Biologiya attestatsiya №8

0%
0

OMAD YOR BO'LSIN!


Biologiya fanidan attestatsiya savollari №8

DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga  sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin.

Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting! 

e-mail manzilini to'g'ri kriting, barcha ma'lumotlar sizga yuboriladi.
Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling.

1 / 40

Gidraning ovqat hazm qilishida ishtirok etuvchi hujayralarni koʻrsating

2 / 40

Digeterezigotalar chatishtirilganda necha xil genotipik sinf hosil boʻladi

3 / 40

Ko’p tukli halqali chuvalchanglarning lichinkalarining qaysi belgilari ularning qadimgi yassi chuvalchanglardan kelib chiqqanligini ko’rsatadi?

4 / 40

Pubertat davrida o’troq hayit kechiradigan(a) va kechirmaydigan(b) organizmlarni aniqlang. 1.podaloriy; 2.yomg’ir chuvalchangi; 3.zirhlilar; 4.bulutlar; 5.lansetnik; 6.aktiniya; 7.korallpoliplar; 8.ko’ptukli halqali chuvalchanglar; 9.qizil chuvalchang; 10.bit

5 / 40

Pomidor o’simligida poyaning baland, mevaning sharsimon bo’lishini boshqaruvchi genlar bir xromosomada va poyaning past bo’yli, meaning noksimon bo’lishini boshqaruvchi genlar esa boshqa xromosomada bo’ladi. Baland bo’yli, sharsimon mevali pomidor past bo’yli, noksimon mevali pomidor bilan chatishtirildi. Birinchi bo’g’in duragaylari baland bo’yli, sharsimon mevali bo’ldi. Olingan duragaylar past bo’yli, noksimon mevali o’simliklar bilan chatishtirilganda, duragaylarning 80 foizi boshlang’ich shakllariga o’xshash bo’ladi. Krossingover foizini aniqlang.

6 / 40

Funariya (a) va riniya (b) ga xos xususiyatlarni ajrating. 1) poya bargli; 2) dastlabki quruqlik o'simligi; 3) bargi yo'q; 4) poyasi rivojlangan; 5) sporalari bilan ko'payadi; 6) ildizi yo'q; 7) poyasi rivojlanmagan; 8) ildizi rivojlangan

7 / 40

Suqsun, gaaga, gavial qaysi xususiyatlariga ko’ra bir guruhga mansub 1) urg’ochisi geterogametali 2) orqa oyoqlariga parda tortilgan 3) yuragi 4 kamerali 4) issiqqonli organizmlar 5) sovuqqonli organizmlar

8 / 40

Quyidagilardan prokariot (yadrosiz) organizmlarni aniqlang. 1) E.eoli 2) psevdomanas 3) odamning yetilgan eritrositlari 4) jigar hujayralari 5) trombotsit 6) Agrobakterium 7) xrokokk 8) xlorella 9) nitella 10) foraminifera 11) bezgak paraziti 12) yo’tinlarning arxegoniysi

9 / 40

Qushni ovlayotgan ilon organizmidagi refleks yoyi ketma- ketligini belgilang.a)ko’rish retseptorining qo’zg’alishi; b) qo’zg’alishni bosh miya yarimsharlarining ensa qismiga yetkazilishi; c) muskullarning qisqaribbo’shashishi; d) bosh miyaning po’stloq qismida analiz- sintez qilinishi; e) harakatlantiruvchi nerv tolalarining impulsni o’tkazishi.

10 / 40

Voyaga yetgan organizm va uning lichinkasi bir xil og‘iz apparatiga ega bo‘lgan hasharotlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang. 1) podalariy; 2) temirchak; 3) maxaon; 4) ninachi; 5) bronza qo‘ng‘izi.

11 / 40

Liftok (a), qo’ng’irbosh (b), yasmiq (c) qaysi oila vakillari hisoblanadi.

12 / 40

Quyidagi to’qimalardan qaysi biri ksilema tarkibiga kirmaydi.

13 / 40

Achambiti o’simligi guli uchun xos bo’lmagan javobni toping.

14 / 40

Hayvonlar orasidan yuragida faqat venoz qon bo’ladiganlarini toping.1) yo’lbars; 2) tovus; 3) manta; 4) triton; 5) kaltakesak; 6) qilquyruq; 7) timsoh; 8) burgut; 9) kiyik; 10) zog’ora; 11) qurbaqa; 12) ot; 13) kaptar; 14) ilon; 15) salamandra;

15 / 40

Refleks hosil qiluvchi uzun va kalta o‘simtali hujayralari mavjud bo’lgan organizmlarni belgilang. 1. Triton; 2. Salamandra; 3. Xolmon isirg’agul; 4. Porfira; 5. Xlamidomonada; 6. Manta; 7. Achitqilar;

16 / 40

Quyida berilgan qaysi o'simlik organlari shakli о'zgargan yerusti novda (a) va shakli o'zgargan barg (b) hisoblanadi? 1) tokning gajaklari; 2) atirgulning tikani; 3) do'lananing tikani; 4) kaktusning tikani; 5) zirkning tikani; 6) qulupnayning gajaklari; 7) bodring gajaklari; 8) no‘xat gajagi; 9) akatsiyaning tikani

17 / 40

Qirqquloqlarning hayot sikli ketma-ketligidagi 1-, 2- va 3- raqamlar bilan berilgan organlarni aniqlang

18 / 40

Qo’ng’ir ayiq va ilvirs uchun umumiy bo’lmagan sistematik birliklarni aniqlang. 1) tur; 2) urug’; 3) oila; 4) turkum; 5) sinf; 6) tip; 7) dunyo;

19 / 40

Qaysi yuksak o'simliklarda urug’lanish jarayonida arxegoniy ishtirok etadi.

20 / 40

Quyida to’g’ri javob berilgan qatorlar soni nechta.

21 / 40

Qaysi javobda faqat bitta to’qimaga xos hujayralar berilgan?

22 / 40

Laboratoriya mikroskopning 20x lik okulyar bilan pomidor hujayrasini ko’rilganda tasvir 800 marta kattalashtirildi. Obektiv o’zgartirmasdan 10x lik okulyar qo’yilganda tasvir necha marta kattalashadi.

23 / 40

AaBb genotipli organizmlar o'zaro chatishtirilishidan olingan avlodda 2 ta retsessiv genli va 3 ta dominant genli individlar nisbatini aniqlang.

24 / 40

Sershox qirqbo'g’imning jinssiz bo‘g’ini uchun mos javobni belgilang.

25 / 40

Hayotiy shakliga ko’ra yalpizdan farq qiluvchi lekin hayotiy shakli bir xil bo’lgan o’simliklar qatorini ko’rsating. 1) sarsazan; 2) iloq; 3) momaqaltiroq; 4) zig’ir; 5) uchqat; 6) sallagul; 7) kanakunjut; 8) isiriq;

26 / 40

Exinokokk uchun quyidagi javoblarni noto’g’risini toping.

27 / 40

Odam askaridasi chuvalchangini qoramol tasmasimon chuvalchangiga o’xshash jihatlarini aniqlang. 1) nerv sistemasiga ega; 2) hazm qilish sistemasiga ega; 3) qizilo’ngach va anal teshigiga ega; 4) tanasi kutikula bilan qoplangan; 5) umurtqali organizmlarda parazitlik qiladi; 6) metamarfoz bilan rivojlanadi; 7) urg’ochisining jinsiy sistemasi ikkita tuxumdondan iborat;

28 / 40

Quyidagi ta’riflarni tegishli hayvonlar bilan juftlang? 1)ikki yon tomonida joylashgan uzun tuklarga ega; 2)o’simliklarning yashil qismini yeb zarar keltiradi; 3) nobud bo’lgan hayvonlarning qoldiqlarini yeb sanitarlik vazifasini bajaradi; 4) oyoq terisida parazitlik qiladi; 5) yuragi uch kamerali, sovuqqonli hayvon;

29 / 40

Generativ organlar o‘simlikning ……. ta’minlaydi, ularga……. kiradi. Nuqtalar o’rniga mos javobni toping.

30 / 40

Ulotriksni jinsiy va jinssiz ko`payishida 256 ta izogameta va 40 ta zoospora hosil bo`lgan bo`lsa, izogametalarninng 50% dan zigota hosil bo`lib ulardan ulotriks iplari hosil bo`ldi. Jinsiy ko’payish natijasida qancha ulotriks iplari hosil bo`lgan.

31 / 40

O’simlik to’qimalari uchun xos ta’riflar to’g’ri berilgan javobni aniqlang. a) asosiy to’qima b) mexanik to’qima. ; c) qoplovchi to’qima; d)o’tkazuvchi to’qima; e) hosil qiluvchi to’qima; 1)hujayralari yupqa va elastik hususiyatga ega; 2) tirik, zich joylashgan, bir qavat hujayralardan tashkil topgan; 3) qalin qobiqli cho’ziq, tirik hujayralardan iborat; 4) qalin, cho’ziq, tik joylashgan hujyralardan tashkil topgan; 5) qalin qobiqli cho’ziq o’lik hujayralardan iborat

32 / 40

Baqaning boshi tanasiga ....

33 / 40

Mamlakatimizda qanchadan ortiq tabiat yodgorliklari ro'yxatga olingan?

34 / 40

Murtakdan rivojlangan asosiy ildiz turi hayoti davomida rivojlanishda davom etadigan bir yillik o‘simliklar guruhini aniqlang.

35 / 40

Mevasi bitta mevabargdan hosil bo'ladigan, urug'i mevapallaga birikib turadigan o'simliklarni aniqlang? 1) karam; 2) turp; 3) rediska; 4) loviya; 5) mosh; 6) lola; 7) oq akatsiya; 8) chuchmoma

36 / 40

O‘simliklar oziqlanish jarayonida

37 / 40

Ayirish sistemasi Ikki uchi ochiq naychalardan iborat organizmlarni toping?

38 / 40

Gulkosachabarglari qo’shilmagan (a) va qo’shilgan (b) o’simliklarni aniqlang?

39 / 40

23. Prokariotlar berilgan qatorni toping. 1. Gerpess; 2. Kokklar; 3. Spirilla; 4. Laminariya; 5. Xlamidomonada; 6. Manta; 7. Muxomor;

40 / 40

O’pka va terisi bilan nafas oluvchi, sovuq qonli hayvonni belgilang.

0%

Baholash mezoni

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”;

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”;

- 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”

- 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin”

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

1 Izoh

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0