Tarbiya attestatsiya №5

0%
0

OMAD YOR BO'LSIN!


Tarbiya fanidan attestatsiya savollari №5

DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga  sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin.

Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting! 

e-mail manzilini to'g'ri kriting, barcha ma'lumotlar sizga yuboriladi.
Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling.

1 / 40

13-noyabr qanday kun sifatida nishonlanadi?

2 / 40

Yaponiyada o'qish qaysi oydan boshlanadi?

3 / 40

Muvaffaqiyatli odamlarga quyidagi odatlardan qaysi biri yordam bermaydi.

4 / 40

''Irodani qayta yuklash''-......

5 / 40

Abu Ali ibn Sino qanday kishini odamlarning eng qo’rqog’i deb hisoblagan?

6 / 40

B1 standart darajasiga tegishli kompetensiyalarni aniqlang.

7 / 40

Boshqarish sanʼati maʼnosini anglatuvchi yunoncha soʻzni toping.

8 / 40

Taniqli muallif Robert Kiyosakining fikriga koʻra, hayotni goʻzal qilayotgan omil nima?

9 / 40

. Aqlli kishilar o‘z ish stollari ustiga uch lavhani joylashtirib qo‘yadilar: Birinchisiga: “Buguning haqiqiy kundir” deb yozilgan. Ya’ni bu kun chegarasida yashang. Ikkinchisiga: “Fikr yurit va shukr qil!” deb yozilgan. Ya’ni sizga berilgan ne’matlar haqida tafakkur qiling va uning shukrini ado eting. Uchinchisiga: “G‘azab qilma!” iborasi yozilgan. Bu lavha sizni eng yaqin va oson tarzda baxtga yetaklaydi. Ular sodda, ammo juda foydalidir.

10 / 40

Teatr va gazeta-jurnallarning jamiyat hayotidagi o’rnini oshirgan, taraqqiyotni ilm-u ma'rifatda deb bilgan buyuk ajdodimiz kim?

11 / 40

Ilg’or fikrlash ko’nikmasini egallash yo’llarini aniqlang. 1. O’zgarmaslik yo’llarini aniqlash. 2. Ilg’or fikrlash ko’nikmasining muhimligini tushunish. 3. Ilg’or fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirish. 4. Ilg’or fikrlash tajribalaridan foydalanish.

12 / 40

Eshitib ota-onangni, so‘zlarini qadrla, Mol-u mulking ko‘paysa, mag‘rurlanib quturma.

13 / 40

Muammoni hal qilish uchun ma'lumotlardan aniq va oqilona foydalana olish, savol berish orqali qo’shimcha ma'lumotlar topish ko’nikmasiga nima deyiladi?

14 / 40

Ey farzand, bilg‘ilkim, aql yuzasidan farzandg‘a ota-onani izzat va hurmat qilish vojibdur, nedinkim, uning asli ota-onadur. Ota-onani nima uchun hurmat qilurman, deb ko‘nglingg‘a kelturmag‘il, bilg‘ilki, ular sening uchun o‘limg‘a ham tayyor turaturlar. Har bir farzand, oqil va dono bo‘lsa, hech vaqt ota-onaning mehr haqqini ado qilmoqdin xoli bo‘lmag‘usidur. Ey farzand, shul vajdin ota-onangni ozgina ham ranjitmag‘il..

15 / 40

. Har qaysi yo’nalishda muvaffaqiyat qozonish uchun qanday ko’nikmalarni rivojlantirish zarur? 1. Muammoga keng qamrovli yechim topish; 2. Tanqidiy fikrlash; 3. Keng qamrovli ijodiy fiklash; 4. Odamlarni boshqarish ko’nikmasi; 5. Odamlar bilan o’zaro munosabat; 6. Liderlarga taqlid qilish; 7. Qaror qabul qilish va xulosa yasash...

16 / 40

Ijodiy fikrlashning besh asosini aniqlang.

17 / 40

Hech kimga yomonlik evaziga yomonlik qaytarmanglar. Barcha odamlarning ko‘zi oldida yaxshilik qilishga intilinglar. Agar iloji bo‘lsa, qo‘lingizdan kelganicha barcha odamlar bilan tinch-totuv hayot kechiringlar.

18 / 40

"Ijobiy motivatsiya" deb nimaga aytiladi?

19 / 40

Qanday odam o’zining ham, boshqalarning ham xaloskori hisoblanadi?

20 / 40

Hishom ibn Urva rivoyat qiladi: “Oisha roziyallohu anho bir kelinni bir ansoriy kuyov huzuriga uzatib qo‘ydilar. Janob Rasululloh: “Ey Oisha, musiqa chalib, o‘yin-kulgi bilan kuzatib qo‘ydingizlarmi? Ansorlar musiqa chalib, o‘yin-kulgi qilishni xush ko‘radilar”, dedilar..

21 / 40

Natijaga erishish bosqichlarini aniqlang: 1. Muvaffaqiyatni rejalashtirish; 2. Barqaror harakat; 3. Me'yor va tanaffus; 4. Natijalarni tahlil qilish; 5. Xatolardan qo’rqmaslik; 6. Yangi vazifalar qo’yish.

22 / 40

"Elektron ishtirok" deb nimaga aytiladi?

23 / 40

Onaning oqilaligi tufayli "kashfiyotlar dahosi"ga aylangan mashhur shaxs kim?

24 / 40

Ijtimoiy tahlil deb nimaga aytiladi?

25 / 40

"Men doimo odamlarni baxtli qilish uchun bir finjon ......, bir qoshiq ....., bir choy qoshiq ....., yana biroz ..... yetarli ekanini aytaman". (Muhammad Ali)

26 / 40

Qilinadigan yaxshilikning eng afzali kishining o‘z oilasiga qilganidir. Bunday yaxshilikning bir uchi o‘zingizga ham yetib turadi. “Ey Rabbim! Meni (ular) go‘daklik chog‘imda tarbiyalaganlaridek, Sen ham ularga rahm qilgin!”

27 / 40

Sizlarning yaxshilaringiz dunyo ishini deb oxiratni, oxiratni deb dunyo ishini tark qilmaydigan va odamlarga og‘irligini tushirmaydiganlaringizdir.

28 / 40

Oila aʼzolarining o‘z huquqlarini amalga oshirishlari hamda o‘z majburiyatlarini bajarishlari oilaning boshqa aʼzolari va o‘zga shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini buzmasligi shart.

29 / 40

Milliarder Alisher Usmonovning fikricha, insonga berilgan boylik o’zini oqlashi uchun u qanday odam bo’lish lozim?

30 / 40

Biz muqaddas dinimizni azaliy qadriyatlarimiz mujassamining ifodasi sifatida behad qadrlaymiz. Biz muqaddas dinimizni zo‘ravonlik va qon to‘kish bilan bir qatorga qo‘yadiganlarni qat’iy qoralaymiz va ular bilan hech qachon murosa qila olmaymiz.

31 / 40

Yuqori natijaning o’lchovlari nimalarda namayon bo’ladi?

32 / 40

Tanqidiy fikrlaydigan odamga xos hususiyatlarni aniqlang. 1. Dalillardan oqilona va holis foydalanadi. 2. Yetarli dalil bo’lmaganda qaror qabul qilishga shoshilmaydi. 3. Mantiqsiz xulosalarni yaroqsizlardan farqlay oladi. 4. Fikrlarini aniq va izchil ifodalaydi. 5. Muammoga darhol yechim topadi va tez qaror chiqaradi...

33 / 40

Kim baxt kelganda undan foydalanishni bilmasa, u o‘tib ketganda shikoyat qilmasligi kerak.

34 / 40

Qat'iy irodaning asosi nechta va ular nimalar?

35 / 40

Faol fuqarolik darajalarini aniqlang.

36 / 40

Yetakchiga xos to’rtta muhim xususiyatni aniqlang.

37 / 40

Buyuk Britaniya Parlamentining lordlar palatasi vakili lord Muhammad Iltaf Shayx: “Agar Ulug‘bek hozir hayot bo‘lganida, o‘zbeklar birinchi bo‘lib Oyga safar qilgan bo‘lardi. Al-Xorazmiy bo‘lmaganida, zamonaviy texnologiyalar ham bo‘lmas edi. Ibn Sino asarlari asosida hozir Yevropa tibbiyotni o‘rganmoqda. Biz radikallashuvga O‘zbekiston madaniyati bilan qarshi kurashishimiz kerak. Sizlar Imom Buxoriy hadislarini ingliz tiliga tarjima qilib, sharhlab bering. Biz bu kitoblar bilan jaholatga qarshi kurashamiz”..

38 / 40

Kamchilik va nuqsonlaringni ko‘rsatib, seni koyigan donishmandning etagidan mahkam tut. Zero, u zot xazinaga eltayotgan yo‘lboshchiga o‘xshaydi va sen sira kam bo‘lmaysan.

39 / 40

Yevropaning barcha sohalardagi taraqqiyotida Islom madaniyatining xizmati beqiyos va uning Yevropa taraqqiyotiga katta ta’sir o‘tkazgan keskin asarlari bor... Yevropaga hayot bag‘ishlagan nafaqat tabiat ilmlari, balki Islom madaniyati bu o‘lkaga ilk nurini yuborganidayoq har tomonlama o‘z ta’sirini o‘tkazgan edi. .

40 / 40

Har bir millatning saodati va izzati, albatta, shu xalqning ichki intizomi va totuvligiga bog‘liq... Qayerda oila munosabati kuchli intizomga tayansa, mamlakat va millat ham shuncha kuchli va muazzam bo‘ladi. Oila va farzand masalasi erkak yo ayolning xususiy masalasi emas. Farzand nafaqat ota-ona hayotining davomi, balki ayni paytda millatning ham iqtidori, obro‘ va e’tiborini belgilaydigan zanjir halqasidir. Millat esa Vatan, mamlakatning yuragi. .

0%

Baholash mezoni

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”;

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”;

- 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”

- 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin”

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

2 Izohlar
Hammasini ko'rsatish Eng Foydali Eng Yuqori Reyting Eng Past Reyting Sharhingizni qo'shing

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0