Fizika fanidan attestatsiya savollari №15 Aprel 12, 2024Aprel 25, 2024 da chop etilgan InfoMaster tomonidan Fizika fanidan attestatsiya savollari №15 ga 2 fikr bildirilgan 0% 2 Savol haqida xabar bering Bu savolda nima xato? Siz bo'sh hisobot yubora olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 1234567891011121314151617181920212223242526272829303132333435363738394041424344454647484950 OMAD YOR BO'LSIN! Tomonidan yaratilgan InfoMaster Fizika fanidan attestatsiya savollari №15 test.uzedu.uz saytidagi Repetitsion testlar 2024-yil 1 / 50 Zaryadsiz AB jism - q zaryad maydoniga kiritilib, ikki bolakka (A va B) bo'lindi. Agar jism: 1) metalldan; 2) dielektrikdan yasalgan bo'lsa, shu bo'laklar qanday zaryadlarga ega bo'ladi? A) 1. A va B neytral; 2. A(+), B(+) B) 1. A(-), B(-); 2. A(-), B(-) C) 1. A(+), B(+); 2. A(-), B(+) D) 1. A(+), B(-); 2. A va B neytral 2 / 50 Quyidagi rasmda K radioaktiv element massa soni va protonlar soni orasidagi bog'lanish grafigi tasvirlangan. I. K element 20 va 1ß yemirilib N elementga aylandi. II. M va N elementlar izotop. III. K element bitta o yemirilib L elementga aylangan. Ushbu fikrlardan qaysilari to'g'ri? A) faqat III B) II va III C) I va II D) faqat I 3 / 50 Tajribada katodning sirtiga 5,1 eV energiyali fotonlar tushganda fotoelektronlarning maksimal kinetik energiyasi 0,6 eV ekanligi aniqlandi. Quyidagi jadvaldan foydalanib, katodning materialini aniglang. A) qalay B) volfram C) kumush D) platina 4 / 50 Qaysi holatlarda namunaviy o'quv rejalariga o'zgartirish kiritish mumkin? A) O'quvchilarning ehtiyojlari va qizigishlaridan kelib chiqgan holda B) Ota-onalar va o'quvchilarning ehtiyoji va talablariga binoan C) Maktab ma'muriyati va metodik birlashma takliflariga ko'ra D) Yugori tashkilot va maktab ma'muriyati buyrug'iga asosan 5 / 50 Rasmdagidek joylashgan A va B idishlarda gaz bor. Tashqaridagi bosim 70 cm H ga teng. Har bir gazli idishga simobli manometrlar tutashtirilgan, rasmdagi ma'lumotlardan foydalaninb A va B gazlarining bosimlari nisbati Pa/Pb ni aniqlang. A) 4/3 B) 3/4 C) 5/4 D) 4/5 6 / 50 Quyidagi lampalarning qaysi biri yonadi? A) 3 B) 2,4 C) 2 D) 2, 3 7 / 50 O'qituvchi o'quvchiga mustaqil bajarish uchun vazifa berdi. Vazifani bajarishda fagatgina berilgan adabiyotlar ro'yxatidan foydalanmasdan, o'z shaxsiy fikr va mulohazalari bilan boyitishni so'radi. Shunda o'qituvchi o'quvchining ijodkorligini rivojlantirish uchun qanday ta'lim turidan foydalandi? A) Shaxsga yo'naltirilgan ta'lim B) ljtimoiy ta'lim turi C) Muammoli ta'lim turi D) Darsdan tashgari ta'lim turi 8 / 50 X. Y, Z jismlarning dastlabki haroratlari, oxirgi haroratlari va jismlarga berilgan issiqlik energiyasi quyidagi jadvalda keltirilgan. X jism temperaturasining o'zgarishi Z jismning temperaturasi o'zgarishidan ikk marta katta bo'ladi. Ushbu tasdiqlarning qaysilari to'g'ri? 1. X va Y jismlarning issiqlik sig'imlari teng. II. X va Y jismlarning solishtirma issiqlik sig'imlari teng. III. Agar X va Z jismlarga teng miqdorda issiqlik miqdori (energiyasi) berilsa. A) faqat II B) faqat I C) I va III D) I va II 9 / 50 Quyida keltirilgan birliklardan qaysilari kuchlanishning birligi bo Imaydi? 1) A*s; 2) J/C; 3) AΩ; 4) N/C; 5) N*m/C; 6) W/A; 7) V. A) 1-2-3-4-5-6 B) 1,4 C) 1,2,4 D) 1,4,6 10 / 50 Maktabda ta'lim sifatini aniqlash uchun monitoring o'tkazish rejalashtirildi. Uning vazifalari to'g'ri ko'rsatilgan variantlarni belgilang: 1. Ta'lim sifati, uni tahlil qilish va baholash haqida kerakli va yetarli ma'lumotlarni to'plash 2. Sifatli ta'lim uchun ijtimoiy buyurtmaning bajarilishini nazorat qilish 3. Ta'lim jarayoni ishtirokchilariga rag'batlantiruvchi va motivatsion ta'sirni tashkil etish 4. Ta' lim jarayoni ishtirokchilarining ijtimoiy hotirjamligi to'g'risidagi ma'lumotlarni yig'ish 5. Ta'limni yanada rivojlantirish prognozi va zarur tuzatishlar kiritish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqish A) 1,2,3,5 B) 2, 4, 5 C) 2, 3, 4, 5 D) 1, 2, 5 11 / 50 O'qituvchi mualliflik dasturi va maktabni rivojlantirish konsepsiyasi ustida ish olib bordi. Bunday jarayon o'qituvchining qaysi faoliyat turiga kiradi? A) O'qituvchining qo'shimcha faoliyati B) O'qituvchining ijtimoiy faoliyati C) O'qituvchining innovatsion faoliyati D) O'qituvchining ishdan tashgari faoliyati 12 / 50 Mass-spektrografda (rasmga.q) zaryadlangan zarralar KL uchastkada elektr maydon ta'sirida tezlashadi va induksiyasi B bo'lgan magnit maydonga tushib, R radiusli aylana chizadi. Tezlashtiruvchi kuchlanish U ga teng bo'lsa, boshlang' ich tezligini nolga teng deb hisoblab, bitta zarraning solishtirma zaryadi q/m ni formulasini aniqlang. A) 2U/R²*B² B) R²*B²/2U C) 3U/R*B² D) R²*B/2U 13 / 50 Tomonlari a =5 cm va b = 4 cm bo'lgan ramka 1 m/s tezlikda harakatlanib, induksiyasi 0,2 Tl bo'lgan bir jinsli magnit maydonga kiradi (rasmga. q). Maydon kengligi l>b. Maydonni kesib o'tishda ramkada 444 mJ issiqlik miqdori ajraldi. Ramka kesim yuzi 1 mm², solishtirma qarshiligi 10-7 Ω*m bo'lgan yopiq o'ramlardan iborat bo'lsa, o'ramlar sonini aniqlang. A) 660 B) 999 C) 888 D) 555 14 / 50 O'qituvchi o'quvchilarni guruhlarga ajratib, bir necha yo'nalishlarda loyiha ishlari mavzularini taqdim etdi. Quyida berilganlardan ekologik loyiha turiga kiradigan variantlarni belgilang: 1. Maktabda chigindilarni saralab yig'ish ishlarini tashkil etish 2. Maktab hududidagi sport maydonchasini yoritish uchun shamol generatorini yaratish 3. Tog' chang'i dam olish zonasiga sayohat harajatlarini hisoblash 4. Maktabda "Ekologik muammolar" mavzusidagi tadbirni tashkillashtirish A) 2,3 B) 1,2 C) 2,4 D) 1,4 15 / 50 O'qituvchi yangi mavzuga oid faktlar va mulohazalarni keltirdi hamda ularga doir savollar bilan murojaat qildi. Bunda o'quvchida qanday ko'nikma turi shakllantiriladi? A) bilish B) qo'llash C) mulohaza D) tahlil 16 / 50 Samarqanddagi (φ=39º35') kuzatuvchi uchun pastki kulminatsiyada matematik gorizontning shimoliy nuqtasiga urinuvchi yoritgichning og’ishini toping? A) 50º25' B) 35º35' C) 25º35' D) 10º50' 17 / 50 600 W quvvatli lazer nurlanishi 20 ms davom etdi. Nurlangan yorug'lik 2 mg massali ideal qaytaruvchi folga bo' lagiga tushganda, folga bo'lagi qanday tezlik (mm/s) oladi? Folga nurning tarqalish yo'nalishiga tik holda joylashgan. A) 10 B) 20 C) 40 D) 160 18 / 50 2-rasmda berilgan jadvalda ko'rsatilgan kataklarning qiymatlari musbat "+", manfiy "-" yoki 0 belgilaridan birini qo'yib chiqing (javoblardan mosini tanlang). A) (a) +; (b) -; (c) 0; (d) + B) (a) -; (b) +; (c) -; (d) + C) (a) +; (b) -; (c) -; (d) + D) (a) +; (b) -; (c) 0; (d) - 19 / 50 Sportchi rasmda ko'rsatilgan yugurish yo'lida teng vaqt oralig'ida teng masofalarni bosib o'tadi. Shunga ko'ra, yo'Ining KL, LM va MN oraliqlarida yuguruvchining harakati to'g'risidagi fikrlarning qaysi biri yoki qaysilari to'g'ri? A) KL9=const: a‡0: LM 9= const: a <0: MN9= const: a=0 B) KL9=const;a‡0: LM9= const; a =0: MN9=const; a <0 C) KL9= const: a=0: IM 9=const; a‡0: MN 9= const; a=0 D) KL9=const; a =0; LM9=const; a =0 ; MN9= const;a‡0 20 / 50 Koordinata-vaqt grafigi rasmda berilgan bir jismning tezligi qaysi sohalarda yo'nalish va moduli o'zgarmaydi? A) I va II B) II va IV C) I va IV D) II va III 21 / 50 Yerdan 135 m balandlikda gorizontal yo'nalishda uchib ketayotgan dronni razvedkachi durbin yordamida nazorat qilmoqda. Biror paytda dron vertikalga nisbatan 45º burchak ostida ko'rindi. Shundan 6 s o'tgach 53º burchak ostida ko'rindi. Bu ma'lumotlardan foydalanib, dronning tezligini (km/h) aniqlang. sin53°0,8;cos53°=0,6. A) 15 B) 34 C) 27 D) 48 22 / 50 Yerdan 80 m balandlikdan bir xil jismlar 1 s vaqt intervali bilan erkin tashlanmoqda. 4-jism tashlangan onda, 1-tashlangan jismning yerdan balandligi necha metr bo'ladi? (g-10 m/s², qarshilik kuchi hisobga olinmasin.) A) 25 B) 35 C) 5 D) 15 23 / 50 Rejalashtirilayotgan darsning shakl va usullari nimalarga mos kelishi lozim? A) O'quvchilarning jamoaviy va loyiha ishlarini tashkil etish va nazorat qilishga mos kelishi lozim B) Bolalar bilan mulogot qilish, ularning qadr-qimmatini tan olish tamoyillariga mos kelishi lozim C) Darsning maqsadlari, o'quvchilarning yosh xususiyatlari va o'zlashtirishiga mos kelishi lozim D) Turli xil ta'limiy ehtiyojlar, shuningdek iqtidorli o'quvchilar bilan ishlash tamoyillariga mos kelishi lozim 24 / 50 4 μC zaryad kuchlanganligi bir jinsli elektrostatik maydonda rasmdagi kabi A nuqtadan B nuqtaga ko'chirilganda 96 μJ ish bajarilgan bo'Isa, maydon kuchlanganligi moduli qanday(V/m)? sin53°0,797, cos53°0,60. A) 900 B) 200 C) 450 D) 300 25 / 50 4 m uzunlikdagi narvon silliq devorga gorizontga 60° burchak ostida tirab qo'yilgan. Narvon va pol orasidagi ishqalanish koeffitsiyenti 0,25. Narvon sirpana boshlagunga qadar kishi narvon bo'ylab qanday masofaga (cm da) ko'tarila oladi? Narvon massasi inobatga olinmasin. √3 =1,7? A) 230 B) 210 C) 100 D) 120 26 / 50 Quyidagi rasmning A-E diagrammalarda to'rtta harakatdagi jism uchun masofa-vaqt grafiklari keltirilgan. Jadvalning birinchi ustunida yozilgan harakat turiga mos grafikni (yoki grafiklarni) jadvalning ikkinchi ustuniga yozing. 1. O'zgarmas tezlikdagi harakat III 2. Tinch holat I 3. Sekinlanuvchan harakat IV 4. Tezlik o'zgaradigan harakat I A) 1-IV; 2-III; 3-II; 4-I B) 1-II; 2-I; 3-III; 4-IV C) 1-I; 2-III; 3-II; 4-IV D) 1-IV; 2-I; 3-IlI; 4-l 27 / 50 O'quvchi bir loyiha ustida ishladi. O'qituvchi tomonidan loyiha taqdimotiga to'g'ri bildirilgan fikr variantlarini toping. 1) Vazifani belgilangan muddatdan oldin bajarganligini ta'kidlamoqchiman, ammo taqdimotdagi 1-muammo uchun keltirilgan ma’lumotlarni joriy yil bo'yicha yangilash lozim. 2) Umuman olganda yomon emas. Ba'zi joylarida xatolikliklar bor, ularni birga tahlil qilishimiz lozim bo'Igani uchun, keyinroq ko’rishsak, yaxshiroq tushuntirib beraman,. 3) Loyiha ishi talab darajasida bajarilgan. Taqdimotga ba'zi o'zgartirishlar kiritish lozim. Darsdan so'ng ular haqida batafsil gaplashib olish uchun ko'rishsak ma'qul bo'lardi. 4) Barakalla. Taqdimot ustida zo'r ishlabsan. Menga juda yoqdi. A) 2, 4 B) 1, 3 C) 1, 4 D) 2, 3 28 / 50 Yosh mutaxassis yangi mavzuni tushuntirib bo'Igach, o'quvchilarning quyidagi savoliga duch keldi: "Bularning bizga nima keragi bor? Biz bu narsani o'rganishni xohlamaymiz". Bu holatda o'qituvchi o'quv jarayonining qaysi tarkibiy qismlarini to'liq amalga oshirmagan? 1) Maqsad 2) Mazmun 3) Nazorat qilish 4) Baholash A) 2,3 B) 2,4 C) 1,4 D) 1,2 29 / 50 Radiyda 25*106 ta atom bor. Agar radiyning yarim yemirilish davri 1620 yil bo'lsa, 1 sutkada qancha atom yemiriladi? A) 2 B) 93 C) 29 D) 47 30 / 50 100 m balandlikdagi vertolyotdan massasi 60 kg bo'lgan yuk qor uyumiga tashlandi. Oorga tegish vaqtida yukning tezligi 40 m/s bo'lsa, havoning qarshiligini yengish uchun necha kJ ish bajarilgan? (g-10 m/s².) A) 6 B) 26 C) 24 D) 12 31 / 50 Ekrandagi teshik ichiga fokus masofasi 10 cm bo'lgan sochuvchi linza o'rnatilgan. Linzaga parallel nurlar dastasi tushmoqda. Linzadan 30 cm masofada uning tekisligiga parallel ravishda ekran joylashgan. Sochuvchi linza xuddi shunday diametrli yig'uvchi linzaga almashtirilganda ekrandagi yorug' dog'ning radiusi o'zgarmay qoldi. Yig'uvchi linzaning fokus masofasi (cm da) qanchaga teng? A) 6 B) 8 C) 3 D) 12 32 / 50 Rasmdagi K nuqtadan erkin tushayotgan bir jism L nuqtadan 20 m/s tezlik bilan o'tib, yerga tushadi. Jismning erkin tushish vaqti 3 s davom etgan bo'lsa, h1/h2 nisbat nimaga teng? A) 8/5 B) 5/4 C) 4/5 D) 5/8 33 / 50 Quyidagi rasmda bir xil qarshilikka ega lampalar, ichki qarshiligi nol bo'Igan tok manbai hamda A va B kalitlari ochiq bo'Igan elektr zanjiri keltirilgan. A va B kalitlar yopilganda K va L, lampalarning yonish yorqinligi o'zgarishi haqida nima deyish mumkin? A) K) ortadi; L) o'zgarmaydi B) K) o'zgarmaydi; L) o'zgarmaydi C) K) kamayadi; L) ortadi D) K) ortadi; L) kamayadi 34 / 50 Sirt yuzi 20 cm² boIgan qurilmaning sirtiga 1 μm qalinlikda oltin qatlami qoplandi. Qoplamda nechta oltin atomi bor? Avogadro doimiysi Na= 6,02 ·10-23 mol-1, oltinning atom massasi 197 u, zichligi esa 19,3 g/cm³. A) 1,18*10²º B) 1,13*10²º C) 2*10²º D) 1,5*10²º 35 / 50 Ta'lim - bu.. A) Ta'lim jarayonida o'zlashtirilgan bilim, ko'nikma, malaka va fikrlash usullari tizimi B) Ta'lim magsadi va vazifalariga erishish yo'lidagi faoliyat turlari C) Belgilangan magsadga erishish yo'lida o'qituvchi va o'quvchining o'zaro hamkorligi D) Ta'lim jarayonining yakuniy natijalariga erishish yo'llari 36 / 50 Elementar zarra pi-nol-mezon (π°) ikkita y- kvantga parchalanadi. Agar bu zarraning tinchlikdagi massasi 264,3 elektron massasiga teng bo'Isa, y- nurlanish chastotasini toping. A) 1.5*10²² Hz B) 1.2*10²² Hz C) 2*10²° Hz D) 1.63*10²² Hz 37 / 50 O'gituvchi muayyan mavzu bo'yicha o'quvchilarga tayyor bilimlarni taqdim etib, so'ng mustahkamlash, umumlashtirish, tizimlashtirish va nazorat qilish jarayonini tashkil etdi. Bu jarayon qanday ta'lim turiga taalluqli? A) reproduktiv ta'lim B) tabaqalashtirilgan ta'lim C) muammoli ta'lim D) shaxsga yunaltirilgan ta'lim 38 / 50 Rasmda EYK ning vaqt bo'yicha o'zgarish grafigi berilgan. Grafikdan foydalanib, jadvaldagi ma'lumotlarni moslashtirib chiqing: Fizik kattaliklar Fizik kattaliklarning qiymati (SI birliklarida) I) EYK ning amplitudasi 2) Tebranish davri 3) Tebranish chastotasi a)60 b) 90 c) 0.3 d) 0,4 e) 2.5 f) 10 A) 1-a; 2-c; 3-f B) 1-a; 2-e; 3-d C) 1-b; 2-c; 3-d D) 1-b; 2-d; 3-e 39 / 50 Ampermetrning ichki qarshiligi 12 Ω bo'lib, u 2,5 A gacha tokni o'lchashga mo'ljallangan. Shu ampermetr bilan 15 A gacha tokni o'lchash uchun unga necha Ω li shunt ulash kerak? A) 3,1 B) 1,1 C) 2,4 D) 4,2 40 / 50 Faoliyat doirasida o'qituvchi o'quvchilarning kognitiv va amaliy ko'nikmalarini rivojlantirish uchun turli usullardan foydalanadi. O'qitish usullari va ularni amalga oshirishning o'ziga xos xususiyatlarini moslashtiring A) 1-D, 2-G, 3-A, 4-B B) 1-V, 2-B, 3-D, 4-G C) 1-B, 2-A, 3-G, 4-V D) 1-G, 2-A, 3-G, 4-V 41 / 50 Rasmdagi naycha orqali 8 s da 1*1018 ta elektron I yo'nalishda, 2*1018 ta vodorod ionlari esa II yo'nalish bo'yicha o'tadi. Shunga ko'ra trubadan o'tgan tok uchun quyidagilardan qaysi biri to'g'ri? A) l yo'nalishda 0,06 A B) I yo'nalishda 0,6 A C) II yo'nalishda 0,06 A D) Il yo'nalishda 0,6 A 42 / 50 O'zgaruvchan EYK qiymatining (voltlarda o'lchangan) vaqt bo'yicha o'zgarish qonuni berilgan: E= 50sin80πt. Barcha to'g'ri tasdiqlarni ko'rsating: 1) EYK amplitudasi 100 V. 2) Davr 0,025 s ga teng. 3) Chastota 40 Hz ga teng. A) 1 va 2 B) barcha javoblar to'g'ri C) 2 va 3 D) faqat 3 43 / 50 O'quvchiga amaliy topshiriqni bajarish uchun muayyan vazifa va uni amalga oshirish shartlari belgilab berildi. O'quvchi o'z faoliyatini shunga muvofiq rejalashtirdi. Bu qobiliyat qaysi faoliyat turiga kiradi? A) Regulyativ (maqsadni belgilash, rejalashtirish..o'z-o'zini tartibga solish. to'siqlarni yengish) B) Konstruktiv (modellarni yaratish, grafik ma'lumotlarni sharhlash va ishlatish) C) Kognitiv (yangi ma'lumotlarni o'rganish, atrofimizdagi dunyoni tushunish va mulogot qilish) D) Kommunikativ (shaxslararo ko'nikmalar.. boshgalar bilan ishlash va o'zaro hamkorlikda bo'lish) 44 / 50 Darslarda mavzuga mos keladigan ko'rgazmali va targatma materiallardan ganday magsadda foydalaniladi? A) Differensial yondashuvni ta'minlash uchun B) Ta'lim samaradorligini ta'minlash uchun C) O'z-o'zini rivojlantirish va kasbiy o'sish uchun D) To'g'ri baholash va gayta alogani o'rnatish uchun 45 / 50 O'qituvchi o'quvchining mustaqil faoliyatlari darajasini oshirishmoqchi. Buning uchun u o'qitish usullari ketma-ketligini qanday tanlashi lozim? 1. Reproduktiv usul 2. Axborot to'plash - reseptiv usul 3. Muammoli ta'lim usuli 4. Tadqigot usuli A) 2,1,4,3 B) 1,4,2,3 C) 2,1,3,4 D) 3,1,2,4 46 / 50 Quyidagi mulohazalardan qaysilari to'g'ri? 1) qizil nurning 3-maksimumi binafsha nurning 3-maksimumiga qaraganda markaziy maksimumdan uzoqroqda joylashgan. 2) qizil va binafsha ranglarning markaziy maksimumlari bir nuqtada joylashadi. 3) qizil va binafsha ranglarning markaziy maksimumlari bir nuqtada joylashmaydi. 4) binafsha nurning 3-maksimumi qizil nurning 3-maksimumiga qaraganda markaziy maksimumdan uzoqroqda joylashgan. 5) qizil nurning jami maksimumlari soni binafsha nurning maksimumlari sonidan ko'p bo'la olmaydi. A) 1, 2 vq 4 B) 1 va 3 C) 3 va 4 D) 1, 2 va 5 47 / 50 1 μF sig'imli kondensator energiyasi unga parallel ulangan 2 μF sig'imli kondensator energiyasidan 0,02 J ga kam bo'Isa, ularga necha Volt kuchlanish berilgan bo 'ladi? A) 200 B) 314 C) 220 D) 300 48 / 50 Yerdan 12 km balandlikda uchib ketayotgan samolyotdan 1:16000 masshtab bilan joyning fotografiyasini olish uchun obyektivning fokus masofasi qanday bo'lishi kerak (m)? A) 0.9 B) 0.75 C) 0.45 D) 0.6 49 / 50 Quyudagi jadvalni birinchi usunida optik qurulmalari nomi keltirilgan, ikkinchi ustundagi qaysi rasmga mos kelishini aniqlang A) 1-a; 2-g; 3-C; 4-b; 5-e; 6-f B) 1-b; 2-a; 3-e; 4-c; 5-f; 6-g C) 1-g; 2-a; 3-c; 4-e; 5-f;6-b D) 1-C; 2-a; 3-g; 4-b; 5-f; 6-e 50 / 50 Nuqtaviy I1 va I2 yorug'lik manbalari va shaffof bo'Imagan jismlar teng bo'laklarga bo'lingan tekislikda bir ekranning oldida rasmda ko'rsatilganidek joylashtirilgan. Bunga asosan quyidagilardan qaysilari to'g'ri? I. K nuqtaga har ikki yorug'lik manbaidan ham yorug'lik tushmaydi; II. L nuqtani faqat bitta manba yoritadi; III. M nuqtani har ikki manba yoritadi; A) I, II, III B) III C) II va III D) I va III 0% Testni qayta ishga tushiring Testni tahlili dars.info-master.uz saytida berib boriladi. Baholash mezoni - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”; - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”; - 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin” - 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin” Fikr-mulohaza yuboring tomonidan Wordpress Quiz plugin Fizika attestatsiya