Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Biologiya mavzulashtirilgan » 7-sinf Biologiya » 7-sinf Biologiya №11 7-sinf Biologiya 7-sinf Biologiya №11 InfoMaster May 1, 2024 268 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0% 0 Savollar 1234567891011121314151617181920212223242526 OMAD YOR BO'LSIN! 7-sinf Biologiya №11 II- BOB 2.2-Mavzu: To‘qimalar 1 / 26 Piyoz po’sti hujayralari uchun xos bo’lgan xususiyatlarni ajrating. 1) tarqoq; 2) zich; 3) cho’ziq; 4) xromoplastlarga boy; 5) rangi qizg’ish; 6) ovalsimon; 7) plastidalari rangsiz; 8) eni bo’yidan qisqa; 9) eni bo’yidan uzun. A) 1,3,5,8 B) 2,3,4,7,9 C) 2,3,7 D) 2,3,5,7 2 / 26 Neyrogliya qayerda joylashgan va neyronlarninig vazifalari? A) Muskullar orasida, oziqlantirish, himoya qilish, tayanch funksiyalarini bajaradi B) Muskullar orasida, oziqlantirish, imunitet, tayanch funksiyalarini bajaradi C) Neyronlar orasida, oziqlantirish, harakat, tayanch funksiyalarini bajaradi. D) Neyronlar orasida, oziqlantirish, himoya qilish, tayanch funksiyalarini bajaradi 3 / 26 Qaysi xususiyatiga ko‘ra 3 xil muskul to‘qimasi farqlanadi? A) Tuzulishi va kelib chiqishi B) Tuzilishi va vazifasi C) Bajaradigan funksiyasiga D) Tuzilishi 4 / 26 Qari hujayralar uchun xos xususiyat? A) sitoplazma va mag’iz yo’qoladi B) B va C C) qobig’i qalin, sitoplazmasi kam D) qobig’i kuchsiz, sitoplazmasi ko’p 5 / 26 G’amlovchi to’qima qaysi to’qima hisobiga hosil bo’ladi? A) xlorofilli parenxima B) periderma C) ajratuvchi D) meristema 6 / 26 Sklereid hujayralari mavjud bo’lgan o’simliklarga xos xususiyat kabi. o A) Uzun lub va yog‘ochlik tolalari mavjud. B) Yong‘oq, olcha, o‘rik C) Yumaloq sklereid hujayralar mexanik to’qima xillar kiradi D) Hayotiy shakli daraxt hisoblanadi 7 / 26 O'simliklardagi tirik (a) va o'lik (b) mexanik to'qima hujayralarini aniqlang. 1) skleroid; 2) yog'ochlik tolalari; 3) ksilema naylari; 4) floema naylari; 5) kollenxima; 6) sklerenxima A) a - 3,5; b - 1,4,6 B) a - 5; b - 1,2 C) a - 3,5; b - 1,2,6 D) a - 2,6; b – 5,1 8 / 26 Qaysi to’qima bajaradigan funksiyasiga ko‘ra bir necha xil bo‘ladi: A) Qoplovchi to‘qima B) Asosiy to‘qima C) Ajratuvchi to‘qima. D) Hosil qiluvchi to’qima 9 / 26 Yopiq urug‘li o‘simliklar uchun xos bo’lgan o’tkazuvchi to’qima xillari qaysi? A) O‘tkazuvchi nay hujayralari, elaksimon nay hujayralari B) Traxeidlar, elaksimon hujayralar C) O‘tkazuvchi nay hujayralari, elaksimon nay hujayralari, ajratuvchi to‘qima D) Traxeidlar, elaksimon hujayralar, o‘tkazuvchi nay hujayralari, elaksimon nay hujayralari 10 / 26 Qaysi to’qima po’kakga aylanganda barglar to’kiladi? A) sklerenxima B) meristema C) po’stloq D) kollenxima 11 / 26 O‘simlik to‘qimasidan vaqtinchalik preparat tayyorlash uchun jarayonlar ketma ketligini belgilang. 1. Pinset bilan kesilgan piyozning yupqa po‘stini ajratib oling. tomchi suv ustiga tekis qilib joylashtiring. 2. Piyozni skalpel yordamida bo‘ling. 3. Toza buyum oynasiga pipetkada bir tomchi suv tomizing. 5. Ustiga bir tomchi yod eritmasi tomizing. 6. Dastlab mikroskopning kichik obyektivida, keyin katta obyektivida kuzating. Xuddi shunday preparat tayyorlab, kartoshka tuganagi yoki ivitilgan bug‘doy donidan g‘amlovchi to‘qi mani, nok yoki behi meva etidan olib, hujayralarini ko‘rish mumkin7. Qoplagich oyna bilan yopib, ortiqcha suvni filtr qog‘ozga shimdiring. A) 3,1,2,4,5,7,6 B) 1,2,3,4,5,6,7 C) 1,2,3,4,5,7,6 D) 3,2,1,4,5,6,7 12 / 26 Epiteliy to‘qimasi haqida to’g’ri ma’lumot berilmagan javobni belgilang. A) Qoplovchi epiteliy organizmni tashqi ta’sirlardan himoya qilish, oziq moddalarning qonga so‘rilishi, gaz almashinuvi, ayirish kabi funksiyalarni amalga oshiradi B) Bezli epiteliy hujayralari hazm shirasi, gormonlar ishlab chiqaradi. C) Epiteliy to‘qimasiga tog‘ay, suyak, pay, qon va limfa, to‘qima suyuqligi, yog‘ to‘qimalari misol bo‘ladi D) Himoya funksiyasi hayvon to‘qimalarini shikastlanish, harorat o‘zgarishi va zararli mikroorganizmlardan himoya qilishda namoyon bo‘ladi. 13 / 26 Mikroskop so’zi qanday ma’noni bildiradi? A) lotincha, mikro-kichkina,skenyo-ko’ryapman B) yunoncha, mikro-kichkina,skoneo-ko’ryapman C) inglizcha, mikro-kichkina,skonope-ko’ryapman D) yunoncha, mikro-kichkina,skope-ko’ryapman 14 / 26 Silliq tolali muskullar qaysi organlar devorini hosil qiladi A) ichki organlar, masalan, oshqozon, ichak, arteriya, siydik pufagi organlari devorida bo‘ladi. B) ichki organlar, masalan, yurak, ichak, qontomirlar, ayirish organlari devorida bo‘ladi. C) Ichki organlar, masalan, oshqozon, yassi suyak, qontomirlar, ayirish organlari devorida bo‘ladi. D) tashqi organlar, masalan bosh, gavda va oyoqlar harakatini boshqaradi. 15 / 26 Nerv to‘qima qaysi xususiyatiga ko‘ra 2 xil nerv hujayralari: neyronlar, neyrogliya hamda hujayralararo moddadan tashkil topgan A) Joylashgan o’rni va bajaradigan funksiyasiga B) Tuzilishi va ucrash joyi C) Tuzilishi va vazifasi D) Tuzulishi va kelib chiqishi 16 / 26 Kollenxima – hujayralariga xoz- xususiyatlar. A) tirik, cho‘ziq, qalin qobiqli, xloroplastga ega hujayralar bo‘lib, barg bandida, yosh novdalarda tayanch vazifasini bajaradi. B) tirik, cho‘ziq, qalin qobiqli, xromoplastga ega hujayralar bo‘lib, barg bandida, yosh novdalarda tayanch vazifasini bajaradi. C) o‘lik, qalin qobiqli hujayralardan iborat bo‘lib, ikki turga bo‘linadi D) tirik, cho‘ziq, yupqaqobiqli, xloroplastga ega hujayralar bo‘lib, barg bandida, yosh novdalarda tayanch vazifasini bajaradi. 17 / 26 Qaysi to’qima yupqa va egiluvchan bo’ladi? A) asosiy B) meristema C) periderma D) kollenxima 18 / 26 Yalpiz, evkalipt, zira, marmarak, shivit (ukrop) kabi o‘simliklar o’zidan nima ajratadi. A) kauchuk B) nektar C) efir moyi D) fitonsid 19 / 26 Kollenxima (1) va sklerenxima (2) hujayralarining farqini ko’rsating. a) tirik; b) o’lik; c) moddalarning harakatini ta’minlaydi A) 1-b, 2-c B) l-b,2-a 5. C) 1-a, 2-c D) 1-a, 2-b 20 / 26 Qaysi organizmlar hujayrasida mag’iz shakllanmagan? A) elodeya, xlorella B) xlamidomonada, ko’k-yashil suvo’tlar C) ko’k-yashil suvo’tlar, bakteriya, ayrim zamburug’lar D) piyoz, achitqi zamburug’i 21 / 26 To’g’ri fikr keltirilgan qatorni belgilang? A) ko’pchilik o’simliklarning hujayrasi mayda bo’ladi B) mikropreparat qisqich yordamida buyum oynasiga biriktirilmaydi C) tirik hujayraning qobig’i moddalar o’tishiga to’sqinlik qiladi D) hamma hujayralar ham bo’linavermaydi 22 / 26 Achambiti o‘simliklar uchun xos bo’lgan o’tkazuvchi to’qima xillari qaysi? A) O‘tkazuvchi nay hujayralari, elaksimon nay hujayralari, ajratuvchi to‘qima B) O‘tkazuvchi nay hujayralari, elaksimon nay hujayralari C) Traxeidlar, elaksimon hujayralar, o‘tkazuvchi nay hujayralari, elaksimon nay hujayralari D) Traxeidlar, elaksimon hujayralar 23 / 26 Qaysi to’qimalarda faqat tirik hujayralar bo’ladi? 1-mexanik, 2-o’tkazuvchi, 3-hosil qiluvchi, 4-asosiy, 5-jamg’aruvchi, 6-qoplovchi, 7-assimilyatsiya A) 2,3,4,5 B) 1,3,4,6 C) 2,3,4,6 29. D) 3,4,5,7 24 / 26 Asosiy to’qima tarkibiga qanday 4to’qimalar kirmaydi? 1) assimilyatsiyalovchi; 2) dissimilyatsiyalovchi; 3) suv saqlovchi; 4) suv tortuvchi; 5) g’amlovchi; 6) ajratuvchi. A) 1,2,4 B) 1,4,5 C) 2,4,6 D) 1,3,5 25 / 26 Epiderma ostida qaysi to’qimalar bo’ladi? A) o’tkazuvchi, g’amlovchi, Qoplovchi B) qoplovchi, meristema, mexanik C) barchasi D) asosiy, mexanik, g’amlovchi 26 / 26 Suvqirqulog’I uchun xos bo’lgan o’tkazuvchi to’qima xillari qaysi? A) Traxeidlar, elaksimon hujayralar, o‘tkazuvchi nay hujayralari, elaksimon nay hujayralari B) O‘tkazuvchi nay hujayralari, elaksimon nay hujayralari C) Traxeidlar, elaksimon hujayralar D) O‘tkazuvchi nay hujayralari, elaksimon nay hujayralari, ajratuvchi to‘qima 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz