Ona tili va adabiyot attestatsiya №3

0%
0

Ona tili va adabiyot fanidan attestatsiya savollari №3

1 / 40

Navoiyning ”Haq taolo xoni in`omi-yu karami omi ” qit`asidagi ishonch, e`tiqod, ixlos, tushuncha, fikr, bilim ma`nolarini qaysi so`z ifodalaydi?

2 / 40

Yangidan o’zida kuch-g’ayrat tuyardi, kelajagiga, o’z maqsadlariga erishishga umid uyg’onardi. Berilgan gap tarkibida fonetik o’zgarish asosida yozilgan so’zlar haqida to’g’ri fikrni toping.

1)Ushbu gap tarkibida fonetik o’zgarish hodisasi sodir bo’lmagan.

2)Fonetik o’zgarishga uchragan so’zlarda tovush tushgan va almashgan.

3)Fonetik o’zgarishga uchragan so’zlar soni 3 ta.

4)Fonetik o’zgarishga uchragan barcha so’zlarda tovush tushgan.

3 / 40

Jabr-u jafolardan o’tgan, endigina sening qo’lingdan tutgan, seni yo’qotib qo’ymaslik maqsadida bor vujudi bilan sen uchun yashayotganlarning orzusisan, mustaqillik! Ushbu gapda qo’llangan yasama so’zlar soni nechta?

4 / 40

Qaysi gapda paronimlarni qo’llash bilan bog’liq uslubiy xato mavjud?

5 / 40

Berilganlardan qo’shma sifatlarni aniqlang.

1) sovuqmijoz; 2) hozirjavob; 3) achchiqtosh; 4) mehnatkash; 5) issiqxona;

6 / 40

T.Murodning “Yoshlik” jurnalida chop etilgan asari?

7 / 40

Imlo qoidasiga nomuvofiq yozilgan so‘z qatnashgan gapni aniqlang.

8 / 40

Quyida berilgan gaplarning qaysilarida paronim xatolik jarangsiz undosh o`rniga jarangli undosh qo`llash orqali yuzaga kelgan.
1.Odam tushgan chog`ni uning o‘zi qazigan bo‘ladi. (Nepal xalq maqoli)
2.Ushshoq ham non. (Norveg xalq maqoli)
3.Nokasdan qars olsang, uxlashga qo‘ymaydi. (Ukrain xalq maqoli)
4.Do‘stsiz boshim – tussiz oshim. (O‘zbek xalq maqoli)
5.Mard jonini fido qilsa, qochoq issiz yo‘qolar. (Chuvash xalq maqoli)
6.Bug‘uni uradigan odam uning shohlaridan qochib qutula olmaydi. (Dolgan xalq maqoli)
7.Og‘zini bod ochadigan kishi ko‘p yo‘qotadi. (Shved xalq maqoli)
8.Kichkina teshikdan kirgan nur ham xonani yoriq qiladi. (Yapon xalq maqoli).

9 / 40

Qaysi javobda quyidagi gap matn mazmuniga mos ravishda to’g’ri davom ettirilgan? Shoh Iskandar …

10 / 40

Qaysi asarda Turkistonda Qul Xoja Ahmad Yassaviy maqbarasining shundoq biqinida O’rta Osiyoni zabt etgan general Chernyayev qurdirgan besh-oltita g’ishtin binolarning borligi, Chernyayev bu binolarni chor askarlari uchun qurdirganligi, ammo Sovet hokimiyati ularni qamoqxonaga aylantirib atrofini tikanli sim bilan o’raganligi tasvirlangan?

11 / 40

Quyidagi gapda ochiq bo`g`inlarning nechtasi keng unli bilan tugagan? Ilmdan bir shu’la dilga tushgan on, Aniq bilursankim, ilm bepoyon.

12 / 40

Bog’lovchisiz qo’shma gaplarni tashkil etgan sodda gaplar orasida tire qanday mazmun ifodalash uchun qo’yilmaydi?

13 / 40

"Bu ko'ylak sal qizilroq ekan." Ushbu gapda sifatning qaysi darajasi qatnashgan? Qaysi yo'l bilan hosil qilingan?

14 / 40

Qaysi qatorda berilgan so‘zlarning ma’nolarini farqlovchi undoshlar jarangli yoki jarangsizligiga ko‘ra ham, til qismlarining harakatiga ko‘ra ham o‘zaro farqlanadi?

15 / 40

Gumon olmoshlarini hosil qiluvchi so’zlar qatorini toping.

16 / 40

Shu sevinch ikkovlariga ham kuch-g‘ayrat, ham dadillik baxsh etardi. Mazkur gapda qatnashgan mavhum otlar haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas?

17 / 40

Qaysi qatorda so’zlar alifbo tartibida berilgan?

18 / 40

–choq, -cha, -jon, -xon, -loq qo’shimchalari qanday qo’shimchalar sanaladi?

19 / 40

Avaylaylik so'zi qaysi qatorda ma'noli qism(morfema)larga to'g'ri ajratilgan?

20 / 40

Ham qaratqich aniqlovchini, ham sifatlovchi aniqlovchini tobelantirgan ega ishtirok etgan javobni aniqlang.

21 / 40

Tilimizga boshqa tildan kirib kelgan so`zlarning butunlay singib ketishi yoki singib kelmasligiga ko`ra javoblarni moslashtiring.

22 / 40

Quyidagi hajviy yo`nalishda yozilgan asarlardan qaysi biri janri bo`yicha boshqalardan farq qiladi?

23 / 40

Har kimki atog`a ko`p rioyat qilg`ay,
O`g`lidin anga bu ish siroyat qilg`ay.   Ushbu she`riy parchada ostiga chizilgan so`z qanday ma`no ifodalab kelyapti?

24 / 40

Qaysi javobdagi qo`shma so`z arabcha + forscha so`zlaridan olingan?

25 / 40

Mirkarim Osimning “Zulmat ichra nur” qissasida qaysi obrazni bir dehqon mo`g`ul-tatarlardan bir qop somon evaziga jonini qutqarib qoladi?

26 / 40

Quyidagi qaysi javobda “ayirmoq” so`zi “xillab alohidalamoq” ma`nosida kelyapti?

27 / 40

Paxtafurush cholning holiga ko`p achindi va yerini haydab olgani bitta emas, ikkita xo`kiz berdi, lekin “kichkinagina” sharti bor. Ushbu gapdagi ko`chim turini aniqlang.

28 / 40

Imloviy xatoliklar bo`yicha javoblarni moslashtiring.

29 / 40

Quyidagi qaysi gapda qattiq so`zining ko`chma ma`nosi bilan antonimlik hosil qiladigan so`z qatnashgan?

30 / 40

“O`z qabohatini ko`rgan kishining o`zgalarning qabohatlarini ko`rmakka vaqti bo`lmas” kabi qissadan hissa Abdulla Avloniyning “Ikkinchi muallim” kitobidagi qaysi qismdan olingan?

31 / 40

Quyidagi qaysi javobda –lar qo`shimchasi olib tashlansa, jumla mazmunidagi obrazli tasvir yo`qolib, badiiylik sayozlashadi?

32 / 40

Menga qulluq qilma, Yurt tuprog‘in o‘p, Unga qullar emas, fidolar kerak. Uning senu mendek shoirlari ko‘p, Buyuk elga endi daholar kerak. Qaysi javobda ushbu misralar muallifining hayoti va ijodi haqida ma`lumot berilgan?

33 / 40

Javoblarni moslashtiring.

34 / 40

O`tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasi haqida berilgan ma`lumotlardan noto`g`risini toping

35 / 40

Muqimiy “Sayohatnoma”sidagi qaysi misralar orqali zamondoshlarini achchiq haqiqatdan ogoh etadi?

36 / 40

Ravon so`zlash ko`nikmasini egallamaslik, fikrning quyilib kelmasligi natijasida nutq oqimida yuzaga keladigan uzilishni, qanday bo`lmasin “yopish”, keying gapni o`ylab toppish uchun e-e-e, xo`o`sh, shu, aytaylik ,gap shundaki birliklarini nutqda ko`p qo`llash…?

37 / 40

Tog`ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romani qahramonlari haqidagi ma`lumotlarni moslashtiring.

38 / 40

Quyidagi qaysi asarda yoshligida adashib shakar deb tuz yeb qo`ygan, lekin katta bo`lganida tuz yeb, shakar yegandek jilmayib turishgan majbur bo`lgan obraz uchraydi?

39 / 40

Quyidagi ijodkorlarning o`zbek adabiyotidagi yangiliklari bo`yicha javoblarni moslashtiring.

40 / 40

“Podshohlarga yaqin yurmoq ajdarga yaqin yurmoqdan xavfli ekanini bilardik… Siz, hali hech narsani ko`rmagan g`o`r go`daklar, chalg`ib ajdar komiga lahm etdek ketdingiz! Polapon vaqtingizdayoq yorug` dunyodan ketdingiz! Ana shunga kuyaman!” Ushbu parcha qaysi asardan olingan?

O'rtacha ball 0%

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

Sizning fikrlaringizni eshitishdan xursand bo'lamiz

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0