Uy » Abituriyent » Ona tili va adabiyot abituriyent » Ona tili va adabiyot abituriyent testi №1 Ona tili va adabiyot abituriyent Ona tili va adabiyot abituriyent testi №1 InfoMaster Aprel 5, 2022 207 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 2 Savollar 123456789101112131415161718192021222324252627282930 Vaqtingiz tugadi! Tomonidan yaratilgan InfoMaster Ona tili va adabiyot abituriyentlar uchun №1 1 / 30 Asosiy yumushing shuki, boshliqning buyruqlarini bajarasan. Qo'shma gap turini aniqlang? A) hol ergash gapli qolshma gap B) aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap C) kesim ergash gapli qo‘shma gap D) to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap 2 / 30 Birikma tarkibidagi tobe so`z turlangan javobni toping. A) birdaniga yopirilmoq B) g`alabaga intilmoq C) to`satdan kelmoq D) yoppasiga ommalashmoq 3 / 30 Qaysi qatorda metafora usuli bilan ma`no ko`chgan so`z qatnashgan? A) Alisher Navoiy vafotini eshitib, butun Hirot yig`ladi B) Qalam ushladimmi, demak, o`yin bas… C) Yuragini ezib turgan tuyg`ular biroz chekinganday bo`ldi D) Bu darddan qora boshim oqardi 4 / 30 Quyidagi keltirilgan gapda qo`llanilgan yasama so`zlar sonini aniqlang. Siz borliqning mo`jizakor qudratini, shiddatkor sevgi bo`ronini, bunyodkorlik, ijodkorlik girdobini intiqlik bilan kutganingiz: poklanishni, bardamlik, yangilanish, yengillik, saxiylik va mehrni o`zingizga sindirasiz. A) 10 B) 9 C) 11 D) 12 5 / 30 Shaxs-son, zamon, bo`lishi-bo`lishsizlik qo`shimchalari qo`shma fe’lning ikkinchi qismiga qo`shiladi A) Shaxs-son, zamon qo`shimchasi qo`shma fe’lning ikkinchi qismiga, bo`lishsizlik qo`shimchasi birinchi qismiga qo`shiladi B) Shaxs-son, zamon, bo`lishi-bo`lishsizlik qo`shimchalari qo`shma fe’lning ikkinchi qismiga qo`shiladi C) Shaxs-son qo`shimchasi qo`shma fe’lning ikkinchi qismiga, zamon, bo`lishsizlik qo`shimchasi birinchi qismiga qo`shiladi D) Shaxs-son, zamon qo`shimchalari qo`shma fe’lning ikkinchi qismiga, bo`lishsizlik qo`shimchasi har ikki qismiga qo`shila oladi 6 / 30 Kiritma gaplar haqida to`g`ri ma`lumotlarni aniqlang. 1) kiritma gaplar, asosan, kitobiy uslubga xos; 2) kiritma gaplar, asosan, gap o`rtasida keladi; 3) kiritma gaplar orqali ifodalangan qo`shimcha ma`lumot gapning umumiy mazmuniga bog`liq bo`lmaydi; 4) kiritma gaplar gap tarkibidan tushurib qoldirsa ham, gapning asosiy ma`nosiga ziyon yetmaydi. A) 1,2,4 B) 1,3,4 C) faqat 1 D) 1,2,3,4 7 / 30 O`kin pushaymon bo`l, ko`rgiliging, taqdiring uchun, tarbiyat qilgan dono xoqoningga yemirilgan, qo`ldan ketgan yaxshi davlatingga. O`zing adashding, oraga yomonni kirgizding. Qurolli qaydan kelib tarqatib yubordi, nayzali qaydan kelib surib ketdi… Borgan yerda yaxshilik shu bo`ldi: qonning suvday oqdi, suyaging tog`day uyulib yotdi, bek bo`ladigan o`g`il bolang qul bo`ldi, suluv qiz bolang cho`ri bo`ldi”. Ushbu parcha qaysi asardan olingan? A) Kul Tigin bitiktoshidan B) “Qutadg`u bilig” dostonidan C) Tunyuquq bitiktoshidan D) “Devonu lug`atit-turk” asaridan 8 / 30 Qaysi javobda vazifadosh zidlov bo`lovchilari keltirilgan? A) –u, -yu, -da, xoh B) –u, -yu, -da, na….na C) –u, -yu, -da, ba’zan D) –u, -yu, -da, balki 9 / 30 O`qituvchilik so`zi haqida to`g`ri hukmni toping. A) narsa oti B) faoliyat jarayon oti C) shaxs oti D) tub ot 10 / 30 "Ravshan" dostoni voqealari haqida berilgan to`g`ri hukmni toping. A) Go`ro`g`li Hasanxonni Xunxordan olib kelib o`ziga o`g`il qildi B) Avazxonga Gulqiz degan barno suluvni kelin qilib tushirib berdilar C) Hasanxon Xon Dallini Vayangandan olib qochib kelib, qiriq kun shohona to`ylar berib, o`z rasm-rusmlari bilan oldi D) Hasanxonni Yunus pari tarbiyalab voyaga yetkazdi 11 / 30 Qo`shma gapning ikkinchi qismida qo`llanadigan bo`g`lovchilar qatorini aniqlang. A) chunki, negaki, balki, ammo, lekin, biroq, ya`ni B) ammo, lekin, agar, chunki, negaki C) toki, shuning uchun, bilan, hamda, basharti D) chunki, negaki, goh...goh, balki, mabodo 12 / 30 Quyida keltirilgan she`riy parchadagi yasama fe`llar sonini aniqlang. Jahon ichra tole izlab, Xalq nomidan dadil so‘zlab, Obod yurtning taxtin ko‘zlab Asragaymiz biz VATANni, Fido aylab jon-u tanni. A) 3 B) 5 C) 2 D) 4 13 / 30 Mirmuxsinning “Nevara” asari qaysi janrda yozilgan? A) Hikoya B) Qissa C) Roman D) Doston 14 / 30 Qaysi javobda o`zlik olmoshi ta`kid ma`nosini ifodalash uchun xizmat qilgan gap(lar) to`g`ri ko`rsatilgan? Rostini aytsam, men o`zim ham unchalik yomon bola emasman. O`zi dumaloq, qor kabi oq. Ikromjon xotinini qoldirib, o`zi idora tarafga qarab ketdi. 4. O`zingni er bilsang, o`zgani sher bil. A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 2 C) 1 D) 1, 3, 4 15 / 30 Tarkibida o‘zaro shakldosh so‘z yasovchi qo‘shimcha ishtirok etgan bir necha ergash gapli murakkab qo‘shma gapni aniqlang. A) Istagimiz shuki, hayot farovon bo‘lsin, hech kim yomonlik ko‘rmasin. B) Xalqimiz shuni istaydiki, yurtimiz tinch bo‘lsin, farzandlarimiz o‘kinch nimaligini bilmasin. C) Sen nimani istasang, nimani so‘rasang, o‘shani muhayyo qilamiz. D) Suv ko‘p bo‘lsa, ekinlar yaxshi o‘sadi, dasturxon to‘kin bo‘ladi. 16 / 30 Qaysi qatorda ismlarni kesim sifatida shakllantiruvchi va ega bilan munosabatini ifodalovchi qo`shimchalar berilgan. A) -ga, -da, -dan B) -cha, -lar, -man C) -man, -san, -dir D) -dir, -day, -dek 17 / 30 “Olov sochlar” “O`lim yovga” kabi to`plamlar muallifi kim? A) G`afur G`ulom B) Hamid Olimjon C) Zulfiya D) Maqsud Shayxzoda 18 / 30 Qayidagi misrada qo`llanilgan san`at turini aniqlang G`uncha sevunub to`niga sig`mas, O`xshatsam o`qung boshoqi birla. A) tajnis B) tashxis C) tazod D) talmeh 19 / 30 Quyidagi berilgan tez aytishning qaysi birida ravish ishtirok etmagan? A) Norning nordon anori narida. B) Erkin ertagi ekin ekishni ertaga ertalab eplaydi. C) Hali, Vali, Soli sholi o`rdi. D) O`tkir o`tkir o`roqda o`t o`rdi. 20 / 30 Ilmiy uslubning xususiyatlari haqida berilgan qaysi hukm(lar) noto`g`ri ? 1) sof ilmiy uslubda fan yutuqlarininkeng ommaga yetkazish maqsad qilinadi; 2) ilmiy-ommabop uslubda ma`lum fan sohasiga doir atamalar qo`llansa ham, lekin bu atamalar xalqqa tushunarli bo`lishi uchun izohlanadi; 3) tarix va adabiyotshunoslik uslubi publitsistik uslubga yaqinroq turadi; 4) ilmiy ommabop uslubda eng yuqori darajadagi mavhumlashtirish orqali ilmiy xulosalarni bayon qilish kuchli bo`ladi. A) 4 B) 1,3 C) 1,4 D) 1 21 / 30 Nisbat qo`shimchasi vositasida o`timsiz fe’lga aylanishi mumkin bo`lgan o`timli fe’llar berilgan qatorni aniqlang. A) quvnamoq, jilmaymoq B) kiymoq, taramoq C) qochmoq, yonmoq D) yuvmoq, yayramoq 22 / 30 Qaysi javobda quyidagi berilgan gapdagi aniqlovchilar haqida noto`g`ri hukm keltirilgan? Badavlat va baquvvat dushmandan emas, ochko`z va badnafs, ichi qora odamga sherik bo`lib qolishdan qo`rq. Qaysi javobda quyidagi berilgan gapdagi aniqlovchilar haqida noto`g`ri hukm keltirilgan? Badavlat va baquvvat dushmandan emas, ochko`z va badnafs, ichi qora odamga sherik bo`lib qolishdan qo`rq. A) sifatlovchi aniqlovchi uyushib kelgan B) gapda qaratqich aniqlovchi ishtirok etmagan C) barcha aniqlovchilar sodda yasamadir D) aniqlovchi ibora bilan ifodalangan 23 / 30 Qaysi gapda ravishdan yasalgan fe`llar berilgan? A) Shokarim uxladimi, yo`qmi, bilolmadi. B) Mirtursun Xalifaning terakzoriga yaqinlashgach, qadamini sekinlatdi. C) Izg`irindan ko`zlar yoshlandi, oyoq ostidagi qor g`irchillaydi. D) Peshonangiz devorga qarsillab urilganidan keyin esingiz kiradi. 24 / 30 Qaysi qatorda barcha so`zlarda nuqtalar o`rniga o unlisi yoziladi? A) ashq..l-dashq..l, tan..var, zalv..rli B) taq..zo, taks..motor, par..voz C) tomosh.., mardonav..r, devonav..r D) z..mon, s..vol, j..vob 25 / 30 "Alpomish" dostonida Alpomish tomonidan Barchinga sovchi bo`lib borgan kim edi? A) Qaldirg`och oyim B) Qorajon C) Alpomishning onasi D) Alpomishning o`zi 26 / 30 Bir asrcha muqaddam yozilgan bo`lsa-da, mustaqil O`zbekiston gerbidagi tasvirni yodga soladigan “Boshlar uzra soya salqin, Humo yetkur” misralari qaysi shoir she’ridan o`rin olgan? A) Hamza B) Cho`lpon C) Zavqiy D) Avloniy 27 / 30 Bag`rim yoniq, yuzim qora, ko`nglim siniq, bo`yim bukik, sening ziyoratingga keldim sultonim. Gapda fonetik yozuv qoidasi asosida yozilgan so`zlar soni nechta? A) 3 ta B) 5 ta C) 2 ta D) 4 ta 28 / 30 Hayot mendan ayamadi ne`matlarini, Ne istasam, berdi doim, hech bir tonmayman. Ushbu parchada qaysi gap bo`laklari kesimga nisbatan o`rnini almashtirgan? A) vositasiz to`ldiruvchi va daraja-miqdor holi B) vositasiz va vositali to`ldiruvchi C) faqat vositasiz to`ldiruvchi D) vositasiz to`ldiruvchi va payt holi 29 / 30 So`zlarning borliqdagi ma`lum narsa, belgi-xususiyat, harakat-holatlarni bildirishi ularning qanday ma`nolari hisoblanadi? A) so`zlarning ko`chma ma`nolari B) morfologik ma`nolari C) lug`aviy ma`nolari D) grammatik ma`nolari 30 / 30 Maqsad bog`lovchisi qo`llangan ergashgan qo`shma gapni toping. A) Ona yerimizni asrang, toki bu meros avlodlarga sog`-omon yeta olsin. B) Ular mening aytganimni qilishadi. chunki men oilamizning kenjatoyiman. C) Odamlar yaxshi yashasin deb, mahallamizni obod qildik. D) Hosil mo`l bo`lishi uchun, bahordan ter to`kdik. 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni To'g'ri javob uchun 3,1 ball. Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 4 Ona tili va adabiyot abituriyent testi №3
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 0 Ona tili va adabiyot abituriyentlar uchun №2