Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Tarix mavzulashtirilgan » 8-sinf Jahon tarixi » 8-sinf Jahon tarixi №5 8-sinf Jahon tarixi 8-sinf Jahon tarixi №5 InfoMaster Iyun 12, 2023 144 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Savollar 123456789101112131415161718192021222324252627282930 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 8-sinf Jahon tarixi №5 II bob. XVI-XVIII ASRLARDA YEVROPA VA AMERIKA MAMLAKATLARI 2-variant 1 / 30 1. X. Kolumb ekspeditsiyasi 1492-yil 12-oktabr kuni Amerika qit’asidagi San-Salvador orolini kashf etgan. Bu orol xaritada qaysi raqam bilan ko’rsatilgan A) 12 B) 10 C) 11 D) 9 2 / 30 2. Buyuk geografik kashfiyotlarning amalga oshirilishiga sabab bo’lgan omillardan qaysi biri to’g’riligini aniqlang. A) din peshvolarining boshqa yerlardagi muqaddas qadamjolarni bosib olish va u yerda yangi davlatlar barpo etishga bo’lgan intilish B) turklar va arablar bosqini natijasida yevropaliklarning o’z yerlaridan haydalishi C) fan va texnika taraqqiyotida yevropaliklar erishgan yutuqlar D) Yevropada avj olgan o’zaro urushlar va buning natijasida aholi kambag’al qatlamining yer-mulkdan ajralib qolishi va ishsizlik 3 / 30 3. XVI asrning ikkinchi yarmida Yevropada asosiy savdo markazi bo’lgan shaharni belgilang. A) Venetsiya B) Florensiya C) Amsterdam D) Antverpen 4 / 30 4. Quyidagi qaysi shaharda XVIII asrdan boshlab matematika va navigatsiya fanlari maktabi, artilleriya, meditsina maktablari ochilgan? A) Amsterdamda B) Peterburgda C) Buenos-Ayresda D) Moskvada 5 / 30 5. Rus podshosi Ivan IV ga podsholik unvonini berilishi ... A) G’arbiy Yevropa qirollarining noroziliklariga sabab bo’ldi B) Oltin O’rda podsholarining urushlariga sabab bo’ldi C) knyazlarning o’zaro kurashlarini yanada kuchaytirib yubordi D) uni G’arbiy Yevropa qirollari bilan tenglashtirdi 6 / 30 6. Rossiyada polyaklarga qarshi kurashni boshqargan qishloq oqsaqolini aniqlang. A) Minin B) Stefan Bulavin C) Pojariskiy D) Makariy 7 / 30 7. Sanab o’tilgan voqealardan qaysi biri rasmda tasvirlangan hukmdor faoliyati bilan bog’liq emas? A) Qozon xonligini bosib olinishi B) Sibir xonligining bosib olinishi C) Shimoliy urush va Boltiq dengizining sohillarini bosib olinishi D) Astraxan xonligini bosib olinishi 8 / 30 8. Federal Konvent qaysi davlatda mustaqillikka erishishda katta ro’l o’ynadi? A) Hindistonda B) AQSHda C) Meksikada D) Braziliyada 9 / 30 9. 1721-yilda Rossiya tarixida qanday muhim voqealar yuz berdi? A) Nishtadt shartnomasi imzolandi va Pyotr I imperator deb e’lon qilindi B) Pyotr I taxtga o’tirdi va Nishtadt shartnomasi imzolandi C) Yekaterina II taxtga o’tirdi va Pugachev qo’zg’oloni boshlandi D) Rossiya – Turkiya urushi boshlandi va Pyotr I vafot etdi 10 / 30 10. Germaniya 1806-yilgacha nima deb atalgan? A) S) “Germaniya millatining buyuk davlati” B) “Germaniya davlatining muqaddas davlati” C) “Germaniya davlatining muqaddas Rim imperiyasi” D) “Germaniya imperiyasi” 11 / 30 11. Amerika millatining shakllanishiga olib kelgan omillarni aniqlang. A) ispan va ingliz tillarida gaplashadigan xalqlarning birlashuvi, ijtimoiy birlik, din yagonaligi va armiyaning birligi B) hududning umumiyligi, mustamlakalarning iqtisodiy va xo’jalik manfaatlari, til va dinning yagonaligi C) turli dinlarning mavjudligi, iqtisodiy birlik, hududning umumiy bo’lmaganligi D) boshqaruvning Yevropada joylashganligi, hindular bilan yevropaliklarning kelishuvi, xo’jalik manfaatlari 12 / 30 12. XVII asrda Fransiyada ... A) iqtisodiy,ijtimoiy-siyosiy taraqqiyot ziddiyatli xarakterga ega edi B) aholi soni bo‘yicha Yevropaning eng katta davlati edi C) Absolut monarxiya quladi D) Respublika e’lon qilindi 13 / 30 13. Rus podshosi Pyotr I faoliyati bilan bog’liq bo’lmagan tarixiy voqeani aniqlang. A) Qrim xonligi Rossiyaga qaram davlatga aylandi B) Rossiya imperiyasining tashkil topishi C) Shimoliy urushdagi g’alaba D) Rossiya Boltiq dengiziga chiqish huquqiga ega bo‘ldi 14 / 30 14. Buyuk Britaniya AQSH davlatining tuzilganligini, uning mustaqilligini tan olgan shartnomani qayerda imzolagan? A) Londonda B) Filadelfiyada C) Parijda D) Sankt Peterburgda 15 / 30 15. Pyotr I ning tashqi siyosatining asosiy maqsadlaridan biri ... A) Rossiyani musulmon davlatlari bilan yaqinlashtirish B) Afrika hududini ishg’ol qilish C) Rossiyani harbiy-dengiz flotiga ega davlatga aylantirish D) Yevropani bosib olib Rossiyaga bo’ysundirish 16 / 30 16. Styuartlar sulolasi asoschisini aniqlang. A) A)Yelizaveta I B) Genrix VIII C) Yakov I D) Mariya 17 / 30 17. O’zbekiston tarixida qanday voqea ingliz qirolichasi Yelizaveta I o’limidan ikki yil oldin ro’y berdi? A) Toqi zargaron va Toqi kitobfurushon savdo majmualari qurib bitkazildi B) Shayboniylar hukmronligi boshlandi C) Ashtarxoniylar sulolasi hokimiyatga keldi D) Abdullaxon II markazlashgan davlat tuzdi 18 / 30 18. 1721-yilda Rossiya-Shvetsiya o’rtasidagi shartnoma qayerda imzolangan? A) Finlandiyaning Nishtadt shahrida B) Vengriyaning Budapesht shahrida C) Niderlandiyaning Amsterdam shahrida D) Germaniyaning Nyurnberg shahrida 19 / 30 19. Qaysi kompazitorni zamondoshlari o’z davrining haqiqiy mo’jizasi deb atashgan? A) Shtrausni B) Betxovenni C) Baxni D) Motsartni 20 / 30 20. 1792-yil Fransiyada ... A) “Inson va fuqaro huquqlari Deklaratsiyasi” qabul qilindi B) Monarxiya ag’darib tashlandi C) Birinchi konstitutsiya qabul qilindi D) Milliy Kengash “Ta’sis majlisiga” aylandi 21 / 30 21. XVI - XVII asrlarda Germaniyaning xalqaro miqyosdagi iqtisodiy ro’lini nima belgilab berar edi? A) mis ishlab chiqarishda dunyoda birinchi o’rinni egallab kelishi B) S) po’lat ishlab chiqarishda dunyoda birinchi o’rinni egallab kelishi C) oltin ishlab chiqarishda dunyoda birinchi o’rinni egallab kelishi D) qalay ishlab chiqarishda dunyoda birinchi o’rinni egallab kelishi 22 / 30 22. XVI asrning ikkinchi yarmiga kelib Germaniya orqali o’tadigan savdo yo’llarining ahamiyati yo’qola boshlagan edi. Buning asosiy sababini ko’rsating. A) dengiz savdo yo’llarining Hind okeaniga ko’chganligi B) dengiz savdo yo’llarining O’rtayer dengiziga ko’chganligi C) dengiz savdo yo’llarining Atlantika okeaniga ko’chganligi D) quruqlik yo’llarining Turkiya orqali o’tganligi 23 / 30 23. Amerikadagi mustaqillik tarafdorlari tomonidan boshqarilganqaysi tashkilot jamoatchilik orasida inqilobiy kayfiyatni avj oldirib yubordi? A) «Kontinental uyushma» B) ”Ozodlik farzandlari” C) ”Jamiyat baxt-saodati ittifoqi” D) ”Yer va Erk” 24 / 30 24. Angliya uchun XVI asr qanday yakunlandi? A) Angliya dengiz hukmdoriga aylansada, iqtisodiy jihatdan Germaniya va Ispaniyadan ortda edi B) Angliyada Styuartlar sulolasi hokimiyatni egalladi C) Angliyada o’zaro urushlar avj olib, siyosiy parokandalik kuchaydi D) Davlat qudratli bo‘ldi, xo‘jalikni rivojlantirishda va dengiz savdosida muvaffaqiyatlarga erishildi 25 / 30 25. Buyuk Britaniya mustamlakasi bo’lgan Shimoliy Amerikada yagona ichki bozor qachondan shakllana boshlagan? A) XVII asr o’rtalaridan B) XVIII asrning o’rtalaridan C) XVIII asr boshlaridan D) XVIII asr oxirlaridan 26 / 30 26. J.Svift yashagan yillarni toping. A) 1799-1837-yillar B) 1732-1799-yillar C) 1759-1805-yillar D) 1667-1745-yillar 27 / 30 27. Germaniya knyazlarining milliy ozodlik qo’shini tuzilgan yili bo’lgan voqeani aniqlang. A) Fransiyada birinchi konstitutsiya qabul qilindi B) Ubaydullaxon II pul islohoti o’tkazdi C) Charxpalak bilan harakatga keltiriladigan yigiruv mashinasi kashf etildi D) Germaniya Vena ostonalarida turklar qo’shinini tor-mor etdi 28 / 30 28. Rasmda tasvirlangan Faust haqidagi qadimiy nemis afsonasini qayta yozgan buyuk nemis shoirini aniqlang. A) F.Shiller B) I.Gyote C) D.Svift D) D.Defo 29 / 30 29. XVI - XVII asrlarda Germaniya misining ahamiyatiga jiddiy putur yetkazgan voqeani aniqlang. A) Rossiyadan rangli metallarning Germaniyaga ko’p keltirilishi B) Hindistondan Yevropaga oltinning katta miqdorda keltirilishi C) Amerikadsan Yevropaga katta miqdorda mis keltirilishi D) Amerikadsan Yevropaga katta miqdorda oltin va kumushning keltirilishi 30 / 30 30. Angliya parlamenti joriy etilganidan uch asr o’tgach ... A) Sherxon Sur boshchiligida qo’zg’olon bo’ldi B) Rossiyada oprichnina joriy etildi C) Gollandiya mustaqil respublika bo’ldi D) Fransiyada diniy urushlar tugadi Sizning ballingiz 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz