Uy » Attestatsiya testlar » Ona tili va adabiyot attestatsiya » Ona tili va adabiyot attestatsiya №5 Ona tili va adabiyot attestatsiya Ona tili va adabiyot attestatsiya №5 InfoMaster Yanvar 29, 2022 236 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0% 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 Ona tili va adabiyot fanidan attestatsiya savollari №5 1 / 40 Qaysi qatorda Mirtemir ijodiga mansub tarjimalar berilgan? Pushkinning"Yevgeniy Onegin" she'riy romani; Lermontovning "Maskarad" asarini "Manas" qirg'iz xalq eposini; "Qirq qiz" qoraqalpoq xalq dostoni; "Sosunli Dovud" arman xalqeposi. A) 3, 4 B) l, 2 C) 4, 5 D) l, 2, 3 2 / 40 Payt, fursat, mahal, chog’, palla, muddat, dam, on, lahza. Yuqoridagi sinonim so’zlardan qaysi biri “ko’pincha ma’lum ish uchun lozim bo’lgan, shu ishga belgilangan vaqt” ma’nosini bildiradi? A) payt B) fursat C) on D) lahza 3 / 40 Imloviy jihatdan to’g’ri yozilgan so’zlar qatorini aniqlang? A) sazovar, muloqat B) sazavor, mulaqot C) sazovor, muloqot D) sozovor, muloqot 4 / 40 -(a)r qo’shimchasi bilan fe’lning xoslangan shakllaridan qaysi biri hosil qilinadi? A) harakat nomi B) sof fe’l C) sifatdosh D) ravishdosh 5 / 40 Bog’lovchisiz qo’shma gaplarni tashkil etgan sodda gaplar orasida tire qanday mazmun ifodalash uchun qo’yilmaydi? A) Zidlash mazmuni B) Payt mazmuni C) Izohlash mazmuni D) Qiyoslash mazmuni 6 / 40 Gumon olmoshlarini hosil qiluvchi so’zlar qatorini toping. A) Go'yo, hatto, ba’zan B) Ammo, lekin, biroq, va C) Hech kim, hech narsa D) Ba’zi bir, qaysi bir, bir narsa 7 / 40 Qaysi gapda egalik qo'shimchalari qo'shilishi natijasida so'zlar imlosida tovush tushishi va tovush ortishi hodisalari ro'y bergan? A) Qalb qiynog'i og'ir bo'ladi, ko'nglingizni ezib qo'yadi, shuning uchun pushaymon bo'ladigan ishlarga yo'l qo'ymang. B) Ikkala qiz ham og'zini ochmay jim o'tirishar, bunisi ham, unisi ham miq etmasdi. C) Oltovlon ola bo'lsa, og' zidagini oldirar, to'rtovlon tugal bo'lsa, ko'kdagini undirar. D) Buningiz institutni bitiradi-ya, kelajagi haqida ham bir o'ylab ko'ring, hadeb erkalatmasdan. 8 / 40 Imloviy xatoliklar bo`yicha javoblarni moslashtiring. A) 1-b; 2-d; 3-a; 4-c; B) 1-c; 2-d; 3-a; 4-d; C) 1-b; 2-d; 3-c; 4-a; D) 1-c; 2-b; 3-d; 4-a; 9 / 40 Menga qulluq qilma, Yurt tuprog‘in o‘p, Unga qullar emas, fidolar kerak. Uning senu mendek shoirlari ko‘p, Buyuk elga endi daholar kerak. Qaysi javobda ushbu misralar muallifining hayoti va ijodi haqida ma`lumot berilgan? A) muallim oilasida dunyoga kelgan. B) Uning ilk kitobi “Ona yer ” deb nomlangan. C) Dantening “Ilohiy komediya” asarini tarjima qilgan. D) Zamonaviy va tarixiy mavzularda drama yozgan. 10 / 40 Qaysi gapda yasama sifatning asosi faqat portlovchilardan iborat? A) Ishonchli manbalarga tayanib ish ko`rdik B) Qaynoqqina choy damlab keling. C) Osmon shunday tiniqki, qarab to`ymaysan. D) Negadir yuzing so`lg`in, nima bo`ldi senga? 11 / 40 E.Vohidovning qaysi asarida xalqlar, millatlar, dinlar o’rtasidagi nizolar bashariyatga naqadar katta falokatlar olib kelishi teran tasvirlangan? A) “Palatkada yozilgan doston” B) “Nido” C) “Ruhlar isyoni” D) “Quyosh maskani” 12 / 40 Qaysi qatordagi gapda yordamchi so`z turkumlarining barcha turi ishtirok etgan? A) O`sha kezlarda men shularning hammasini o`z ko`zim bilan ko`rib yurgan bo`lsam ham, ammo tub mohiyatiga uncha tushunib yetmagan edim. B) Biroq xirmonga kelishim bilan bu shirin xayollarimdan asar ham qolmay, ko`nglim g`ash bo`ldi. C) Goh ko`chada, goh maktabda uni ko`rib turardim-u, hech yurak yutib gaplasholmasdim. D) Agar birov xafa qilgan bo`lsa ayt, mana shu tayog`im bilan gardaniga bir tushiray. 13 / 40 Saodat soatini soatsozga sozlatdi. Ushbu tez aytishdagi so`z yasovchi qo`shimchalar tarkibida nechta jarangli sirg`aluvchi undoshlar bor? A) Bunday qo`shimcha mavjud emas B) 3 ta C) 1 ta D) 2 ta 14 / 40 Muqimiy “Qoqondan Farg’onaga” qilgan sayohatida qaysi qishloqning odamlarini “charchashni bilmas yursalar, purzor ketmon ursalar, vaqti namozga kelsalar, masjid soriga lang ekan” deya ta’riflaydi? A) Yayfan B) Beshariq C) Nursux D) Rafqon 15 / 40 1989–1998 yillarda xalqimiz istiqlolining ilk nishonalaridan biri – “Cho‘lpon” nashriyotida bosh muharrir, direktor bo‘lib ishlagan ijodkorning asari qaysi qatorda berilgan? A) “Atrofimizdagi qiziqchilar” B) “Sartarosh qo`shig`i” C) “Tandir haqida ertak” D) “Tug`ishganlar qaytdi ” 16 / 40 Tuproq to’shagida yotgan ko’p ko’rdim, Qaro yer bag’riga botgan ko’p ko’rdim. Ushbu gapdagi qo’shimchalar haqida berilgan to’g’ri ma’lumotni aniqlang. A) Ushbu gapda shakl yasovchi qo’shimcha ta’sirida so’z imlosida bir unlining tushib qolishi kuzatiladi B) Ot yasovchi qo’shimcha ta’sirida tovush o’zgarishi bilan yozilgan so’z qatnashgan C) Faqat bitta so’z tarkibida ikkita munosabat shakli qo’shimchasi qatnashgan D) Egalik qo’shimchasi faqat bitta so’z tarkibida qatnashgan 17 / 40 Qaysi javobdagi gaplar juftligida ajratib ko’rsatilgan so’zlarning asoslari o’zaro shakldosh bo’la oladi? U eshikning chiroyli shisha tutqichini avaylabgina ushlab ko’rardi. Oradan biroz vaqt o’tgach xonaga tutqunni olib kirishdi. Uning tushkun kayfiyati atrofdagilarga ham ta’sir qilayotgan edi. Bog’da ishlayotganlar allaqachon tushlikka chiqishgan. Anor butasimon mevali daraxtlar sirasiga kiradi. Bolakay mevazor bog’da aylanib yurdi. Otlar kelishik qo’shimchalari bilan turlanadi. Anjumanda turli millat vakillari ishtirok etayotgan edi. A) 4 B) 2 C) 1 D) 3 18 / 40 Musa Jalilning qaysi asari butun mamlakatda katta dovruq qozonadi va davlat mukofoti bilan taqdirlanadi? A) “Xat tashuvchi” B) “Oltin soch” C) Okopdan xatlar” D) “Ordenli millionerlar” 19 / 40 Yashash uchun foydali mehnat qilishni anglash insoniylikning birinchi shartidir. Ushbu gapda qatnashgan yasama so’zlar hyaqidagi to’g’ri ma’lumotni toping. A) Sodda yasama sifat fe’ldan yasalgan B) Fe’ldan yasalgan ot qatnashgan C) Sodda yasama fe’llar otdan yasalgan D) Sondan yasalgan sifat qatnashgan 20 / 40 Qaysi gapdagi ajratib ko’rsatilgan so’zda metonimiya usulida ma’no ko’chishi yuz bergan? Anavi qora ko’ylak Mamatqulning o’g’li-ku! Aytsang, olib ketadi. Bu ishimizni ko’rgan ko’zlar xursand bo’ladi, rahmatlar aytadi. Akasining hovlisiga kirishi bilan oshrayhonning yoqimli hidi dimog’ini qitiqladi. Do’stim, dasturxonga qarang, tortinmang, noz-ne’matlardan oling. A) 1 B) 2 C) 3 D) 4 21 / 40 Qaysi baytda tanosub, tashxis va husni ta’lil she’riy san’atlari qo’llangan? A) Hech kim mendek, ilohi, yoridin ayrilmasun, Mehribon munis o’shal dildoridan ayrilmasun. B) Boshimg’a yoqqan g’am toshi mingdin biricha bo’lmag’ay, Gardun agar ming Besutun yog’dursa farhod ustina, C) Sendek menga bir yori jafokor toipilmas, Mendek senga bir zori vafodor topilmas. D) Labingdin chun suchuklik qand o’g’urlar, Solurlar el ani suvg’a yalang’och. 22 / 40 Qaysi gapda tinish belgisi bilan bog’liq xatolik bor? A) “Qo’shiq – qalb mulki”, - dedilar ustozimiz. B) “Millatlarni, elatlarni, - deydi ijodkor, - buyuk do’stlik birlashtiradi”. C) “Yaxshi do’stni, deyiladi o’zbek xalq maqolida, - yomon kunda sinamoq kerak”. D) Mahmud Koshg’ariy: “ Botir jangda, dono majlisda sinaladi”, - deb aytgandi. 23 / 40 Qaysi gapda qatnashgan yasama fe’l va yasama otning asosi shakldoshlik xususiyatiga ega? A) Yog’ayotgan yomg’ir tomchilari ajib ohang bilan derazani tiqillatib chertar edi. B) Kimki farog’atli kunni istasa, u fe’l-atvorini sozlash lozim. C) Begona bilan quyon ovlama, Ovlasang ham, otini yoningga bog’lama. D) Ona yuzin qoplar g’am, chimirgancha qoshini, Asta suyar qo’liga oppoq sochli boshini. 24 / 40 Qaysi gapda asosi ot turkumiga oid so’z bilan shakldosh bo’la oladigan sodda yasama so’z mavjud emas? A) Dildan chiqqan kulgi umrni uzaytiradi. B) Men yozgi ta’tilda “O’tkan kunlar” romanini o’qib chiqmoqchiman. C) Biz hovli to’ridagi o’yma naqshli eshikka qarab yurdik. D) Kuzning sovuq kunlari keldi-yu, yog’ini kelmadi. 25 / 40 Do’stlikni e’zozlashning zarur sharti do’stlar bilan uchrashib turishdir. Ushbu gapda ismning munosabat shaklini hosil qiluvchi qo’shimchalar soni nechta? A) 4ta B) 3ta C) 5ta D) 6ta 26 / 40 Qaysi gapda tovush o’zgarishi bilan yozilgan ot+ot tipidagi qo’shma sifat qatnashgan? A) Achchiqtosh xalq tabobatida keng qo’llanib kelingan. B) U o’zining shirinso’zligi bilan boshqalardan ajralib turardi. C) Bolalar ichida eng sheryuragi Odiljon edi. D) Achchiq ko’z yoshlarin ichiga yutdi, Ilojsiz hayotning qo’lidan tutdi. 27 / 40 Quyida berilganlardan so’z tarkibi ot+so’z yasovchi qo’shimcha+ lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha + sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha tartibida joylashmagan so’zlar ko’rsatilgan javobni aniqlang. 1) she’rxonlarning; 2) bilimdonliging; 3) qayg’urishdi; 4) bostirmada: 5) tushirtirmoq: 6) ranjitdi A) 1,2,4 B) 2,4,5 C) 3,5,6 D) 1,3,5 28 / 40 Olimlarni fikriga qaraganda, qulupnay buyrakdagi toshlarni yemirish xususiyatiga ega, shu bilan birga, u buyrakda tosh hosil bo’lishining yo’l qo’ymaydigan tabiiy omillardan biri hisoblanadi.Ushbu gapdagi uslubiy jihatdan noto’g’ri qo’llangan qo’shimchalar sonini aniqlang. A) 1ta B) 4ta C) 2ta D) 3ta 29 / 40 Qaysi gapda paronim bilan bog’liq xatolik mavjud? A) Mevasini ko’tarolmagan shoh qarsillab sindi. B) Xalqimiz uchun o’sha davrlarda bunday tushunchalar butunlay yot edi. C) Bu kasallikning davosini toppish uchun olimlar astoydil izlanishmoqda. D) Yo’l yoqasidagi azim yong’oqlar, sizlar ham yaxshi qoling. 30 / 40 “Shayx Sa’diy” voqeasining hissasini toping. A) Erta kun arpaga zor bo’lmay desang, Bukun ek, shoyadki, bug’doy non yesang. B) Arablarda bir so’z bordir, yaxshi boq, Odobsiz boladan yo’g’i yaxshiroq. C) Ustiga kitob ortilgan eshak, Na olim va na donodir beshak. D) O’z qabohatini ko’rgan kishining o’zgalarning qabohatlarini ko’rmakka vaqti bo’lmas. 31 / 40 Qaysi gapda ko’makchini unga ma’nodosh bo’lgan kelishik qo’shimchasi bilan almashtirish mumkin? A) U do’stining gaplarini diqqat bilan eshitdi. B) Xatni olib, ko’k qalam bilan ostiga chizgan satrlarni o’qidi. C) Men ham sizlar bilan shahar aylanishga boraman. D) U mumtoz qo’shiqlarni zavq bilan kuylardi. 32 / 40 Qaysi gapda ajratib ko’rsatilgan so’z birikmasida tobe qismi kelishik qo’shimchasi bilan shakllanmagan? Havo birdan sovidi-yu, sharros yomg’ir yog’a boshladi. U kishi yolg’onni haqiqatdan farqlay olar edi. Nosirjon qayoqqa yurishini bilmay qolgan edi, kimdir uni chaqira boshladi. Men ham shunga ko’ngan edim, Menga shu ham yetardi. A) 4 B) 3 C) 2 D) 1 33 / 40 Qaysi gapdagi so’zlar imlosida ro’y bergan tovush o’zgarishlari faqat turlovchi qo’shimchalar ta’sirida yuzaga kelgan? A) Shundan ehtiyot bo’lingki, odamning ko’ngli guldan ham nozik bo’ladi, shuning uchun odamlar ko’ngli bilan hazillashmang. B) Ikkala qiz ham og’zini ochmay jim o’tirishar, bunisi ham, unisi ham miq etmasdi. C) Oltovlon ola bo’lsa, og’zidagin oldirar, To’rtovlon tugal bo’lsa, ko’kdagini undirar. D) Qalb qiynog’i og’ir bo’ladi, ko’nglingizni ezib qo’yadi, shuning uchun pushaymon bo’ladiganb ishlarga yo’l qo’ymang. 34 / 40 Millatning dahosi, aqli va ruhiyati maqollaridan bilinadi. Ushbu gapda tarkibi faqat til undoshlari va unlilardan iborat bo’lgan nechta so’z qatnashgan? A) 2 B) 4 C) 1 D) 3 35 / 40 Qaysi javobda “Ravshan” dostoni voqealari bayoni to’g’ri berilgan? A) Ravshanxonning zindonda yotganini eshitgan Go’ro’g’li G’irko’k otini minib, yo’lga chiqadi va uch oylik yo’lni yigirma kunda bosib o’tib, nevarasini dor ostidan qutqarib oladi. B) Aynoq, Jaynoq, Ersak, Tersak polvonlar Ravshanxon Shirvon elda o’g’il tutingan kampirning o’z farzandlari bo’lib, Qoraxon podsho ulardan juda qo’rqar edi. C) Go’ro’g’li Gulanorni Ravshanbekka so’rab kelganida Avazxon bundan juda xursand bo’ladi, ammo Ravshanbek Avazxon va uning qizini o’ziga teng ko’rmaydi. D) Zulxumor Ravshanxonning ahvoli haqida ota-onasiga xat bitadi, uni mayna qushning bo’yniga mahkam bog’lab, qushni uchirib yuboradi va mayna qush ham kelib Xon Dallining qo’liga qo’nadi. 36 / 40 Qaysi gapda imloviy xatolik mavjud emas? A) Podsho vazir-u a’yonlar davrasida otdan tushib, tog’ bag’riga qarab yuribdi. B) Uning qattiq qo’rqqanini ko’rib, gapirolmay, shoshkancha ko’chaga otildi. C) Yurtimizda 9 may xotira va qadrlash kuni sifatida keng nishonlanadi. D) “Maqtanayapti”, - demang, cho’l havosi yaxshi! 37 / 40 Qaysi javobda yetakchi qismi yasama fe’l bo’lgan ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasi ravishdosh shaklida qo’llangan? A) Onasining ovutishlaridan keyin biroz tinchib qolgan bola qandaydir o’yinchoqni o’ynash bilan ovora edi. B) Birovlarning oldida seni masxaralab tashlaydigan do’stlaringdan voz kech, bunday odamlardan hech qachon haqiqiy do’stlar chiqmaydi. C) Biz sizning oldingizda kecha bo’lgan voqeaning asl mohiyatini anglab olgani keldik. D) Ular bizni o’sha yerga borishimizni taqiqlab qo’yishgani uchun boshqa joyda o’ynashga qaror qildik. 38 / 40 Qaysi gaplar juftligida berilgan -siz shaxs-son qo’shimchasi har ikki o’rinda ko’plik ma’nosini ifodalab kelgan? A) Hozir mana bu rasmni chizasiz, o’g’lim, keyin ikkovlashib kamchiligini to’ldiramiz. “Siz ham menga juda yoqasiz”, - dedi ustozga. B) Kech bo’lib qoldi, qani, turinglar, yigitlar, endi ketasiz. Akramjon, siz hammasini yig’asiz, keyin birga jo’naymiz. C) Nimaga bitta o’zingiz turibsiz, qolgan yigitlar qani? Oyijon, bugun siz ham borasizmi, iltimos, bora qoling. D) Nimaga qarab turibsiz, hammangiz o’z ishingizni davom ettiring. Shunaqa ham uxlaysizmi, turinglar, tush bo’lib ketdi- yu. 39 / 40 Quyida berilganlardan tarkibidagi barcha undoshlari jarangsiz til undoshlariga mansub bo’lgan sifatlarni aniqlang. 1) yig’ma; 2) tushuncha; 3) qishki: 4) qaqshatqich: 5) tortinchoq: 6) ostki A) 1,3,4 B) 3,4,6 C) 3,5,6 D) 2,4,5 40 / 40 Qaysi asarda mahallalarga chayon solig’ini solgani, odamlarni chayon zahri bilan o’ldirgani aytilgan? A) “Zulmat ichra nur” B) “O’tkan kunlar” C) “Yulduzli tunlar” D) “Ulug’bek xazinasi” O'rtacha ball 0% 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 19 Ona tili va adaviyot fanidan attestatsiya savollari №14
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 7 Ona tili va adabiyot attestatsiya №13
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 1 On tili va adabiyot attestatsiya №12
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 1 On tili va adabiyot attestatsiya №11