Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Biologiya mavzulashtirilgan » 7-sinf Biologiya » 7-sinf Biologiya №11 7-sinf Biologiya 7-sinf Biologiya №11 InfoMaster May 1, 2024 291 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0% 0 Savollar 1234567891011121314151617181920212223242526 OMAD YOR BO'LSIN! 7-sinf Biologiya №11 II- BOB 2.2-Mavzu: To‘qimalar 1 / 26 Qaysi to’qima bajaradigan funksiyasiga ko‘ra bir necha xil bo‘ladi: A) Hosil qiluvchi to’qima B) Asosiy to‘qima C) Ajratuvchi to‘qima. D) Qoplovchi to‘qima 2 / 26 Nerv to‘qima qaysi xususiyatiga ko‘ra 2 xil nerv hujayralari: neyronlar, neyrogliya hamda hujayralararo moddadan tashkil topgan A) Tuzilishi va ucrash joyi B) Joylashgan o’rni va bajaradigan funksiyasiga C) Tuzilishi va vazifasi D) Tuzulishi va kelib chiqishi 3 / 26 Achambiti o‘simliklar uchun xos bo’lgan o’tkazuvchi to’qima xillari qaysi? A) Traxeidlar, elaksimon hujayralar, o‘tkazuvchi nay hujayralari, elaksimon nay hujayralari B) O‘tkazuvchi nay hujayralari, elaksimon nay hujayralari, ajratuvchi to‘qima C) O‘tkazuvchi nay hujayralari, elaksimon nay hujayralari D) Traxeidlar, elaksimon hujayralar 4 / 26 Sklereid hujayralari mavjud bo’lgan o’simliklarga xos xususiyat kabi. o A) Hayotiy shakli daraxt hisoblanadi B) Uzun lub va yog‘ochlik tolalari mavjud. C) Yumaloq sklereid hujayralar mexanik to’qima xillar kiradi D) Yong‘oq, olcha, o‘rik 5 / 26 Suvqirqulog’I uchun xos bo’lgan o’tkazuvchi to’qima xillari qaysi? A) O‘tkazuvchi nay hujayralari, elaksimon nay hujayralari B) Traxeidlar, elaksimon hujayralar C) O‘tkazuvchi nay hujayralari, elaksimon nay hujayralari, ajratuvchi to‘qima D) Traxeidlar, elaksimon hujayralar, o‘tkazuvchi nay hujayralari, elaksimon nay hujayralari 6 / 26 Epiteliy to‘qimasi haqida to’g’ri ma’lumot berilmagan javobni belgilang. A) Himoya funksiyasi hayvon to‘qimalarini shikastlanish, harorat o‘zgarishi va zararli mikroorganizmlardan himoya qilishda namoyon bo‘ladi. B) Qoplovchi epiteliy organizmni tashqi ta’sirlardan himoya qilish, oziq moddalarning qonga so‘rilishi, gaz almashinuvi, ayirish kabi funksiyalarni amalga oshiradi C) Epiteliy to‘qimasiga tog‘ay, suyak, pay, qon va limfa, to‘qima suyuqligi, yog‘ to‘qimalari misol bo‘ladi D) Bezli epiteliy hujayralari hazm shirasi, gormonlar ishlab chiqaradi. 7 / 26 Epiderma ostida qaysi to’qimalar bo’ladi? A) o’tkazuvchi, g’amlovchi, Qoplovchi B) asosiy, mexanik, g’amlovchi C) barchasi D) qoplovchi, meristema, mexanik 8 / 26 Yopiq urug‘li o‘simliklar uchun xos bo’lgan o’tkazuvchi to’qima xillari qaysi? A) Traxeidlar, elaksimon hujayralar B) O‘tkazuvchi nay hujayralari, elaksimon nay hujayralari C) Traxeidlar, elaksimon hujayralar, o‘tkazuvchi nay hujayralari, elaksimon nay hujayralari D) O‘tkazuvchi nay hujayralari, elaksimon nay hujayralari, ajratuvchi to‘qima 9 / 26 Kollenxima (1) va sklerenxima (2) hujayralarining farqini ko’rsating. a) tirik; b) o’lik; c) moddalarning harakatini ta’minlaydi A) 1-b, 2-c B) 1-a, 2-b C) l-b,2-a 5. D) 1-a, 2-c 10 / 26 Qaysi organizmlar hujayrasida mag’iz shakllanmagan? A) xlamidomonada, ko’k-yashil suvo’tlar B) elodeya, xlorella C) piyoz, achitqi zamburug’i D) ko’k-yashil suvo’tlar, bakteriya, ayrim zamburug’lar 11 / 26 Qaysi xususiyatiga ko‘ra 3 xil muskul to‘qimasi farqlanadi? A) Tuzilishi B) Tuzulishi va kelib chiqishi C) Tuzilishi va vazifasi D) Bajaradigan funksiyasiga 12 / 26 Kollenxima – hujayralariga xoz- xususiyatlar. A) o‘lik, qalin qobiqli hujayralardan iborat bo‘lib, ikki turga bo‘linadi B) tirik, cho‘ziq, qalin qobiqli, xromoplastga ega hujayralar bo‘lib, barg bandida, yosh novdalarda tayanch vazifasini bajaradi. C) tirik, cho‘ziq, yupqaqobiqli, xloroplastga ega hujayralar bo‘lib, barg bandida, yosh novdalarda tayanch vazifasini bajaradi. D) tirik, cho‘ziq, qalin qobiqli, xloroplastga ega hujayralar bo‘lib, barg bandida, yosh novdalarda tayanch vazifasini bajaradi. 13 / 26 Qaysi to’qima po’kakga aylanganda barglar to’kiladi? A) sklerenxima B) meristema C) kollenxima D) po’stloq 14 / 26 O‘simlik to‘qimasidan vaqtinchalik preparat tayyorlash uchun jarayonlar ketma ketligini belgilang. 1. Pinset bilan kesilgan piyozning yupqa po‘stini ajratib oling. tomchi suv ustiga tekis qilib joylashtiring. 2. Piyozni skalpel yordamida bo‘ling. 3. Toza buyum oynasiga pipetkada bir tomchi suv tomizing. 5. Ustiga bir tomchi yod eritmasi tomizing. 6. Dastlab mikroskopning kichik obyektivida, keyin katta obyektivida kuzating. Xuddi shunday preparat tayyorlab, kartoshka tuganagi yoki ivitilgan bug‘doy donidan g‘amlovchi to‘qi mani, nok yoki behi meva etidan olib, hujayralarini ko‘rish mumkin7. Qoplagich oyna bilan yopib, ortiqcha suvni filtr qog‘ozga shimdiring. A) 3,1,2,4,5,7,6 B) 1,2,3,4,5,6,7 C) 1,2,3,4,5,7,6 D) 3,2,1,4,5,6,7 15 / 26 O'simliklardagi tirik (a) va o'lik (b) mexanik to'qima hujayralarini aniqlang. 1) skleroid; 2) yog'ochlik tolalari; 3) ksilema naylari; 4) floema naylari; 5) kollenxima; 6) sklerenxima A) a - 3,5; b - 1,2,6 B) a - 3,5; b - 1,4,6 C) a - 5; b - 1,2 D) a - 2,6; b – 5,1 16 / 26 Qaysi to’qimalarda faqat tirik hujayralar bo’ladi? 1-mexanik, 2-o’tkazuvchi, 3-hosil qiluvchi, 4-asosiy, 5-jamg’aruvchi, 6-qoplovchi, 7-assimilyatsiya A) 1,3,4,6 B) 2,3,4,5 C) 3,4,5,7 D) 2,3,4,6 29. 17 / 26 Asosiy to’qima tarkibiga qanday 4to’qimalar kirmaydi? 1) assimilyatsiyalovchi; 2) dissimilyatsiyalovchi; 3) suv saqlovchi; 4) suv tortuvchi; 5) g’amlovchi; 6) ajratuvchi. A) 1,2,4 B) 2,4,6 C) 1,3,5 D) 1,4,5 18 / 26 Mikroskop so’zi qanday ma’noni bildiradi? A) yunoncha, mikro-kichkina,skoneo-ko’ryapman B) yunoncha, mikro-kichkina,skope-ko’ryapman C) inglizcha, mikro-kichkina,skonope-ko’ryapman D) lotincha, mikro-kichkina,skenyo-ko’ryapman 19 / 26 To’g’ri fikr keltirilgan qatorni belgilang? A) mikropreparat qisqich yordamida buyum oynasiga biriktirilmaydi B) ko’pchilik o’simliklarning hujayrasi mayda bo’ladi C) tirik hujayraning qobig’i moddalar o’tishiga to’sqinlik qiladi D) hamma hujayralar ham bo’linavermaydi 20 / 26 Silliq tolali muskullar qaysi organlar devorini hosil qiladi A) ichki organlar, masalan, oshqozon, ichak, arteriya, siydik pufagi organlari devorida bo‘ladi. B) Ichki organlar, masalan, oshqozon, yassi suyak, qontomirlar, ayirish organlari devorida bo‘ladi. C) tashqi organlar, masalan bosh, gavda va oyoqlar harakatini boshqaradi. D) ichki organlar, masalan, yurak, ichak, qontomirlar, ayirish organlari devorida bo‘ladi. 21 / 26 Neyrogliya qayerda joylashgan va neyronlarninig vazifalari? A) Neyronlar orasida, oziqlantirish, harakat, tayanch funksiyalarini bajaradi. B) Neyronlar orasida, oziqlantirish, himoya qilish, tayanch funksiyalarini bajaradi C) Muskullar orasida, oziqlantirish, imunitet, tayanch funksiyalarini bajaradi D) Muskullar orasida, oziqlantirish, himoya qilish, tayanch funksiyalarini bajaradi 22 / 26 Yalpiz, evkalipt, zira, marmarak, shivit (ukrop) kabi o‘simliklar o’zidan nima ajratadi. A) efir moyi B) nektar C) fitonsid D) kauchuk 23 / 26 Piyoz po’sti hujayralari uchun xos bo’lgan xususiyatlarni ajrating. 1) tarqoq; 2) zich; 3) cho’ziq; 4) xromoplastlarga boy; 5) rangi qizg’ish; 6) ovalsimon; 7) plastidalari rangsiz; 8) eni bo’yidan qisqa; 9) eni bo’yidan uzun. A) 1,3,5,8 B) 2,3,4,7,9 C) 2,3,5,7 D) 2,3,7 24 / 26 G’amlovchi to’qima qaysi to’qima hisobiga hosil bo’ladi? A) xlorofilli parenxima B) ajratuvchi C) meristema D) periderma 25 / 26 Qari hujayralar uchun xos xususiyat? A) qobig’i kuchsiz, sitoplazmasi ko’p B) qobig’i qalin, sitoplazmasi kam C) sitoplazma va mag’iz yo’qoladi D) B va C 26 / 26 Qaysi to’qima yupqa va egiluvchan bo’ladi? A) kollenxima B) meristema C) asosiy D) periderma 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz