9-sinf Fizika olimpiada №5

0

9-sinf Fizika olimpiada №5

2023-yil 20-oktyabr:

2023-2024 o'quv yilida tuman bosqichida tushgan savollar.

1 / 30

Odam yassi ko'zguga 3 m yaqinlashsa, tasviri o’ziga nisbatan qanday o’zgaradi?

2 / 30

Tovush manbaidan bir minut oralig’ida chiqarilgan 2 kHz chastotali tovush to’lqinining enrgiyasi 120 mJ. Manbadan 2 minutda chiqarilgan 6 kHz chastotali tovush to’lqinlarining energiyasini(mJ) toping.

3 / 30

Diametri 1 mm bo’lgan naychada 458,44 sm³ suv bor. Naychadagi suv jami nechta tomchi bo’ladi? Suvning sirt taranglik koeffitsiyenti 73 mN/m.

4 / 30

Berilgan chizmaga qarang, erkin tushish tezlanishi g deb oling va tizimni harakatga keltiruvchi F ni toping.

5 / 30

Uzunligi 0.5F bo’lgan jism fokus masofasi F bo’lgan yig‘uvchi linzadan 2F masodan boshlab, 2F va F oralig‘ida, bosh optik o‘q ustida yotgan bo‘lsa, linzaning kattalashtirishini toping.

6 / 30

Moddasining zichligi 3 g/sm3 bo‘lsa, sirtining yuzi 54 sm² bo‘lgan kubning massasi qanday bo‘ladi?

7 / 30

Suniy yo’ldoshning orbita radiusi 4 marta ortsa uning davri qanday o’zgaradi?

8 / 30

Agar SI da haroratning birligi 1°C emas, balki 2°C bo‘lganda Bolsman doimiysining qiymati nimaga teng bo‘lar edi?

 

9 / 30

EYKi 51 V, ichki qarshiligi 10 Om bo’lgan tok manbaiga ulangan voltmetr 50 V ni ko’rsatadi. Voltmetrning ichki qarshiligini (Om) aniqlang.

10 / 30

300 V kuchlanishli tarmoqqa 50 W va 100 W quvvatli lampochkalar parallel ulangan. Lampochkalar orqali o'tuvchi tok kuchini (A) aniqlang.

11 / 30

Buyum sochuvchi linzadan 2F masofaga joylashtirildi. Unin tasviri qanday bo’ladi?

12 / 30

Agar buyumdan linzagacha bo’lgan masofa d ga, kattalashtirish k ga teng va tasvir mavhum bo’lsa, linzaning fokus masofasini javoblardan toping.

13 / 30

Kondensator qoplamalaridagi zaryad 4 marta orttirilsa, uning sig’imi qanday o’zgaradi

14 / 30

Eritish pechkasiga 20°C haroratli 900 kg massali po’lat solindi. Agar pechning FIKi 11% bo’lsa, po’latni to’liq eritish uchun qancha dizel (kg) yoqish kerak? Dizelning solishtirma yonish issiqligi 26 MJ/kg, po’latning erish harorati 1400°C, solishtirma issiqlik sig’imi 460 J/(kg*K), solishtirma erish issiqligi 62 kJ/kg.

15 / 30

Tik yuqoriga otilgan jismning to‘liq mexanik energiyasi qachon eng kichik bo‘ladi? (Havoning qarshiligi hisobga olinsin).

16 / 30

Harakat tenglamasi bo’lgan jismning 3 s dan keying tezligini (m/s) toping.  (𝜋 ni pi deb kiritasiz)

17 / 30

Ideal issiqlik mashinasining ishchi jismi bo’lgan gaz 1 sikl davomida Q1 issiqlik olib, A ish bajaradi va sovutkichga Q2 issiqlik uzatadi. Bunda gazning ichki energiyasi qanday o’zgaradi?

18 / 30

5 Ω li qarshilikdan 4 A tok oqmoqda. Shu qarshilikdan 2 daqiqada ajralib chiqqan issiqlik miqdorini (J) toping.

19 / 30

Ideal gaz 𝑝²/𝑉 = 𝑐𝑜𝑛𝑠𝑡 qonuniyat bilan kengaymoqda. Gaz hajmi 4 marta ortsa, uning harorati qanday o’zgaradi?

20 / 30

Berk idishda 27°C li 5 mol bir atomli ideal gaz bor. Idishdagi gazning bosimini 3 marta orttirish uchun unga qancha issiqlik miqdori (kJ) berish kerak?

21 / 30

Kub shaklidagi akvariumga 19,2 sm balandlikgacha suyuqlik quyilganda suyuqlikning idish tubiga bosim kuchi bir yon sirtiga bosim kuchidan 2,5 marta katta bo‘lsa, akvarium qirrasining uzunligini (sm) toping. Atmosfera bosimi hisobga olinmasin.

22 / 30

Jismning tezligi va tezlanishi orasidagi burchak vaqt o‘tishi bilan ortib borayotgan bo’lsa uning harakat turini tasniflang.

23 / 30

Muzlatkichda 20°C haroratli 7,2 kg suv bor. Agar shu suv 2 soatda -10°C haroratli muzga aylangan bo’lsa, muzlatkichning sovutish quvvatini (W) toping.

 

24 / 30

Yassi kondensator qoplamalarining yuzasi n marta orttirilib, ularning orasida nisbiy dielektrik singdiruvchanligi k bo’lgan modda kiritilsa, kondensator sig’imi qanday o’zgaradi?

25 / 30

Arqon bilan tutib turilgan havo shari qandaydir balandlikka ko’tarildi. Shar-Havo-Yer tizimining potensial energiyasi qanday o’zgaradi?

26 / 30

Chapdagi butun metall slindr qarshiligi R ga teng bo‘lsa, o‘ngdagi yarim slindrlarning umumiy qarshiligini toping.

27 / 30

Vodorod bilan to‘ldirilgan havo sharining massasi 40 kg. Agar sharning hajmi 90 m³ bo‘lsa sharga ta’sir etayotgan natijaviy kuchni toping (N). ρН=1,29 kg/m³, g= 10 N/kg.

28 / 30

Jismning massasini 2 marta orttirib, tezligini 2 marta kamaytirsak, uning kinetik energiyasi qanday o’zgaradi?

29 / 30

Agar 3R qarshilikdagi kuchlanish U1 ga, 2R qarshilikdagi kuchlanish U2 ga teng bo‘lsa, chizmadan foydalanib U1/U2 ni toping.

(Kasr sonni quyidagicha yozing: 8,5)

30 / 30

Prujina avval 3 sm, so`ng yana 3 sm ga cho`zildi. Birinchi va ikkinchi cho`zishdagi A1 va A2 ishlarni taqqoslang.

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

1 Izoh

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0