Geografiya attestatsiya №8 Mart 11, 2022Mart 11, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan Geografiya attestatsiya №8 ga 2 fikr bildirilgan 0% 0 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 OMAD YOR BO'LSIN! Geografiya fanidan attestatsiya savollari №8 DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin. Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting! e-mail manzilini to'g'ri kriting, barcha ma'lumotlar sizga yuboriladi. Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling. 1 / 40 Braziliyaning qaysi tomonidan jahonning eng sersuv daryosi Amazonka o'tadi? A) janubida B) g'arbida C) shimolida D) sharqida 2 / 40 Meliоratsiya nima? A) Suv xоlatini yaxshilash unga qilinadigan barcha tadbirlar B) Tuproq xоlatini yaxshilash unga qilinadigan barcha tadbirlar C) Yerni xоlatini yaxshilash unga qilinadigan barcha tadbirlar D) O’simlik xоlatini yaxshilash unga qilinadigan barcha tadbirlar 3 / 40 Har bir gorizontal 1000 m dan o’tkazilgan bo’lib, B nuqtada havo harorati + 12 °C bo’lsa, A nuqtadagi havo haroratini toping. A) 0 0C B) + 24 0C C) + 6 0C D) + 20 0C 4 / 40 Afrikaning qaysi qismidan bosh meridian kesib o’tgan? A) shimoli B) o‘rtasi C) g’arbi D) sharqi “Bugungi niyat va harakat-kelajak poydevri” 5 / 40 «Chotqol tog'-o'rmon qo'riqxonasi» qaysi okrugda joylashgan? A) Farg'ona B) Qizilqum C) Chirchiq-Ohangaron D) Surxondaryo 6 / 40 335° azimut gorizontning qaysi tomoniga to’g’ri keladi? A) janubi-sharq B) sharq C) shimoli-g'arb D) janubi-g'arb 7 / 40 Jadvalni mos ravishda taqsimlang. A) 1-b, 2-c, 3-a B) 1-a, 2-c, 3-b C) 1-c, 2-b, 3-a D) 1-b, 2-a, 3-c 8 / 40 Alibek uyidan maktabgacha, diametiri 32 sm bo’lgan g’ildirakni, dastagidan ushlab aylantirib bordi. G’ildirak 400 martta aylangan bo’lsa,maktab va uy orasidagi masofa 1: 5000 masshtabda nechi sm ga tasvirlanadi? A) 5 sm B) 3 sm C) 2 sm D) 8 sm 9 / 40 Qaysi variantda XX asrga xos bo’lmagan voqiya berilgan? A) Mobilizm gipoezasi yaratildi B) “Dunyo Okeani” atamasi fanga kirdi C) N. I . Vavilov Afrikaga ekspeditsiya uyushtirdi D) Ibn Battuta Nil daryo havzasini o’rgandi 10 / 40 Dunyo okeaning materiklar orasidagi qismi nima deyiladi? A) dengiz B) qo’ltiq C) okean D) bo’g’iz 11 / 40 Quydagi ko‘llardan qaysi birining yarmi chuchuk, yarmi sho‘r? A) Kaspiy B) Balxash C) Viktoriya D) Tanganika 12 / 40 Quyosh sistemasi va Yer Koinotda harakatlanayotgan changsimon zarrachalar birikishidan hosil bo‘lgan degan fikrni I. Kant nechinchi yilda aytgan? A) 1755- yil B) 1796- yil C) 1750-yil D) 1644- yil 13 / 40 Almadi burnini qaysi okean suvi yuvub turadi? A) Shimoliy muz okeani B) Tinch C) Atlantika D) Hind 14 / 40 Qohira shahri va ekvator chizig’i orasida qancha masofa bor? A) 50° B) 20° C) 30° D) 41° 15 / 40 Rustam Rajabov qaysi sanada Jomolungma cho’qqisini zab etgan? A) 20-may B) 22-may C) 12-may D) 15-may 16 / 40 Bu davrda organizmlar taraqqiy etgan. Natijada, biosfera shakllangan va geografik qobiqning mukammal tizimga ega bo‘lishiga kuchli ta’sir ko‘rsatgan.Gap qaysi bosqich haqida bormoqda? A) nobiogen B) biogen C) neolit D) antropogen 17 / 40 Norin daryosi dengiz sadhidan qancha balandlikda boshlanadi? A) 3500 m B) 500 m C) 2000 m D) 400 m 18 / 40 Agar sutkaning eng past harorati +12° C ampilatudasi +8° C bo’lgan bo’lsa eng yo’qori haroratni aniqlang? A) +44° C B) +20° C C) -20° C D) -4° C 19 / 40 Tinch va Hind okeanlaring o’rtasida joylashgan materik nomi qaysi variantda berilgan? A) Afrika B) Yevrosiyo C) Avstraliya D) Antarktida 20 / 40 Bangladesh davlati Osiyoning qaysi subregionida joylashgan? A) janubi-sharq B) markaziy C) janub D) sharq 21 / 40 Gondvana materigidan ajralib chiqan eng katta materik qaysi? A) Antarktida B) Avstraliya C) Afrika D) Yevrosiyo 22 / 40 Dunyo okeaning qaysi kengliklarida dovullar tez-tez kuzatilinadi? A) tropik va subtropik B) tropik va mo’tadil C) ekvator va mo’tadil D) subtropik va mo’tadil 23 / 40 Tabiat komplekisi inson ta’sri darajasiga ko’ra necha guruhga ajratilinadi? A) 7 B) 3 C) 2 D) 5 24 / 40 Noos so’zi qanday manoni anglatadi? A) inson B) mehnat C) aql D) ta’lim 25 / 40 Qaysi okean marvarid va dur yig’ib olishda yetakchi hisoblanadi? A) Atlantika B) Tinch C) Shimoliy muz okeani D) Hind 26 / 40 Suratdagi shaxs haqida ma’lumot: Janubiy amerikaning shimoliy qismini o’rgangan, asli Italiyalik bo’lgan, g’arbiy yarimshardagi eng katta qit’aga nomi berilgan. Savol bu olim nechanchi yillarda sayohat uyushtirgan? A) 1498-y B) 1499-1504-y C) 1519-1522-y D) 1004-1088-y 27 / 40 Quydagilardan alp tog’ burmalanishida o’rni ochilgan dengizni ko’rsating. A) Boltiq B) Qizil C) Oq D) Sargossa 28 / 40 Quydagilardan XIX asrga xos bo’lmagan voqeani ko’rsating. A) Antarktida kashf etildi B) Mikluxo-Maklay Okeaniyada yashadi C) Atlantika okeani tabiati komplekis o’rganish boshlandi D) J.Kuk Hind okean chuqurligini o’rgandi. 29 / 40 Dunyo okeanidagi tarqalgan jinslarning kelib chiqishini mos ravishda taqsimlang. A) 1-b, 2-c, 3-a B) 1-a, 2-c, 3-b C) 1-c, 2-b, 3-a D) 1-b, 2-a, 3-c 30 / 40 Ko’plab geografik joy nomlari va terminlarga izoh yozilgan asar muallifi qaysi variantda berilgan? A) Z.M. Bobur B) M. Kashg’ariy C) N. Xisrov D) A.R Beruniy 31 / 40 Qaysi variantda ,,xaltali kemiruvchi ‘’ hayvon nomi berilgan? A) Koala B) Yexetna C) Mali D) Vombat 32 / 40 Jadvalni to’g’ri taqsimlang. A) 1-b, 2-a, 3-c B) 1-c, 2-b, 3-a C) 1-a, 2-c, 3-b D) 1-c, 2-a, 3-b 33 / 40 Maydoning kattaligi jihatidan 3-o’rinda turuvchi qo’ltiq qaysi? A) Gudzon B) Alyaska C) Bengaliya D) Meksika 34 / 40 Nyasa va Eyr-Nort ko’llaring o’xshash jihatlari qaysi javobda berilgan? A) Oqmas ko’lligi B) Janubiy yarimsharda joylashganligi C) Dengiz sadhidan pastligi bir xilligi D) Yer yoriqda joylashganligi 35 / 40 Xaritalarda 200 m dan 500 m gacha bo’lgan balandliklar qanday rangda bo’yaladi? A) ko’k B) jigarrang C) sariq D) yashil 36 / 40 Quydagilardan Afrikaga uyushtirilgan ‘’ingliz –Amerika ekspididsiyasi’’ning boshlig’ini ko’rsating. A) M. Stenli B) V. Yunker C) D. Livingston D) Ibn Battuta 37 / 40 Yer yuzidagi suvlikga berilgan tariflardan xatosini ko’rsating. A) suvlik muhuti sekin isib ,sekin sovuydi B) suv tabiatda uch xil xolatda uchraydi C) aholining asosiy ichimlik suv manbayi okean hisoblanadi D) suv H2 O dan tashkil topgan modda 38 / 40 A va B shaharlar o’rtasi xaritada 5 sm bo’lsa, 1: 1000000 masshtabda haqiqiy masofani aniqlang. A) 5000 m B) 50 km C) 12 km D) 5 km 39 / 40 Ob-havo hodisalardan quydagi shartli belgi nomini ko’rsating? A) jala B) do’l C) bulduruq D) yomg’ir 40 / 40 Jadvalni to’g’ri taqsimlang. A) 1-c, 2-b, 3-a B) 1-c, 2-a, 3-b C) 1-b, 2-a, 3-c D) 1-a, 2-c, 3-b 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”; - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”; - 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin” - 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin” Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Geografiya attestatsiya