Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Tarix mavzulashtirilgan » 8-sinf Jahon tarixi » 8-sinf Jahon tarixi №3 8-sinf Jahon tarixi 8-sinf Jahon tarixi №3 InfoMaster Iyun 7, 2023 256 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Savollar 123456789101112131415161718192021222324252627282930 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 8-sinf Jahon tarixi №3 I bob. YEVROPADA YANGI DAVRNING SHAKLLANISHI 3-variant 1 / 30 1. Quyidagi rasmda tasvirlangan o’sha davr tarixchisi tomonidan "u shunchalar yoqimliki, suratni ko‘rib insoniylikdan ko‘ra ko‘proq ilohiy oziq olasan...", deb yozib qoldirilgan asarni aniqlang. A) Rafael Santining "Sikstin Madonnasi" asari B) Rembrandtning "Adashgan o'g'ilning qaytishi" asari C) Mikelanjelo Buonarrotining "David"asari D) Leonarda da Vinchining "Jokonda" asari 2 / 30 2. Buyuk geografik kashfiyotlarning amalga oshirilishiga sabab bo’lgan omillardan qaysi biri to’g’riligini aniqlang. A) O’rtayer dengizidan o’tadigan savdo yo’lining Usmonlilar davlati tomonidan yopib qo’yilishi B) Yevropada avj olgan o’zaro urushlar va buning natijasida aholi kambag’al qatlamining yer-mulkdan ajralib qolishi va ishsizlik C) turklar va arablar bosqini natijasida yevropaliklarning o’z yerlaridan haydalishi D) din peshvolarining boshqa yerlardagi muqaddas qadamjolarni bosib olish va u yerda yangi davlatlar barpo etishga bo’lgan intilish 3 / 30 3. Yerning dumaloqligi to‘g‘risidagi tasavvurdan kelib chiqib, Ispaniya qiroliga Atlantika okeani bo‘ylab g‘arbga qarab suzib, dengiz orqali Hindistonga yo‘l ochishni taklif qilgan shaxsni aniqlang. A) Bartolomeu Diash B) Fernando Magellan C) Xristofor Kolumb D) Genrix Dengizchi 4 / 30 4. Yangi davr boshlarida o‘rab turgan olamga ilohiy emas, dunyoviy, insoniy qarash tarafdorlari...deb atalgan. A) dahriylar B) Ma'rifatparvarlar C) ateistlar D) gumanistlar 5 / 30 5. Buyuk geografik kashfiyotlarni amalga oshirgan quyidagi dengizchilardan qaysi biri potugaliyalik emas? A) Vasko da Gama B) F.Magellan C) Abel Tasman D) Bartolomeu Diash 6 / 30 6. Jan Kalvin qaysi shaharda kalvinizm ta‘limotiga asos solgan? A) Parijda B) Veneda C) Jenevada D) Orleanda 7 / 30 7. Rasmda tasvirlangan shaxsning yashagan yillarini aniqlang. A) 1703-1770-yillar B) 1632-1704-yillar C) 1684-1781-yillar D) 1749-1832-yillar 8 / 30 8. Xaritada yulduzcha bilan belgilangan davlat ( hudud) kim tomonidan kashf etilgan? A) Luis Torres B) Villem Yanszon C) Bartolomeu Diash D) Abel Tasman 9 / 30 9. Quyidagi qaysi davrga kelib, dunyo xaritasi o‘zining asosiy jihatlari bilan zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘ldi ? A) Yangi davr oxiri B) Ikkinchi jahon urushidan keyin C) Birinchi jahon urushidan keyin D) Yangi davr boshlari 10 / 30 10. Quyidagi atamalarni ularning izohi bilan mos ravishda to’gri berilgan javobni toping. 1)sex; 2) manufaktura; 3) gildiya; 4) faktoriya; a)o‘z a’zolarining manfaatlarini himoya qilish uchun tuzilgan savdogarlar va hunarmandlar uyushmasi; b)ma’lum kasbdagi usta-hunarmandlar uyushmasi; c)O’rta asrlarda O’rta yer dengizi sohillari bo’ylab joylashgan savdogarlar manzilgohlari; d)ishlab chiqarishda mashinalar hali qo‘llanilmagan katta korxonalar A) 1-b, 2-d, 3-a, 4-c B) 1-a, 2-d, 3-b, 4-c C) 1-b, 2-c, 3-a, 4-d D) 1-d, 2-b, 3-a, 4-c 11 / 30 11. Bir-biridan o’n yil farq qiladigan voqealar joylashgan javob variantini toping. A) Genrix VII Tyudor vafot etdi; Leonardo da Vinchi vafot etdi; B) Aleksandrning sharqqa yurishi boshlandi; Salavkiylar davlatining tashkil topdi; C) Marafon jangi; Plateya jangi; D) Chingizxon taxtga chiqdi; Chingizxon Xorazmshoh huzuriga Mahmud Yalavoch boshchiligida o’z elchilarini yubordi; 12 / 30 12. To’g’ri ma’lumotlar berilgan javobni toping. 1.Yangi davr rivojlangan shahar madaniyati, Antik davr tarixiga bo‘lgan katta qiziqish, uni ideallashtirish, badiiy san’atning tez hayotiylashuvi kabilar bilan ham xarakterlanadi 2.Yangi tarix kishilarning tabiiy tengligi, shaxsning erkinligi va sha’ni kabi demokratik tushunchalarga asoslangan yangicha dunyo qarashning shakllanishi bilan O‘rta asrlardan farq qiladi. 3.Yevropada industrial sivilizatsiyaning jadal rivojlanishi Yangi tarixning asosiy mazmunini tashkil etadi; 4.Yangi tarixning ikkinchi bosqichi XVIII asr oxiridan Birinchi jahon urushining yakuni -1918-yilgacha davom etadi. A) 2, 3, 4 B) 1, 2, 3 C) 1, 3, 4 D) 1, 2, 4 13 / 30 13. Quyidagilardan XVI asrda bo‘lib o‘tgan voqeani belgilang. A) Fransiyada burjua inqilobi boshlandi. B) Angliyada burjua inqilobi boshlandi. C) Fransiyada diniy urushlar va vabo epidemiyasi bo‘lib o‘tdi. D) Yangi mustaqil davlat - Amerika Qo‘shma Shtatlari tashkil topdi. 14 / 30 14. O’z asarida ideal davlat namunasini yaratib, uni “Utopiya” deb atagan shaxsni toping. A) Tomas Mor B) Tomas Myunser C) Jon Lokk D) Nikolay Kopernik 15 / 30 15. Iqtisodda bozor munosabatlari shakllangan, jamiyatda siyosiy va ijtimoiy tenglik, huquqiy davlat, kishilarning tabiiy huquqlari, diniy bag‘rikenglik kabi qadriyatlar qaror topgan tarixiy davr bu… A) Kapitalistik jamiyat B) Sotsialistik jamiyat C) Industrial sivilizatsiya D) Postindustrial sivilizatsiya 16 / 30 16. Quyidagi rasmda tasvirlangan, Yerning quyosh va o’z o’qi atrofida aylanishini birinchi bo’lib isbotlab bergan olimni aniqlang. A) Nikolay Kopernik B) Jordano Bruno C) Galileo Galiley D) Isaak Nyuton 17 / 30 17. Davlat hokimiyatini bo’lish, ya’ni ijro etuvchi hokimiyatini qonun chiqaruvchi hokimiyatdan ajratish haqidagi ta’limotni ilgari surgan jamoat arbobini aniqlang. A) V.Belinskiy B) Sharl Furye C) N.Muravyov D) Jon Lokk 18 / 30 18. Yangi davr boshlarida ilgari fan va adabiyot tili bo’lgan lotin tili o’rniga quyidagilardan qaysi xalq tillari rivojlandi? 1) nemis; 2) ispan; 3) ingliz; 4) italyan; 5) fransuz; A) 2, 4, 5 B) 1, 2, 3 C) 2, 3, 5 D) 1, 3, 5 19 / 30 19. Yangi davr Yevropasida tovar ishlab chiqaruvchi xo’jaliklar sonini ko’payishiga qanday omil sabab bo’lgan? A) ishlab chiqarishda yollanma mehnatdan foydalanish; B) Ko’plab oilalarni mahsulotni bir qismini bozorda sotishga majbur bo’lganligi; C) ichki va tashqi savdoda shaharlar mavqeyining tobora yuksalib borganligi; D) Savdogarlar hayoti va mol-mulkiga solinayotgan doimiy xavf xatar; 20 / 30 20. Buyuk geografik kashfiyotlar davrida 1606-yil qanday voqea bilan izohlanadi? A) Luis Torres Osiyo bilan Avstraliya oralig‘idagi bo‘g‘ozdan suzib o‘tib, yangi qit’a qirg‘oqlariga yetdi B) Abel Tasman Indoneziya qirg‘oqlaridan sharqqa tomon suzib, Avstraliyani janubdan aylanib o‘tdi va keyinchalik Tasmaniya deb atalgan orolni kashf etdi C) Antil orollari, Janubiy va Markaziy Amerika qirg‘oqlari kashf etildi D) gollandiyaliklar Avstraliya qirg‘oqlarini tadqiq eta boshladilar 21 / 30 21. Bir yilda vafot etgan mashhur shaxslarni aniqlang. 1)Muhammad Shayboniyxon; 2)Nikolay Kopernik; 3)Kamoliddin Behzod; 4)Rafael Santi; 5)Sultonali Mashhadiy; 6)Leonardo da Vinchi; A) 2, 3 B) 4, 5 C) 1, 2 D) 1, 6 22 / 30 22. Yevropada reformatsiya natijasida faqat yangi diniy ta’limot vujudga kelibgina qolmay, ... A) u industrial sivilizatsiyaning qaror topishini tezlashtirdi B) u Yangi davrda Yevropa taraqqiyotiga o‘ziga xos yakun ham yasadi C) diniy nizolar ham bartaraf etilshiga sabab bo'ldi D) u qirol hokimiyatining zaiüashuviga sabab bo'ldi 23 / 30 23. Ashtarxoniylar hukmdori Nodir Muhammad taxtga o’tirgan yili sodir bo’lgan voqeani aniqlang. A) Angliyada «Uzoq muddatli parlament» ish boshladi B) Avrangzeb hukronligi davri boshlandi C) Isaak Nyuton tug’ildi D) Galileo Galiley vafot etdi 24 / 30 24. Quyidagilardan qaysi biri Yangi davr sivilizatsiyasining buyuk yutug’i bo’lgan. A) savdo monopoliyalari vujudga kelishi; B) zamonaviy banklarning paydo bo’lishi; C) doimiy bozorlarni paydo bo’lishi; D) aksionerlik jamiyatlari tashkil topishi; 25 / 30 25. 1483-1520-yillarda yashab ijod qilgan. Uning asarlari ichida “Sikistin madonnasi” mashhur bo’lib, zamondoshlari unga “shu xil dagilarning yagonasi” deb baho bergan. Bu ma’lumot qaysi ijodkorga tegishli? A) Rafael Santi B) Leonardo da Vinchi C) Uilyam Shekispir D) Migel de Servantes 26 / 30 26. Quyidagi berilgan kashfiyotlar sanasini aniqlang. 1)Portugaliyalik dengiz sayyohi Vasko da Gama Atlantika orqali Hindistonga boradigan dengiz yo’lini kashf etdi; 2)Portugaliyalik dengiz sayyohi F.Magellan Amerika qit’asini aylanib o’tib, Hindistonga boradigan dengiz yo’lini ochdi; 3)Dunyoni aylanib suzish nihoyasiga yetdi; 4)L.V.Torres boshchiligidagi ekspeditsiya Avstraliyani kashf etdi; a) 1606-yil; b) 1522-yil; c) 1519-yil; d)1498-yil; A) 1c, 2b, 3a, 4d B) 1d, 2c, 3b, 4a C) 1b, 2a, 3d, 4c D) 1a, 2d, 3c, 4b 27 / 30 27. Atigi 37 yil umr ko’rib, lekin o’z nomini abadiylikka muhrlagan asarlar yaratgan uyg’onish davri vakilini aniqlang. A) Leonardo da Vinchi B) Mikelanjelo C) Rembrandt D) Rafael Santi 28 / 30 28. Yangi davrda Fan va texnika o‘rtasida uzviy aloqa shakllanishi natijasida qachondan boshlab, texnika va texnologiyalarda buyuk ixtirolar amalga oshirildi ? A) XIX asr oxiridan B) XVI asr boshlaridan C) XVIII asr oxiridan D) XVII asr o’rtalaridan 29 / 30 29. Yangi davr boshlarida bozor munosabatlari jadal rivojlanayotgan qaysi davlatlarda savdogarlar ulgurji savdoga katta ehtiyoj seza boshlagan? 1) Italiya; 2) Fransiya; 3) Germaniya; 4) Niderland qirolligi; 5) Angliya; A) 1, 2, 3 B) 2, 4, 5 C) 2, 3, 4 D) 1, 3, 5 30 / 30 30. XVI asrning ikkinchi yarmida Yevropada asosiy savdo markazi bo’lgan shaharni belgilang. A) Venetsiya B) Antverpen C) Florensiya D) Amsterdam Sizning ballingiz 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz