 / 34 Payg'ambarimizni ko'rgan va u kishi bilan suhbatda bo'lgan A) muhaddislar B) roviylar C) tobeinlar D) sahobalar 4 / 34 “Ko’rpangga qarab oyoq uzat “ maqoli Ezopning qaysi masaliga mos keladi ? A) “Burgut ,zag’cha va cho’pon “ B) “Eshak bilan baqalar “ C) “Bo’ri bilan laylak” D) “Ustiga tuz yuklangan eshak” 5 / 34 “Uch og’a ini botirlar “ ertagida botirlar safarga nima uchun chiqdilar ? A) ov uchun B) dunyoni tanish uchun C) ko’ngilxushlik qilish uchun D) baxt qushini ushlamoq uchun 6 / 34 «Oygul bilan Baxtiyor» dostonida Oygul ,qonxo’r xondan qutulgan Jambil eliga kimni rahbar etib tayinlaydi ? A) Darxonni B) Bahtiyorni C) Tarlonni D) o’zini 7 / 34 Podhsoh ,ularga qarashga odamning yuragi dov bermaydigan changalzor o'rmondagi ikki qaroqchini yo'q qilish uchun Gansga yordam uchun nechta suvoriyni qo'shib jo'natadi ? A) 40 nafar B) 10 nafar C) 7 nafar D) 100 nafar 8 / 34 “Zulmat ichra nur” asarida kim Alisherning Qosim Anvor she’ridan parcha o‘qiganini eshitgach, “ulug‘ shoiming otashin nafasidan bul go‘dak bolaning yuragiga bir alanga tushibdir” deb aytadi? A) Muhammad Ali B) G'iyosiddin C) Sharafiddin Ali Yazdiy D) Mirsaid 9 / 34 Oybekning «Fanorchi ota» hikoyasida kimning darvozasi ustidagi fanor tasvirlangan? A) Qosim cho'loqning B) Tursunqul akaning C) Fonarchi otaning D) Ahmad akaning 10 / 34 Mirtemir qaysi she’rida o’zini katta orzular va katta ishlarga chog’lanayotganini bildiradi ? A) “Qishlog’im” B) "Bulut " C) “Baliq ovi” D) “To’rg’ay” 11 / 34 «Nahotki, go‘dak tushungan narsaga biz tushunmasak? Buning boisi boshqa joydadir.Ehtimol, ona tushungan narsani bizlar tushunmasmiz. Balki shuning uhun ham Ona - tabiatning eng buyuk ixtirosidir». Ushbu parcha 0‘tkir Hoshimovning «Dunyoning ishlari» qissasidagi qaysi hikoyadan olingan? A) «Iltijo» B) «Haqqush» C) «Qarz» D) «Alla» 12 / 34 Ulug‘ shoirning nasriy asarlari soni nechta? A) 20 dan ortiq B) 10 dan ortiq C) 5 dan ortiq D) 40 dan ortiq 13 / 34 Boburning bizgacha yetib kelgan she'rlarining qanchasi ruboiy hisoblanadi? A) ikki yuzdan ortig'i B) uch yuzga yaqini C) yuzga yaqini D) uch yuzdan ortig'i 14 / 34 Muqimiy “Sayohatnoma” sida “ chuqur, go'yo yer ostidagi zindon, mehmonlari dushman, bog‘lari tutzor” deya qaysi qishloqqa ta’rif bergan? A) Rabot B) Yayfan C) Chimyon D) Bo’rbaliq 15 / 34 .Sa’diyning “Guliston “ asaridan olinga “Daryo ko’rmagan qul hikoyati”da nima aks etgan? A) Ayrimlar ishlatadigan nayrang o’zining boshiga yetadi. B) yomonlikka bam yaxshilik bilan javob qaytarish C) O’zingdan zo’rlar bilan bellashaman,deb chiranma,kulgu bo’lasan. D) Shukur qilmoq,xotirjamlik qadrin bilmoq 16 / 34 “Qanchasi zulm ila olamni oldi, Go’rga o’zi ketdi,olgani qoldi” Ushbu bayt Sa’diyning qaysi hikoyati xulosasi? A) “Hayit kuni adashib qolgan bola haqidagi” B) “Bo’zdan to’n kiygan podsho haqidagi” C) ”Itga suv bergan yo’lovchi haqidagi” D) “Hasadning ko’r qilishi haqidagi” 17 / 34 “Guliston “ va “Bo’ston “ ning farqli jihati … A) deyarli farq qilmaydi B) ibratli hikoyatli mavjudligi C) ma’viza ekani D) “Guliston”ning nasrda ,”Bo’ston”ning nazmda ekanligi 18 / 34 Sa’diy Sheroziyning turli mamlakatlarga necha yil safar qiladi? A) 16-yil B) 20-yil C) 24-yil D) 30-yil 19 / 34 “Guliston “dagi bir hikoyatda Sa’diy nimani “qaynar buloq “ ,”tuganmas davlat “deb ataydi ? A) kamtarlikni B) san’atni C) hunarni D) kulgi tabassumni 20 / 34 Sa’diy “Guliston” asarida nima (kim) ni yaxshi odamning uyidagi davosiz dard, hayosiz dushman ekanligini aytadi? A) yomon xotin B) ilmsizlik,johillik C) noqobil farzand D) tarbiyasiz o‘g‘il 21 / 34 “Biyobonda quduq qazolmasang boq, Qabristonga borib bitta chiroq yoq “misralari qaysi asardan olingan ? A) “Bo’ston” B) “Mabdayi nur” C) “Guliston” D) “Masnaviy” 22 / 34 Sa’diyning “Guliston” asarida “chashmayi ravon” va “davlati bepayon” deb ta’rif etilgan narsa nomi qaysi javobda to‘g‘ri keltirilgan? A) ustoz B) hunar C) sabr D) ilm 23 / 34 Sa’diy dunyoni kezib bashoq tersang qanday hirmonni yig’asan deb hisoblaydi ? A) behisob boylik B) ma’rifat hirmonini C) do’stlik hirmonini D) go’zallik hirmonini 24 / 34 Shahar qozisi va eski to'n kiygan darvesh bilan bog'liq voqea qaysi asardan olingan? A) «Hikmatlar» B) «Bo'ston» C) «Guliston» D) «Mufradot» 25 / 34 Har ko‘z-u qosh yaxshi, demagil, do‘stim, Pista mag‘zini ye, tashlagil po‘stin. Sa’diyning “Bo‘ston”idan olingan yuqoridagi misralar nima haqida? A) ilm olish haqida B) o‘zi xohlagandek yashash haqida C) boylik ketidan quvmaslik haqida D) ayb qidirmaslik haqida 26 / 34 “Guliston” va “Bo’ston “ asarlarini Alisher Navoiy sevib o’qiganligini o’zining qaysi asarida alohida ta’kidlab aytadi ? A) “Lison ut tayr “ B) “Devoni Foniy “ C) “Nasoyim ul muhabbat “ D) “Mahbub ul qulub “ 27 / 34 “Guliston”dan olingan “Darvesh hikoyati”da darvesh nima uchun zindonga tashlanadi? A) yakka-yu yolg’iz o’g’lini podshohga navkarlikka berishdan bosh tortgani uchun B) farzandli bo’lgach, nisor etishni va’da qilgan mollarini bermagani uchun C) o’g’li mast holida bir kishini o’ldirib qochgani uchun D) o’g’li o’g’rilik qilsa ham unga tanbeh bermagani uchun 28 / 34 Sa’diy Sheroziyning asli ismi kim bo’lgan? A) Muhammad B) Mahmud C) Muslihiddin D) Muxtor 29 / 34 Sa’diy Sheroziyning qayerda tug’ilgan? A) Eronda B) Buxoroda C) Sherozda D) Bog'dodda 30 / 34 Sa’diy Sheroziy qayerlik qizga yuz tillo evaziga uylangan ? A) Sherozlik B) Halablik C) Qudduslik D) Damashqlik 31 / 34 Sa’diyning “Guliston “ asarida qaysi shoh buloq boshiga “ Ko’plar ham bu chashma boshiga yetdi ,suv ichdi, dunyodan ko’z yumib ketdi .Qanchasi zulm ila olamni oldi, Go’rga o’z ketdi ,olgani qoldi” degan so’zlarni yozdirgan? A) Iskandar B) Jamshid C) Namrud D) Horun ar Rashid 32 / 34 Sa’diy Sheroziyning “Bo’ston “ asaridagi “Hayit kuni adashib qolganim va otamning sabog’i “hikoyatining asosiy g’oyasi to‘g‘ri ko’rsatilgan qatorni aniqlang A) dehqonchilikning foydasi B) kamtar bo‘lish C) dunyo kezib, ma’rifat yig‘ish D) barchaga yaxshilik qilish 33 / 34 Sa’diyning qaysi asaridagi bir hikoyatdan yomon xotin davosiz dard ,hayosiz dushman kabidir degan xulosa chiqadi ? A) “Masnaviy” B) “Guliston “ C) “Bo’ston “ D) “Mabdayi nur” 34 / 34 “Ta’bi aybjo’lik bo’lsa agar bas , Tovus oyg’idan boshqasin ko’rmas “(Sa’diy) satrlarining ma’nosini toping . A) Do’st tanlashda adashmaslik haqida B) Ayb axtarishning noto’g’riligi haqida C) Ota-onaning hurmat qilish haqida D) Qalb ko’zining ochiq bo’lishi kerakligi haqida 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz