11-sinf Ona tili olimpiada №5

0

11-sinf Ona tili olimpiada №5

2023-yil 21-oktyabr:

2023-2024 o'quv yilida tuman bosqichida tushgan savollar!

1 / 30

1. Qaysi qatorda ergash gap nisbiy so‘zlar yordamida bog‘langan?

2 / 30

2. Ushbu ruboiy haqidagi to‘g‘ri ma’lumotni toping.

Asru ko‘p emish jur’at-u himmat sizga,
Ro‘zi qilg‘ay Xudoy nusrat sizga.
Mardonalig‘ingizni bori el bildi,
Rahmat sizga, hazor rahmat sizga.

3 / 30

3. Gapdagi ko‘p nuqta o‘rniga mazmun va grammatik jihatdan mos keluvchi yordamchi so‘zni qo‘ying.

Ota-onangga cheksiz xizmatda bo‘l, … bu ish senga armon bo‘lmasin.

4 / 30

4. Gaplarni so‘z tanlashdagi xatolar bo‘yicha joylashtiring.

A)Bizning kutubxonamizning elektron tizimi dunyo kutubxonalari kompyuter tarmog‘iga ulangan kutubxonalardan biri hisoblanadi;
B)Men esa, ehtimol, obro‘talab odamlar ixtiyoriga tariximizning shonli sahifalari bitilgan asarlarni tuhfa etmoqchiman;
C)Nashriyotlarimizda bolalarga xos keladigan badiiy kitoblar ham nashr qilinyapti;
D)Avlodlarimizga bobolar ruhi etgan qimmatli kitoblar meros qolsin.

1)so‘zni noto‘g‘ri qo‘llash;
4)so‘zni tushirib qoldirish;
3)so‘zni o‘rinsiz takrorlash;
5)so‘zni ortiqcha qo‘llash.

5 / 30

5. “Saddi Iskandariy” dostonida Iskandarning huzuriga qaysi yurt hukmdori elchi qiyofasida keladi?

6 / 30

6. Ertalab bargsiz daraxtlarda va tomlarda qalingina qirov yaltiraydi. Kech…ib kirgan qish endi kun sayin sovug‘ini kuchaytira boshlagan edi. Ushbu gapda nuqtalar o‘rniga qo‘yilishi kerak bo‘lgan qo‘shimcha qaysi gapdagi so‘z tarkibida mavjud?

7 / 30

7. Qaysi qatorda zidlov bog‘lovchilari yordamida bog‘langan qo‘shma gap berilgan?

8 / 30

8. Har ikkala gapda ham ishtirok etgan fe’l shakllarini aniqlang.
I)“So‘rasak ham, bermadi”, – dema. So‘rashni bilmading, hech bo‘lmasa yolg‘on gapirma.
II)Aqling tuyachiga o‘xshaydi, sen esa tuyasan. Aqling seni rom qiladi, xohlagan joyiga tortib ketadi.

1)buyruq maylidagi fe’l
2)ko‘makchi fe’l
3)bo‘lishsizlik shakli
4)sof fe’l
5)harakat nomi
6)o‘timli fe’l

9 / 30

9. Ushbu tuyuqdagi shakldosh so’zlarga berilgan XATO hukmni toping.

Qadimni firoq mehnati yo qildi.
Ko‘nglum g‘am-u anduh o‘tig‘a yoqildi.
Holimni sabog‘a aytib erdim, ey gul,
Bilmon, senga sharh qilmadi yo qildi.

10 / 30

10. Qaysi qatorda tire o‘zaro bir xil punktuatsion qoida asosida yozilgan?
1)Abdulla Qodiriy – o‘zbek romanchiligining asoschisi.
2)Bulbul chamanni sevar, Odam – Vatanni.
3)Bu o‘zbek yigiti – tanti, mehribon.
4)Kitob, daftar, qalam – hammasini so‘mkamga soldim.
5)Mening o‘z muhabbatim bor – toza va musaffo.
6)Quyosh chiqdi – kunlar hali ham isimadi.

11 / 30

11. Yaxshisi, chopqillab chiqqin-da, kesak otib, boyqushni uchirtirib yubor. Berilgan gapda nutqning qaysi kommunikativ sifati buzilganligini aniqlang.

12 / 30

12. Qadimda bir podshoh katta hovuz qurdiribdi. Xalqni jamlab, e'lon beribdi: – Men bu hovuzni sut bilan to‘ldirilishini xohlayman. Hamma kechasi bir kosadan sut olib kelib hovuzga quysin. Ertalab hovuz bo‘yida yig‘ilamiz.

Berilgan gap haqidagi to‘g‘ri hukmni toping.

13 / 30

13. Ushbu baytda qanday she’riy san’at qo‘llangan?

Orazin yopqoch ko‘zumdin sochilur har lahza yosh,
Bo‘ylakim, paydo bo‘lur yulduz nihon bo‘lg‘och quyosh.

14 / 30

14. Katta qishloq ekan Parij, London, Rim, Dalamni sog‘inib ezildi ko‘nglim. Ushbu misralar muallifi kim?

15 / 30

15. Berilgan so‘zlarning qaysi biri “xushka” so‘zining ochiq ma’nosi?

16 / 30

16. O‘zaro ma’nodoshlik hosil qila oladigan so‘zlarni belgilang.

17 / 30

17. «Har o‘lkani urushib olmoq siyosat emas.Urush choralarning eng so‘nggisi. Bir o‘lkani olmoq uchun eng yaxshi chora – shul o‘lkaning o‘zida do‘stlar topmoq, shularni ishlatmakdir» Ushbu parcha qaysi asardan olingan?

18 / 30

18. Tovush o‘zgarishining uchala turi ham ishtirok etgan gapni toping.

19 / 30

19. Ushbu gapda nutqning qaysi kommunikativ sifatiga putur yetgan? Loqaydlik tufayli ko‘rsak ham, indamaymiz.

20 / 30

20. Shabob o‘tti-yu quvvati qolmadi, Dedi: «Toat aylay», qila olmadi. Ushbu baytda ajratib ko‘rsatilgan so‘zning ma’nosini toping.

21 / 30

21. Sayyor ismli ko‘r arablar orasida eng mashhur ekan. Bir kuni ko‘chada unga tegishib:

–Hoy Sayyor, Xudodan tila, ko‘zing evaziga biror nima bersin, – debdi.
–So‘radim, berdi, – debdi ko‘r.
– Nima berdi?
–Senga o‘xshagan ahmoq va nodonlarning basharasini ko‘rmaslikni!

Ushbu gap... ?
1)undalmali gap;
2)kiritmali gap;
3)uyushiq bo‘lakli gap;
4)ajratilgan bo‘lakli gap.

22 / 30

22. Qaysi gapda uchun ko‘makchisi maqsad ma’nosini ifodalab kelgan?

23 / 30

23. Quyidagi gapda tushirib qoldirilgan tinish belgilarining to‘g‘ri ketma-ketligini aniqlang.

Inson dengiz kabidir usti bilinadi ostida nimalar borligi qanday g‘alayonlar bo‘layotganini bilib bo‘lmaydi deydi Jaloliddin Rumiy

24 / 30

24. “Garov” hikoyasi haqidagi to‘g‘ri fikrni toping.

25 / 30

25. Ushbu gapda nuqtalar o‘rniga qaysi qo‘shimchani qo‘yib bo‘lmaydi? Mavlono Rumiy hazratlaridan so‘rashdi:

– Sin… ko‘ngil yana seva oladimi?
Mavlono javob berdi: –Ha, seva oladi.
–Unda ayting-chi, singan payola… suv ichasizmi?
Mavlono esa nimtabassum bilan:
–Siz piyola sindi deya, suv ich…ni tark qildingizmi? – dedi.

26 / 30

26. Imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini aniqlang.

27 / 30

27. Imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan so‘zlar berilgan qatorni belgilang.

28 / 30

28. Qaysi qatorda iboraning izohi to‘g‘ri ?

29 / 30

29. “Go‘ro‘g‘li” dostoni haqidagi to‘g‘ri fikrni toping.

30 / 30

30. Sherzod o‘ychan, sersavlat, shijoatli hamda har bir gapini o‘ylab gapiradigan yigit edi. Ushbu gapdagi sifatlar haqida XATO ma’lumotni toping.

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

2 Izohlar
Hammasini ko'rsatish Eng Foydali Eng Yuqori Reyting Eng Past Reyting Sharhingizni qo'shing

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0