Uy » Online olimpiada » Biologiya olimpiada » 10-sinf Biologiya olimpiada №1 Biologiya olimpiadaTuman 2021-2022 o'quv yili 10-sinf Biologiya olimpiada №1 InfoMaster Avgust 19, 2024 585 Ko'rishlar 10 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 10-sinf Biologiya olimpiada №1 2021-yil tuman bosqichida tushgan savollar. 1 / 25 1. Sholg‘om o‘simligi hayotining ikkinchi yilida qaysi vegetativ organlarni hosil qiladi? A) poya, barg B) gul, meva, urug‘ C) ildiz, barg, gul D) to‘pbarg, ildizpoya 2 / 25 2. Korall poliplar nimalardan kelib chiqqan? A) gidrasimonlardan B) bir xujayrali xivchinlilardan C) meduzalardan D) yassi chuvalchanglardan 3 / 25 3. Lansetnik embrionidagi blastomerlar 64 taga yetishi uchun hujayralar necha marta meridianal va ekvatorial bo‘linishi kerak? A) 5 va 3 B) 4 va 3 C) 4 va 2 D) 2 va 1 4 / 25 4. Qon aylanish sistemasi ochiq, chuchuk suvda hayot kechiruvchi organizmlarni aniqlang. 1) baqachanoq; 2) tridakna; 3) gulmoy; 4) keta; 5) langust; 6) siklop; 7) dafniya. A) 1, 3, 6, 7 B) 2, 5 C) 1, 2, 5, 6, 7 D) 1, 6, 7 5 / 25 5. Qaysi o‘simliklarning bargi oddiy yonbargchasiz (a) va murakkab yonbargchali (b) bo‘ladi? 1) ismaloq; 2) yantoq; 3) keyreuk; 4) tok; 5) partenotsissus; 6) kanop; 7) no‘xat; 8) yeryong‘oq A) a – 1, 2, 3; b – 7, 8 B) a – 2, 3, 4; b – 5, 7, 8 C) a – 1, 3; b – 5, 7, 8 D) a – 4, 6; b – 5, 8 6 / 25 6. Bug‘doy donining rangi 2 ta noallel gen (A1 va A2) ta’sirida rivojlanadi. Qizil va oq rangli bug‘doylar o‘zaro chatishtirilsa, F2 da hosil bo‘lgan och qizil (a) va och pushti bug‘doylar (b) necha xil genotipga ega bo‘ladi? A) a-2; b-2 B) a-3; b-3 C) a-3; b-4 D) a-2; b-3 7 / 25 7. Sersut qoramol zotlarini belgilang. A) Bushuyev, Yaroslavl B) Qizil dasht, Shvits C) Kostroma, Bushuyev D) Qozog‘iston oqboshi, Xolmogor 8 / 25 8. Treska uchun xos xususiyatlarni belgilang. 1) yurak qorinchasida venoz qon oqadi; 2) bir necha million tuxum qo‘yadi; 3) yon chiziqlari bor; 4) ayirish sistemasiga tasmasimon buyrak kiradi; 5) orqa ichak kengayib, kloaka hosil qiladi; 6) to‘sh suyagi yo‘q; 7) qovurg‘alari bo‘lmaydi; 8) urug‘lanishi tashqi; 9) tuxumlarini orqasida opichlab olib yuradi. A) 1, 2, 6, 8 B) 3, 4, 5, 8 C) 1, 3, 5, 9 D) 3, 7, 8, 9 9 / 25 9. Daltonizm, ya’ni rang ajrata olmaslik retsessiv holda irsiylanadi. Agar erkak daltonizm bilan kasal bo‘lsa, spermatogenez jarayonida bitta birlamchi jinsiy hujayradan hosil bo‘lgan spermatozoidlarning nechtasi shu retsessiv genga ega bo‘lmaydi? A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta 10 / 25 10. G‘alla navini aniqlang. A) sanzor B) zarg‘aldoq C) gultish D) nimrang 11 / 25 11. Qaysi javobda olma (a) va qulupnay (b)ning o‘zaro farqi to‘g‘ri berilgan? 1) ra’noguldoshlar oilasiga mansub; 2) bargi oddiy; 3) bargi murakkab; 4) yonbargchali; 5) yonbargchasiz; 6) soxta mevali; 7) chin mevali A) a-7; b-6 B) a-1, 4; b-3, 5 C) a-2; b-3 D) a-1, 4, 6; b-2, 5, 7 12 / 25 12. DNK fragmenti tarkibida jami 960 ta vodorod bog‘i mavjud. Adenin va timin orasidagi vodorod bog‘lar soni guanin va sitozin orasidagi vodorod bog‘lari soniga nisbati mos ravishda 1:1,5. Agar shu DNK tarkibidagi nukleotidlarning 25%i mutatsiyaga uchrab yo‘qolsa, DNK tarkibidagi mutatsiyadan keyingi nukleotidlar sonini nechtaga kamaygan? A) 196 B) 125 C) 192 D) 210 13 / 25 13. Yog‘larni parchalovchi fermentni aniqlang? A) Lipaza B) Karbogidraza C) Proteaza D) Amilaza 14 / 25 14. Qaysi o‘zbek olimi achitqi zamburug‘larini o‘rganib, novvoychilik, chorvochilikda achitqilar tayyorlash tenologiyasini yaratgan A) A.Aliqoriyeva B) B.Abdug'afurov C) M.Mavloniy D) V.Qobilov 15 / 25 15. Sog‘lom odam umurtqa pog‘onasining kifozida (orqa tomonga egilma) nechta umurtqa suyaklari qatnashadi? A) 5 B) 17 C) 7 D) 12 16 / 25 16. Quyida ovqat hazm qilish sistemasi og‘iz teshigi, halqum, qizilo‘ngach, ikki bo‘lmali oshqozon, ichak, jigar va anal teshigidan iborat bo‘lgan nechta hayvon turi berilgan. 1) midiya; 2) bitiniya; 3) krab; 4) tridakna; 5) omar; 6) krevetka; 7) dreysena; 8) langust A) 1 tur B) 5 tur C) 2 tur D) 3 tur 17 / 25 17. Qand lavlagi, karam va beda o‘simliklarining vatanini aniqlang. A) O‘rta Yer dengizi B) Janubiy-G‘arbiy Osiyo C) Sharqiy Osiyo D) Janubiy Osiyo tropik markazi 18 / 25 18. Shimpanze somatik hujayrasi mitoz siklining G2 davrida yardo tarkibidagi DNK (a) va xromosoma (b) sonini aniqlang. A) a-48; b-96 B) a-96; b-48 C) a-108; b-48 D) a-76; b-41 19 / 25 19. Go‘shti uchun ovlanadigan molluska (a) va qisqichbaqasimon (b) larni aniqlang. A) a-midiya, taroqcha, langust; b-mangust, krevetka, krab B) a-ustiritsa, midiya, taroqcha; b-omar, langust, krevetka C) a-ustiritsa, krab, osminog; b-kalmar, karakatitsa, krevetka D) a-osminog, kalmar, karakatitsa; b-bitiniya, tridakna, dresera 20 / 25 20. Bir sinfga mansub o‘simliklar navlarini aniqlang. A) Zarafshon, Buxoro-9, Sanzor B) Yulduz, Toshkent-1, Ulug‘bek-600 C) Vatan, Sanzor, Omad D) Zarg‘aldoq, Nimrang, Samarqand-3 21 / 25 21. Ituzumdoshlar oilasi vakillarining burchoqdoshlar oilasi vakillaridan farqlarini toping. 1) gultojbarglari qo‘shilgan; 2) gullari gajak to‘pgulda joylashgan; 3) gulkosachabarglari 5 ta, qo‘shilgan; 4) gultojbarglari 3 xil; 5) daraxt formalar uchraydi; 6) bitta umumiy gulbandida bir nechta gul joylashadi; 7) changchilari gultojbarglarning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan nay ichida joylashgan A) 4, 5 B) 1, 3, 6 C) 2, 7 D) 3, 6, 7 22 / 25 22. Asosan o‘simlik mahsulotlarida uchraydigan vitaminni belgilang. A) A B) B C) D D) C 23 / 25 23. Xordali hayvonlarda quyidagi evolyutsion yuksalishlarning paydo bo‘lish ketma – ketligini to‘g‘ri va to‘liq tartibda yozing. 1) miya qutisining paydo bo‘lishi; 2) diafragmaning paydo bo‘lishi; 3) nerv nayining paydo bo‘lishi; 4) katta va kichik qon aylanish sistemasining paydo bo‘lishi; 5) uchinchi qovoqning paydo bo‘lishi A) 1, 4, 5, 2, 3 B) 2, 3, 1, 4, 5 C) 3, 1, 4, 5, 2 D) 5, 2, 3, 1, 4 24 / 25 24. Quyidagilarning qaysi birida odamning kichik qon aylanish doirasida qon harakati yo‘nalishi to‘g‘ri ko‘rsatilgan? 1) chap qorinchadan arteriyaga; 2) o‘pka arteriyasidan o‘ng bo‘lmachaga; 3) kovak venadan o‘ng bo‘lmachaga; 4) o‘pka venasidan chap bo‘lmachaga; 5) o‘ng qorinchadan arteriyaga; 6) o‘pka venasidan o‘pkaga A) 2, 5 B) 1, 3 C) 2, 6 D) 4, 5 25 / 25 25. Daltonizm, ya’ni rang ajrata olmaslik retsessiv holda irsiylanadi. Agar erkak daltonizm bilan kasal bo‘lsa, spermatogenez jarayonida bitta birlamchi jinsiy hujayradan hosil bo‘lgan spermatozoidlarning nechtasi shu retsessiv genga ega bo‘lmaydi? A) 3 ta B) 2 ta C) 1 ta D) 4 ta 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 3 9-10-11 sinflar Biologiya olimpiada №6