Uy » Attestatsiya testlar » Ona tili va adabiyot attestatsiya » Ona tili va adabiyot attestatsiya №1 Ona tili va adabiyot attestatsiya Ona tili va adabiyot attestatsiya №1 InfoMaster Mart 3, 2022 945 Ko'rishlar 6 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 7 0% 2 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 Ona tili va adabiyot fanidan attestatsiya savollari №1 1 / 40 “…… bu yog’ida to’qson besh, bu yog’ida to’qson besh o’n kam ikki yuz kokili bor, bir yog’ini tilla suviga botirgan, bir yog’ini kumush suviga botirgan, tong shamolida qotirgan. Jamoli chillaning qoriday tingjirab, yaltirab o’tirgan”. Ushbu parchada xalq dostonlaridagi qaysi qahramonning husn-u jamoli ta’riflangan? A) Gulanorning B) Barchinoyning C) Xolbekaning D) Zulxumorning 2 / 40 Qaysi gap tarkibida o’z paronimi bilan o’zaro bir xil turkumga mansub bo’la oladigan tub so’z qatnashgan? A) Jahling chiqqan taqdirda ham birovga qattiq gapirma. B) Uzoqdagi qarindoshdan yaqindagi begona afzal. C) Siz daraxtning shoxida yursangiz, u bargida yuradigan yigit. D) U otalik mehri jo’sh urib qizchasini bag’riga bosdi. 3 / 40 Matndagi tagiga chizib ko’rsatilgan so’zlardan birortasining ham ma’nosiga mos kelmaydigan izohni aniqlang. Aytishlaricha, Iskandar taxtga o’tirgach, jahonda u tasarruf qilmagan joy qolmabdi. Dunyoning barcha shohlari uning qullug’ini ado etishni o’zlariga sharaf deb biladilar. Yetti iqlim dur-u javohirlari uning xazinasi sari oqib keldi. Yurti obod, xalqi farovon bo’ldi. Dunyoning jami oqil-u donishmandlarini jam etdiki, barcha ilm-u ma’rifat sirlari u uchun ayon bo’ldi. Shunday jahongir shoh ajal oldida ojiz qolib vasiyat qiladi: “Meni ko’mish uchun qabristonga olib borayotganda tobutdan bir qo’limni tashqariga chiqarib qo’ying. Toki unga boqqan kishilar yetti iqlimni olgan, yetti falak mushkulini hal qilgan qudratli oxir-oqibat bu dunyoni tark etib, quruq qo’l bilan u dunyoga ketayotganini ko’rsinlar. So’nggi yo’lga ketar ekanman, istaymanki, menday jahongirning dunyodan quruq qo’l bilan ketayotgani mol-dunyo to’plashga ruju qo’ygan odamlar uchun ibrat bo’lsin! Iskandardek qudratli shohning mol-mulki o’ziga vafo qilmadi, ammo uning adli, ilm-u irfoni tillarda doston bo’lib qoldi, zero insonning umri davomida to’plagan mol-u dunyosi bebaqodir, undan faqat ezgu amallargina yodgor bo’lib qoladi A) Koinot, olam, falak, osmon B) Egalik qilmagan, ixtiyoriga olmagan, xo’jayinlik qilmagan C) Faxr, iftixor, faxrlanishga arziydigan D) Tez o’tib ketadigan, doimiy, abadiy turmaydigan, saqlanmaydigan 4 / 40 Eldor akaning uyi o`n yetti tomdan keyin joylashgan, zo`rg`a topib bordik-da. Ushbu gapda ajratib ko`rsatilgan so`zda qanday ma’no ko'chishi kuzatiladi? A) metafora B) vazifadoshlik C) metonimiya D) sinekdoxa 5 / 40 Qaysi qatorda Mirtemir ijodiga mansub tarjimalar berilgan? Pushkinning"Yevgeniy Onegin" she'riy romani; Lermontovning "Maskarad" asarini "Manas" qirg'iz xalq eposini; "Qirq qiz" qoraqalpoq xalq dostoni; "Sosunli Dovud" arman xalqeposi. A) 4, 5 B) l, 2 C) 3, 4 D) l, 2, 3 6 / 40 old, ko`ra, orqa, qarab,ro`para, deya, oldin, deb,avval, bo`ylab, keyin, so`ng, atab. Ushbu vazifadosh ko`makchilardan nechtasi fe`l so`z turkumidan hosil bo`lgan? A) 10 tasi B) 5 tasi C) 7 tasi D) 6 tasi 7 / 40 Quyidagi gapda mustaqil so`zlar miqdorini aniqlang? G`amgin qoyalar qilib qo`ygan gunohidan o`zi qo`rqib ketganday ingrab yubordi. A) 6 ta B) 7 ta C) 9 ta D) 8 ta 8 / 40 Ko`zlarim yo`l ustida, kelmadi yor, Ushbu keng dunyo ko`zimga bo`ldi tor. Qay qaroqchi oldi yorimning yo`lin, Mundagi baxtsiz yigit yo`l uzra zor... Ushbu to`rtlik qaysi asardan olingan? A) “Mehrobdan chayon” B) “Navoiy” C) “Kecha va kunduz” D) “O`tkan kunlar” 9 / 40 Quyidagilardan xamsanavislar haqida berilgan to’g’ri ma’lumotlarni aniqlang. 1)“Xamsa” yozishni ozarbayjonlikulug’ shoir Nizomiy Ganjaviy boshlab bergan; 2)Dehlaviy yana 2 doston qo’shib, o’z “Xamsa”sini yetti dostonga yetkazadi; 3)Jomiy “Xamsa”sini “Panj ganj” deb atagan; 4)Navoiy qisqa muddatda (1483-1485-yillard 51 ming misradan ortiq “Xamsa”sini yozib tugallagan. A) 2, 3 B) 2, 4 C) 1, 4 D) 1, 3 10 / 40 Quyida berilgan qaysi so`zlar imloviy jihatdan noto`g`ri yozilgan? 1) xasrat; 2) mudofaa; 3) muddoa; 4) tobeylanmoq; 5) tamir A) 1, 2, 3, 5 B) 1, 3, 4, 5 C) 1, 2, 3, 4 D) 2, 3, 4, 5 11 / 40 Qaysi gapda paronimlarni qo’llash bilan bog’liq uslubiy xato mavjud? A) Bu ta’rifda barcha aloqa xizmatlari bepul amalga oshiriladi. B) Bir tup tut tagida bir tup turp turtib turibdi. C) Bu gaplardan so’ng anchagacha otasining boshi xam bo’lib yurdi. D) Shifoxonada butunlay tuzalib bod balosidan qutuldim. 12 / 40 Berilganlardan qaysi birida grammatik moslik buzilgan? A) suv ichida cho`milmoq B) mevani ekmoq C) kuzdagi boychechak D) gulni barglari 13 / 40 Qaysi qatordagi fe`llarda nisbat qo`shimchasi mavjud emas? A) Baxt oila ostonasidan boshlanishini unutmang! B) Yomon qo`shni dushmandan yomon – turgan joyingdan ko`chirib yuborganini sezmay qolasan. C) Ko`ngli vayron bo`lgan qiz yelkalari titrab-titrab yig`lardi. D) Uning vujudida ham mehr, ham vahshiylik yashiringan edi. 14 / 40 Quyida berilgan gap turini aniqlang. Bunday saltanat yalong’och odamga o’xsharki, uni ko’rgan kimsa nazarini olib qochadi. A) shaxsi umumlashgan sodda yoyiq gap B) ergashgan qo’shma gap C) egasi yashiringan sodda yoyiq gap D) sodda yoyiq gap 15 / 40 Qaysi javobda keltirilgan gapda tarkibida faqat til oldi undoshlari bo’lgan qo’shma sifat mavjud? A) U juda shirinsuxan odam ekan. B) Orzu millatga hayotbaxsh ruh bag’ishlaydi. C) Milliy mafkuramizda milliylik umumbashariy g’oyalar bilan uyg’unlashib ketgan. D) Qo’shiqning diltortar navolari hammani o’ziga rom qildi. 16 / 40 Navoiyning ”Haq taolo xoni in`omi-yu karami omi ” qit`asidagi ishonch, e`tiqod, ixlos, tushuncha, fikr, bilim ma`nolarini qaysi so`z ifodalaydi? A) gumroh B) ro`za C) ro`ziy D) aqida 17 / 40 “Suv qalqisa loyqasi yuqoriga chiqqanday, zamon qalqigandan buyon yomon ko’paydi”. Ushbu misralar qaysi asardan olinganligini aniqlang. A) Muzqaymoq B) Bemor C) Shum bola D) Urushning so’nggi qurboni 18 / 40 Ilon kabi buralib daryo shu yerga kelganda, ikkiga ajralgan, uch chaqirimdan so`ng yana birlashardi. Berigan gapda qaysi turkumlar qatnashgan? A) ot, ko`makchi, ravish, ot, ravish, fe`l, son, fe`l, son ot, ravish, ravish, fe`l B) ot, ko`makchi, fe`l, ot, ravish, fe`l, son, fe`l, son, ot, ko`makchi, ravish, fe`l C) ot, ko`makchi, fe`l, ot, ravish, fe`l, son, fe`l, son, ko`makchi, ravish, fe`l D) ot, ko`makchi, fe`l, ot, olmosh, ot, fe`l, son, fe`l, son ot, ravish, ravish, fe`l 19 / 40 Fuzuliyning “Dahr bir bozordir – har kas mato’in arz edar” baytini aytgan oddiy qorovul tohir aka obrazi qaysi asarda uchraydi? A) “Mehrobdan chayon” B) “Kecha va kunduz” C) “Yulduzli tunlar” D) “O’tkan kunlar” 20 / 40 Berilganlardan qo’shma sifatlarni aniqlang. 1) sovuqmijoz; 2) hozirjavob; 3) achchiqtosh; 4) mehnatkash; 5) issiqxona; A) 1, 2, 4 B) 1, 3, 5 C) 1, 2 D) 1, 3 21 / 40 Asarlarni janri bilan moslashtiring? 1)“Ikki muhabbat”; 2) “Ilk muhabbat”; 3) “Chin muhabbat”; a)hikoyalar to`plami; b)pyesa; c)she`riy to`plam A) 1-a, 2-c, 3-b B) 1-b, 2-a, 3-c C) 1-a, 2-b, 3-c D) 1-b, 2-c, 3-a 22 / 40 Kesimi faqat til undoshlaridan tashkil topgan yasama so’z bilan ifodalangan gapni aniqlang. A) Do’stlikka yaramaydigan shaxsning eng yaramasi – chaqimchi. B) Oshkora yomonlikka nisbatan yasama ezgulikdan inson ko’proq nafratlanadi. C) Tarixni anglash orqali insonda hayotini anglash qobiliyati shakllanadi. D) Hasad va baxillik nafratdan ham murosasizroqdir. 23 / 40 Ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini ko‘paytirish, kengaytirish ma`nosinida qo`llanadigan so`z qaysi qatorda berilgan? A) brifing B) diversifikatsiya C) modernizatsiya D) strategiya 24 / 40 Zavqiyning “Hajvi ahli rasta” asarida oshqaboq xamakka o’xshatilgan qahramon. A) Shokir qora B) Mo’minshoh C) Shohaziz D) Nazirbek 25 / 40 Qaysi qatorda otlashgan so’zning asosi omonimlik xususiyatiga ega emas? A) Yerni chopgan bilar, terni mehnat qilgan. B) Qush uyasida ko’rganini qiladi. C) Ko’p bilgan kam gapirar D) O’ylamay qilganing boshingga keltirar tashvish. 26 / 40 Quyidagi ajratib ko’rsatilgan band so’zi haqida berilgan to’g’ri hukmni toping. 1)Usta pichoqqa band yasash bilan ovora ekan, bezovta qilmadik. 2)Suv kelmasdan band tashlama. 3)Shifokor hozir band birozdan keyin xabar oling. A) 1- va 3-gaplardagi band so’zi o’zaro ko’p ma’noli so’zlar sanaladi va ushbu so’z 2-gapdagi band so’ziga nisbatan shakldoshlik qila oladi. B) Ushbu gaplarda qatnashgan band so’zlarining barchasi o’zaro shakldosh so’zlar sanaladi. C) Har uchala gapdagi band so’zi bir so’zning turli ma’nolarda qo’llanishidir. D) 2-va 3-gapdagi band so’zlari o’zaro ko’p ma’noli so’zlar sanaladi va ushbu so’zlar 1- gapdagi band so’ziga nisbatan shakldoshlik hosil qila oladi. 27 / 40 Qaysi asarda Turkistonda Qul Xoja Ahmad Yassaviy maqbarasining shundoq biqinida O’rta Osiyoni zabt etgan general Chernyayev qurdirgan besh-oltita g’ishtin binolarning borligi, Chernyayev bu binolarni chor askarlari uchun qurdirganligi, ammo Sovet hokimiyati ularni qamoqxonaga aylantirib atrofini tikanli sim bilan o’raganligi tasvirlangan? A) “O’tkan kunlar” romanida B) “Yulduzlar mangu yonadi” qissasida C) “Muzqaymoq” hikoyasida D) “Mehrobdan chayon” romanida 28 / 40 Qaysi javobda olmosh ega vazifasini bajarmagan? A) Boyning tashqarisida Yo'lchidan boshqa hech kim yo‘q. B) Mayli-da kimgadir yoqsa, yoqmasa, ularga qo`shilib yig`lasharmidik. C) Seni odobli bo'lganing uchun hamma hurmat qiladi. D) Bu – siz uchun katta sinov. 29 / 40 Arman xalq eposi “Sosunli Dovud” dostonini tarjima qilgan ijodkorning asari qaysi qatorda berilgan? A) “Astrabod ” B) “So`nggi kun” C) “Izlaganim” D) “Singan umid” 30 / 40 Qaysi so’zlarning yozilishida bosh harflar imlosiga amal qilingan? A) Sog’liqni Saqlash Vazirligi, Markaziy Osiyo B) 21-mart – Navro’z Bayrami, Azamat Shuhrat O’g’li C) O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis D) Marjonbuloq qishlog’i, Birlashgan millatlar tashkiloti 31 / 40 Qaysi ijodkor o’z she’rida Vatanning tinchligini asrash xuddi “mo’rt shisha”ni asrashdek qiyin ekanligini eslatib o’tadi? A) Zulfiya B) E. Vohidov C) A. Avloniy D) A. Obidjon 32 / 40 Qaysi javobda imloviy xato yozilgan so’zlar soni ikkita? A) Zebi yuragida tugulib yotgan zo’r tugunni yechib yuborgan edi. B) Yaxshilik qilsang, ohirigacha yaxshilik qilgin, zinxor minnat qilma. C) Qor urib turgan bir kun edi. Birdan ko’chada dod-faryod ko’tarilib qoldi. D) O’rtadagi xontaxtada sovub qolgan kabob va meva-cheva bor edi. 33 / 40 Umri… mazmuni… millat… dardi… darmon bo’lish… iborat deb bilgan Amir Temur xalqimiz… ardoqli, ulug’ farzandidir. Ushbu gapda nechta so’zdagi nuqtalar o’rniga qaratqich kelishigi qo’shimchasini qo’llash lozim? A) 2 ta B) 5 ta C) 3 ta D) 4 ta 34 / 40 Berilgan matndagi fonetik o’zgarishga uchragan so’zlar haqidagi noto’g’ri hukmni toping. A) Berilgan matnda olmosh tarkibida Tovush tushishi hodisasi ro’y bergan B) Beriligan matndagi so’zlarda ko’makchi morfemada ham tovush o’zgarishi kuzatiladi C) Fonetik o’zgarishga uchragan ot tarkibida jarangli undosh jarangsiz undoshga almashgan D) Berilgan matndagi olmosh tarkibida tovush ortishi hodisasi ro’y bergan 35 / 40 Quyidagi qaysi gapda vazifadoshlik asosida ma’nosi ko’chgan so’z ega vazifasida kelgan? A) Qozonning qulog’i qiyshayib qolgan ekan. B) Stol oyog’i pishiq yog’ochdan qilingan. C) Bosh omon bo’lsa, do’ppi topiladi. D) Rentgen apparati natijalarini kutyapmiz. 36 / 40 O’n oy davom etgan tergov azoblaridan so’ng adib “sovetlartga qarshi targ’ibot qilgan”likda ayblanib, 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan ijodkorning ijodi bilan bog’liq to’g’ri ma’lumotni aniqlang? A) Ijodkorning ijodidagi bosh mavzu nima deb so’ralsa, yurtga, tabiatga oshiqlik, bolalik xotiralariga sadoqat, o’z xalqidan faxrlanish, uni chin dildan sevish va ardoqlash, deb aytish mumkin. B) Ushbu ijodkorning asarlarida ona yurti – O’zbekiston tabiati, uning zahmatkash xalqi mehnatini sharaflab yozgan she’rlari o’zining samimiyligi, ohangdorligi, o’quvchining eng nozik tuyg’ularini qo’zg’ata olishi bilan zamonlar sinovidan o’tib kelmoqda. C) Ijodkorning asarlaridan birida ulug’ mutafakkir Alisher Navoiyning ziddiyatlarga to’la hayoti tasvirlangan. D) Ushbu ijodkor qalamiga mansub asar o’tgan asrning 60- yillarida, Navoiy tavalludining 525 yilligi arafasida yaratilgan edi. 37 / 40 Quyida berilgan gaplarning qaysilarida paronim xatolik jarangsiz undosh o`rniga jarangli undosh qo`llash orqali yuzaga kelgan. 1.Odam tushgan chog`ni uning o‘zi qazigan bo‘ladi. (Nepal xalq maqoli) 2.Ushshoq ham non. (Norveg xalq maqoli) 3.Nokasdan qars olsang, uxlashga qo‘ymaydi. (Ukrain xalq maqoli) 4.Do‘stsiz boshim – tussiz oshim. (O‘zbek xalq maqoli) 5.Mard jonini fido qilsa, qochoq issiz yo‘qolar. (Chuvash xalq maqoli) 6.Bug‘uni uradigan odam uning shohlaridan qochib qutula olmaydi. (Dolgan xalq maqoli) 7.Og‘zini bod ochadigan kishi ko‘p yo‘qotadi. (Shved xalq maqoli) 8.Kichkina teshikdan kirgan nur ham xonani yoriq qiladi. (Yapon xalq maqoli). A) 2, 6, 8 B) 1, 7 C) 3, 4, 5, 8 D) 1, 3, 4, 5, 7, 8 38 / 40 Sonor undoshlar haqida berilgan qaysi fikr to’g’ri emas? A) Sonor undoshlar jarangsiz juftiga ega emas. B) Sonorlar jarangli va jarangsiz undoshlar sanaladi. C) Sonorlarga mansub undoshlardan bittasi lab undoshi sanaladi. D) Sonorlarga mansub undoshlardan ikkitasi sirg’aluvchi undoshlar sanaladi. 39 / 40 Boshni fido ayla ato qoshig`a Jismni qil sadqa ano boshig`a. Ushbu misralar Navoiyning qaysi dostonidan olingan? A) “Farhod va Shirin” B) “Layli va Majnun” C) “Hayrat-ul abror” D) “Saddi Iskandariy” 40 / 40 Imlo qoidasiga nomuvofiq yozilgan so‘z qatnashgan gapni aniqlang. A) Kishining iste’dodi barcha sohada bir xil bo'lavermaydi, chunki yoshlar o‘zi sevgan, qobiliyatiga mos bo'lgan ishni tanlay bilishi kerak. B) Hamon shamol o‘kirar, osmonning goh u, goh bu burchida chaqmoq yaraqlab, yong‘oq shoxlari shubhali g‘iyqillar, ammo endi bular uni qo‘rqitolmas edi. C) Biroq vaqt ketsa ham, otaning maslahati bilan ish tutganlari yaxshi bo‘ldi, chunki yomontosh darasi ular kutganday mudhish edi! D) Lekin kun isishini kutish haqida gap bo‘lishi ham mumkin emas, chunki havoga ishonish qiyin, eng muhimi, qor ustiga qor yog'ib, dashtda qolib ketishlari ehtimoldan xoli emas. O'rtacha ball 60% 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 19 Ona tili va adaviyot fanidan attestatsiya savollari №14
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 7 Ona tili va adabiyot attestatsiya №13
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 1 On tili va adabiyot attestatsiya №12
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 1 On tili va adabiyot attestatsiya №11