Uy » Online olimpiada » Geografiya olimpiada » 11-sinf Geografiya olimpiada №4 Geografiya olimpiadaTuman 2023-2024 o'quv yili 11-sinf Geografiya olimpiada №4 InfoMaster Avgust 19, 2024 368 Ko'rishlar 5 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 Savollar 123456789101112131415161718192021222324252627282930 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 11-sinf Geografiya olimpiada №4 2023-yil 17-oktyabr: 2023-2024 o'quv yilida tuman bosqichida tushgan savollar. 1 / 30 1. Boltiq dengizi suvining o'rtacha sho'rligi 8 %o, ya’ni dengizning har 1 litr suvida o'rta hisobda 8 gramm erigan tuzlar uchraydi. Ushbu dengizdan olingan 1 tonna suvdan qancha tuz olish mumkin? A) 80 kg B) 0,08 gm C) 8 t D) 8 kg 2 / 30 2. Qirg‘iziston maydoni va aholisini aniqlang. A) 199,9 ming km2, 6,6 mln. kishi B) 2724,9 ming km2, 18,7 mln. kishi C) 141,4 ming km2, 9,4 mln. kishi D) 491,2 ming km2, 6 mln. kishi 3 / 30 3. Quyidagi Dunyo siyosiy xaritasidagi o‘zgarishlarni sodir bo‘lgan yiliga moslab chiqing: 1.Sovet Ittifoqi parchalandi. 2. Yugoslaviya Ittifoqi parchalandi. 3. Chexoslovakiya ikkiga bo‘lindi. 4. Germaniya va Yaman birlashdi. a) 1990 b) 1991 1991 – 1992 d) 1993 A) 1-b, 2-c, 3-a, 4-d B) 1-b, 2-c, 3-d, 4-a C) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d D) 1-c, 2-b, 3-d, 4-a 4 / 30 4. Quyidagi davlatlardan qaysi biri neftni eksport qiluvchi mamlakatlar guruhiga kiradi? A) Pokiston B) Fransiya C) Quvayt D) Qirg’iziston 5 / 30 5. Xaritada F harfi bilan qaysi yarim orol belgilangan? A) Alyaska ya.o. B) Kaliforniya ya.o. C) Labrador ya.o. D) Florida ya.o. 6 / 30 6. Xitoy, Rossiya, Hindiston, Kanada, BAA. Ushbu davlatlar bo‘yicha jahonning yetakchi davlatlari. A) Avtomobil ishlab chiqarish B) Po‘lat eritish C) Alyuminiy eritish D) Boksit qazib olish 7 / 30 7. Qaysi sanoat tarmog’i asosan, paxtachilik va pillachilik negizida tarkib topadi? A) Elektroenergetika B) Kimyo C) Mashinasozlik D) Yengil sanoat 8 / 30 8. Quyidagi grafikdan foydalanib, 15 kunlik o‘rtacha havo haroratini aniqlang. A) 23.4 °C B) 24.3 °C C) 26.3 °C D) 25.3 °C 9 / 30 9. Termometr tog‘ cho‘qqisida havo harorati -10ºC, xuddi shu paytda uning dengiz bo‘yida joylashgan etagida havo harorati +14ºC ga teng ekanligini ko‘rsatdi. Tog‘ning mutlaq balandligini aniqlang. A) 4500 m B) 3500 m C) 3000 m D) 4000 m 10 / 30 10. Mahalliy dinlar va e’tiqod qiluvchilarning asosiy qismi tarqalgan davlatlarni belgilang. 1. Iudaizm 2. Konfutsiylik 3. Daosizm 4. Sintoizm 5. Sikxizm 6. Hinduizm a) Hindiston, Nepal, Shri Lanka b) Hindiston (Panjob shtati) Xitoy d) Yaponiya e) Isroil, AQSH A) 1-e, 2-c, 3-c, 4-d, 5-b, 6-a B) 1-a, 2-b, 3-c, 4-c, 5-d, 6-e C) 1-e, 2-c, 3-d, 4-c, 5-b, 6-a D) 1-a, 2-c, 3-d, 4-c, 5-e, 6-b 11 / 30 11. AQShga tegishli tabiiy geografik obyektlarni nomini ajrating. 1. Kossyushko cho‘qqisi 2. Denali cho‘qqisi 3. Amazonka daryosi 4. Missisipi daryosi 5. Niagara sharsharasi 6. Tasmaniya oroli 7. Kordilyera tog‘lari 8. Buyuk ko‘llar 9. Iguasu sharsharasi 10. Ajal vodiysi 11. Parana daryosi 12. Appalachi tog‘i 13. Kolorado daryosi 14. Murrey daryosi A) 1,2,3,4,5,6 B) 2,4, 5,10,12,13 C) 3,6,7, 8,9,14 D) 2,4,5, 8, 11, 12 12 / 30 12. Qorako‘l terilarini tayyorlashda jahonda 1-o‘rinda turuvchi davlat qaysi? A) O’zbekiston B) Afg’oniston C) Pokiston D) Eron 13 / 30 13. Braziliya hududining kattaligi bo‘yicha jahon mamlakatlari orasida ni egallaydi. Siyosiy-ma’muriy jihatdan dan iborat. A) 2-o‘rin, 10 ta provinsiya va 3 ta territoriya B) 5-o‘rin, 26 ta shtat va 1 ta federal poytaxt okrugi C) 4- o‘rin, 50 ta shtat va 1 ta federal poytaxt okrugi D) 6-o‘rin, 26 ta shtat va 1 ta federal poytaxt okrugi 14 / 30 14. Toshkentda havo bosimi 720 mm simob ustuniga teng bo'lsa, balandligi 3309 metr bo'lgan Chotqol tog'ining Katta Chimyon cho'qqisidagi atmosfera bosimini hisoblang. A) 279 mm B) 379 mm C) 279 mm D) 389 mm 15 / 30 15. Ob, Irtish, Taz, Pur kabi daryolar qaysi tabiiy-geografik o’lka hududida joylashgan? A) G’arbiy Sibir B) Sharqiy Osiyo C) Sharqiy Yevropa D) Sharqiy Yevropa 16 / 30 16. Shamol tezligi qaysi asbob yordamida o’lchanadi? A) Anemometr B) Gigrometr C) Flyuger D) Berometr 17 / 30 17. Ibn Battuta qaysi shaharni «U Voha al-Qassirin daryosining qirg‘og‘ida joylashgan» - deb, ta’riflaydi? A) Buxoro B) Xorazm C) Samarqand D) Shahrisabz 18 / 30 18. Xaritada 3 raqami bilan qaysi tabiat zonasi tasvirlangan? A) Sernam ekvatorial o‘rmonlar B) Qattiq bargli doimiy yashil o‘rmonlar va butazorlar C) Dasht (Pampa) D) Savanna va siyrak o‘rmonlar 19 / 30 19. Yevrosiyo va Shimoliy Amerikaning qaysi qismida juda katta maydonlarni tundra tabiat zonasi egallagan? A) shimoliy B) janubiy C) sharqiy D) g‘arbiy 20 / 30 20. Qish kunlari suv tomchilari muzlab nima hosil bo‘ladi? A) shudring B) qirov C) do‘l D) qor 21 / 30 21. Qora ikra eksporti bo‘yicha jahonda yetakchi o‘rinda turadigan davlatni toping; A) Pokiston B) Afg’oniston C) Eron D) Latviya 22 / 30 22. Xaritada belgilangan mamlakatga tegishli tabiiy geografik obyektlarni aniqlang. 1.Nil deltasi. 2.Drakon tog‘i. 3.Niger daryosi. 4.Kongo daryosi. 5.Sahroi Kabir. 6.Kap tog‘i. 7.Kalaxari cho‘li. 8.Gvineya qo‘ltig‘i. 9.Qizil dengiz. 10.Oranj daryosi. 11.Suvaysh kanali. 12.Sinay yarim oroli. 13.Namib cho‘li. A) 1,2,3,4,5,6 B) 3,5,7,9,12 C) 2,6,7,8,10,11 D) 2, 6, 7, 10, 13 23 / 30 23. Pokiston aholisi milliy tarkibiga xos asosiy millatlarni aniqlang. A) Pushtun,tojik, xazora, o‘zbek, beluj B) Turk, kurd, grek, arab, arman C) Fors, ozarbayjon, kurd, turkman, arab D) Panjob, pushtun, beluj, sind 24 / 30 24. Fransiya shaharlarini ajrating 1. Moskva 2. Parij 3. London 4. Rim 5. Berlin 6. Milan 7. Bermingem 8. Lion 9. Marsel 10. Sankt-Peterburg 11. Liverpul 12. Turin 13. Neapol 14. Bordo 15. Manchester 16. Samara 17. Myunxen A) 3, 5, 6,7 B) 1, 3, 12,15 C) 2,8,9, 14 D) 2, 7,9, 13 25 / 30 25. Rasmda ko‘rsatilgan A nuqtaning mutlaq balandligi 400 m, u yerdagi havo bosimi 730 mm Hg. B nuqtadagi havo bosimini aniqlang. A) 480 mm B) 680 mm C) 580 mm D) 380 mm 26 / 30 26. Dunyodagi eng yirik issiqlik elektr stansiyasi qaysi? A) Kasivadzaki-Kariva B) Uch dara C) Tuoketuo D) Surgut GRES-2 27 / 30 27. Kanadaning ...................... shahrida 1987-yili bir nechta davlatlar freon gazlarini ishlab chiqarishga va ulardan foydalanishga cheklovlar to‘g‘risidagi xalqaro bitimni imzolagan. A) Monreal B) Rio-da- Janeyro C) Kioto D) Nayrobi 28 / 30 28. Sahroyi Kabirning janubi bo‘ylab joylashgan chalacho‘l xususiyatli tabiiy geografik o‘lka nima deb ataladi? A) Madagaskar B) Liberiya C) Saxel D) Efiopiya 29 / 30 29. Kanadaga tegishli shaharlarni ajrating 1. Toronto 2. Nyu-York 3. Ottava 4. Sidney 5. San Paulu 6. Rio de Janeyro 7. Kvebek 8. Los Anjeles 9. Chikago 10. Brisben 11. Filadelfiya 12. Xyuston 13. Monreal 14. Vashington 15. Brazilia 16. Adelaida 17. Pert 18. Vankuver A) 1,7, 12,13,16,17 B) 2,4,5,9,10,15 C) 3,6,8,11,14,18 D) 1,3,7,13,18 30 / 30 30. Anhel sharsharasi qaysi daryoda joylashgan? A) Orinoko B) Parana C) La-Plata D) Amazonka 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 4 9-10-11 sinflar Geografiya olimpiada №6