Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Adabiyot mavzulashtirilgan » 5-sinf Adabiyot » 5-sinf Adabiyot 16-mavzu 5-sinf Adabiyot 5-sinf Adabiyot 16-mavzu InfoMaster Mart 16, 2022 133 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Vaqtingiz tugadi! Tomonidan yaratilgan InfoMaster 5-sinf Adabiyot 16-mavzu yuzasida testlar 16 – MAVZU: ABDULLA AVLONIY 1 / 35 Gulxaniyning «Zarbulmasal» asarida qancha maqol mavjud? A) 100 ga yaqin B) 650 dan ortiq C) 1000 dan ortiq D) 400 ga yaqin 2 / 35 Aqa o'tdim, bildingmi? Baqa o'tdim, bildingmi? Oq quv-rayning boshini Chertib o'tdim, bildingmi? Berilgan to'rtlikning janrini aniqlang. A) topishmoq B) murabba' C) maqol D) ruboiy 3 / 35 Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning gaplari, ishlari, ma'qullashlari, xulqiy sifatlari biz uchun nima hisoblanadi? A) olti yoshlaridan B) sakkiz yoshlaridan C) o'n olti yoshlaridan D) o'n yoshlaridan 4 / 35 Ezopning “Bo’ri bilan laylak” masalidan qanday xulosa kelib chiqadi? A) yaxshi-yomonga barobar yaxshilik qilish B) yaxshilikni uning qadriga yetadigan odamga qilish C) yomonlikka yomonlik bilan javob qaytarish D) yomonlikka bam yaxshilik bilan javob qaytarish 5 / 35 Uch og'ayni botirlar ertagida ota og'illarga uchta narsa-ga katta e'tibor berganini aytadi va yana uchta narsani og'illariga oldindan uqtiradi. Bular qaysilar? A) «Mehnatkash bo'ling», «Hamisha salom bering», «Hunarli bo'ling» B) «Rahmdil bo'ling», «Yaxshilik qiling», «Yolg'on so'zlamang» C) «To'g'ri bo'ling», «Maqtanchoq bo'lmang»,”Dangasalik qilmang” D) «Hushyor bo'ling», «Vaqtida dam oling» ,”Sabrli bo’ling “ 6 / 35 “Oygul bilan Baxtiyor” dostoni qachon yaratilgan? A) 1937 B) 1940 C) 1930 D) 1909 7 / 35 “Botir tikuvchi» ertagida tikuvchi bahaybat odamni qayerda uchratadi? A) dalada B) cho'lda C) tog'da D) bog'da 8 / 35 “Zulmat ichra nur” asarida jiddiy, kamgap, sipo odam deb ta’riflangan, “Kobuliy” taxallusi bilan ijod qilgan ijodkor kim? A) Mirsaid B) G‘iyosiddin C) Qosfm Anvor D) Muhammad Ali 9 / 35 Oybek tomonidan tarjima qilingan Pushkinning “Yevgeniy Onegin” asari qaysi janrda yozilgan? A) roman B) falsafiy doston C) she’riy roman D) doston 10 / 35 Mirtemir “Baliq ovi” she’ridagi qaysi misra orqali o‘zini katta orzular va katta ishlarga chog‘lanayotganini bildirib o‘tadi. A) Qarmog‘imga ilinmaydi, Suzmoqdami yo chopmoqda, Suv tagidan ne topmoqda? Yuz tikilsang bilinmaydi... B) Ilinsaydi ulkanrog'i,Eltar edim jon buvimga.- Hay, rostanmi, hay, baliqmi, Tangalikmi, chaqalikmi? C) Bundan keyin to‘r tashlayman,Tashlasam ham zo‘r tashlayman. D) Qirg'og'ida jambil, yalpiz,Quchog'ida balig'i mo‘l” 11 / 35 «... Ajab, ular bir-biriga xalaqit bermas, bir-birini rad et- mas, ikkalasi qo’shilib, bahor nafasiga to’lgan osmonda qabriston yelkasidagi kuchala chiqargan teraklar ustida parvoz qilar edi». O’. Hoshimovning «Alla» hikoyasidan olingan bu parchadagi ikki narsa nima edi? A) qo’shiq va qarsak B) tilovat va alla C) tilovat va yig’i D) yig’i va kulgi 12 / 35 Alisher Navoiy necha yoshlaridan she’r yodlab, ko‘plarni hayratga solgan? A) 5-6 B) 7-8 C) 3-4 D) 6-7 13 / 35 Bobur qaysi janrning tengsiz namunalarini yarata olgan? A) g'azal B) ruboiy C) tuyuq D) qit'a 14 / 35 «Ko`chalari dilkusho» deb ta’riflangan qishloq nomini toping. A) Sltariq B) Raboti C) Chimyon D) Vodil 15 / 35 Sening isming bu dunyoda muqaddasdur, Har kim setting qadring bilmas - aqli pastdur. Sening tuyg‘ung yuraklarga savdo solur. Sening darding boshqa dardni tortib olur. Ushbu misralar Abdulla Avloniyning qaysi she’ridan olingan? A) “Xalqim” B) “Vatanni suymak” C) “Ona vatan” D) “Vatan” 16 / 35 “Guliston “ va “Bo’ston “ ning farqli jihati … A) ma’viza ekani B) “Guliston”ning nasrda ,”Bo’ston”ning nazmda ekanligi C) ibratli hikoyatli mavjudligi D) deyarli farq qilmaydi 17 / 35 “Guliston “dagi bir hikoyatda Sa’diy nimani “qaynar buloq “ ,”tuganmas davlat “deb ataydi ? A) hunarni B) kulgi tabassumni C) kamtarlikni D) san’atni 18 / 35 “Guliston”dan olingan “Darvesh hikoyati”da darvesh nima uchun zindonga tashlanadi? A) farzandli bo’lgach, nisor etishni va’da qilgan mollarini bermagani uchun B) o’g’li o’g’rilik qilsa ham unga tanbeh bermagani uchun C) yakka-yu yolg’iz o’g’lini podshohga navkarlikka berishdan bosh tortgani uchun D) o’g’li mast holida bir kishini o’ldirib qochgani uchun 19 / 35 Sa’diyning “Guliston” asarida “chashmayi ravon” va “davlati bepayon” deb ta’rif etilgan narsa nomi qaysi javobda to‘g‘ri keltirilgan? A) hunar B) ilm C) sabr D) ustoz 20 / 35 Sa’diy Sheroziyning asli ismi kim bo’lgan? A) Muslihiddin B) Muhammad C) Mahmud D) Muxtor 21 / 35 Sa’diy Sheroziy qayerlik qizga yuz tillo evaziga uylangan ? A) Sherozlik B) Qudduslik C) Damashqlik D) Halablik 22 / 35 .Sa’diyning “Guliston “ asaridan olinga “Daryo ko’rmagan qul hikoyati”da nima aks etgan? A) Ayrimlar ishlatadigan nayrang o’zining boshiga yetadi. B) yomonlikka bam yaxshilik bilan javob qaytarish C) O’zingdan zo’rlar bilan bellashaman,deb chiranma,kulgu bo’lasan. D) Shukur qilmoq,xotirjamlik qadrin bilmoq 23 / 35 Sa’diy “Guliston” asarida nima (kim) ni yaxshi odamning uyidagi davosiz dard, hayosiz dushman ekanligini aytadi? A) ilmsizlik,johillik B) tarbiyasiz o‘g‘il C) yomon xotin D) noqobil farzand 24 / 35 Sa’diy Sheroziyning qayerda tug’ilgan? A) Buxoroda B) Eronda C) Bog'dodda D) Sherozda 25 / 35 Sa’diy Sheroziyning turli mamlakatlarga necha yil safar qiladi? A) 24-yil B) 20-yil C) 16-yil D) 30-yil 26 / 35 Sa’diyning qaysi asaridagi bir hikoyatdan yomon xotin davosiz dard ,hayosiz dushman kabidir degan xulosa chiqadi ? A) “Bo’ston “ B) “Masnaviy” C) “Guliston “ D) “Mabdayi nur” 27 / 35 Sa’diy Sheroziyning “Bo’ston “ asaridagi “Hayit kuni adashib qolganim va otamning sabog’i “hikoyatining asosiy g’oyasi to‘g‘ri ko’rsatilgan qatorni aniqlang A) dehqonchilikning foydasi B) barchaga yaxshilik qilish C) kamtar bo‘lish D) dunyo kezib, ma’rifat yig‘ish 28 / 35 Sa’diy dunyoni kezib bashoq tersang qanday hirmonni yig’asan deb hisoblaydi ? A) go’zallik hirmonini B) behisob boylik C) ma’rifat hirmonini D) do’stlik hirmonini 29 / 35 “Biyobonda quduq qazolmasang boq, Qabristonga borib bitta chiroq yoq “misralari qaysi asardan olingan ? A) “Masnaviy” B) “Mabdayi nur” C) “Bo’ston” D) “Guliston” 30 / 35 Har ko‘z-u qosh yaxshi, demagil, do‘stim, Pista mag‘zini ye, tashlagil po‘stin. Sa’diyning “Bo‘ston”idan olingan yuqoridagi misralar nima haqida? A) ilm olish haqida B) boylik ketidan quvmaslik haqida C) o‘zi xohlagandek yashash haqida D) ayb qidirmaslik haqida 31 / 35 “Qanchasi zulm ila olamni oldi, Go’rga o’zi ketdi,olgani qoldi” Ushbu bayt Sa’diyning qaysi hikoyati xulosasi? A) “Hayit kuni adashib qolgan bola haqidagi” B) “Bo’zdan to’n kiygan podsho haqidagi” C) “Hasadning ko’r qilishi haqidagi” D) ”Itga suv bergan yo’lovchi haqidagi” 32 / 35 Sa’diyning “Guliston “ asarida qaysi shoh buloq boshiga “ Ko’plar ham bu chashma boshiga yetdi ,suv ichdi, dunyodan ko’z yumib ketdi .Qanchasi zulm ila olamni oldi, Go’rga o’z ketdi ,olgani qoldi” degan so’zlarni yozdirgan? A) Jamshid B) Iskandar C) Horun ar Rashid D) Namrud 33 / 35 “Guliston” va “Bo’ston “ asarlarini Alisher Navoiy sevib o’qiganligini o’zining qaysi asarida alohida ta’kidlab aytadi ? A) “Devoni Foniy “ B) “Lison ut tayr “ C) “Mahbub ul qulub “ D) “Nasoyim ul muhabbat “ 34 / 35 Shahar qozisi va eski to'n kiygan darvesh bilan bog'liq voqea qaysi asardan olingan? A) «Guliston» B) «Bo'ston» C) «Mufradot» D) «Hikmatlar» 35 / 35 “Ta’bi aybjo’lik bo’lsa agar bas , Tovus oyg’idan boshqasin ko’rmas “(Sa’diy) satrlarining ma’nosini toping . A) Ayb axtarishning noto’g’riligi haqida B) Qalb ko’zining ochiq bo’lishi kerakligi haqida C) Do’st tanlashda adashmaslik haqida D) Ota-onaning hurmat qilish haqida 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz