Uy » Diagnostika testlari » Fizika fanidan diagnostika savollari Diagnostika testlari Fizika fanidan diagnostika savollari InfoMaster Dekabr 4, 2023 386 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0% 0 Savollar 1234567891011121314151617181920212223242526272829303132333435363738394041424344454647484950 OMAD YOR BO'LSIN! Fizika fanidan diagnostika savollari Tayyorgarlik uchun test savollari! 1 / 50 1. O‘tkazgich materialdan yasalgan halqaga magnitning shimoliy qutbi yaqinlashtirilsa qanday ta’sir kuzatiladi? A) Itariladi B) Magnitning tezligiga bog‘liq C) Halqaning diametriga bog‘liq D) Tortiladi 2 / 50 2. Suvli idish tubida zichligi suvdan yengil bo‘lgan materialdan yasalgan jism ip bilan bog‘lab qo‘yilgan. Ip uzib yuborilganda, jism suv yuziga qalqib chiqadi. Bunda suv – jism sistemasining potensial energiyasi qanday o‘zgaradi? A) Jismning o‘lchamlariga bog‘liq B) Kamayadi C) Jism massasiga bog‘liq D) o‘zgarmaydi 3 / 50 3. Tok manbai, qarshiligi 8 om bo‘lgan istemolchiga ulansa, uning foydali ish koeffitsiyenti 80% ga teng bo‘ladi. Tok manbaining ichki qarshiligi nimaga teng? A) 1,2 ? B) 0,8 ? C) 1 ? D) 2? 4 / 50 4. Yulduzli osmon nechta Yulduz turkumiga ajratilgan? A) 60 B) 12 C) 88 D) 30 5 / 50 5. Buyum focus masofasi 10 sm bo‘lgan yig‘uvchi linzadan 20 sm masofada joylashgan. Uning tasviri linzadan necha santimetr masofada bo‘ladi? A) 20 sm B) 40 sm C) 30 sm D) 10 sm 6 / 50 6. Quyida keltirilgan moddalardan qaysilari yadro yoqilg‘isi sifatida ishlatiladi? 1) uran; 2) grafit; 3) kadmiy; 4) og‘ir suv; 5) bor; 6) plutoniy A) 2 va 5 B) 3 va 4 C) 1 va 5 D) 1 va 6 7 / 50 7. Zaryadlari +q va 4q bo‘lgan ikkita sharcha bir – biridan d masofada turibdi. Bu zaryadlar oralig‘iga uchinchi +q zaryadni qo‘yilganda sistema muvozanatda qoladi. Birinchi zaryaddan uchinchi kiritilgan zaryadgacha bo‘lgan masofa x1 ni toping? A) 1/3(- B) 1,2( C) 3/2( D) 2/3( 8 / 50 8. O‘zgaruvchan tok manbaiga rezistor, kondensator va g‘altak ulandi. Kuchlanish tebranishlarining amplitudasi resistorda 4 V ga, kondensatorda 6 V ga, g‘altakda esa 3 V gat eng. Manba qisqichlaridagi kuchlanish tebranishlarining amplitudasi necha voltga teng? A) 4 B) 3 C) 2 D) 5 9 / 50 9. 12·1025 ta molekulaga ega bo‘lgan suvning massasini toping. A) 2.6 kg B) 3 kg C) 2 kg. D) 3.6 kg 10 / 50 10. Massasi 1 tonna bo‘lgan lift tekis tezlanuvchan harakat qilib, 10 s da 20 m masofaga tushdi. Lift kabinasini ko‘taruvchi arqonning taranglik kuchini toping. (kN) A) 9.6 B) 8.8 C) 10 D) 9 11 / 50 11. Gaz molekulalarining o‘rtacha kvadratik tezligi 800 m/s, bosimi 4.8·105 Pa bo‘lsa, uning zichligi nimaga teng? A) 9/4 kg/ m3 B) 2/3 kg/ m3 C) 3/2 kg/ m3 D) 4/9 kg/ m3 12 / 50 12. O‘zgarmas tok zanjirining iste’molchilari ideallashtirilgan holatda qanday turlarga bo‘linadi? A) Aktiv va sig‘im iste’molchilar B) Induktiv va sig‘im iste’molchilar C) Aktiv va induktiv iste’molchilar D) Aktiv, induktiv va sig‘im iste’molchilar 13 / 50 13. Tok yo‘nalishi qilib shartli ravishda qanday yo‘nalish qabul qilingan? A) Manbaning manfiy qutbidan musbat qutbi tomon zaryadlangan zarralar yo‘nalishi qabul qilingan B) O‘tkazgich ichida erkin elektronlarning tartibli harakati qabul qilingan C) Manbaning musbat qutbidan manfiy qutbi tomon zarralar yo‘nalishi qabul qilingan D) Manbaning musbat qutbidan manfiy qutbi tomon zaryadlangan zarralar yo‘nalishi qabul qilingan 14 / 50 14. O‘zbekiston Respublikasi umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida davlat ta’lim standartlariga asoslangan holda umumta’lim fanlarini o‘rganish A2 standart darajasi qanday nomlanadi? A) Umumta’lim fanlarini o‘rganishning kuchaytirilgan boshlang‘ich darajasi B) Umumta’lim fanlarini o‘rganishning boshlang‘ich darajasi C) Umumta’lim fanlarini o‘rganishning tayanch darajasi D) Umumta’lim fanlarini o‘rganishning kuchaytirilgan tayanch darajasi 15 / 50 15. “Bahs-munozara” metodini o‘tkazishda qanday qoidalarga amal qilish kerak? 1) barcha ta’lim oluvchilar ishtirok etishi uchun imkoniyat yaratish; 2) “o‘ng qo‘l” qoidasi (qo‘lini ko‘tarib, ruhsat olgandan so‘ng so‘zlash)ga rioya qilish; 3) fikr-g‘oyalarni tinglash madaniyati; 4) bildirilgan fikr-g‘oyalarning takrorlanmasligi; 5) bir-birlariga o‘zaro hurmat A) 1,2,3,4 B) 3.4 C) 1.2 D) 1,2,3,4,5 16 / 50 16. Yorug‘lik ta’sirida moddadan elektronlar ajralishi ..... deyiladi. A) Termoelektron emissiya B) Magnitlanish C) Elektrlanish D) Fotoeffekt 17 / 50 17. Umumiy o‘rta ta’limning tayanch o‘quv rejasida fizika astronomiya faniga 9-sinflar uchun haftalik umumiy soat qancha? A) 3 B) 2 C) 1 D) 4 18 / 50 18. Umumiy o‘rta ta’limning tayanch o‘quv rejasida fizika astronomiya faniga 8-sinflar uchun haftalik umumiy soat qancha? A) 4 B) 2 C) 1 D) 3 19 / 50 19. “Aqliy xujum” metodining qanday shakllari mavjud? A) og‘zaki B) yozma, test C) og‘zaki, yozma, test D) Og‘zaki, yozma 20 / 50 20. Rolli o‘yin bu-… A) biror mavzu bo‘yicha ta’lim oluvchilar bilan o‘zaro bahs, fikr almashinuv tarzida o‘tkaziladigan o‘qitish metodi B) ta’lim oluvchilar tomonidan hayotiy vaziyatning har xil shart-sharoitlarini sahnalashtirish orqali ko‘rsatib beruvchi metod C) biror muammo bo‘yicha ta’lim oluvchilar tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni to‘plab, ular orqali ma’lum bir yechimga kelinadigan metod D) ta’lim oluvchilarda muammoli vaziyatlarning sabab va oqibatlarini tahlil qilish hamda ularning yechimini topish bo‘yicha ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan metod 21 / 50 21. Umumiy o‘rta ta’limning tayanch o‘quv rejasida fizika, astronomiya faniga 6-sinflar uchun haftalik umumiy soat qancha? A) 1 B) 3 C) 4 D) 2 22 / 50 22. “Aqliy xujum” metodining qanday shakllari mavjud? A) Og‘zaki, yozma B) og‘zaki C) og‘zaki, yozma, test D) yozma, test 23 / 50 23. Aqliy hujum metodi qo‘llanilganda qanday qoidalar inobatga olinadi?1. Bildirilgan fikr-g‘oyalar muhokama qilinmaydi va baholanmaydi 2. Bildirilgan xar qanday fikr-g‘oyalar, ular xatto to‘g‘ri bo‘lmasa ham inobatga olinadi 3. Har bir ta’lim oluvchi qatnashishi shart. 4. Har bir ta’lim oluvchi baholanishi shart A) 3.4 B) 1,2,3 C) 1,2,3,4 D) 1.2 24 / 50 24. Umumiy o‘rta ta’limning tayanch o‘quv rejasida fizika astronomiya faniga 7-sinflar uchun haftalik umumiy soat qancha? A) 3 B) 1 C) 2 D) 4 25 / 50 25. “SWOT” so‘zi qaysi so‘zlarning qisqartmasidan olingan? A) strength, weakness, opportunity, threat B) strength, weakness, opportunity, there C) strength, weakness, opportunity D) strength, works, opportunity, threat 26 / 50 26. “Muammoli vaziyat” metodi -… A) ta’lim oluvchilar tomonidan ha?tiy vaziyatning har xil shartsharoitlarini sahnalashtirish orqali ko‘rsatib beruvchi metod B) ta’lim oluvchilarda muammoli vaziyatlarning sabab va oqibatlarini tahlil qilish hamda ularning yechimini topish bo‘yicha ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan metod C) biror mavzu bo‘yicha ta’lim oluvchilar bilan o‘zaro bahs, fikr almashinuv tarzida o‘tkaziladigan o‘qitish metodi D) biror muammo bo‘yicha ta’lim oluvchilar tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni to‘plab, ular orqali ma’lum bir yechimga kelinadigan metod 27 / 50 27. “Bahs-munozara” metodi tuzilmasi qanday? A) Muammoli savol tashlanadi, Turli fikrlar tinglanadi, Fikr-g‘oyalar to‘planadi, Tahlil qilinadi, Aniq va maqbul yechimni topish B) Aniq va maqbul yechimni topish, Muammoli savol tashlanadi, Turli fikrlar tinglanadi, Fikrg‘oyalar to‘planadi, Tahlil qilinadi C) Turli fikrlar tinglanadi, Muammoli savol tashlanadi, Fikrg‘oyalar to‘planadi, Tahlil qilinadi, Aniq va maqbul yechimni topish D) Muammoli savol tashlanadi, Turli fikrlar tinglanadi, Fikrg‘oyalar to‘planadi, Tahlil qilinadi 28 / 50 28. Raqamli diktant texnologiyasidan qaysi holatlarda foydalanish mumkin? A) Guruhlarda B) Jamoada C) Individual D) Barcha holatlarda 29 / 50 29. “Blits -so‘rov” texnologiyasining afzalligi A) Javoblarning og‘zaki ekanligi B) Javoblarning qisqa ekanligi C) Savol va javoblarning qisqaligi D) Qisqa vaqtda amalga oshirilishi 30 / 50 30. Rolli didaktik o‘yinlarni qaysi dars tipiga qo‘llash mumkin? A) Umumlashtiruvchi darslarda B) Yangi mavzu bayoni darslarida C) Barcha tip darslarda D) Kirish darslarida 31 / 50 31. Massasi 2 kg blgan jism 4N kuch ta’sirida qanday harakat qiladi? A) 0,5 m/s2 tezlanish bilan tekis o‘zgaruvchan B) 0,5 m/s2 tezlik bilan tekis C) 2 m/s tezlik bilan tekis D) 2 m/s2 tezlanish bilan tekis tezlanuvchan 32 / 50 32. Interfaol metodlardan foydalanishdan maqsad nima? A) Nazariy bilimlarni amaliyotga bog‘lash B) O‘quvchilarni hayotga tayyorlash C) O‘quvchilar bilimlarini o‘zlashtirishni faollashtirish va shaxsiy sifatlarini rivojlantirish D) O‘quvchilarni o‘zlashtirish darajasini oshirish 33 / 50 33. Quyosh energiyasining boshqa turdagi energiyasidan afzalligi nimada? A) ekologik jihatdan B) zararsizligida C) FIK kattaligida D) xoxlagan xududda qurish mumkinligida 34 / 50 34. Fizik diktantning o‘ziga xos xususiyatlari- A) Javoblarning ko‘p variantli bo‘lishi B) Savolning juda qisqaligi C) Savollar sonining ko‘pligi D) Javoblarning qisqaligi 35 / 50 35. “Har kim har kimga o‘rgatadi” texnalogiyasi o‘quvchiga qanday imkoniyatlar yaratadi? A) O‘quvchilar guruhlarda ishlash ko‘nikmasini hosil qiladilar B) Taqdimot qilishni o‘rganadi C) Yangi ma’lumotlar olish imkoniyatining yaratilishi D) Bilimlarini mustahkamlash imkoniyati yaratiladi 36 / 50 36. Didaktik o‘yinli texnologiyalar nimaga asoslangan? A) O‘quvchi faoliyatini faollashtirishga B) Mulohaza yuritishga C) Individual ishlashga D) Guruhlarda ishlashga 37 / 50 37. Interfaol mashg‘ulotlarni samarali bo‘lishi nimaga bog‘liq? A) O‘quvchilarni mashg‘ulotdan oldin yangi mavzu bo‘yicha asosiy tushuncha va dastlabki ma’lumotlarni bilishlariga B) O‘quvchilarni ilmiy salohiyatiga C) O‘qituvchining ilmiy salohiyatiga D) O‘quvchining tinglash darajasiga 38 / 50 38. Interfaol ta’limda o‘quvchilarga beriladigan vazifalar an’anaviy ta’limdan nimasi bilan farq qiladi? A) O‘quvchini topshiriqlarni bajarishda mustaqil fikrlash, o‘z fikr mulohazalarini boshqalarga solishtirish va yakuniy xulosaga kelish B) Topshiriqlar amaliyotga bog‘langan bo‘ladi C) Ilmiyligi va hayotiyligi bilan D) Uzluksizligi bilan 39 / 50 39. An’anaviy darsning maqsadi nima? A) Dars mavzusi bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish va mustahkamlash B) Dars mavzusi bo‘yich amustaqil fikrlash, xulosaga kelish, bayon qilish va himoyalashga o‘rgatish C) Mavzu bo‘yicha statistik ma’lumot berish D) Mavzu bo‘yicha ilmiy ma’lumot berish 40 / 50 40. Fizika kabinetini mehnat xavfsizligi bo‘yicha jihozlash prinsipi laboratoriya stollarini elektr bilan ta’minlashni tarmoq kuchlanishidan o‘zgaruvchan tok bo‘yicha va o‘zgarmas tok bo‘yicha necha Voltga mo‘ljallangan? A) 110 V; 220 V B) 36 (42)V; 110 V C) 220 V; 42 V D) 220 V; 110V 41 / 50 41. Fizikadan o‘quv eksperimentiga qo‘yiladigan asosiy metodik talablarni ko‘rsating A) Sodda bayon qilinishi B) odda bayon qilinishi, ko‘rgazmalilik C) Ilmiy aniqligi, tog‘ri bayon qilinishi, ko‘rgazmalilik D) Ilmiy aniqligi, to‘g‘ri bayon qilinishi 42 / 50 42. Chana qorda sirpanib borayotganda chanaga uni tortib borayotgan itlar qo‘shilgan arqon 0,5 Kn maksimal kuch bilan ta’sir qiladi. Agar ishqalanish koeffitsiyenti 0,1 ga teng bo‘lsa, shu arqon massasi (kg) qancha keladigan yukli chanani siljita oladi? A) 500 B) 300 C) 400 D) 200 43 / 50 43. Fizikada masala yechish necha bosqichdan iborat? A) 2 bosqichdan uning shartini o‘qish va yechish B) 2 bosqichdan tahlil qilish va yechish C) 4 bosqichdan uning shartini o‘qish, tahlil qilish, va yechish, baholash D) 3 bosqichdan- uning shartini o‘qish, tahlil qilish va yechish 44 / 50 44. Fizikaviy tafakkurni shakllantirishda qaysi jarayon muhim hisoblanadi? A) O‘qitishda ko‘rgazmalilikdan foydalanish B) Og‘zaki so‘rash C) Masalalar yechish D) Fizikadan yozma ish olish 45 / 50 45. Qaysi turdagi masalalarga sifatga oid masalalar deyiladi? A) Ikkita fizik kattalikning bog‘lanish grafigidan iborat bo‘lgan masalalar B) Mexanik masalalar, elektrodinamik masalalar, rigo masalalar, magnitizmga oid masalalar C) Fizik qonunlar, formulalarga tayangan holda mantiqiy fikrlash orqali yechiladigan masalalar D) Hisoblashlar bajarish orqali yechiladigan masalalar 46 / 50 46. Fizik masala deb nimaga aytiladi? A) Fizika darslarida foydalaniladigan masalalar B) Fizik qonunlar, formulalar, qoidalarga tayangan holda matematik amallar yordamida hal qilinadigan muammo C) Faqatgina fizik hodisalar D) Matematik amallar yordamida yechiladigan masalalar 47 / 50 47. 6-sinfda Fizika fanini o‘rganishda A1 bosqichda qanday boshlang‘ich ma’lumotlar beriladi? A) Mexanika, issiqlik, elektr, yorug‘lik, tovush hodisalar hamda modda tuzilishi haqida B) “Elektr” kursi haqida C) “Molekulyar fizika asoslari”, “Optika”, “Atom va yadro fizikasi asoslari” va “Koinot haqida tasavvurlar” kurslari haqida D) ”Mexanika” kursi haqida 48 / 50 48. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinf o‘quvchilari fizika-Astronomiya o‘quv fanini o‘rganishning standart darajasi bu… A) A1 B) A2 C) A1+ D) A2+ 49 / 50 49. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining Fizika o‘quv fani chuqur o‘qitiladigan sinflar va ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-sinf o‘quvchilari fizika-Astronomiya o‘quv fanini o‘rganishning standart darajasi nomlanishi? A) Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘rganishning boshlang‘ich darajasi B) Fizika fanini o‘rganishning boshlang‘ich darajasi C) Fizika fanini o‘rganishning kuchaytirilgan tayanch darajasi D) Fizika fanini o‘rganishning kuchaytirilgan boshlang‘ich darajasi 50 / 50 50. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-sinf o‘quvchilari fizika-Astronomiya o‘quv fanini o‘rganishning standart darajasi nomlanishi? A) Fizika fanini o‘rganishning boshlang‘ich darajasi B) Informatika va axborot texnologiya fanini o‘rganishning kuchaytirilgan tayanch darajasi C) Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘rganishning boshlang‘ich darajasi D) Fizika fanini o‘rganishning kuchaytirilgan boshlang‘ich darajasi 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 0 Informatika fanidan diagnostika savollari
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 1 Tasviriy san’at fanidan diagnostika savollari
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 2 Musiqa fanidan diagnostika savollari
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 3 Texnologiya fanidan diagnostika savollari