Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Adabiyot mavzulashtirilgan » 5-sinf Adabiyot » 5-sinf Adabiyot 17-mavzu 5-sinf Adabiyot 5-sinf Adabiyot 17-mavzu InfoMaster Mart 16, 2022 126 Ko'rishlar 3 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 Vaqtingiz tugadi! Tomonidan yaratilgan InfoMaster 5-sinf Adabiyot 17-mavzu yuzasida testlar 17 – MAVZU: ERKIN VOHIDOV 1 / 36 Quyidagi maqolning davomini toping. "Betashvish bosh qayda..." A) qup-quruq tosh qayda B) betashvish osh qayda C) o'smasiz qosh qayda D) mehnatsiz osh qayda 2 / 36 Bir necha predmetli topishmoq berilgan qatorni toping. A) Qoziq ustida qor turmas. B) Bir qop un, ichida ustun. C) Bir otasi, bir onasi, Necha yuz ming bolasi. D) Teg desa tegmaydi, tegma desa tegadi. 3 / 36 Imom Buxoriyning yoshlik chog’larida ko’zlari ojizlanib qoladi va onalarining tushlariga ….. alayhissalom kirib, duolar ijobat bo’lganligi va o’g’illariga ko’rish qobiliyati qaytarilganligini aytadi. Nuqtalar o’rniga tegishli so’zni qo’ying . A) Ibrohim alayhissalom B) Muso alayhissalom C) Dovud alayhissalom D) Nuh alayhissalom 4 / 36 . Aqlni ishlatish, qiyinchilika sabrli bo’lish kerak, degan xulosa qaysi masalda ifodalangan ? A) Eshak bilan baqalar B) Burgut zag’cha va cho’pon C) Ustiga tuz yuklangan eshak m D) Kiyik bilan tokzor 5 / 36 Navbatma-navbat qorovullikda turgan botirlarning boshidan nimalar o'tadi? A) To'ng'ich botir ajdarhoni, O'rtancha botir sherni o'ldiradi, Kenja botir xazinaga tushmoqchi bo'lgan xoinlarni qirib tashlaydi. B) To'ng'ich botir sherni, O'rtancha botir ajdarhoni o'ldiradi, Kenja botir xazinaga tushmoqchi bo'lgan o'g'rilarni qirib tashlaydi. C) To'ng'ich botir ajdarhoni, O'rtancha botir sherni o'ldiradi, Kenja botir vazirni tunamoqchi bo'lgan o'g'rilarni qirib tashlaydi. D) To'ng'ich botir sherni, O'rtancha botir xoinlarni o'ldiradi, Kenja botir ajdarhoni o'ldiradi. 6 / 36 Hamid Olimjonning «Oygul bilan Baxtiyor» ertak-dostoni haqida berilgan qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas? A) Saroyda xizmat qiladigan, xondan juda ko‘p jabr-u jafo ko‘rgan Tarlon Oygulni qutqarishga jazm qiladi. B) Oygul: «Tiriklikda to‘ymovding sira qon-yoshga, Mana endi to‘yib ol, boshing ko‘mib ich», deya zolim xonning tanasidan uzilgan boshini chuqurga otadi. C) Ushbu dostonda Oygul tabiatida o‘zbek qizlariga xos mardonalik, tantilik, tadbirkorlik fazilatlari yaqqol ko‘zga tashlanadi. D) Ushbu dostonda Oygulning xalqni xon zulmidan xalos qilish niyatida katta qo‘shin bilan Jambilga hujum qilishi va g‘alabaga erishishi tasvirlanadi. 7 / 36 «Botir tikuvchi» ertagidan olingan quyidagi ashula qaysi obraz tomonidan ijro etilgan? Bolalar yo'l oldi chopishib, chaqqon, Darvozadan to'g'ri polizga tomon. A) Jeyms tomonidan B) ulkan odam tomonidan C) qirol askari tomonidan D) Gans tomonidan 8 / 36 Zulmat ichra nur” asarida kim yosh Alisherning otasini “Har kim oldida Mavlononing o‘shul she’rini Alisherga о ‘qitmang, ко ‘z tegadur” deb ogohlarttiradi? A) Mirsaid B) Qosim Anvor C) Sharafiddin Ali Yazdiy D) Muhammad Ali 9 / 36 Oybekning ijodiy merosi necha jildni tashkil etadi ? A) 15 tom B) 10 tom C) 12 tom D) 20 tom 10 / 36 Mirtemiming “Bulut”she’rida badiiylik, ohangdoshlik nimalarda ko'rinadi ? A) “Yomg’ir isi”, “qorli cho’qqi” so’zlarida B) “O’t", “sut”, “qut” so’zlarida C) “Tog’ bag’ri”, “bog’ bag’ri” D) “Ro’yo”, “raanzara” so’zlarida 11 / 36 Abdulla Qahhor O'tkir Hoshimovning qaysi asarini o'qib, unga maktub bitib, asar uni suyuntirib yuborganini aytadi? A) «Urushning so'nggi qurboni» B) «Ikki eshik orasi» C) «Cho'l havosi» D) «Dunyoning ishlari» 12 / 36 “Hayrat ul-abror” dostoni nechta bobdan tashkil topgan? A) 72 B) 20 C) 10 D) 63 13 / 36 Bobur butun ko'rgan-kechirganlarini qaysi asarida mufassal bayon qilgan? A) «Mubayyin al-zakot»da B) «Boburnoma»da C) «Muxtasar»da D) «Xatti Boburiy»da 14 / 36 Muqimiy “Sayohatnoma”sida “serchashma-yu kamchang” deb ta’riflagan qishloq qaysi? A) Rafqon B) Beshariq C) Qudash D) Konibodom 15 / 36 Qaysi javobdagi ma’lumot Erkin Vohidov haqida emas? A) U «Oltin devor», «Istanbul fojiasi» kabi dramalar muallifidir. B) Uning el-yurt va adabiyot oldidagi xizmatlari inobatga olinib, «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni bilan taqdirlangan. C) O‘n yoshga yetar-yetmas ham ota, ham onadan ajrab qolgan yosh shoirni tog‘asi o‘z tarbiyasiga oladi. D) U Dantening «Ilohiy komediya»sini o‘zbek tiliga o‘girgan. 16 / 36 Sa’diy Sheroziyning “Bo’ston “ asaridagi “Hayit kuni adashib qolganim va otamning sabog’i “hikoyatining asosiy g’oyasi to‘g‘ri ko’rsatilgan qatorni aniqlang A) barchaga yaxshilik qilish B) dehqonchilikning foydasi C) dunyo kezib, ma’rifat yig‘ish D) kamtar bo‘lish 17 / 36 Abdulla Avloniyning «Saxiylik» hikoyasida ota o’g’liga har kuni nima uchun pul berar edi? A) faqirlarga taom ulashish uchun B) do'stlariga taom olib berishi uchun C) maktabda taom olib yeyish uchun D) o'zidan qolganiga qushlarga ham don olishi uchun 18 / 36 Adib nazmda qanday taxallus bilan ijod qilgan ? A) Hijron B) Abdulla C) Nihoniy D) Mijmar 19 / 36 Abdulla Avloniy “Vatan” she’rida shoir vatanning qadrini bilmaganlarni nimaga o‘xshatadi? A) Xazonga B) Boyqushga C) Tuproqqa D) Bo'riga 20 / 36 “Vatan “ she’rida shoir vatanning qadrini bilmaganlarni nima (kim) ga o’xshatadi ? A) ilmsizga B) tarbiyatsizga C) aqli pastga D) johilga 21 / 36 Abdulla Avloniy «Vatanni suymak» asarida qaysi millat vakillarini bir-biriga qiyoslaydi? A) o'zbeklar va eskimoslarni B) arablar va eskimoslarni C) o'zbeklar va arablarni D) arablar va ruslarni 22 / 36 Avloniyning e’tiroficha ,10 taga yaqin pyesani qaysi tildan o’zbek tiliga tarjima qilgan ? A) rus B) tojik C) afg’on D) ozarbayjon 23 / 36 Abdulla Avloniyning «Xurus ila bo'ri» hikoyasida xurus kimlarning sulh xabarini keltirishini va so'ngra birga o'ynashlarini aytadi? A) yo'lbarslarning B) itlarning C) bo'rilarning D) qoplonlarning 24 / 36 Qaysi javobdagi ma’lumot Abdulla Avloniy haqida? A) 0‘spirin yoshidayoq yozgan «Adabiyot nadur?» maqolasida millat hayoti, vatan ravnaqidagi adabiyotning o‘rni haqida o‘ta jiddiy o‘ylaydigan bilimdon ekanligini namoyon etadi. B) U biroz muddat gazetchilik bilan shug‘ullandi. «Taraqqiy», «Xurshid» gazetalarida ishladi, ular yopilgach, «Shuhrat» gazetasini chiqarishda bosh- qosh bo‘ldi. C) Toshkentda «Chig‘atoy gurungi» deb nomlangan ilmiy-ma’rifiy jamiyatni tashkil etadi. D) U o‘nlab mumtoz shoirlarimizning ijodiy merosini izlab topish, tadqiq etish va nashr qilishda alohida jonkuyarlik ko‘rsatdi. U «Aruz haqida» kitobini ham e’lon qildi. 25 / 36 Avloniy teatr uchun nechta pyesa yozgan va ularni sahnalashtirgan? A) 5ta B) 2ta C) 3ta D) 4ta 26 / 36 Abdulla Avloniyning o'zi suvga g'arq bo'layotganiga qaramay, o'zining emas, do'stining taqdirini o'ylash uchun odam bolasi qanchalar mard, fidoyi bo'lishi kerakligi haqida mulohaza yuritishga undovchi asarini toping. A) «Xurus ila bo'ri» B) «Chin do'st» C) «Yalg'on do'st» D) «Janjalchilik zarari» 27 / 36 Sening isming bu dunyoda muqaddasdur, Har kim setting qadring bilmas - aqli pastdur. Sening tuyg‘ung yuraklarga savdo solur. Sening darding boshqa dardni tortib olur. Ushbu misralar Abdulla Avloniyning qaysi she’ridan olingan? A) “Vatan” B) “Ona vatan” C) “Xalqim” D) “Vatanni suymak” 28 / 36 Avloniy tashkil qilgan teatrning nomini toping. A) «Nizomiy» B) «Turon» C) «Turkiston» D) «Turkiy Guliston» 29 / 36 Abdulla Avloniyning «Saxiylik» hikoyasida bir kun och qolgan obraz qaysi? A) musofir B) Siroj C) faqir D) Said 30 / 36 Quyidagi misralar Abdulla Avloniyning qaysi hikoyasiga ilova qilingan? Do'st ila dushman so'zining farqi bor, Fahm etar bar kimki, o'lsa bushy or. A) «Janjalchilik zarari» B) «Yalg'on do'st» C) «Xurus ila bo'ri» D) «Chin do'st» 31 / 36 Abdulla Avloniyning «Saxiylik» hikoyasida kim kimga savob uchun pul beradi? A) bola, musofirga B) bola , faqirga C) ota ,faqirga D) ota ,musofirga 32 / 36 Avloniy bilimsizlik, johillik, jinoyatlarning sababini nima bilan bog'laydi? A) tarbiyasizlik bilan B) iymon-e'tiqod va din bilan C) tajriba va aqlsizlik bilan D) ishtiyoq va qunt bilan 33 / 36 “Maktab “ she’ridagi har bir band yakunida takrorlanuvchi misrani toping A) Maktab erur ehsoni Rab B) Maktab hayo ehson qilur C) G’ayrat qilib o’qing,o’g’lon D) Maktab uyi-dorulomon 34 / 36 Tiling bo’lsa ,hasratlaring tuzik so’yla ! Ushbu jumla orqali diqqat nima yoki kimga qaratilyapti ? A) bosqinchilarga B) xalqqa C) o’quvchilarga D) vatanga 35 / 36 Abdulla Avloniyning “Vatan” she’ri qaysi kitobdan olingan? A) “Birinchi muallim” B) “Ikkinchi muallim” C) “Maktab gulistoni” D) “Turkiy guliston yohud axloq” i 36 / 36 Abdulla Avloniyning qaysi kitobiga kirgan ellikdan ortiq nasriy va she'riy hikoyalari bolalarda ilk axloqiy ko'nikmalarni shakllantirishga qaratilgan? A) «Ikkinchi muallim» B) «Maktab gulistoni» C) «Adabiyot yoxud milliy she'rlar» D) «Turkiy Guliston yoxud axloq» 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz