Ona tili va adabiyot attestatsiya №2

0%
2

Ona tili va adabiyot fanidan attestatsiya savollari №2

1 / 40

Qaysi javobda imloviy xato yozilgan so’zlar soni ikkita?

2 / 40

Umri… mazmuni… millat… dardi… darmon bo’lish… iborat deb bilgan Amir Temur xalqimiz… ardoqli, ulug’ farzandidir. Ushbu gapda nechta so’zdagi nuqtalar o’rniga qaratqich kelishigi qo’shimchasini qo’llash lozim?

3 / 40

T.Murodning “Yoshlik” jurnalida chop etilgan asari?

4 / 40

Quyida berilgan gap turini aniqlang. Bunday saltanat yalong’och odamga o’xsharki, uni ko’rgan kimsa nazarini olib qochadi.

5 / 40

“Suv qalqisa loyqasi yuqoriga chiqqanday, zamon qalqigandan buyon yomon ko’paydi”. Ushbu misralar qaysi asardan olinganligini aniqlang.

6 / 40

Qaysi qatordagi fe`llarda nisbat qo`shimchasi mavjud emas?

7 / 40

Berilgan qo`shimchalardan nechtasi ham so`z yasovchi, ham lug`aviy shakl yasovchi, ham sintaktik shakl yasovchi qo`shimcha vazifasini bajara oladi?

-ar, - y, -ish, -ib, - gan, - lab, - a, - ka.

8 / 40

Odil Yoqubov qalamiga mansub “Olma gullaganda” asarining janrini aniqlang.

9 / 40

Qaysi qatordagi gapda 2 ta tovush tushishi va 1 ta tovush ortishi kuzatiladi?

10 / 40

Quyidagilardan xamsanavislar haqida berilgan to’g’ri ma’lumotlarni aniqlang.
1)“Xamsa” yozishni ozarbayjonlikulug’ shoir Nizomiy Ganjaviy boshlab bergan;
2)Dehlaviy yana 2 doston qo’shib, o’z “Xamsa”sini yetti dostonga yetkazadi;
3)Jomiy “Xamsa”sini “Panj ganj” deb atagan;
4)Navoiy qisqa muddatda (1483-1485-yillard 51 ming misradan ortiq “Xamsa”sini yozib tugallagan.

11 / 40

Qaysi gapda 2 o‘rinda imloviy xatolikka yo‘l qo‘yilgan?

12 / 40

Quyida berilgan gapda nechta yasama so'z bor? Oybek domla nihoyatda tiyraklik bilan, ko'pchilik nomdor insonlarda juda kam uchraydigan samimiyat va bolalarcha beg'uborlik bilan opaning gaplarini tasdiqladi.

13 / 40

Ergash gap qismida qo‘shimcha qo‘shilishi ta’sirida tovush tushishi yuz bergan va shunday yozilgan so‘z qatnashgan to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gapni toping.

14 / 40

Qaysi qatordagi so'zlarda tutuq belgisi unlini undoshdan ajratib talaffuz etilishini ifodalaydi?

15 / 40

Qaysi javobda // belgisi o'rnida tireni qo'yib bo'lmaydi?

16 / 40

Qaysi qatorda asosidan -iy, -an, -ot qo‘shimchalari orqali yangi so‘z yasash mumkin bo‘lgan so‘z qo‘llangan?

17 / 40

Quyidagi gapda ochiq bo`g`inlarning nechtasi keng unli bilan tugagan? Ilmdan bir shu’la dilga tushgan on, Aniq bilursankim, ilm bepoyon.

18 / 40

Kesimi faqat til undoshlaridan tashkil topgan yasama so‘z bilan ifodalangan gapni aniqlang.

19 / 40

"Bu ko'ylak sal qizilroq ekan." Ushbu gapda sifatning qaysi darajasi qatnashgan? Qaysi yo'l bilan hosil qilingan?

20 / 40

Qaysi gapda to‘ldiruvchi vazifasidagi so‘zda paronim bilan bog‘liq xatolik bor?

21 / 40

Qaysi qatorda so’zlar alifbo tartibida berilgan?

22 / 40

Baland bolaxonali uy. Ushbu jumlada qanday holatda uyning balandligi anglashiladi?

23 / 40

Gumon olmoshlarini hosil qiluvchi so’zlar qatorini toping.

24 / 40

Quyidagi gapda nechta yasama so'z mavjud? O‘zni dono bilgan u uch-to‘rt nodon Eshak tabiatin qilur namoyon. Bular suhbatida sen ham eshak bo‘l, Bo‘lmasa "kofir" deb qilishar e’lon

25 / 40

–choq, -cha, -jon, -xon, -loq qo’shimchalari qanday qo’shimchalar sanaladi?

26 / 40

"Bu dunyoga kelib nima karomat ko'rsatdik? Ko'prik qurdikmi, machit soldikmi?" Ushbu gapda nechta boshqaruvli so'z birikmasi mavjud?

27 / 40

Qaysi birliklar so‘z birikmasi deb ham, frazeologik ibora deb ham qaralishi mumkin? 1) ustidan chiqmoq; 2) kalishini to‘g‘rilamoq; 3) ko‘ngliga o‘tirmoq; 4) dumini bosmoq.

28 / 40

Qaysi qatorda berilgan so‘zlarning ma’nolarini farqlovchi undoshlar jarangli yoki jarangsizligiga ko‘ra ham, til qismlarining harakatiga ko‘ra ham o‘zaro farqlanadi?

29 / 40

Avaylaylik so'zi qaysi qatorda ma'noli qism(morfema)larga to'g'ri ajratilgan?

30 / 40

Qaysi gapdagi modal so‘z fikrga ishonch munosabatini bildiradi?

31 / 40

Bog’lovchisiz qo’shma gaplarni tashkil etgan sodda gaplar orasida tire qanday mazmun ifodalash uchun qo’yilmaydi?

32 / 40

“Odina qanday o‘qiyapti?” – deb so‘radi onasi. Berilgan gapni o‘zlashtirma gapga aylantirganda onasi so‘zi qanday o‘zgarishga uchraydi?

33 / 40

Qaysi gapda ikki o‘rinda vazifadosh bog‘lovchi ishtirok etgan?

34 / 40

"O'quvchilar sanoq sistemasini o'rganishardi, gohida sanog'idan adashgan bolalar jahl bila ruchkani partaga urardilar." Ushbu gapda nechta fonetik o'zgarish mavjud?

35 / 40

Bazm uyushtirilibdi. Fe’l nisbatini aniqlang.

36 / 40

Qaysi qatorda olmosh gap o‘rnida kelgan?

37 / 40

Ham qaratqich aniqlovchini, ham sifatlovchi aniqlovchini tobelantirgan ega ishtirok etgan javobni aniqlang.

38 / 40

Olmoshlar asosida yasalgan sifatlar berilgan javobni aniqlang.

39 / 40

Vatanning baxti, porloq istiqloli, yorqin kelajagi uchun yashash, kerak bo'lganda jon fido etish shu zaminda yashayotgan har bir inson uchun ham farz, ham qarzdir. Parchada qanday fonetik o'zgarishlar ro'y bergan?

40 / 40

Qaysi qo‘shma gap tarkibidagi ikkala sodda gapda ham hol ishtirok etgan?

O'rtacha ball 68%

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

108 Izohlar
Hammasini ko'rsatish Eng Foydali Eng Yuqori Reyting Eng Past Reyting Sharhingizni qo'shing

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0