Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 9-sinf Ona tili olimpiada №5 Ona tili va adabiyot olimpiadaTuman 2023-2024 o'quv yili 9-sinf Ona tili olimpiada №5 InfoMaster Avgust 19, 2024 1382 Ko'rishlar 2 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 6 22 Savollar 123456789101112131415161718192021222324252627282930 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 9-sinf Ona tili olimpiada №5 2023-yil 21-oktyabr: 2023-2024 o'quv yilida tuman bosqichida tushgan savollar! 1 / 30 1. Qaysi gapda o‘zlik nisbatdagi fe’l qo‘llangan? A) Uylarning chor atrofi baland devor bilan o‘ralgan. B) Ammo kampirning dodiga odam tez to‘plandi. C) Milliy xalq hunarmandchiligiga katta e’tibor berilmoqda. D) Ustozi shogirdlarining bu yutuqlaridan faxrlandi. 2 / 30 2. Ushbu baytda qanday she’riy san’at qo‘llangan? Bulbul o‘qug‘och yig‘lab subhidam xazon faslin, G‘uncha qon yutub, yuz chok etti gul giribonlar A) tajnis B) irsoli masal C) ishtiqoq D) husni ta’lil 3 / 30 3. Qaysi qatorda ayiruv bog‘lovchilari yordamida bog‘langan qo‘shma gap berilgan? A) Tovus o‘zining chiroyli patlarini ehtiyot qiladi, vijdonli odam esa o‘zining sharaf-u shonini saqlaydi. B) Dasturxon ustida dam o‘zbek kuylari yangrardi, dam hind qo‘shiqlari ijro qilinardi. C) Har kuni bu yo‘ldan goh paxta dalasidan qaytayotgan terimchilar, goh paxta ortgan traktorlar o‘tardi. D) To‘g‘ri so‘z har narsadan yaxshi, biroq yolg‘onchi va chaqimchidan eshitilgan to‘g‘ri so‘z ham yoqimsizdir. 4 / 30 4. Quyidagi gapda tushirib qoldirilgan tinish belgilarining tto‘g‘ri ketma-ketligini aniqlang. Muallif shunday deydi Insonning oldida doim ikkita tanlov bo‘ladi biri to‘g‘rilik ikkinchisi egrilik A) : “ , − , − “ . B) : “ : − , − “ . C) − “ : − , − “ . D) : “ , , “ . 5 / 30 5. “Dilbаr kеlinchаkning ko‘ksidа g‘ulu zаrdоli shохigа tаshlаr ko‘z qirin”. Ushbu misra muallifi kim? A) Odil Yoqubov B) Abdulla Oripov C) Omon Matjon D) Shavkat Rahmon 6 / 30 6. Diyonat va nomus har oilaning saodati va intizomi uchun emas, balki bir mamlakatning saodati va barqarorligi uchun ham zarur va lozimdir. Berilgan gap haqidagi XATO hukmni toping. A) Ushbu gapda hollar uyushib kelgan. B) Ushbu gap bog‘langan qo‘shma gap hisoblanadi; C) Qaratqich aniqlovchining holga tobelanishi kuzatilgan; D) Uyushiq egalar ot kesimga tobelangan; 7 / 30 7. Qaysi gapda gul so‘zi o‘z ma’nosida EMAS. A) Bu qiz har ishni eplaydi, qo‘li gul. B) Ismat bog‘dagi gullarga suv quydi. C) Bayram bo‘lganligi uchun bozorda gullar qimmat. D) Xona sovuqligi uchun gullar qurib qoldi. 8 / 30 8. Qaysi qatorda ergashgan qo‘shma gap ko‘makchili qurilma yordamida bog‘langan? A) Siz Hindistonda neniki ko‘rgan bo‘lsangiz, shularning hammasini jam etib, bir kitob yozmog‘ingiz darkor. B) Olim kishilar har yerda aziz va hurmatlidir, shuning uchun har vaqt ilm olish ilinjida bo‘l. C) Musavvirlikka menda havas uyg‘onganligi sababli uning sirlarini o‘rganishga astoydil bel bog‘ladim. D) Odob shunday tojki, u aqlli, farosatli odamlar boshini bezaydi. 9 / 30 9. Dono debdi: “Yurtga bir boq, oqsoqol, Unda hali o‘zi bilmas zo‘r ganj bor!” Omon Matjonning ushbu she’rida ostiga chizilgan so‘z orqali nimaga ishora qilingan? A) g‘urur B) e’tiqod C) xotira D) tinchlik 10 / 30 10. Tovush o‘zgarishining uchala turi ham ishtirok etgan gapni toping. A) Inson organizmida har bir a’zoning alohida o‘rni bor. Aytaylik, miya fikrlash, borliqni anglashda asosiy sanalsa, ko‘z bajarayotgan vazifani hayot ramziga muqoyasa qilish mumkin. B) O‘zbekiston kimyogarlari va kardiologlarining hamkorlikda o‘tkazgan tajribalari, tinimsiz izlanishlari natijasida ana shunday preparat insoniyatga tuhfa etildi. C) Yurakni asrash uchun ko‘plab dori vositalari yaratilyapti. Ammo shunday dori kashf qilish kerakki, u yurakka shifo bo‘lib, insonlar ortiq qiynalmasin. D) Vujudimiz ichra shunday bir a’zo borki, uning holati, umuman, inson tirikligini ifoda etadi. Bu – yashashni ta’minlaydigan a’zo, ya’ni yurakdir. 11 / 30 11. Uning chaqnoq ko‘zlari, siyrak qoshi, o‘ychan turishi katta bardoshini, sadoqatini, aqlini aks ettirib turardi. Ushbu gapdagi sifatlar haqida to‘g‘ri ma’lumotni toping. A) Gapda sifatlarning tuzilishiga ko‘ra ikki turi qatnashgan; B) Sifatlar faqat bir xil so‘z turkumiga tobelangan; C) Sifatlarning barchasi bir xil gap bo‘lagi vazifasida kelgan. D) Gapda sifatlarning ikki ma’no turi qatnashgan; 12 / 30 12. Imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini aniqlang. A) kordinata, islohot, ijtimoiy B) nadomat, mineral, vodorod C) talofat, kristall, kamomat D) tobora, dubulg‘a, mashuqa 13 / 30 13. Qaysi qatorda shaxsi(egasi) ma’lum gap berilgan? A) Hurmat qilsang, hurmat ko‘rasan. B) Qachongacha qorning o‘ylab o‘tadirsan? C) Sen o‘zingni maqtama, seni birov maqtasin. D) Yig‘ilishda ta’lim samaradorligini oshirish haqida gapirildi. 14 / 30 14. Har uchala gapda ham ishtirok etgan fe’l shakllarini aniqlang. 1)buyruq maylidagi fe’l 2)qo‘shma fe’l 3)yasama fe’l 4)sof fe’l 5)kelasi zamon 6)orttirma nisbat A) 3 va 6 B) 4 va 5 C) 1 va 4 D) 1 va 2 15 / 30 15. Ko‘ngli tilagan murodig‘a yetsa kishi Yo barcha murodlarni tark etsa kishi. Bu ikki ish muyassar o‘lmasa olamda, Boshini olib bir sorig‘a ketsa kishi. Ushbu ruboiy haqidagi XATO ma’lumotni toping. A) Unli tovush raviy bo‘lib kelgan B) Mutlaq qofiya qo‘llangan C) a, a, b, a tarzda qofiyalangan D) Yig‘iq radif qo‘llangan 16 / 30 16. “Farhod va Shirin”dostoni haqidagi XATO fikrni toping. A) Farhod Shirinning o‘lganligi haqidagi yolg‘on xabarni eshitgandan so‘ng tushgan holiga hatto tog‘ va vodiy ham majnunvor yig‘laydi. B) Bu dunyoda hech narsa javobsiz qolmasligi Xusravning Sheruya tomonidan o‘ldirilishi bilan izohlanadi. C) Xusravning topshirig‘i bilan Arman yurtida odamlar uch yildan beri tosh kesib, suv ochishga mahkum qilingan edilar. D) Mehinbonu Xusravdan kelgan sovchilarga Shirinning fe’li o‘g‘il bolalarnikiga o‘xshashini bahona qilib sovchilarni qaytarib yuboradi. 17 / 30 17. Qaysi gapda sodda yasama sifat aniqlovchi vazifasida qo‘llangan? A) Vatan taraqqiyoti uchun kurash iqtisodiy o‘sishdir. B) Xushbo‘y gullar insonga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishlaydi. C) Dori achchiq edi,bemor xohlamaygina uni qo‘liga oldi. D) Yomg‘ir tomchilari quyoshning zarrin nurlarida tovlanardi. 18 / 30 18. Agar baxt-saodat istasang, g‘urur, manmanlikni o‘zingdan yiroq tut, hikmatli so‘zlarni sokinlik va itoat bilan tingla, takabburlik, adovat va qanoatsizlik sening dushmanlaringdir. Gap haqidagi XATO hukmni toping. A) Vositasiz to‘ldiruvchi kesimga bevosita tobelangan. B) Vositali to‘ldiruvchi uyushib kelgan. C) Uyushiq egalar ot kesimga tobelangan. D) Kesimlar har xil so‘z turkumi bilan ifodalangan. 19 / 30 19. Bilan ko‘makchisi qaysi qatorda birgalik ma’nosida qo‘llangan? A) Anvar kecha maktabga do‘sti bilan keldi. B) Siddiqjon ustozining gaplarini diqqat bilan tinglardi. C) Diyor berilgan vazifalarni qalam bilan yozardi. D) Saida bilan Dilfuza darsdan so‘ng bog‘ga borishdi. 20 / 30 20. Agar Qorako‘zni yana supur… bilan ursang, unga kosov otsang, bilib qo‘y, ukalaringnikiga ketib qolaman. Ushbu gapda nuqtalar o‘rniga qo‘yilishi kerak bo‘lgan qo‘shimcha qaysi so‘z tarkibida mavjud? A) turtki B) sezgi C) yozgi D) uydagi 21 / 30 21. Zidlik munosabati aks etgan bog‘lovchisiz qo‘shma gap berilgan qatorni toping. A) Suv keldi – cho‘llarda hayot boshlandi. B) O‘zi katta – ichi bo‘sh. C) Qish keldi, ammo qor yog‘madi. D) Oy tunda kerak, aql esa kunda. 22 / 30 22. Imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan so‘zlar berilgan qatorni belgilang. A) zo‘rma-zo‘rakilik, qop-qora, rang-barang B) mehr-oqibatli, do‘st-u yor, birdan-bir C) o‘zidan-o‘zi, dum-dumaloq, hay-haylamoq D) dardi-bedavo, o‘ydim-chuqur, bab-barobar 23 / 30 23. “Alpomish”dostoni haqidagi to‘g‘ri mulohazani toping. A) Boybo‘ri va Boysarini chupron to‘yida bor yo‘g‘i sakson tanga hadya qilganligi uchun izza qilishadi. B) Boybo‘ri qizini Ko‘kqamish ko‘lida qo‘y sog‘ishni va chorvachilik ilmini o‘rgatish maqsadida maktabdan chiqarib oldi. C) Boybo‘ri o‘g‘li Alpomishni Qalmoq yurtiga yuborgisi kelmaganligi uchun unga ot bеrmaslikni yilqichi Qultoyga tayinlab qo‘yadi. D) Alpomishning Oyna ko‘li,Chilbir cho‘lida bo‘lib o‘tgan dastlabki uch shartda qatnashmasligiga sabab Ko‘kaldoshdan qo‘rqishi edi. 24 / 30 24. Gapdagi ko‘p nuqta o‘rniga mazmun va grammatik jihatdan mos keluvchi yordamchi so‘zni qo‘ying. Alisher Navoiy asarlari nafaqat turkiy xalqlar orasida, … butun dunyoda ham ma’lum va mashhurdir. A) chunki B) balki C) hamda D) ya’ni 25 / 30 25. Hamma ham do‘stlarini, yaqin kishilarini e’zozlaydi, ularning ko‘p bo‘lishini istaydi. Ayniqsa, har bir odam o‘zining oqil, obro‘- e’tiborli, iste’dodli, sadoqatli do‘stlari – safdoshlari bilan faxrlanadi, ammo do‘stlik mezoni faqat shular bilan o‘lchanmaydi. Ushbu gap... ? 1)undalmali gap; 2)kiritmali gap; 3)uyushiq bo‘lakli gap; 4)ajratilgan bo‘lakli gap. A) 1,2,3 B) 1,2,4 C) 2,3,4 D) 3.4 26 / 30 26. “Padarkush... toj-u taxt... olti oydan oshmaydur...” “Ulug‘bek xazinasi”da ushbu so‘zlar kim tomonidan aytilgan edi? A) Ali Qushchi B) Temur Samarqandiy C) N.Ganjaviy D) Mirzo Ulug‘bek 27 / 30 27. Ahbob, yigitlikni g‘animat tutunguz. O‘zni qariliq mehnatidin qo‘rqutunguz. Oyini adovat-u hasaddin o‘tunguz, Har nav' ila o‘zni necha kun ovutunguz. Ushbu ruboiy haqidagi to‘g‘ri mulohazani toping. A) Adovat va hasad kabi illatlardan forig‘ bo‘lib, yoshlik davridan unumli foydalanish kerakligi aytilgan. B) Qarilik davri kelguncha inson yoshligida rohat-farog‘atda yashashi, odamlarga yaxshilik ulashishi kerakligi aytilgan. C) Yigitlik va qarilik davrini g‘animat bilish hamda har ikki davrda ham mehnat qilish foydali ekanligi aytilgan. D) Ushbu ruboiyda yoshlik vaqtida kattalarga shogird bo‘lib, hayotiy saboqlarni egallash kerakligi haqida aytilgan. 28 / 30 28. “Temir xotin” asaridagi Qo‘chqor obraziga mos ta’rifni toping. A) Xalqning turmush darajasini yaxshilash uchun, ularga qo‘shimcha yengilliklar berish uchun o‘z ixtirosi ustida yetti yil ishlagan obraz. B) Turmush o‘rtog‘ining kamchiliklarini bilsa-da, uni uyaltirmaslik uchun hech vaqt bu narsalarni fosh etmaydigan inson. C) Insonlarga yordam berishga harakat qilgan, qiyinchiliklarga dosh bera olmay asar so‘ngida halok bo‘lgan qahramon. D) Har qanday holatga ko‘nadigan, jamiyatdagi o‘zgarishlardan orqada qoladigan, sodda, chapani odam. 29 / 30 29. Usta duradgorlik mashg‘ulotida o‘z shogirdlariga yog‘ochdan turli uy-ro‘zg‘or buyumlarini yasashni o‘rgatish uchun ularni bir joyga to‘pladi. Ushbu gapdagi sodda yasama ot turdosh otning qaysi turiga mansub? A) faoliyat-jarayon oti B) o‘rin-joy oti C) shaxs oti D) narsa oti 30 / 30 30. O‘zaro ma’nodoshlik hosil qila oladigan so‘zlarni belgilang. A) fath, zabt, ishg‘ol B) dushman , g‘anim, rafiq C) kuch, g‘ayrat, baquvvat D) chiroy, ko‘rk, go‘zal 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 4 9-10-11 sinflar Ona tili olimpiada №6